Голованов
А
.
А
.
Крестьянство
Узбекистана
:
эволюция
социального
положения
. 1917–1937
гг
. –
Т
., 1992. –
С
. 62.
2
Qarang:
Азия
. – 1993. –
№
29–30.
148
etayotgan guruhlarning moddiy ta’minoti faqat mehnatkash xalqning
gardanida edi. Qayerdadir aholi istiqlolchilarga xayrixohlik bildirib, ularni
ixtiyoriy ravishda oziq-ovqat bilan ta’minlagan bo‘lsa, boshqa yerda oziq-
ovqat kuch ishlatib olinganini ham inkor etib bo‘lmaydi.
Istiqlolchilik harakatida uchragan ayrim ma’naviy nuqsonlarning ham
muayyan sabablari bor: birinchidan, hokimiyat uchun kurash ketayotgan
vaqtda ushbu harakatga putur yetkazadigan, o‘zining qabih siyosiy
maqsadlaridan boshqa narsani ko‘rmaydigan unsurlar kirib qolmasligiga
hech kim kafil bo‘la olmaydi? Bu borada sovetparastlikda umuman ayblab
bo‘lmaydigan Boymirza Hayitning fikricha, «bosmachilik» harakatining eng
bo‘sh joyi rahbariyat masalasi edi, chunki ularning birontasi ham hokimiyat
uchun kurashda o‘z da’vosidan kecha olmadi, ba’zida bu ixtilof o‘zaro qonli
kurashga ham olib kelardi. Milliy harakatni boshqarib turadigan siyosiy kuch
ham yo‘q edi. Buning ustiga islohotchilar bilan xurofotga berilgan ruhoniylar
o‘rtasidagi nizo ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatar edi. Ana shu nizo
«Qo‘qon muxtoriyati»ning tugatilishiga asosiy sabab bo‘ldi
1
.
Ikkinchidan, ochlikdan o‘lim bo‘sag‘asida turgan yoki ishsizlik,
notinchlik tufayli ro‘zg‘or tebrata olmayotgan odamning miyasida faqat
olijanob, insoniy tuyg‘ular barq urib turadi, deyish xomxayoldan bo‘lak narsa
emas. Axir, insonning ongi real muhit bilan bog‘liq-ku. Istiqlolchilik harakati
inqirozga uchrashining yana bir obyektiv sababi uning tarkibiy qismi bilan
bog‘liq. Eslatib o‘tganimizdek, uning asosiy qismini dehqonlar tashkil
qilgan. Dehqonning jamiyatdagi o‘rni ham, istiqboli ham, oilasining baxti,
sog‘lig‘i ham yeri va undan olingan mahsulotga bog‘liq. Shu bois, uning
milliy ozodlik harakatidagi ishtiroki mana shu bir parcha yerini saqlab
qolishga qaratilgan, qolaversa, u qishloq, nari borsa, tuman doirasidan
chetga chiqmaydi. Deqqon uzoq vaqtga oilasini tashlab ketolmaydi,
chunki u och qolishi mumkin.
Milliy ozodlik harakatidagi ayrim salbiy jihatlarni tan ola turib,
Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ba’zi bir tangliklar, xalqning o‘zaro
qarama-qarshi bo‘lgan turli-tuman siyosiy taraflarga bo‘linib ketishi,
avvalo, bolsheviklarning jamiyatni qurol kuchi bilan o‘zgartirish borasida
olib borayotgan siyosatining mahsuli ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Bu
– birinchidan. Ikkinchidan, shafqatsizlik, razillik, inson huquqlarini
poymol qilishda bolsheviklar «bosmachilar»dan o‘n chandon o‘tkazib
yuborganliklarini yuqorida keltirilgan ko‘plab misollardan bilib oldik.
Endi Turkistonda Sovetlar hokimiyatining qaror topishi sabablariga
to‘xtalamiz. Nazarimizda, bu birinchi navbatda bolsheviklarning
riyokorona siyosati bilan bog‘liq. Ular milliy ozodlik harakatiga qarshi
nafaqat qurol kuchi bilan kurashdilar, balki mahalliy aholini aldash,
chalg‘itish borasida ham ustasi farang bo‘lib chiqdilar.
Bunga misol qilib 1921–1922 yillarda bolsheviklar amalga oshirgan
mahalliy aholiga yon berish siyosatini keltirish mumkin. «Bosmachilik»
1
Qarang:
Баймирза
Хаит
.
Басмаческое
движение
//
Звезда
Востока
. – 1992. –
№
1. –
С
. 100.
149
harakatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol kuchi bilan yengib bo‘lmasligiga
ko‘zlari yetganidan keyin bolsheviklar o‘z siyosatlarini o‘zgartirdilar.
Jumladan ular vaqfning qaytarilishiga, eski maktablar ochilishiga, shariat
va qozilik sudlovining tiklanishiga rozilik bildirdilar, o‘z ixtiyori bilan
taslim bo‘lgan bosmachilarni afv etishni va’da qildilar
1
. Lekin bu
tadbirlar vaqtinchalik bo‘lib, bolsheviklar o‘z mavqeini mustahkamlab
olganlaridan so‘ng bu milliy an’analarni tag-tomiri bilan qo‘porib
tashladilar.
Sovet hukumatining eng katta siyosiy o‘yinlaridan biri 1924 yilda
O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy davlat chegaralanishidir. Go‘yoki
millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini hayotga tatbiq etish va
milliy davlat tuzish maqsadida, ikki mustaqil davlat – Buxoro XSR va
Xorazm XSR tag-tugi bilan yo‘q qilib tashlandi. Ularning o‘rnida
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston respublikalari tashkil qilindi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar va mulohazalar asosida «bosmachilik»
tushunchasini sovetparast tarixchilar kommunistik mafkuraga amal qilib
yaratganlar, aslida u milliy ozodlik harakati bo‘lgan, deb to‘la ishonch
bilan ayta olamiz. Har bir siyosiy jarayonda bo‘lganidek, ushbu
harakatning ham salbiy tomonlari bo‘lgan. Lekin 20–30-yillarda
millatning ozodligi yo‘lida berilgan qurbonlar zoye ketmadi. Tarix,
Prezident I.
A.
Karimovning so‘zlari bilan aytganda, shovinizm
pirovardida davlatning o‘ziga zarba berishini, uning poydevorini
kuchsizlantirishini, ichki ziddiyatlarini kuchaytirishini va uning Sovet
imperiyasi kabi parchalanib ketishini 1991 yilga kelib isbotladi
2
.
1
Qarang:
Исоқов
И
.
Қирғинни
ким
қилган
-
у
,
жадига
қолган
ким
эди
? //
Шарқ
юлдузи
. – 1992. –
№
5. – 160-
б
.
2
Qarang:
Каримов
И
.
А
.
Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида
.
Т
. 6. – 68–
69-
б
.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |