O‘zbekiston tarixi


partiyasining 1919 yilgi ikkinchi dasturi o‘rtahol dehqonlar bilan ittifoqda



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi


partiyasining 1919 yilgi ikkinchi dasturi o‘rtahol dehqonlar bilan ittifoqda 
bo‘lishga chaqirganligiga qaramay, 1921 yilda V. I. Lenin dehqonlar (barcha 
toifasi) mulkdor bo‘lganliklari, mayda burjua toifasiga kirganliklari uchun 
har kuni, har soatda kapitalizmni vujudga keltiradi, degan fikrni bildirgan
1

Sotsializm qurayotgan bolsheviklar bunga tish-tirnog‘i bilan qarshi edilar. 
Demak, asosan dehqonlardan tashkil topgan Turkistondagi aholini turli 
yo‘llar bilan tugatish bolsheviklarning asosiy vazifalaridan biri hisoblangan;
to‘rtinchidan,
 
Turkistondagi fojiali jarayonlarni bolsheviklarning milliy-
ozodlik harakatiga bo‘lgan munosabati bilan izohlash mumkin. Milliy 
harakatga kommunistlarning munosabatini V. I. Lenin Kominternning II 
kongressida (1920 y.) o‘zining «Milliy va mustamlaka masalalari bo‘yicha 
doklad"ida quyidagicha ifodalagan: «Hech bir shak-shubha yo‘qki, har 
qanday milliy harakat faqat burjua-demokratik harakati bo‘lishi mumkin, 
chunki qoloq mamlakatlardagi aholining asosiy ommasi burjua-kapitalistik 
munosabatlarning namoyandalari bo‘lgan dehqonlardir»
2
.
Bu mantiqqa amal qilinsa, sotsializm uchun kurashayotgan kommunistik 
partiya ikki yo‘ldan borishi mumkin. Birinchisi – milliy ozodlik harakatini 
qurol kuchi bilan yo‘q qilish kerakligi (Turkistonda milliy masalani hal qilish 
jarayonida shunday usul ham qo‘llangan), lekin bu yo‘lni ochiqdan-ochiq 
rasmiy siyosat sifatida qo‘llash mumkin emas. Shuning uchun ikkinchi 
yo‘lni, ya’ni bolsheviklar yo‘lini tutish kerak. Uning mohiyati millatlarning 
o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilashlari huquqini, ya’ni ajralib chiqib, mustaqil 
davlat tuzish huquqini shior sifatida tan olib, milliy ozodlik harakatini 
sotsializm g‘oyasiga bo‘ysundirish choralarini ko‘rishdan iborat. Bu 
choraning mazmunini V. I. Leninning Turkiston va shu kabi qoloq, sanoat 
proletariati deyarli yo‘q mamlakatlarda rahbarlik rolini bolsheviklar o‘z 
zimmalariga olishi lozimligi haqidagi g‘oyasi tashkil etadi
3
. Boshqacha 
aytganda, bolsheviklar milliy manfaatlarni inkor qiladilar. Bunga yuqorida 
bayon etilgan hodisalar, ya’ni sovet hukumati tarkibiga mahalliy millat 
vakillarining kiritilmaganligi, Turkiston milliy muxtoriyatining yo‘q 
qilinganligi aniq dalil bo‘la oladi.
Prezident I. 
A. 
Karimov ta’kidlaganidek: «Buyuk davlatlarning 
sivilizatsiyadorlik harakati mumtozlik va atrofdagilarga mensimay qarashdan 
iborat halokatli ruhiyatni vujudga keltirib va mustahkamlabgina qolmadi, 
balki zo‘rlik bilan joriy qilingani, milliy nafsoniyat va iftixorini kamsitgani, 
milliy madaniyatlar va ma’naviy qadriyatlarni toptagani, ularning 
ifodachilarini jismonan yo‘q qilib tashlagani uchun bunday harakat tegishli 
1
Qarang: 
Ленин
 
В

И

Тўла
асарлар
тўплами

Т
. 41. – 6-
б

2
O‘sha joyda. – 271-b. 
3
O‘sha joyda. – 6-b. 
144


qarshilikka uchrar edi»
1
. Bolsheviklarning o‘z siyosatini amalga oshirishda 
aynan shunday yo‘l tutganliklari, shuningdek o‘sha qaqshatqich bostirish, 
riyokorlik, bosqinchilik, xunrezlik usullarini qo‘llaganliklari, aholi eng quyi 
tabaqalarining ham qarshilik harakatiga qo‘shilishiga va bu harakatning 
yanada ommaviylashib ketishiga sababchi bo‘ldi. Fikrimizni asoslash uchun 
bir necha misollar keltiramiz.
1918–1920 yillarda Rossiyada fuqarolar urushi davom etayotganligi, 
Turkistonda avvallari g‘alla yetishtirilgan yerlarga paxta ekishga o‘tilganligi 
sababli bu yerda ochlik hukmronlik qildi. Bolsheviklarning oziq-ovqat 
siyosatini amalga oshirishlari ham aynan shu davrga to‘g‘ri keldi. Unga 
ko‘ra, Qizil Armiyani davlat emas, balki u o‘zini o‘zi ta’minlashi kerak edi. 
Demak, armiya o‘ziga kerak bo‘lgan mahsulotni xalqdan yig‘ib olishi kerak 
bo‘lgan. Maxsus tuzilgan harbiy oziq-ovqat guruhlari (ular tarkibida mahalliy 
millat vakillari bo‘lmagan) tub aholining ehtiyojlarini hisobga olmasdan, uni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri talaganlar. Bundan tashqari, ishchilarning oziq-ovqat 
guruhlari ham bo‘lgan. O‘sha davrdagi mahalliy hokimiyat ham doimo 
Moskvaning oziq-ovqat tayyorlash bo‘yicha topshiriqlarini oshirib bajarishga 
tayyor turgan. 1921 yilda (Turkistonda ochlik hukm surayotgan paytda) 
V. I. Lenin markazga 58 vagon don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari 
yuborish to‘g‘risida topshiriq bergan. Turkiston hukumati bu vazifani qariyb 
uch barobar oshirib bajarishga, ya’ni 150 vagon jo‘natishga qaror qiladi
2

Zo‘rg‘a kunini ko‘rib turganlarning bor-yo‘q narsalarini tortib olgan, mol-
mulkini yashirganlarni otib tashlashga buyruq bergan sovet hukumati olib 
borayotgan tadbirlarga qarshilikning ommaviy tus olishi, aholining o‘z 
manfaatlarini himoya qilish uchun qo‘liga qurol olishi tabiiy edi.
Yana bir dalil. 1922 yilda Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 
to‘rtinchi plenumi «bosmachilik» harakati bilan bog‘liq masalani maxsus 
muhokama qildi. Plenumda Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining raisi 
Qayg‘isiz Otaboyev nutq so‘zladi. Sovetlarning Turkistonda olib borayotgan 
nomaqbul siyosatini ko‘rsatish uchun ana shu nutqdan bir necha ko‘chirmalar 
keltiramiz:
«Bizning 4 yil mobaynida olib borayotgan barcha ishlarimiz bu yerdagi 
mahalliy aholining asrlar davomida shakllangan turmush tarziga, urf-odati va 
an’analariga butunlay zid edi. Vaziyat bilan hisoblashishga uquvimizning 
yo‘qligi hammamizning kasalligimizdir... 
Biz o‘zimizning uquvsiz siyosatimiz bilan aholining o‘zimizga qarshi 
qo‘zg‘alishiga sabab bo‘libmiz... Buxoro inqilobining mohiyatini tushuntirar 
ekan, notiqlar bizning inqilobimiz boshqa inqiloblardan shunisi bilan farq 
qiladiki, bu inqilob faqat amirgagina emas, ayni paytda xudoga ham qarshi 
qaratilgan, deb javrashayapti. Bu gapni shahri sharif hisoblangan Buxoroda
din g‘oyat mustahkam o‘rin olgan, butun turmush tarzi to‘laligicha diniy 
asosga qurilgan, aholisi o‘ta dindor va mutaassib hisoblangan Buxoroda 
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish