Komiteti Turkiston RKPning asosiy vazifasi Rossiya samoderjaviyesining
ellik yildan ortiqroq imperialistik siyosati natijasida kelgindi yevropalik aholi
bilan tub aholi o‘rtasida vujudga kelgan keskin munosabatlarni tugatish, deb
hisoblaydi. Bu munosabatlar mustamlakachilik psixologiyasi bilan g‘oyat
zaharlangan rus ishchilarining juda kichik guruhining qo‘lida bo‘lib, bu
munosabatlar Sovet hokimiyatining 2,5 yili mobaynida yaxshi tomonga
o‘zgarish u yoqda tursin, balki o‘ziga xos «kommunistik» harakatlar tufayli
yanada kengroq keskinlashib ketdi, qullikka tushirilgan tub aholi bu
harakatlarni eski chor hokimiyati agentlari harakatining davomi deb biladi,
ular aslida ham shunday harakatlardir»
1
.
Ushbu qaror V.
I.
Leninning topshirig‘i bilan tayyorlangan va
tasdiqlangan. Ko‘rinib turibdiki, u bizning ba’zi sovetshunos olimlarimizdan
farqli o‘laroq, Turkistondagi ahvolni yaxshi bilgan va vaziyatni to‘g‘ri talqin
qilgan. To‘g‘ri, qarorga bir qancha tadbirlar qatori, jumladan V. I. Lenin o‘z
qo‘li bilan yozgan quyidagi band ham kiritildi: «Hokimiyatni ishonchli
kommunistlar kontroli ostida – asta-sekin, lekin og‘ishmay
mehnatkashlarning mahalliy Sovetlariga bera borish muntazam ravishda
o‘ylanib, tayyorlanib, amalga oshirilsin»
2
. Hokimiyatni faqat ishonchli
kommunistlar kontroli ostida topshirish kerak emish, chunki bunday nazorat
bo‘lmasa, hokimiyat qo‘ldan ketib qolishi mumkin-da. Undan tashqari, kim
ishonchli kommunist bo‘lishi mumkinligini faqat markaziy hokimiyatgina
belgilashi katta sir emas. Demak, Turkistondagi mahalliy sovetlar markaziy
hokimiyat ishongan kommunistlarning nazoratida bo‘ladi.
Xullas, Sovetlarning mustamlakachilik siyosati natijasida kelib chiqqan
qurolli to‘qnashuv mahalliy aholi boshiga misli ko‘rilmagan kulfatlarni
keltiradi. Turkiston Ijroiya Qo‘mitasining raisi bo‘lgan N. To‘raqulov
Sovetlarning «bosmachilikka» barham berishga qaratilgan harakatlari
natijasida 200 ming odam qurbon va mayib-majruh bo‘lganligi haqidagi
ma’lumotlarni keltiradi
3
.
Bu raqamni ham tekshirib ko‘rish kerak, chunki sho‘ro hukumatining
boshlig‘i sifatida N. To‘raqulov haqiqatni to‘liq ochib berish imkoniga ega
bo‘lmagan, deb o‘ylaymiz. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, bu raqam bir
necha marta kamaytirilgan. Chunki, masalan, M.
Cho‘qayev o‘zining
«Turkiston Sovetlar hukmronligida» (Parij, 1935) nomli kitobida bu
qatag‘onlar natijasida 1,1 mln. odam halok bo‘lganligini xabar beradi
4
.
Bundan dahshatliroq ma’lumotlar ham bor. Masalan, R. Shamsutdinov
Vatan istiqloli uchun kurashda 5 million 600 ming kishi shahid bo‘ldi, chet
ellarda muhtojlik azobini tortdi, Sibir surgunlarida halok bo‘ldi va mayib-
majruh bo‘lib qoldi, deb yozadi
5
. Balki bu raqamlar biroz bo‘rttirib
1
Do'stlaringiz bilan baham: