Каримов
И
.
А
.
Бунёдкорлик
йўлидан
.
Т
. 4. –
Т
., 1996. – 295-
б
.
186
siyosatning mustamlaka hudud aholisining manfaatlari bilan
hisoblashmasligi, sotsializm deb atalmish ijtimoiy tuzumning jamiyatdagi
iqtisodiy, siyosiy jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi ichki mexanizmi
shakllanmaganligi tufayli SSSR davlatining o‘zi barbod bo‘ldi. Tobe bo‘lgan
milliy respublikalarning mustaqilligiga yo‘l ochildi.
2. O‘zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi va
buning tarixiy ahamiyati
Sobiq Ittifoq hokimiyatida avgust voqealari munosabat bilan yuzaga
kelgan parokandalik uning vaziyatni tuzatishga layoqatsizligidan dalolat
berdi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston rahbariyati respublika xalqini
muhofaza qilish borasida qat’iy harakatlar qilishga va shoshilinch choralar
ko‘rishga majbur qildi. Shunday vaziyatda:
−
1991 yil 21 avgust kuni Prezident I. A. Karimovning GKCHP qarorlari
O‘zbekiston uchun noqonuniy ekanligi haqidagi farmoni e’lon qilindi. Bu
bilan markaziy hokimiyatning respublika ichki ishlariga aralashuviga chek
qo‘yildi;
−
1991 yilning 25 avgust kuni har qanday davlat o‘zini o‘zi muhofaza
qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarurligi nazarda tutilib, Prezident
I. A. Karimovning farmoni bilan Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik
qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi. Ichki qo‘shinlar esa
bevosita Prezidentga bo‘ysundirildi;
−
1991 yilning 28 avgustida O‘zbekiston Kompartiyasining plenumi KPSS
Markaziy Komiteti bilan aloqalarini to‘xtatgani, uning barcha
tashkilotlaridan chiqqanligi haqidagi qarorini e’lon qildi.
Bu choralarning ko‘rilishi O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining
davlat mustaqilligini rasmiy ravishda e’lon qilishiga mustahkam zamin
tayyorladi. Nihoyat, 1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston Oliy
Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi O‘zbekistonni mustaqil davlat deb
e’lon qildi. Shu munosabat bilan Oliy Kengashning «O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi bayonotida shunday
deyiladi:
« – o‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda
hayotdagi o‘zgarishlarini e’tiborga olib;
−
xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash
huquqiga asoslanib;
−
O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab;
−
shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o‘rtasidagi
chegaralarning buzilmasligi to‘g‘risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy
sadoqatni bayon etib;
−
millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, respublika
hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va
187
qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo
etishga intilib;
−
mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Sovet
Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning davlat
mustaqilligini va ozod suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil
etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi»
.
Respublika huquqiy maqomining o‘zgarishi, uning mustaqil davlatga
aylanishi munosabati bilan amaldagi Konstitutsiyani qo‘llash borasida
muammo yuzaga keldi. Shu bois ham, 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan
«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi
qonunga konstitutsiyaviy qonun maqomi berildi. U yangi O‘zbekistonning
Konstitutsiyasi yaratilgunga qadar amalda bo‘ldi. Ushbu qonunda
O‘zbekistonning davlat ramzlari – gerbi, bayrog‘i, madhiyasi yaratilishi
lozimligi qayd etildi
.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini tasdiqlovchi bu hujjatlar
o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi
bo‘ldi.
O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi respublika xalqiga
nima berdi, degan savolning qo‘yilishi, tabiiy. Chunki bugungi kungacha
ongiga boqimandalik ruhiyati o‘rnashib qolgan ba’zi bir avom shaxslar o‘z
manfaatlarining davlat tomonidan qondirilishini kutib, moddiy boyliklar
o‘zidan o‘zi yaratilmasligi, ular sidqidildan qilingan halol mehnat tufayli
jamg‘arilishini tushunmayaptilar. Shunday vaqtinchalik tushkunlik
ko‘rinishlari zohir bo‘lishiga qaramay, mustaqillik e’lon qilinishining o‘zi
ham O‘zbekiston xalqi uchun juda uzoq vaqt kutilgan oliy ne’mat, deyishga
to‘la asos bor. Chunki mustaqillik tufayli:
−
dunyo xaritasida «O‘zbekiston» degan yangi mustaqil davlat paydo
bo‘ldi va o‘zbek xalqining o‘z davlatchiligining tiklashdan iborat asriy orzu-
umidi ro‘yobga chiqdi;
−
respublikada yashayotgan har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi
huquqidan kelib chiqib, o‘zining ichki va tashqi siyosatini mustaqil yuritish
imkoni yaratildi;
−
O‘zbekiston xalqi respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi
bo‘ldi;
−
O‘zbekiston o‘z hududidagi barcha tabiiy boyliklarga o‘zi egalik qilish
huquqini qo‘lga kiritdi;
−
milliy, ma’naviy va tarixiy qadriyatlarni qayta tiklash va erkin
rivojlantirish uchun sharoit yuzaga keldi;
1
Ўзбекистон
Республикасининг
қонунлари
.
№
3. –
Т
., 1992. – 121-
б
.
2
O‘sha manba. – 118-b.
188
– jahondagi ilg‘or tajribalardan kelib chiqib, inson manfaatlari va
huquqlarining himoyasini ta’minlovchi huquqiy demokratik davlat qurish
uchun keng imkoniyatlar ochildi.
Xullas, O‘zbekiston xalqining ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy manfaatlari
ustun ekanligi tan olinib, uning farovonligini ta’minlovchi barcha omillarni
qo‘llash uchun sharoit yaratildi.
O‘zbekistonning mustaqilligi tom ma’noda o‘zbek xalqining ezgu
niyatlarini aks ettiradi. Buni 1991 yil 29 dekabrda o‘tkazilgan referendum
yana bir marta tasdiqladi. Referendumda shunday savol qo‘yildi:
«O‘zbekiston fuqarosi sifatida sizning Oliy Kengash e’lon qilgan
O‘zbekiston mustaqilligiga munosabatingiz qanday – qo‘llaysizmi-yo‘qmi?
Bu savolga fuqarolarning 98,2 foizi ijobiy baho berib, mustaqilligimizni
qo‘llab-quvvatladi»
1
. Shunday qilib, O‘zbekiston tarixida yangi davr
boshlandi.
1991 yil 29 dekabrda I. A. Karimovning umumxalq tomonidan muqobillik
asosida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylanishi O‘zbekiston
hakiqatan ham demokratiya sari intilayotganligining ifodasi bo‘ldi. Bu
siyosiy voqeaning tarixiy ahamiyati shundaki, o‘zbek xalqi 130 yillik
mustamlakachilikdan keyin tarixda birinchi marta o‘zining davlat rahbarini
erkin tanlov asosida sayladi. Saylov yakuniga ko‘ra, I. A. Karimov 86 foiz
ovoz oldi. I. A. Karimovning Prezidentlik lavozimiga birinchi bosqichdayoq
ko‘pchilik ovozi bilan saylanishi uning O‘zbekiston xalqi oldidagi
xizmatlari, mustaqillik uchun kurashlarda fidokor va jasur rahbar
bo‘lganligiga xalq javobining ifodasi desak, to‘g‘ri bo‘ladi. O‘z navbatida,
Prezident ham lavozimga kirishayotib: «O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan
xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya
etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni
vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman»
2
, – deb Oliy Majlisning
yig‘ilishida xalq ishonchiga javob berdi.
O‘zbekistonning mustaqillikni e’lon qilishi jahonshumul ahamiyatga ega
bo‘ldi. Ko‘plab mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar respublika mustaqilligini
xursandlik bilan qabul qildilar va buni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.
Oradan bir yil o‘tar-o‘tmas, O‘zbekiston BMTning teng huquqli a’zosiga
aylandi. Uning davlat mustaqilligini dunyoning 120 dan ortiq mamlakati
rasman tan oldi. Ularning 45 tasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
Toshkentda AQSH, Olmoniya, Fransiya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Pokiston
kabi nufuzli davlatlarning elchixonalari ochildi. O‘zbekiston Respublikasi
Xelsinki shartnomasiga imzo chekdi va Yevropa bilan aloqalarni yo‘lga
qo‘yishi uchun yo‘l ochdi.
1
Каримов
И
.
А
.
Бунёдкорлик
йўлидан
.
Т
. 4. – 296-
б
.
2
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Т
., 2003. – 92-
модда
.
189
O‘zbekiston Turkiya, Eron va Pokiston davlatlari tomonidan tashkil
etilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga a’zo bo‘ldi. Turkiya, Xitoy,
Koreya, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlar bilan o‘zaro iqtisodiy va
madaniy hamkorlik haqidagi bitimlar tuzildi. Qisqa vaqt ichida
O‘zbekistonning xalqaro nufuzi oshib borishini I. A. Karimov quyidagicha
izohlaydi: «
Do'stlaringiz bilan baham: |