O‘zbekiston tarixi


O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

2. O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, 
ularning mohiyati va asosiy yo‘nalishlari 
Huquqiy davlat qurishning nazariy asoslari va amaliy muammolari 1992 
yilda qabul qilingan Konstitutsiya va mamlakat Prezidenti I. A. Karimovning 
«O‘zbekiston kelajagi – buyuk davlat», «Buyuk kelajagimizning huquqiy 
kafolati», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» kabi asarlarida, Oliy 
Majlisning birinchi chaqiriq I va VI sessiyalarida «O‘zbekistonning siyosiy, 
ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari», «Hozirgi bosqichda 
demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari» nomli 
ma’ruza va nutqlarida aniq belgilab berildi. 
Huquqiy davlatning asosiy belgisi shundan iboratki, bunda davlat huquq 
doirasida harakat qiladi, uning jamiyat va insonlar bilan munosabatlari 
huquqiy qoidalarga asoslanadi. Huquqiy davlatning shakllanishi va faoliyat 
ko‘rsatishida davlat organlari, mansabdor va yuridik shaxslar, siyosiy 
partiyalar, jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari, fuqarolar bevosita 
ishtirok etadilar. Huquqiy davlatda Konstitutsiya va qonunning ustunligi 
tobora keng va to‘la ta’minlana boradi. Unda har qanday muammo qonunlar 
va huquqiy normalarga asosan adolatli hal etiladi. Qonun jamiyat va davlat 
hayotidagi barcha munosabatlarni tartibga solib turadi. Aytish mumkinki, 
qonun – huquqiy davlatning poydevori, qonuniylik – uning asosiy prinsipi. 
Prezident I. A. Karimov o‘zining «O‘zbekiston – bozor munosabatlariga 
o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarida shunday yozadi: «Qonunning ustuvorligi 
– huquqiy davlatning asosiy prinsipidir... Hech bir davlat organi, hech bir 
1
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. – 
Т
., 2003.
194


xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, 
hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin 
emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni 
bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun 
bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz 
huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo‘ladi»
1
.
O‘zbekistonning huquqiy demokratik davlatni shakllantirish yo‘lidagi 
kurashi, avvalo, siyosiy islohotlar amalga oshirishida ko‘rinadi. Davlat va 
jamiyatni boshqarish san’ati hamda mahoratiga, turli tabaqa va guruhlarning 
o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq faoliyatga siyosat deyiladi. 
Respublikamiz siyosiy tizimi tarkibiga: davlat, jamoat tashkilotlari, 
birlashmalar, nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot 
vositalari kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy tizim Konstitutsiya, uning asosida 
qabul qilingan qonunlar hamda boshqa rasmiy hujjatlar bilan belgilanadi. 
Mustaqillik yillarida siyosiy sohada qanday islohotlar amalga oshirildi, 
degan savol tug‘iladi. Birinchi navbatda, davlat hokimiyatini tashkil qiluvchi 
idoralar isloh qilindi. Demokratik jamiyat qurish, fuqarolarning erkin ravnaqi 
va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida, davlat boshqaruvi hokimiyatlar 
taqsimlanishi prinsipi asosida isloh qilindi. Bu prinsipning qo‘llanilishi 
hokimiyatning suiiste’mol qilinishiga jiddiy to‘siq qo‘ydi, fuqarolarni 
mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlaridan va tazyiqidan 
himoya qilishga, davlat idoralari faoliyatining samarali bo‘lishi uchun shart-
sharoit yaratdi. 
Davlat hokimiyatining taqsimlanishi huquqiy demokratik davlatga xos 
bo‘lib, qonun chiqaruvchi (Oliy Majlis), ijro etuvchi (Prezident 
boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi), sud hokimiyati (Konstitutsiyaviy sud, 
Oliy sud, Oliy Xo‘jalik sudi)dan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida 
hokimiyatning taqsimlanishi Asosiy qonun darajasida mustahkamlangan. 
Prezident I. A. Karimov «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» 
asarida ta’kidlaganidek, «qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati 
vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning 
siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilishini tubdan yaxshilash, respublika 
hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq 
belgilab qo‘yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish 
lozim bo‘ladi»
2

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek siyosiy 
islohotlar hokimiyat va boshqaruv organlarida ma’muriy buyruqbozlikning 
barham topishiga imkoniyat yaratdi. Davlat hokimiyatining milliy, huquqiy, 
demokratik asoslari barpo etila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplarini 
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish