respublika qonunlari va Oliy Majlisning boshqa qarorlari ijrosini nazorat
qilib turish maqsadida deputatlar orasidan Oliy Majlisning komissiya va
qo‘mitalari saylanadi.
1995 yil 23–24 fevral kunlari birinchi chaqiriq Oliy Majlisning I sessiyasi
bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident I. A. Karimov «O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy
va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari to‘g‘risida» ma’ruza qildi.
Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 1995–1999
yillar mobaynida faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda 10 ta kodeks, 130 ta qonun
qabul qildi. 460 ta turli huquqiy hujjat va qonunlarning qo‘llanish amaliyoti
puxta o‘rganilib, ularga 200 dan ziyod qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi
1
.
Qabul qilingan barcha qonunlar va qarorlar jamiyatni demokratlashtirish,
bozor munosabatlarini shakllantirish, aholining ijtimoiy himoyalanishini
kuchaytirish, jamiyatni ma’naviy yangilash, milliy davlatchilik asoslarini
yaratish va mustahkamlashni huquqiy jihatdan ta’minladi.
1999 yil 5 dekabrda ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy
Majlisi, viloyat, shahar va tuman kengashlariga saylovlar o‘tkazildi. 1994
yildagi parlament saylovlarida 2 ta siyosiy partiya va vakillik idoralari o‘z
nomzodlarini ko‘rsatib, saylovda ishtirok etgan bo‘lsalar, 1999 yilgi
saylovlarda 5 ta siyosiy partiya, vakillik idoralari va saylovchilarning
tashabbus guruhlari bu muhim siyosiy tadbirda ishtirok etdilar.
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi
sessiyasining birinchi yig‘ilishi 2000 yil 22 yanvarda, ikkinchi yig‘ilishi shu
yilning 11 fevralida bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Prezident I. A. Karimov nutq
so‘zlab, kelajakda mamlakatimiz oldidagi davlat qurilishi, siyosat,
iqtisodiyot, ma’naviyat, sud, huquq, tashqi siyosat, xavfsizlikni ta’minlash
borasidagi vazifalar haqida to‘xtaldi. Nutqda fuqarolik jamiyati asoslarini
barpo etish borasidagi vazifalar belgilab berildi.
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 2001–2004
yillari davomida faoliyat yuritib, davlatimiz tarixida sezilarli darajada iz
qoldirdi.
2001 yil 6 dekabrda Oliy Majlisning ikki palatasi parlamentini
shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyasida
belgilangan vakolatlarini o‘zgartirish masalalari yuzasidan referendum
o‘tkazish haqida tarixiy qaror qabul qilindi. Shu munosabat bilan 2002 yil 27
yanvarda ikki palatali parlamentga o‘tish to‘g‘risida umumxalq referendumi
o‘tkazildi.
2002 yil 4–5 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chiqiriq Oliy majlisining
VIII sessiyasida “Referendum yakunlari va davlat hokimiyatini tashkil
etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun qabul
qilindi.
2004 yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bunda Qonunchilik palatasiga
120 deputat saylandi. Shuningdek Senatning 84 nafar a’zosi Mahalliy
1
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: