ham mustaqillikka ega bo‘ldi,
ilgarigidek vazirliklarga emas, tarmoq
konsernlari, korporatsiyalari va uyushmalariga birlashdi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida mulkiy islohotlarga katta
ahamiyat berildi. Chunki mustaqillik tufayli sobiq sovet davridagi
monopollashgan davlat mulkidan xilma-xil mulkchilikka o‘tish bozor
iqtisodiyotining asosiy shartiga aylandi. Prezident I. A. Karimov e’tirof
etganidek, «mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga
qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi»
">1
.
Mulkiy islohotlar mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunlarga
binoan amalga oshirilib, u ko‘p
ukladli iqtisodiyotni yuzaga keltirishning asosiy sharti bo‘lib qoldi. Bu
islohotlar bosqichma-boqich amalga oshirildi.
Iqtisodiy islohotlarni bosqichma-boqich amalga oshirish prinsipiga asosan
narxlarni erkinlashtirish tadbirlari amalga oshirildi. Narxlar birdaniga erkin
qo‘yib yuborilmadi. Narx ustidan davlat nazorati saqlab qolinib, u
bosqichma-bosqich erkinlashtirildi. Narxlarning birdaniga qo‘yib yuborilishi
aholini iqtisodiy qiyin ahvolga solishi muqarrar edi. Aholini ijtimoiy himoya
qilish maqsadida dastlab eng muhim iste’mol tovarlariga dotatsiyali narxlar
qo‘llandi. 1992 yildan boshlab texnika vositalari va ayrim iste’mol
mollarining narxlari erkinlashtirildi. 1994 yilning kuzida iste’mol
mollarining narxi erkin qo‘yib
yuborildi, ammo ayrim tovarlar uchun
dotatsiyalangan narxlar saqlab qolindi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi
bosqichi rejali davlat narxlaridan erkin narxlarga o‘tish bilan yakunlandi.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichining (1994 yilning o‘rtalaridan
1997 yilning o‘rtalarigacha) asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
davlat mulkini xususiylashtirishni davom ettirish, iqtisodiy-moliyaviy
barqarorlikni ta’minlash, milliy pul – so‘mning qadr-qiymatini
mustahkamlash, iqtisodiyot strukturasini tubdan qayta qurishga erishish.
Islohotlarning ikkinchi bosqichi o‘zbek milliy puli – so‘mning 1994 yil 1
iyulda muomalaga kiritilishidan boshlandi. 1994 yilning 1 yanvarida rubl
muomaladan chiqarib yuborildi. So‘m-kuponlar 1994 yilning 1 iyuligacha
muomalada bo‘lib, keyinchalik 1000:1 nisbatida yangi so‘mlarga
almashtirildi.
Shu kundan boshlab, o‘zbek so‘mi milliy valuta vazifasini
o‘tay boshladi. O‘rta va yirik korxonalarni xususiylashtirish miqyosi
kengaydi. Davlat mulkini xususiylashtirish davom etib, ko‘pgina korxonalar
yopiq va ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi.
Xususiylashtirish jarayoni oqibatida aholi o‘rtasida mulkdorlar safi kengayib
bordi. Investitsiya kompaniyalari (XIF) xususiylashtirilgan korxonalar
aksiyalarini aholiga sotish bilan shug‘ullandilar.
Davlat korxonalarini
xususiylashtirishdan tushgan mablag‘ning 50 % ularni rivojlantirish uchun
sarflandi.
Islohotlarning ikkinchi bosqichida iqtisodning o‘sishiga erishildi. Yalpi
ichki mahsulot o‘sib bordi. Davlatning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashi
uning barqaror rivojlanishini ta’minladi. Katta miqdordagi investitsiyalar
ishlab chiqarishni kengayotirishga sarflandi. Bu bosqichda iqtisodda chuqur
1
O‘sha manba. – 202-b.
212
tarkibiy siljishlar yuz berdi. Iqtisod milliy manfaatlarni ko‘zlab tubdan qayta
qurila boshlandi. Bozor infrastrukturasi shakllandi. Iqtisodiyotda yangi
sohalar (avtomobil sanoati va boshq.) paydo bo‘ldi.
Bu davrdagi iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli
mamlakatda sanoat ishlab
chiqarishi o‘sdi. Aholini ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish va ichki bozorni tovarlar bilan to‘ldirishda sezilarli
ishlar amalga oshirildi.
Iqtisodiy islohotlar uchinchi bosqichining (1997 yilning ikkinchi
yarmidan keyingi davr) asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
−
mulkdorlar sinfini shakllantirishni davom ettirish;
−
iqtisodda raqobat muhitini yaratish;
−
barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish;
−
mamlakatning eksport
salohiyatini oshirib borish;
−
bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish;
−
mamlakatga chet el investitsiyalarini keng ko‘lamda jalb etish.
Prezident I. A. Karimovning birinchi chaqiriq Oliy Majlisning XIV
sessiyasidagi (1999 yil 14 aprel) «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli
ma’ruzasi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning I sessiyasida so‘zlagan
nutqida ilgari surilgan g‘oyalar va takliflar islohotlarning uchinchi bosqichi
uchun asos qilib olindi. Chunki ularda iqtisodni erkinlashtirish g‘oyasi ilgari
surildi. Bu g‘oyaning asosiy jihatlarini quyidagilar tashkil etdi:
– davlatning korxonalar va xususiy biznesni nazorat qilishini hamda
boshqaruvchilik
funksiyalarini qisqartirish;
– jamiyatda mulkdorlar sinfi ko‘pchilikni tashkil qilishiga erishish;
– xorij sarmoyalarini keng jalb qilish uchun huquqiy shart-sharoitlarni
yaratish;
– kichik, o‘rta va xususiy tadbirkorlikning hal qiluvchi mavqega ega
bo‘lishiga erishish;
– mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash.
Islohotlarning uchinchi bosqichida mulkdorlar sinfini shakllantirishga
katta e’tibor berildi. Mulk egalari alohida ijtimoiy guruh – mulkdorlar sinfini
tashkil etdi. Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, «birinchi
galdagi asosiy
vazifa – mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal etish lozim.
Boshqacha aytadigan bo‘lsak, biz oldimizga qo‘ygan maqsadni – xususiy
mulkchilik yetakchi o‘rinda turadigan ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish
maqsadini amalga oshirishimiz kerak»
1
. Demak, mulkdorlar jamiyatning
iqtisodiy jihatdan eng faol qatlamini tashkil etib, bozor iqtisodiyoti ularga
tayanadi.
Bu davrda kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish iqtisodni
erkinlashtirishning asosiy mezoni deb belgilandi.
Uchinchi bosqichda kichik
va o‘rta biznesni xususiylashtirishni yana davom ettirib, yalpi milliy
mahsulotda ularning ulushini kamida 25 % ga yetkazish vazifa qilib qo‘yildi.
Bu davrda biznes o‘zini o‘zi moliyalashtirishi va ishlab chiqarishga jadal
kirib borishi kerakligi rejalashtirildi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: