kuchimiz, qudratimizga ko‘proq ishona boshladik, qadr-qimmatimizni
teranroq angladik.
Ma’naviyatga bo‘lgan ehtiyoj inson uchun moddiy ne’matlarni
o‘zlashtirish, yeyish-ichish, kiyinishga nisbatan muhimroq. Negaki,
ma’naviyat barqaror bo‘lmagan joyda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va
iste’mol qilish madaniyati ham yuksak bo‘lmaydi. Yuksak ma’naviyat va
aqliy salohiyat sohibi bo‘lgan kishilargina kelajakni oldindan ko‘ra olishga,
har qanday og‘ir sharoitda ham yuksak maqsadlarga iymon va e’tiqod bilan
intilishga qodir.
Tarixda bunga misollar ko‘p. Bir vaqtlar yaponlar Ikkinchi jahon
urushidan keyingi og‘ir sharoitlarda «oldin xalqning miyasini to‘ldirish
kerak, shundan keyin uning qorni ham to‘yadi», degan umummilliy shiorga
asoslanib ish ko‘rdilar. Ular mamlakat tarixidagi og‘ir va murakkab sharoitda
milliy burch va mas’uliyat, vatanparvarlik tuyg‘usi targ‘ibotini
kuchaytirdilar. Natijada o‘z burchi va mas’uliyatini anglash tez vaqt ichida
mamlakatni dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlardan biriga aylantirdi.
Hozir O‘zbekistonda ham jamiyat taraqqiyotining ana shu muhim masalasiga
katta e’tibor berilayotgani istiqbolimizning rejalari chuqur ilmiy asos va
jahondagi ilg‘or tajribaga tayanganidan dalolatdir.
Bugun yurtdoshlarimizda mamlakat, millat oldidagi burch va mas’uliyat,
vatanparvarlik, millatparvarlik, milliy ruh, milliy iftixor tuyg‘ularini
shakllantirishni davr talab etmoqda. Shuningdek, ona tilini rivojlantirish va
uni hayotning barcha sohalarida kengroq, to‘laroq qo‘llash imkoniyatlarini
izlash, Vatandan uzoqlashishni og‘ir judolik deb tushunish, tabiat
muhofazasi, vijdon erkinligi mezonlariga rioya qilish, ijtimoiy adolatning
milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan qoidalariga tayanib
ish yuritish zarur. Ajdodlarimiz boshlagan ulug‘ ishlarni ochiq ko‘z va
sog‘lom aql, davrning sharoitlari, imkoniyatlari va ehtiyojlari asosida
rivojlantirish, har qanday sharoitda ham milliy manfaatlar ustuvorligini his
qilish va ularni adolat, insonparvarlik, do‘stlik mezonlaridan chekinmay
himoya eta bilish ham kerak.
Har qanday yangi jamiyat o‘z mafkurasi bilan vujudga keladi. Mafkurasiz
jamiyat bo‘ladi, deyish jiddiy xatodir. O‘zbekiston siyosiy va iqtisodiy
sohalarda bo‘lganidek, ma’naviy sohada ham o‘zining aniq yo‘liga ega
bo‘lmog‘i kerak. Bu borada Prezidentimiz I. A. Karimovning: «Xalqimizning
ma’naviy poydevori – bo‘lajak davlatimizning tayanchlari juda qadimiy va
mustahkam. Buni hech kim inkor qila olmaydi»
, – degan fikrlari e’tiborga
loyiqdir.
Demak, oldimizda turgan eng muhim masala milliy istiqlol mafkurasini
yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir. Mafkura har bir jamiyatning o‘z
ichidan xalq ma’naviyatining mahsuli sifatida o‘sib chiqmog‘i kerak.
Ma’lumki, g‘oyalar majmuining muayyan tizimi mafkurani vujudga
keltiradi. Mafkura jamiyatning turli sohalari haqidagi yangi ilmiy, iqtisodiy,
1
Do'stlaringiz bilan baham: