– iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish orqali uning
samaradorligini oshirish, moddiy va mehnat resurslaridan unumli
foydalanish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash;
– jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashib borish;
– kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish.
Respublikada iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida bozor munosabatlariga
asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish obyektiv zarurat, ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti aholining tub maqsadlariga mos keladi,
deyish mumkin.
Iqtisodiy islohotlar esa quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirib borildi:
– bozor iqtisodining huquqiy asoslarini –
davlat boshqaruvi, mulkchilik,
xo‘jalik yuritish tartibi, tashqi iqtisodiy faoliyat, ijtimoiy kafolatlar bilan
bog‘liq 100 dan ortiq qonunlar, farmonlar va boshqa hujjatlarni yaratish;
– davlat mulkini xususiylashtirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish,
mulkdorlar sinfini shakllantirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish;
– bozorning bir-biriga bog‘lovchi va rivojlanishini ta’minlaydigan
tarkibiy qismlari – tovar birjalari, moliya va bank tizimi, sug‘urta va
auditorlik tizimi, pul va qimmatbaho qog‘ozlar bozori, soliq tizimi,
mehnat
bozori hamda boshqa strukturalar, ya’ni bozor infrastrukturasini yaratish;
– avtomobil sanoati, televizorlar, shakar, qand lavlagi, neftni qayta
ishlash, gazdan neft olish va xalq xo‘jaligining boshqa yangi sohalarini
yaratish;
– qishloqda haqiqiy bozor munosabatlarini shakllantirish, yerga
mulkchilik masalasini tubdan hal qilish, mulkchilikning turli shakllarini
shakllantirish, qishloq xo‘jaligini boshqarishning yangi tizimini yaratish,
paxta yakkahokimligi va uning oqibatlarini tugatish, dehqon (fermer)
xo‘jaliklari,
kichik korxonalar, pudrat va ijara jamoalarini tuzish, dehqonlarni
yer bilan ta’minlash, qishloq infratuzilmasini o‘zgartirish;
– tashqi iqtisodiy faoliyatni isloh qilish, ya’ni respublikamizning tashqi
iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalarning yaratilishi,
tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi muassasalar tizimining yaratilishi, respublikaning xalqaro
moliya tashkilotlariga a’zo bo‘lishi, xorij investitsiyalarining mamlakatga
kirib kelish mexanizmining yaratilishi;
– ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qonunlar
majmuining qabul qilinishi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish
jarayonida aholini
ijtimoiy himoyalash choralarining ko‘rilishi, ichki iste’mol bozorining
himoya qilinishi, kam ta’minlangan oilalar, yoshlar ijtimoiy himoyasining
kuchaytirilishi, sog‘liqni saqlash, onalar va bolalar salomatligi, kadrlar
tayyorlashni takomillashtirishga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlarni ko‘rish.
Yuqorida aytilganidek, bozor munosabatlariga o‘tishning prinsiplaridan biri
unga bosqichma-bosqich o‘tishdir. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar
quyidagi davrlar bo‘yicha bir necha bosqichda amalga oshirildi:
birinchi bosqich – 1991 yilning 1 sentabridan 1994 yilning o‘rtasigacha;
ikkinchi bosqich – 1994 yilning o‘rtalaridan boshlab, 1997 yil
o‘rtalarigacha;
210
uchinchi bosqich – 1997 yil o‘rtalaridan keyingi davr.
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yangi iqtisodiy
munosabatlarning huquqiy asoslarini yaratish bilan bog‘liq edi.
«Iqtisodiyotni isloh qilish jarayonlari mustahkam huquqiy negizga
asoslangandagina ular barqaror va sobitqadam bo‘ladi»
1
, – degan edi
O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatda keng qamrovli
islohotlarni amalga oshirish uchun asos bo‘ldi. Unda jamiyatimiz
iqtisodiyotining bozor munosabatlariga asoslanganligini
belgilovchi mavjud
turli mulk shakllari va ularning teng huquqliligi, xususiy mulk daxlsizligi va
uning davlat tomonidan qo‘riqlanishi (53-modda), mulkka egalik qilish
huquqi (36-modda) mustahkamlangan.
Respublikamizda o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida
bozor munosabatlariga o‘tishning ikkita muhim masalasi hal qilindi:
ma’muriy buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini yengish va tanglikka
barham berish. Iqtisodni barqarorlashtirish uchun respublikaning o‘ziga xos
sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda, bozor munosabatlarining
negizlarini shakllantirishga qaratilgan choralar ko‘rildi.
Yangi iqtisodiy munosabatlar va ularning manbai, mohiyatini mulkning
xilma-xil shakllari belgilashini hisobga olib, mustaqillikning dastlabki
kunlaridanoq, ularning huquqiy asosini yaratish asosiy vazifa bo‘lib qoldi.
Tabiiyki, eski ma’muriy buyruqbozlik tizimiga xizmat qilgan qonunlarning
birontasi yangi sharoit uchun ishlay olmasdi. Shu sababli eng avval islohotlar
uchun huquqiy negiz yaratildi. Yangi
qabul qilinadigan qonunlar
O‘zbekistonning xususiyatlarini va qonunchilik sohasidagi jahon tajribasini
inobatga olishni taqozo etar edi.
«Isloh qilishning birinchi bosqichida biz huquqiy asoslarni yaratishda
o‘zimizga xos yondashuvlarni, qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul
qilish bo‘yicha o‘z mexanizmimizni vujudga keltirdik»
2
, – deb ta’kidlaydi
Prezident I. Karimov.
Birinchi bosqichda mulkchilik, xo‘jalik yuritish tartibi, tashqi iqtisodiy
faoliyat bilan bog‘liq 26 ta qonun qabul qilindi. Bular orasida mulkchilik,
tadbirkorlik, xorijiy investitsiyalar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish, banklar to‘g‘risidagi qonunlar asosiy o‘rin tutdi. Bu
qonunlar bozor tizimiga asos soldi, unga o‘tish chora-tadbirlarini belgiladi.
Bu davrda, qonunlardan tashqari, Prezidentning islohotlarga taalluqli 82 ta
farmoni ham qabul qilindi. Qonunchilik bilan birga,
iqtisodni boshqarish
tizimi ham isloh qilindi. Ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi o‘rniga
demokratik bozor boshqaruv tizimi qaror topa boshladi. Jumladan Moliya
vazirligi, respublika Ulgurji va birja savdosi aksionerlik uyushmasi,
respublika Mol-mulk va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi, Tashqi
iqtisodiy aloqalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi,
respublika Markaziy banki, respublika Tovar ishlab chiqaruvchilar va
tadbirkorlar palatasi tashkil qilindi. Iqtisodiy islohotlar tufayli korxonalar
1
Do'stlaringiz bilan baham: