−
o‘tish davrini boshidan kechirayotgan respublikada mavjud siyosiy
barqarorlikka tashqaridan bo‘layotgan tahdidining oldini olish va shu orqali
islohotlarni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish;
−
uzoq vaqt davomida ma’muriy buyruqbozlikning bir elementi sifatida
iqtisodiy jihatdan «Markaz»ga qaram bo‘lib, inqirozga uchragan respublika
ishlab chiqarishiga jahonning ilg‘or texnika va texnologiyasi yutuqlarining
kirib kelishi uchun imkon yaratish;
−
O‘zbekiston aholisining chet ellar bilan bog‘liq bo‘lgan milliy
ehtiyojlarini qondirish uchun keng yo‘l ochib berish.
Ikkinchidan, respublikaning tashqi siyosatiga O‘zbekistonning dunyo
xaritasidagi geostrategik joylashuvi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu qadim
zamonlarda ham karvon yo‘llarining yerimizdan o‘tishiga
imkon yaratgan,
dunyo mamlakatlarining o‘zaro savdo va madaniy aloqalarida ko‘prik yo‘li
vazifasini o‘tagan. Bugungi kunda ham O‘zbekiston bu sohada O‘rta
Osiyoda yetakchi o‘rin tutadi. Shu bilan birga, hududimizning dengiz
yo‘llaridan uzoqda joylashganligi savdo va madaniyat sohasida aloqalar
o‘rnatish imkoniyatlarini cheklaydi va birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillarni hisobga olib, mustaqillikka erishilganiga
bir yil to‘lmasdanoq Prezident I. A. Karimov boshchiligida O‘zbekiston tashqi
siyosatining yo‘llarini aniq belgilashga qaratilgan prinsiplar ishlab chiqildi. Ular
I. A. Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li»
1
asarida o‘z
aksini topdi. Bu prinsiplar quyidagilar:
−
o‘zining milliy davlat manfaatlari ustun bo‘lgani holda, o‘zaro
manfaatlarni har tomonlama hisobga olish;
−
odamlar va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda umumbashariy
qadriyatlarni ustun qo‘yib, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni
mustahkamlash, mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish uchun kurashish;
−
inson
huquqlari, hujum qilmaslik, nizoli masalalarni hal etishda kuch
ishlatishdan va kuch ishlatib tahdid qilishdan voz kechish to‘g‘risidagi
xalqaro hujjatlarni tan olish;
−
respublikaning tashqi siyosatini teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik,
boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalari asosida
qurish;
−
tashqi siyosatda ochiq-oydinlik prinsiplarini ro‘yobga chiqarishga va
mafkuraviy qarashlaridan qat’i nazar, barcha tinchliksevar davlatlar bilan
keng tashqi aloqalar o‘rnatishga intilish;
−
O‘zbekiston ichki milliy qonunlarida xalqaro huquq normalarining
ustunligini tan olish;
−
O‘zbekistonning to‘la ishonch prinsiplari asosida
ikki tomonlama tashqi
aloqalarni o‘rnatishi va rivojlantirishi, xalqaro tashkilotlar doirasida
hamkorlikni chuqurlashtirish uchun harakat qilishi.
Prinsiplar haqida gap ketganda, bir narsaga e’tiborni qaratish kerak. U
ham bo‘lsa, bu prinsiplarning respublika uchun mutlaq yangilik emasligi.
Ular uzoq yillar davomida xalqaro munosabatlarda sinovdan o‘tgan, amalda
qo‘llanib kelayotgan prinsiplardir. O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatga doimiy
1
O‘sha manba. – 51-b.
229
a’zo bo‘lib kirmoqchi ekan, oldindan o‘rnatilgan tartibni tan olishi va unga
bo‘ysunishi shart. Lekin bu – masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomondan esa,
O‘zbekiston milliy davlat manfaatlarining ustunligini yodda tutadi va
mustaqil davlat qiyofasini yo‘qotmaslikka harakat qiladi. Buni I. A. Karimov
alohida qat’iyat bilan ta’kidlagan: «Agar, – deydi u, – integratsiya
mamlakatimizning
ozodligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini cheklab
qo‘ysa yoki qandaydir mafkuraviy majburiyatlar bilan bog‘lansa, u holda
chetdan olib kelinadigan har qanday integratsiya biz uchun nomaqbul»
1
.
Yuqorida sanab o‘tilgan prinsiplar u yoki bu shaklda O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida qayd qilingan. Uning 17-moddasida
Respublikaning «tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi,
nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa
qoidalari va normalariga» asoslanganligi aytiladi. Bu qoidalar O‘zbekiston
tashqi siyosatining yo‘nalishlarini aniqlashga asos bo‘ladi. Yo‘nalishlar esa
manfaatlar, iqtisodiy, madaniy, tarixiy, milliy va diniy an’analar ta’sirida
shakllanadi.
O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari xususida so‘z
yuritganda, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo mintaqasida
tinchlik va siyosiy
barqarorlikni ta’minlash haqida g‘amxo‘rlik qilish xususida to‘xtalish lozim.
Chunki har qanday islohot va taraqqiyotning negizida tinchlik va barqarorlik
yotadi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mavjud
imkoniyatlari va salohiyatidan foydalanib, bu omillarning qaror topishi
uchun kurashyapti.
Tashqi siyosatning ikkinchi muhim yo‘nalishi O‘zbekiston iqtisodiyotini
taraqqiy ettirish, jahon standartlari darajasiga ko‘tarish masalasi bilan
bog‘liq. Bunda tashqi siyosat O‘zbekistonga jahonning eng ilg‘or texnikasi
va texnologiyalari, chet el investitsiyalarining kirib kelishiga va
respublikaning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmog‘i
lozim. Bu borada O‘zbekiston ulkan salohiyatga ega bo‘lib,
uni jahon
hamjamiyatiga ko‘rsata bilish kerak. Shuningdek, bozor munosabatlarini
shakllantirayotgan O‘zbekiston uchun bu sohada ulkan yutuqlarga erishgan
va rivojlangan mamlakatlarning tajribasi alohida ahamiyatga ega. Uni
o‘rganish va amalda qo‘llash iqtisodimizni yuksaltirishning muhim garovi
bo‘ladi.
Ma’lumki, milliy totuvlik har qanday mamlakat barqarorligining asosidir.
Ayniqsa, O‘zbekiston kabi ko‘pmillatli davlat uchun bu juda dolzarb masala.
Buning ustiga mamlakatimizda istiqomat qilayotgan qozoq, turkman, qirg‘iz,
rus va boshqa millat vakillarining asosiy qismi boshqa davlatlarning tub
aholisini tashkil qiladi. Ular o‘rtasidagi qarindosh-urug‘chilik, qon-
qardoshlik munosabatlari doimo davom etib turishini ta’minlash lozim.
Shuningdek, dunyoning turli mamlakatlarida yashayotgan o‘zbeklarning
milliy ehtiyojlarini qondirish O‘zbekiston bilan bog‘liq. Bundan tashqari, tili,
urf-odatlari, ma’naviyati, milliy an’analari o‘xshash bo‘lgan turkiy xalqlar
1
Do'stlaringiz bilan baham: