Savodga o`rgatish darslarida o`quvchilarni maktabga moslashtirish va zamonaviy pedtexnologiya bilan birgalikda o`yin hamda ertaklardan foydalanish usullari



Download 37,5 Kb.
bet1/3
Sana29.12.2021
Hajmi37,5 Kb.
#77831
  1   2   3
Bog'liq
SAVODGA O`RGATISH DARSLARIDA O`QUVCHILARNI MAKTABGA MOSLASHTIRISH VA ZAMONAVIY PEDTEXNOLOGIYA BILAN BIRGALIKDA O`YIN HAMDA ERTAKLARDAN FOYDALANISH USULLARI


SAVODGA O`RGATISH DARSLARIDA O`QUVCHILARNI MAKTABGA MOSLASHTIRISH VA ZAMONAVIY PEDTEXNOLOGIYA BILAN BIRGALIKDA O`YIN HAMDA ERTAKLARDAN FOYDALANISH USULLARI

Bola tarbiyasi har bir davrda ham muhim ahamiyat kasb etadi. U

maktabgacha ta`lim bo`ladimi , boshlang`ich ta`lim bo`ladimi, umumiy o`rta ta`limmi hamma vaqt bu jamiyat oldida , insoniyat oldida muhim vazifa bo`lib hisoblanadi. Bekorga allomalarimiz bola tarbiyasi bilan u ona qornida paydo bo`lgandayoq shug`ullanish kerak demaydilar. Bolalar qanchalik ilmli, odobli bo`lsa, jamiyat ham shunchalik taraqqiy etib gullab- yashnab boraveradi.

1-sinflarni savodga o`rgatish davri bola hayotida birmuncha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi sir emas. Sababi bog`chada, yoki uyda hech qanday yuklamalarsiz “ Bolalikning poshsholigi”ni surib yurgan bolaga – endi sen o`quvchisan, o`qishing kerak, o`yinchoq o`ynashni bas qil , ukangga o`rnak bo`l – kabi buyruqlarimiz yoqmasligi tabiiy hol. Shuning uchun 1-sinf o`quvchilarini maktabga moslashtirishda o`qituvchidan ham , ota-onadan ham bir muncha mas`uliyat talab etiladi.

O`qituvchilarimiz har bir darsini qiziqarli , didaktik ashyolarga boyitgan holda kichik multimediyalardan foydalanib , ertaklar asosida tashkil etsa, bunday dars har qanday bolani maktabga bo`lgan mehrini oshirib, uni maktabga moslashtiradi.

Mening nazarimda darsda o`quvchiga hadeb – endi sen o`quvchisan , to`g`ri o`tir, chiroyli yoz , yaxshi o`qi , maktab qoidalariga rioya qil – deb uqtirishimiz uni zeriktirib qo`yishi, o`quvchilikdan , maktabdan bezdirishi ,talablarimiz unga yoqmasligi mumkin . Bu vazifalarni uning onggiga shunday singdirish kerakki , uning o`zi o`quvchi ekanligidan faxr etsin.

Topshiriqlarni majburiyat yuzasidan emas, qiziqib bajarsin .

Bunday bo`lishi uchun o`qituvchi , ota-ona birgalikda faoliyat yurutishi lozim. Psixologlarimiz 12 yoshgacha bola “ Men kelajakda falon kasb egasi bo`laman “ deb emas , o`qituvchi va ota-onadan rag`bat eshitishi uchun o`qishini ta`kidlashmoqda. 12 yoshdan keyin esa mana shu qiziqish biron bir kasbga yo`naltirilishi mumkin ekan.

Iste`dodsiz bola bo`lmaydi , bu iste`dodlarni topib uni rivojlantirish biz ustoz va murabbiylarning zimmasidagi sharafli vazifa ekanligini his qilishimiz lozim.

Ertak eshitishni sevmaydigan , har kech onasidan ertak aytib berishni so`ramaydigan bola bo`lmasa kerak. Bu vazifani erinmasdan ado etayotgan ota-onalar esa o`z farzandi kelajagi uchun zamin hozirlayotganligi aniq. Ertaklar bolani ezgulikka . qahramonlikka chorlab , qalbida mehr-muhabbat tuyg`ularini shakllantiradi. Har bir ertak eshitayotgan bola o`sha ertak qahramonida o`zini ko`radi . Qahramon bo`lib kimgadir yordam bergisi , mashhur bo`lgisi , hamma unga havas bilan qarashini xohlaydi . Shuning uchun darslarda ayniqsa savod o`rgatish darslarida ertaklardan unumli foydalanish yaxshi samara beradi. Bu o`quvchini maktabga bo`lgan qiziqishini , mehrini oshirishi bilan birgalikda nutq madaniyati rivojlanishiga ,mustaqil fikrlashga , eshitgan voqealarini qayta miyasida gavdalantirishga , diqqatni jamlashga o`rgatadi. Chunki bola maktabda bo`lgan qiziqarli voqeani uyiga borganda albatta kimgadir gapirib bergisi keladi. Bu ertak bo`ladigan bo`lsa ukasiga , buvisi yoki oyisiga aytib berishi aniq.

Bugun tez suratlarda jadal rivojlanib borayotgan texnika asri o`qituvchidan bir pog`ona oldinroqda yurishni talab etadi. Chunki bugungi kun bolasi axborot- kommunikatsion texnologiyalar ichida voyaga yetyapti. Kecha dunyoning bir chetida qo`lga kiritilgan ilg`or texnologiya bugun bizga yetib kelib turibdi. Buni bugungi kun o`qituvchisi bilmasligi mumkin emas. Shunday ekan , har bir darsimizda axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish talab etiladi. Biz ustozlar uchun ko`plab metodik qo`llanmalar , darsda yangi pedtexnologiyalardan foydalanish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Bizlardan esa darslarni tashkil etishda bulardan unumli va o`rinli foydalanish talab etiladi.

Mutaxassislarimiz va ilgo`r o`qituvchilarimiz tomonidan yaratilgan savod o`rgatish davridagi har-xil o`yinlar qatoriga men ham o`zimning


Download 37,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish