O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

15-ma’ruza
 
MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY 
TARAQQIYOTI 
1. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirilishi
va uning asosiy prinsiplari 
O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy 
va ma’naviy sohalardagi islohotlar uchun keng imkoniyatlar ochildi. 
O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotning o‘ziga xos yo‘lini, ya’ni ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish yo‘lini tanlab 
oldi. Mamlakatimizning xususiyatlari, xalq an’analari va milliy urf-odatlari, 
kishilarning turmush tarzini inobatga olgan holda, bozor munosabatlariga 
o‘tishning «o‘zbek modeli» ishlab chiqildi. Prezident Islom Karimov 
ta’kidlaganidek, «bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz 
respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-
odatlar, turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o‘tmishdagi 
iqtisodiyotni biryoqlama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish merosiga 
barham berishga asoslanadi»
">1

O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘liga kirgan ko‘pgina ilg‘or 
mamlakatlarning tajribasiga tayanib, respublika bo‘yicha keng miqyosda tub 
islohotlarni amalga oshirish va bozor iqtisodini shakllantirishga kirishdi. 
Mustaqillikka erishilgan vaqtda respublikamizning iqtisodiy ahvoli 
qanday edi? Ma’lumki, sobiq Ittifoqdan O‘zbekistonga salbiy iqtisodiy meros 
qolgan edi. I. A. Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» 
asarida bu nochor iqtisodiy ahvolning sabablariga batafsil to‘xtalib o‘tgan. 
Bu salbiy iqtisodiy merosning asosiy ko‘rinishlari quyidagilar edi: 
– mo‘rt va zaif, biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligiga 
asoslangan xo‘jalik; 
– xomashyoni sodda qayta ishlash, texnika va texnologiyani chetdan 
keltirishga asoslangan ishlab chiqarish; 
– respublikaning yoqilg‘i, g‘alla, shakar, go‘sht-sut va boshqa shu kabi 
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha boshqa mintaqalarga 
qaram bo‘lib qolganligi; 

respublikada og‘ir ekologik vaziyatning vujudga kelganligi; 

ishlab chiqarish samaradorligining pastligi, boqimandalik kayfiyatining 
hukmronligi va h.k.
Sobiq Ittifoqdan qolgan ana shu salbiy iqtisodiy merosni «bartaraf qilish» 
ishiga O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng kirishildi. Bunda 
respublikani iqtisodi taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqish, 
mo‘ljallangan iqtisodiy islohotlar strategiyasini amalga oshirishda 
mamlakatimizning qanday salohiyat va imkoniyatlarga ega ekanligini ham 
1
Каримов
 
И

А

Х
авфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида

Т
. 6. – 162-
б

205


hisobga olish kerak bo‘lar edi. O‘zbekistonning o‘ziga xos shart-sharoitlari 
va salohiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
– respublikadagi demografik vaziyat: aholi tabiiy o‘sishi kattaligining (u 
aholini ish joylari bilan ta’minlash muammosini paydo qiladi); 
migratsiyaning deyarli yo‘qligi (sanoat ishlab chiqarishini qishloqqa 
yaqinlashtirish muammosi bilan bog‘liq); 
– respublikaning geografik joylashuvi, ya’ni Sharq bilan G‘arbni o‘zaro 
bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘lining markazida, Markaziy Osiyo davlatlariga 
nisbatan o‘rtada, nihoyat, jahon portlaridan yiroqda joylashganligi; 
– respublikaning tabiiy va iqlim sharoiti: texnik o‘simliklar (paxta, 
kanop), oziq-ovqat mahsulotlari (g‘alla) yetishtirishga qulay, sug‘oriladigan 
yerlarning ko‘pligi, lekin suv tanqisligining mavjudligi; 
– foydali qazilma imkoniyatlari: oltin, mis, gaz, neft zaxiralarining yetarli 
darajada ekanligi, lekin temir, ko‘mir, yog‘ochning yetishmasligi va h.k. 
Bozor iqtisodi haqida so‘z ketganida, avvalambor, tovar-pul 
munosabatlariga asoslangan hamda ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida 
harakatlanadigan iqtisod tushuniladi. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston 
oldida taraqqiyotning ikki yo‘li mavjud edi: birinchisi – markazdan 
boshqariladigan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan sobiq iqtisod; 
ikkinchisi – bozor munosabatlariga asoslangan iqtisod. Kechagi tarixdan 
ma’lumki, birinchi yo‘l o‘zining samarasiz ekanligini isbotladi. Sobiq SSSR 
va boshqa sotsialistik mamlakatlar nafaqat iqtisodiy taraqqiyotda, balki 
aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash borasida ham rivojlangan G‘arb 
mamlakatlaridan ancha orqada qoldi. O‘zbekiston taraqqiyotning ikkinchi 
yo‘li – iqtisodni bozor munosabatlari asosida rivojlantirish yo‘lini tanladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish obyektiv zarurat va davr taqozosi bo‘lib qoldi. 
Chunki u umumbashariy hodisa, jahon sivilizatsiyasining rivojlanishi 
yo‘lidagi muqarrar bosqich hisoblanadi. Qolaversa, bizda, ya’ni Sharqda 
bozor sharoitidagi iqtisodiy rivojlanish juda uzoq vaqt davom etgan qadimiy 
jarayon bo‘lib, odamlar azal-azaldan savdo-sotiq bilan shug‘ullanganlar.
Bozor iqtisodiyotining bir qancha muhim xususiyatlari bor. Bu 
xususiyatlar tovar ishlab chiqaruvchining mustaqil iqtisodiy faoliyat 
yuritishi, mulkning turli shakllarda bo‘lishi va ularning teng huquqliligi, 
monopolizmga yo‘l qo‘ymaslik va ishlab chiqarishning erkin raqobati uchun 
keng yo‘l ochib berish, iste’molchilar ehtiyojini qondirishning birinchi 
o‘ringa chiqishi, ishlab chiqaruvchining o‘zi yaratgan mahsulotiga o‘zi 
egalik qilishi, uni erkin sotishi yoki sotmasligi uchun imkon berilishi, tovar 
ishlab chiqaruvchining o‘zi mulk egasi bo‘lib, uni o‘zi bilganicha ishlatishi 
mumkinligi, ishlab chiqarilgan tovarga bozorda tan olinadigan ijtimoiy zarur 
mehnatning sarflanishi lozimligi, narx-navoning erkinligi va boshqalardan 
iborat. 
Jahon tajribasida bozor munosabatlarini shakllantirishning ikkita 
yo‘nalishi mavjud: birinchisi – stixiyali, tartibsiz, rivojlanuvchi bozor 
iqtisodiyoti, ikkinchisi – boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor 
iqtisodiyoti. 
206


O‘zbekiston ikkinchi, ya’ni boshqariladigan iqtisodiyot yo‘lini tanladi. 
O‘zbekiston tanlagan yo‘lning xususiyati shundan iboratki, uning maqsadi 
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishdir. «Ijtimoiy 
jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti markazlashtirilgan rejali 
bozordangina emas, balki erkin bozordan ham farq qiladi. U mustaqil 
iqtisodiy andozadan iborat bo‘ladi. Uning erkin bozordan muhim farqi 
shundan iboratki, u iqtisodiy va ijtimoiy asoslarning sintezi hisoblanadi. Bu 
shuni bildiradiki, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodi, to‘la-to‘kis ham 
bozor iqtisodiyoti, ham ijtimoiy iqtisodiyot hisoblanadi, iqtisodiy rivojlanish 
samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan bog‘lash 
maqsadini ko‘zlaydi»
1

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bozor iqtisodiga o‘tishning o‘ziga xos 
milliy yo‘li keyinchalik «o‘zbek modeli» deb atala boshlandi. Mustaqillikka 
erishilganidan so‘ng, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar konsepsiyasi ishlab 
chiqildi. Bu Prezident I. A. Karimov ilmiy asoslab bergan va olg‘a surgan 
islohotlarning besh prinsipidir. Ular quyidagilar: 
1) iqtisodning siyosatga nisbatan ustunligini ta’minlash; 
2) bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi 
bo‘lishi; 
3)
qonunlarning va ularga rioya etishning ustunligi; 
4)
kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish; 
5)
bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo‘l bilan o‘tish. 
Bu prinsiplar bozor iqtisodiyotiga o‘tishda «o‘zbek modeli»ning ajralmas 
qismi hisoblanadi. Ular o‘zida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning umumiy 
qonuniyatlarini, respublikaning milliy xususiyatlari va sharoitlarini aks 
ettirgan. 
Birinchi prinsip – iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustunligi. Bu prinsip 
iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning boshqa sohalari uchun poydevor 
vazifasini o‘tashini va ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘lishini anglatadi. 
Unda iqtisodiyotning o‘ziga xos obyektiv qonunlarining mavjudligi, bu 
qonunlarsiz iqtisodiy faoliyat yuritish mumkin emasligi hisobga olingan. 
Iqtisodiyot siyosiy kurashlar va mafkuraviy tazyiqlardan xoli, o‘ziga xos 
ichki qonunlarga asosan rivojlanishi lozim. Lekin siyosat taraqqiyotning 
zaruratidan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin. 
Ikkinchi prinsip – bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning bosh 
islohotchi bo‘lishi. Bu prinsipda davlat islohotlarning ustun yo‘nalishlarini 
belgilab berishi, ularni amalga oshirish yo‘lini ishlab chiqishi va unga 
izchillik bilan rioya etilishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan 
davrda davlat boshqaruv mexanizmini qo‘ldan chiqarmasligi kerak. Bunda 
faqat davlat asosiy islohotchi bo‘lishi lozim. Ma’lumki, taraqqiy etgan 
ko‘pgina mamlakatlarning tajribasi davlat hamisha tub o‘zgarishlarda 
peshqadam bo‘lib kelganligidan dalolat beradi. 
O‘zbekistonda totalitar, rejali, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyotidan 
erkin, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tilmoqda. Shu sababli 
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish