O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Абдунабиев
 
А
.
Обновление

уроки
прошлого
. – 
Т
., 1988. – C. 10–11. 
183


aksariyatida kelajakka ishonchsizlik, umidsizlik, vazifalariga nisbatan 
mas’uliyatsizlik tuyg‘usining kuchayishi sezilgan bo‘lsa, boshqa bir qismida 
mavjud vaziyatdan foydalanib, shaxsiy manfaatlarini qondirish uchun egallab 
turgan mansabini suiiste’mol qilish hollari kuzatildi. Bunday sharoitning 
vujudga kelganligi esa, o‘z navbatida, boshqarish tizimini ham izdan 
chiqardi. 
Jamiyatda tanglikka Markaz tashabbusi bilan amalga oshirilgan, «o‘zbek 
ishi» va «paxta ishi» deb atalgan (aslida 1937 yildagi qatag‘ondan 
qolishmagan) kampaniya sabab bo‘ldi. Ushbu kampaniya davomida qonunlar 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri poymol qilindi, gunohsiz fuqarolar javobgarlikka tortildi. 
Albatta, bunda paxtachilikda qo‘shib yozishlar sodir etilganligini inkor etib 
bo‘lmaydi, lekin bunga odamlarni kim majbur qilganligini ham hisobga olish 
kerak edi. Bu ish esa qilinmadi. 
Mutasaddi rahbarlar Markazning paxta ishlab chiqarishni ko‘paytirish 
to‘g‘risidagi talablarini bajarmasligining imkoni yildan-yilga kamaygan, 
chunki bunday talablarni bajarmagan shaxslarning xatti-harakatlari sovet 
davlatining siyosatiga qarshi chiqish, davlat manfaatini mensimaslik, 
millatchilik ko‘rinishi sifatida baholanib, ularning nafaqat lavozimlaridan 
ketishlari, balki javobgarlikka tortilishlari ham ehtimoldan xoli emas edi. 
Qatag‘onning nihoyatda avj olganligiga «paxta ishi» bo‘yicha javobgarlikka 
tortilgan uch mingdan ortiqroq kishining keyinchalik butunlay oqlanganligi 
ham dalil bo‘la oladi
1
.
Iqtisodiy muammolarning hal qilinmaganligi, turmush darajasining 
pasayishi, millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi, boshqaruvning izdan 
chiqishi, qonuniylikning buzilishi va boshqalar jamiyat turli tabaqalarining 
o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida norasmiy, mavjud qonunlarda 
ko‘rsatilmagan yoki man qilingan jamoalar va harakatlarga birlashishga 
majbur qildi. Boshqacha aytganda, ijtimoiy hayotning siyosiylashuviga olib 
keldi. Bu jarayon, ayniqsa, 1998 yildan boshlab avj oldi. O‘zbekistonda 
dastlab «Birlik», keyinchalik «Erk», «Interdvijeniye» harakatlari, yoshlar 
hamda ayollarning turli jamiyatlari vujudga keldi. Bunday ijtimoiy harakatlar 
va jamiyatlarning boshlang‘ich faoliyatida mehnatkashlar siyosiy ongini 
o‘stirish borasida ba’zi bir ijobiy natijalarga erishildi, desak xato bo‘lmaydi. 
Ular o‘zbek tilining mavqei, tarixiy qadriyatlar va vijdon erkinligini tiklash 
hamda respublikaning mustaqillikka erishuviga muayyan hissa qo‘shdilar. 
Lekin keyinchalik rasmiy rahbariyatga qarshi turishni o‘zlarining asosiy 
quroliga aylantirib, ehtirosga berilib, o‘z maqsadlaridan og‘ib ketdilar. 
Ko‘pchilik muammolar ijobiy hal bo‘lganiga qaramay, fuqarolarni 
mitingbozlik va tartibbuzarlikka chaqirdilar. Ba’zi hollarda jinoiy ishlarga 
qo‘l urishga ham jur’at qilganliklari sababli, xalqning e’tiboridan qoldilar.
Shunday og‘ir vaziyatda xalq manfaatlari va respublikaning kelajagini 
o‘ylaydigan sofdil hamda adolatparvar rahbarlar ham topildi. Ular endi 
Markaz vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishga mutlaqo layoqatsiz 
1
Qarang: 
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
судининг
ахборотномаси
. – 1992. 
– 

2. – 55-
б

184


ekanligiga ishonch hosil qildilar, shuning uchun ham respublikaning 
mustaqilligini ta’minlash yo‘llarini va choralarini izlab topa boshladilar. 
1989 yilning iyunida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 
birinchi kotibi lavozimiga I. A. Karimov saylanib, uning rahbarligida bunday 
ishlar tobora izchillik bilan amalga oshirila boshladi. 
Bugungi kunda ba’zilarga mustaqillikka osonlikcha erishilgandek bo‘linib 
ko‘rinadi. Aslida, sobiq Kommunistik partiya hukmronlik qilib, butun 
repressiv apparatni o‘z qo‘lida ushlab turgan kezlarda respublikaning 
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy mustaqillikka intilayotganining ba’zi bir 
ko‘rinishlari bilan bog‘liq tadbirlarni ochiqdan-ochiq amalga oshirish o‘ta 
mardlik, shijoat va qat’iyatni talab qilar edi. Bu damlarni sanab va eslab 
o‘tishning o‘zi ham mustaqillikning ba’zilar o‘ylaganchalik oson qo‘lga 
kiritilmaganligidan dalolat beradi. Masalan, 1989 yilning 21 oktabrida 
o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. 
Bu tarixiy voqeaning mohiyati shundaki, u faqat milliy ma’naviyatni 
tiklashga qaratilgan bo‘lib qolmay, o‘sha paytda mahalliy aholining asosiy 
qismini tashkil qilgan, mustaqillikka intilayotgan o‘zbeklarning siyosiy 
qarashlarini ham ifodalagan edi. 
1989 yil 25 noyabrdagi O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining sessiyasi 
respublikaning o‘zini o‘zi boshqarishi va mablag‘ bilan ta’minlashi 
prinsipiga o‘tishi chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozimligi to‘g‘risida qaror 
qabul qildi. Chunki Markaz respublikaga nisbatan o‘z majburiyatlarini 
bajarmay qo‘ygan edi. 
1990 yilning 24 martida O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining sessiyasi sobiq 
Ittifoqda birinchi bo‘lib respublikada Prezidentlik lavozimini ta’sis etish 
to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mustaqillikka erishish borasidagi kurashlarda 
jonbozlik ko‘rsatayotgan I. A. Karimov bir ovozdan ushbu lavozimga 
saylandi. 
O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1990 yil 20 iyundagi sessiyasi 
«Mustaqillik deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Unda O‘zbekiston SSR o‘zining 
ichki va tashqi siyosatini belgilashda tanho hokim bo‘lishi qayd etildi. 
Oliy Kengash Prezidiumi 1991 yilning 22 iyulida «O‘zbekiston SSR 
hududida joylashgan Ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari 
va tashkilotlarini O‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o‘tkazish 
to‘g‘risida» qaror qabul qildi.
Qabul qilingan qarorlar mustaqillikka erishish uchun qilingan harakatlar 
majmuasida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmasa ham, mustaqillik sari 
intilishning tasodifiy hodisa emasligini tasdiqlab turibdi. 
1991 yilga kelib Markazning tazyiqidan qutulishga harakat sobiq 
Ittifoqda umumiy yo‘nalishga aylandi. Endi markaziy hokimiyat oldida bir 
qancha muammolar ko‘ndalang bo‘lib turardi. Bu muammolarni shartli 
ravishda o‘zaro bog‘liq uch guruhga bo‘lish mumkin: 
1) har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham markaziy hokimiyatning mavqeini 
mustahkamlash; 
2) mamlakatda muayyan tartib o‘rnatish va ijro intizomini kuchaytirish; 
185


3) milliy respublikalar bilan Markaz vakolatlarining chegarasini aniq 
belgilash orqali separatizmga chek qo‘yish. 
Lekin bu muammolarning yechimini topishda markaziy hokimiyatning 
o‘zida birlikning yo‘qligi SSSRning tarqalib ketishini tezlashtirdi. Moskvadagi 
siyosiy kuchlarning vakillari ikkita qarama-qarshi guruhga bo‘linib ketdilar. 
Prezident M. 
S. 
Gorbachevning o‘sha davrdagi muovini Yanayev 
boshchiligida birinchi guruh (o‘zining siyosiy bayonotida Favqulodda holat 
bo‘yicha davlat qo‘mitasi) GKCHP hokimiyatni o‘z qo‘liga olgani va 
mamlakatdagi vaziyatni quyidagi yo‘llar bilan o‘zgartirish rejasini e’lon 
qildi: 

iqtisodiy faoliyatni uyushtirishda davlat mulkining mavqeini 
mustahkamlash va, umuman, ishlab chiqarish ustidan nazoratni kuchaytirish; 

jamiyatda yetakchi mavqeini tobora yo‘qotib borayotgan KPSSning 
obro‘ini ko‘tarish; 

jamiyatni boshqarishda sotsializmning ustun g‘oya ekanligini tan olish. 
Yelsin boshchiligidagi ikkinchi guruh vakillari o‘zlarini demokratlar deb 
atadilar. Bu siyosiy kuch quyidagicha talablar bilan Moskva ko‘chalariga 
chiqdi: 

KPSSning jamiyatdagi rahbarlik o‘rniga barham berish; 

mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va erkin iqtisodiy faoliyat uchun 
sharoit yaratish; 

jamiyatni boshqarishda demokratik tamoyillarni qo‘llash uchun keng 
yo‘l ochish; 

ittifoqdosh respublikalar, jumladan Rossiyaning mustaqilligini tan olish 
va h.k. 
Har ikkala guruhning dunyoqarashi tahlil qilinganda, birinchisi jamiyatni 
o‘zini oqlamagan eski tuzumga qaytarishga harakat qilganligini, ikkinchisi 
kelajak, yangilanish, taraqqiyotga intilganligini ko‘rish mumkin. Tarix 
g‘ildiragini orqaga aylantirib bo‘lmaydi. Demokratiyaga intilayotgan Yelsin 
boshchiligidagi kuchlar bu siyosiy inqirozdan g‘alaba bilan chiqdilar. 
Murakkab vaziyatda ham O‘zbekiston rahbariyati oqilona yo‘lni tutdi, 
ya’ni Markazdagi tortishuvlarga aralashmasdan respublikada barqarorlikni 
saqlab qolish, ichki va tashqi siyosatni mustahkamlash uchun mavjud 
imkoniyatlardan foydalanish yo‘lidan bordi. 
I. A. Karimov o‘sha davrdagi O‘zbekiston rahbariyatining harakatlari 
haqida shunday degan edi: «17–19 avgust kunlari men O‘zbekiston 
delegatsiyasi bilan Hindistonda edim. 19 avgustda u yerdan qaytib kelgach, 
shu kuniyoq rahbariyat a’zolarini, hukumat va parlament a’zolarini to‘plab, 
maxsus yig‘ilish o‘tkazdik. Yig‘ilishda men o‘z fikrimni aytdim. ...Mening 
bayonotim shunday bo‘ldi: O‘zbekistonga buning daxli yo‘q. O‘zbekiston 
o‘z yo‘lini, o‘ziga xos, o‘ziga mos taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi, O‘zbekiston 
erkin bo‘ladi, deb uzil-kesil aytganmiz. Bu qarorni barcha viloyatlarda, 
barcha tumanlarda butun O‘zbekiston xalqi qo‘llab-quvvatladi»
1

Shunday qilib, 19–21 avgustda yuz bergan siyosiy voqealar SSSRning 
tarqalib ketishi uchun muhim turtki bo‘ldi, deyish mumkin. Imperialistik 
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish