va xarid narxlarining besh barobar oshib ketishi ham sabab bo‘ldi
1
.
Bu hol
Rossiya sarmoyadorlarini tashvishga solib qo‘ydi. Ularning nufuzli vakillari
ushbu muammoni hal qilish vazifasini hukumat oldiga qat’iyat bilan qo‘ya
boshladilar.
Keltirilgan asoslardan Rossiya xomashyo muammosini faqat O‘rta
Osiyoni bosib olish yo‘li bilangina hal qilishi mumkin edi, degan xulosaga
kelmaslik kerak.
Tahlil qilinayotgan davrda Rossiyaning oldida yana bir muammo –
Rossiya flotining Angliya hukmronlik qilayotgan Qora va O‘rta dengizlarga
erkin chiqish masalasi ko‘ndalang turardi. Bu mintaqalarda Rossiya
to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatga dosh berolmasdi. Shu bois Rossiya Angliyaga
tazyiq o‘tkazadigan boshqa hududni izlashiga to‘g‘ri kelgan.
Angliya
mustamlakalarining qo‘shnilari bo‘lmish O‘rta Osiyo xonliklari ana shunday
vosita bo‘lib xizmat qilishlari mumkin edi. Rossiya ularning hududlarini
egallab, Angliya mustamlakalariga tahdid solishga va Angliyani Yevropada
biroz bo‘lsa-da yon berishga majbur qila olar edi. Sanab o‘tilgan muammolar
albatta hal qilinishi kerak edi.
Yuqorida biz, asosan, ikki buyuk davlatning manfaatlari haqida so‘z
yuritdik, lekin bu yerda uchinchi tomon – O‘rta Osiyo xonliklari xalqlarining
manfaatlari ham borligi raqobat qilayotgan tomonlarni qiziqtirmas edi.
Imperialistlar faqat o‘z foydalarini ko‘zlar va bu yo‘lda barcha usullarni
qo‘llashga tayyor edilar. Chor Rossiyasining hukumati
reaksion guruhlarning
ta’sirida ko‘plab qon to‘kilishiga olib keladigan talonchilik, bosqinchilik
urushi yo‘lini tanladi. Ushbu jarayon bir qancha o‘quv qo‘llanmalari, tarixiy
va ilmiy adabiyotda batafsil yoritilganligi bois, bu urushning barcha
tafsilotlarini bayon qilishni lozim topmasdan,
uning mohiyati, maqsadi,
bosqichlari va yakunlariga e’tibor qaratmoqchimiz.
Chor Rossiyasi Qo‘qon xonligi tasarrufiga kirgan Oq machitni 1853 yilda
egallagan bo‘lishiga qaramay, urush, asosan, 1964 yilda Avliyoota (hozirgi
Jambul) va Chimkentni bosib olishdan boshlandi.
Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olish jarayonidagi asosiy davrlar
quyidagilar:
1864 yilda – Avliyoota va Chimkent egallandi;
1865 yilda – Toshkent bosib olindi;
1868 yilda – Buxoro amirligi taslim bo‘ldi;
1873 yilda – Xiva xonligi bo‘ysundirildi;
1876 yilda – Qo‘qon xonligi tugatildi;
1885 yilda – Turkmanistonning bir qancha shaharlari egallandi;
1895 yilga kelib O‘rta Osiyoning hozirgi Afg‘oniston
va Eron bilan
chegaradosh sarhadlari to‘liq zabt etildi.
Mustamlakachi Rossiya davlati o‘zining qirg‘inbarot harbiy yurishlarini
xaspo‘shlash uchun O‘rta Osiyo xalqlarining Rossiyaga o‘z ixtiyorlari bilan
qo‘shilganligini, urushda qurbonlar kam bo‘lganligini isbotlash, bosib olingan
davlatlarning mustaqilligi saqlab qolinganligi, ulardagi xalqlarning mustabid
1
Qarang:
Ўзбекистоннинг
янги
тарихи
.
Биринчи
китоб
.
Туркистон
чор
Россия
-
си
мустамлакачилиги
даврида
. – 229–230-
б
.
109
tuzumdan ozod qilinganligi haqidagi nayranglarni o‘ziga qurol qilib olganligi
va targ‘ibot
qilganligini nazarda tutib, e’tiborni urushning asl maqsadi va
mohiyatini ochib berishga qaratmoqchimiz.
Har qanday urushda bo‘lganidek, Rossiya bilan O‘rta Osiyo
xonliklarining to‘qnashuvida ham o‘sha davrda mavjud bo‘lgan qo‘shinning
barcha turlari va qurol-yarog‘ning to‘la majmui ishtirok etdi, ikkala
tomondan ham ko‘p qon to‘kildi, ya’ni haqiqiy qirg‘inbarot urush bo‘ldi.
Rossiya armiyasi bosqinchilikning barcha ko‘rinishlarini namoyon qildi.
Fikrimizning tasdig‘i uchun ba’zi misollarni keltiramiz. Xivani zabt
etishda Rossiya tomonidan 56 ta to‘p bilan qurollangan 9 mingdan ortiq
harbiylar
qatnashdilar
1
, qarshi tomondan bundan ham ko‘proq odam
qatnashgan. Samarqandni egallashga qaratilgan yurishda Rossiya tomonidan
taxminan 2,5 ming nafar askar va 10 ta to‘p qatnashdi
2
. Urushda halok
bo‘lganlarning, ayniqsa, himoyachilarning soni nihoyatda ko‘pligi kishini
dahshatga soladi. Masalan, Chimkentda 12 ming, Toshkentda 8 ming,
Xo‘jandda 5 ming, Jizzaxda 3 ming nafar himoyachi halok bo‘lgan
3
.
Umuman olganda, deyarli 20 yil davom etgan urushda mahalliy aholining
qanchasi qirilib ketganligini faqat taxmin qilish mumkin.
Keltirilgan ma’lumotlar, tarixiy manbalarda bayon qilingan tafsilotlarga
asoslanib, chor Rossiyasining o‘zbek xonliklariga
qarshi olib borgan
urushlarini faqat bir ma’noda, ya’ni imperializm davriga xos bosqinchilik,
talonchilik urushi deb ta’riflash mumkin.
Bir vaqtlar, ayniqsa, Amir Temur hukmronligi davrida butun dunyoga
hukmini o‘tkazishga qurbi yetgan davlat nima uchun Buxoro, Xiva va
Qo‘qon xonligi davriga kelib, xalqning qahramonona qarshiligiga qaramay,
fojiali ravishda mag‘lubiyatga uchradi, degan savolning tug‘ilishi, tabiiy.
O‘rta Osiyo xonliklari mag‘lubiyatga uchrashining asosiy sababi Buxoro
amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarining jahondagi
umumiy taraqqiyotdan
chetda qolib ketganligidir. Bu xonliklardagi feodal munosabatlarga
asoslangan tuzum xurofotni qurol qilib olgan ruhoniylar ta’sirida ushbu
mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sharoit yaratmadi.
Albatta, bu hol armiyaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmas edi. Masalan,
Buxoro amirligida umumiy safarbarlik e’lon qilingan davrda askarlarning
soni 100 ming nafargacha yetardi. Ammo u ramziy ma’nodagina lashkar edi.
Ularning asosiy qismi uchiga temir nayza qadalgan oddiy tayoq yoki ilg‘or
mamlakatlarda allaqachon foydalanilmay qolgan pilta miltiqlar bilan
qurollangan bo‘lib, uni yondirish va otish uchun bir hokandoz cho‘g‘ bo‘lishi
shart edi. Ahmad Donishning yozishicha, lashkarning o‘zi harbiy mashqlarni
yaxshi o‘zlashtirmagan va urush maydonini ko‘rmagan
bezori va sayoq
kishilardan tashkil topgan edi
4
. Aks holda, 1866 yil 22 mayda Oqjarda 10
1
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: