Аҳмедов
Б
.
Тарихдан
сабоқлар
. –
Т
., 1994. – 332–334-
б
.
99
Turkmanistonning janubi, Eronning shimoliy Saraxs tumani, Orol bo‘ylari va
Mang‘ishloqqacha kengaytirdi.
Buxoro hukmdorlaridan Xivani bo‘ysundirish uchun 1536 yilda
Ubaydullaxon, 1575 yilda Abdullaxon harakat qildi, lekin bo‘ysundira
olmadi. Abdullaxon vafotidan (1598) so‘ng, Xiva xonligi uzil-kesil mustaqil
bo‘ldi.
XVI–XVIII asrlarda Xiva xonligida feodal tarqoqlik hukm surdi. Har bir
shahzoda o‘z mulkida mustaqil boshqaruvga ega edi. Arab Muhammad
(1602–1623), Asfandiyor (1623–1643) davrida bunday holat yanada
kuchaydi. Xonlik hududiga qozoqlar, Ural kazaklari, qalmiqlar va Buxoro
lashkarlari bir necha bor bostirib kirdilar. Abulg‘ozi Bahodirxon (1643–
1663)
va uning O‘g‘li Anusha davrida (1663–1687) Xiva xoni, yirik tarixchi
olim va tabib Buxoroga bir necha bor hujumlar uyushtirdi. XVIII asrda ham
xonlikda vaziyat og‘irligicha qolaverdi. Ayniqsa, Shohniyoz (1688–1702) va
undan keyin hukmronlik qilgan Arab Muhammadxon II (1702–1714) davrida
sultonlar o‘rtasida taxt uchun kurash to‘xtamadi. 1715 yilda Xiva xonligi
taxtiga Sherg‘ozi o‘tirdi. Feodal mojarolar natijasida davlatning ichki ahvoli
yomonlashib bordi. Bu davrda qo‘shni davlatlarning Xiva xonligi ichki
ishlariga aralashuvi kuchaydi. Petr I Xiva xonligini bosib olish maqsadida
1715–1717 yillarda Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida katta ekspeditsiya
yubordi. Lekin Xiva lashkarlari ustalik bilan harakat qilib, rus qo‘shinlarini
mag‘lubiyatga uchratdi. Shundan keyin ham qo‘shni davlatlarning Xiva
xonligi ichki ishlariga aralashuvi davom etaverdi. 1728 yili Sherg‘ozixon
o‘ldiriladi va Xivaning nufuzli ayonlari taklifiga binoan taxtga qozoq
sultonlaridan biri Elbars (1728–1740) o‘tiradi.
Elbarsxon II davrida Xuroson, Afg‘oniston va Hindistonga harbiy
yurishlar qilindi. Shu davrda Eron hukmdori Nodirshoh Xivaga qarshi urush
boshladi. Elbarsxon II o‘ldirilib, Xiva xonligi Eronga bo‘ysundirildi. Bir
yildan so‘ng, 1741 yilda Xivada Eronga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilib,
xonlikning mustaqilligi tiklandi. 1747 yilda qozoq sultonlaridan biri Qoyim
(Kaip, 1747–1757) xon deb e’lon qilindi.
1763 yilga kelib Xiva xonligida yangi sulola – qo‘ng‘irot qabilasi
vakillarining hukmronligi boshlandi. Muhammad Amin inoq (1763–1790)
1770 yilda turkmanlarning, 1782 yilda buxoroliklarning hujumlarini daf etdi.
1804 yilda Xivada qo‘ng‘irotlar sulolasi amalda emas, rasmiy ravishda
hukmron bo‘lib oldi. Eltuzarxon (1804–1806) va uning ukasi Muhammad
Rahimxon I (1806–1825) hukmronligi davrida Xiva xonligining nufuzi
oshdi, uning birlashish jarayoni tugallandi. 1811 yilda Orol bo‘ylari, ko‘p
o‘tmay qoraqalpoqlar, 1822 yilda Marv va uning atrofidagi turkmanlar
bo‘ysundirildi.
Muhammad Rahimxon I davlatni boshqarish uchun devon (vazirlik)
tashkil qildi, soliq tizimini isloh qilib, bojxona va zarbxona tashkil etdi, oltin
va kumush tangalar chiqardi. Uning o‘g‘li Olloqulixon (1825–1842) davrida
xonlik yerlari Sirdaryoning Orolga quyilishi joyidan Turkmanistonning
Kushkagacha bo‘lgan hududlarigacha kengaydi. Natijada Eron bilan
munosabatlar yomonlashdi. Undan keyingi xonlar, ayniqsa, Muhammad
100
Aminxon (1845–1855) va Sayyid Muhammadxon (1855-1864)lar
turkmanlarga qarshi va Xurosonni egallash maqsadida bir necha marta
yurishlar qildilar. Xiva taxtida eng ko‘p o‘tirgan hukmdorlardan biri
Muhammad Rahimxon II (1864–1910) bo‘lib, uning davrida Xiva xonligi
Rossiya imperiyasiga qaram bo‘lib qoldi.
XVIII asr boshlarida Buxoro xonligida ro‘y bergan siyosiy va iqtisodiy
tushkunlik oqibatida markaziy hokimiyat zaiflashib bordi. Xonlik tasarrufiga
kiritilgan yerlarda, ayniqsa, Farg‘onada mustaqillikka intilish kuchayib ketdi.
Natijada Farg‘ona alohida o‘lka bo‘lib, xonlikdan ajralib chiqdi
1
. Xon
avlodlari o‘rtasidagi kurash tufayli hokimiyat o‘zbeklarning Ming urug‘idan
chiqqan Erdonabiy qo‘liga o‘tadi. Ko‘p o‘tmay, Shohruhbiy hokimiyatni
qo‘lga olib, 1710 yilda Qo‘qon xonligiga asos soldi. Qisqa vaqt ichida
Farg‘onadan tashqari, xonlik hududiga Sirdaryo havzasi, Yettisuvning bir
qismi qo‘shib olindi.
Abdurahimbiy (1721–1733) 1732 yilda davlat poytaxtini Tepaqo‘rg‘on
qal’asidan hozirgi Qo‘qon shahri o‘rniga ko‘chirdi. Abdurahimbiy davrida
xonlik yerlari kengayib, Farg‘onada kuchli davlat vujudga keldi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Erdonabiy (1751–1762) va Norbo‘tabiy
(1763–1798) hukmronligi davrida Farg‘onani birlashtirish yakunlandi. Bir
necha marta Qo‘qon hukmdori Norbo‘tabiy Toshkentga qarashli yerlarni
bo‘ysundirishga harakat qildi. Lekin muvaffaqiyat qozonolmadi.
Norbo‘tabiyning o‘g‘li va vorisi Olimxon (1798–1809) davrida xonlik yerlari
kengayib, uning siyosiy va iqtisodiy mavqei o‘sdi. Xonlikda harbiy islohot
o‘tkazildi. Ohangaron, Toshkent, Chimkent va Turkiston viloyatlari xonlikka
qo‘shib olindi.
1805 yildan Farg‘ona davlati rasman
Qo‘qon xonligi
deb e’lon qilindi
2
va
Olimbek o‘ziga xon unvonini oldi. 1809 yilda xonlik taxtiga Umarxon
(1809–1822) o‘tirdi. Umarxon hukmronligi davrida bo‘ysunmay qo‘ygan
Turkiston, Chimkent, Sayram va Avliyoota egallandi. Jizzax, O‘ratepa va
boshqa joylar uchun Qo‘qon xonlari Buxoro amirligi bilan beto‘xtov urushlar
olib bordi. Muhammad Alixon (1822–1842) Sharqiy Turkiston bilan
iqtisodiy va siyosiy aloqalarni kuchaytirishga harakat qildi. Xonlik
chegaralarini kengaytirib, Qorategin, Ko‘lob, Hisor, Badaxshon, Darvoz va
Matcho viloyatlarini bosib oldi. Chegaralarni mustahkamlash maqsadida
Pishpak, To‘qmoq, Kushka, Avliyoota va boshqa harbiy istehkomlar qurildi.
Muhammad Alixon boshqaruvining so‘nggi yillarida Qo‘qonda xon
hokimiyatiga qarshi Nasrulloxon 1839 va 1841–1842 yillarda Qo‘qon
xonligiga bostirib kirib, Toshkent, Xo‘jand, O‘ratepa va boshqa joylarni
egallab oldi. 1842 yilda Qo‘qonga hujum qilib Muhammad Alixon,
Mohlaroyim (Nodirabegim) va boshqa ko‘p odamlarni qatl ettirdi. Qo‘qonga
Buxoro tarafidan noib tayinlandi, lekin ko‘p o‘tmay qo‘qonliklar qo‘zg‘olon
ko‘tarib, buxoroliklar hukmronligini ag‘darib tashladilar. 1842 yilda
Olimxonning jiyani Sherali xon qilib ko‘tarildi. Bu vaqtda qo‘ldan chiqib
ketgan Toshkent yerlari, Qurama, Xo‘jand va boshqa viloyatlar qaytadan
1
История
Узбекистана
.
Т
. 3. –
Т
., 1993. –
С
. 205–207.
2
O‘sha manba.
101
xonlik tasarrufiga kiritildi. Bu davrda Farg‘onada qipchoqlar qo‘zg‘olon
ko‘tarib, Qo‘qonni egalladilar va Musulmonqul bosh qo‘mondon qilib
tayinlandi. Sheralixonning siyosatidan norozi o‘zbek beklari uni o‘ldirdilar,
taxtga Olimxonning o‘g‘li Murodxon qo‘yildi. Sheralixondan keyin xonlikda
taxt uchun kurash avjiga mindi. Yosh hukmdor Murodxon ham o‘ldirilib,
uning o‘rniga taxtga Musulmonqul qipchoq tomonidan Sheralixonning o‘g‘li
Xudoyorxon o‘tqazildi.
Xudoyorxon uch marotaba taxtga o‘tirdi
1
. Birinchi marta (1845–1858)
nomigagina xon bo‘lib, hokimiyatni qaynotasi Musulmonqul boshqardi.
Xudoyorxon ikkinchi marta 1862–1863 yillarda, uchinchi marta 1865–1875
yillarda xonlik qildi. Xudoyorxon hukmronligi davrida tinimsiz ichki nizolar,
Buxoro amirligi bilan olib borilgan urushlar, xalq g‘alayonlari Qo‘qon
xonligini inqirozga olib keldi.
Shunday qilib, Rossiya istilosi arafasida O‘rta Osiyoning uchta o‘zbek
xonligi o‘rtasidagi feodal urushlar, etnik nizolar, taxt talashishlar Rossiya
imperiyasi tomonidan bu uchala mustaqil o‘zbek davlatlarini bosib olib,
mustamlakaga aylantirishga qulay imkoniyat yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |