Masalan, janubiy Turkmanistonda IV–III ming yillik boshlarida 1000–2000
kishilik aholi
manzilgohlari yuzaga kelgan
1
.
Ikkinchi omil – hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi.
Buning natijasida ayrim aholi manzilgohlarida, asosan, maxsus ishlab
chiqarish (hunarmandchilik) bilan shug‘ullanadigan aholi to‘plana boshlaydi.
Umuman olganda, hunarmandchilikning ajralish jarayoni bilan shaharlarning
paydo bo‘lish jarayoni bir vaqtda kechgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki,
dastlab shahar tipidagi manzilgohlarda
aholi dehqonchilik bilan
shug‘ullangan. Shaharlarning asta-sekin rivojlanib borishi bilan
hunarmandchilik shahar hayotida tobora muhim mavqeni egallagan.
Hunarmandchilikning yangi tarmoqlari paydo bo‘lgan. Ayniqsa, uning
temirchilik va kulolchilik kabi tarmoqlarining yuksalishi shaharlarning
shakllanish jarayonini tezlashtirgan.
Shuningdek, jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish
hamda boshqaruv tizimining
tobora murakkablashib borishi ham shaharlarning shakllanishini yuzaga
keltirgan omillardan hisoblanadi. Chunki, aynan yirik aholi manzilgohlarida
boshqaruv tizimlari vujudga kelgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, shaharlarning shakllanishida aloqa
munosabatlari va savdo-sotiq rivoji ham muhim omillardan hisoblanadi.
Masalan, Janubiy Turkmanistonda mil. av. IV–III
ming yilliklardayoq loydan
yasalgan dastlabki g‘ildiraklar paydo bo‘lgan. Miloddan avvalgi III ming
yillik o‘rtalarida tuyaga, ba’zan ho‘kizga qo‘shiladigan to‘rt g‘ildirakli
aravalar yasalgan
2
. Transportning rivoji shaharlarga qishloq xo‘jaligi rayoni
markazi,
shuningdek, zaruriy hamda qo‘shimcha mahsulotni taqsimlovchi
manzilgoh funksiyasini bajarish imkonini bergan.
Shaharlarning shakllanishiga diniy qarashlar ham sabab bo‘ladi. “Iloh”ga
yoki “ilohlar”ga sig‘inishning paydo bo‘lishi natijasida shaharlar nafaqat
iqtisodiy, shu bilan birga, diniy markaz vazifasini ham bajargan.
Nihoyat, o‘sha davrdagi harbiy siyosiy vaziyat ma’lum
bir vohalarda
shaharlar bo‘lishini taqozo etgan. Chunki, shaharlar o‘sha joy aholisini
dushman hujumidan saqlaydigan joy vazifasini ham bajargan. Shahar va
yaqin atrofdagi qishloqlar aholisini bosqinchilardan himoya qilish maqsadida
shaharlarda mudofaa inshootlari qurilgani fikrimizning dalili bo‘la oladi.
Yuqoridagi shart-sharoit va omillar Markaziy
Osiyoda miloddan avvalgi
III–II ming yilliklarda shahar tipidagi aholi manzilgohlarining paydo
bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Aynan shaharlarda jamiyat tomonidan olingan
qo‘shimcha mahsulot monumental ibodatxonalar va boshqa qurilishlar
ko‘rinishida o‘z aksini topadi. Shaharlardagi ko‘plab
ustaxonalarda mohir
hunarmandlar ishlaganlar. Shaharlardagi bozor maydonlarida oldi-sotdi
munosabatlari olib borilgan. Ilk shaharlar aholi sonining birmuncha ko‘pligi,
monumental inshootlar (saroy, ibodatxona), hunarmandchilik mahallalarining
mavjudligi bilan qishloqlardan ajralib turgan. Shaharlarning devor bilan
1
Массон
В
.
Экономика
и
социальный
строй
древних
обществ
. –
Л
., 1976. –
С
. 142–143.
2
Do'stlaringiz bilan baham: