shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, agar xalq o‘z qobig‘iga o‘ralib,
jahon
tajribasidan ajralib qolsa, bu jarayon yanada og‘irroq kechib, cho‘zilib
ketadi.
Demak, har qanday xalq yuksak ma’naviyatga ega bo‘lishi uchun milliy
o‘ziga xosligini, asrlar davomida sinovdan o‘tgan, iymon-e’tiqod bilan
yashash kabi an’analarini saqlab qolish bilan birga,
umuminsoniy
qadriyatlarni ham o‘zlashtirib borishi lozim. Lekin biz uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan inson huquqlariga rioya etish, tadbirkorlik erkinligi,
matbuot erkinligi, ijtimoiy va iqtisodiy raqobat, o‘zaro murosa, o‘zgalarning
fikrlarini
hurmat qilish, ular bilan hisoblashish kabi demokratik qadriyatlar
biz uchun yangilik. Bu sohadagi ehtiyotsizlik kutilmagan salbiy oqibatlarga
olib kelishi mumkin. Masalan, ma’rifatdan yiroq bo‘lgan siyosiy raqobat
ekstremizmga, ijtimoiy yo‘naltirilmagan bozor munosabatlari iqtisodiy
tanglikka olib kelishi mumkin. Ana shunday noxush hodisalarning oldini
olish maqsadida o‘z rivojlanish yo‘lini aniqlab olgan
respublika rahbariyati
o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozimligi haqidagi qoidaga amal
qilishni o‘zining muhim burchi deb hisoblab kelmoqda va unga to‘la-to‘kis
amal qilmoqda. Mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik yuqoridagi
qoidaga izchillik bilan amal qilinayotganligidan dalolat berib turibdi.
Mustaqillik sharoitida mamlakatdagi siyosiy barqarorlikni ta’minlash
respublika aholisining farovonligini oshirish, moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarini tobora to‘laroq qondirishdek murakkab vazifani so‘zsiz
bajarishning kafolatidir. O‘z navbatida, barqarorlikning negizi O‘zbekiston
aholisining milliy va etnik yakdilligini ta’minlashga bog‘liq. Buning uchun
respublika rahbariyati mustaqillikning birinchi kunlaridanoq O‘zbekiston
barcha xalqlari uchun “Umumiy uy” shiori asosida o‘z faoliyatini ko‘p
elatli
birlikni vujudga keltirishga qaratib kelmoqda. I.
A.
Karimovning
ta’kidlashicha: “O‘zbek madaniyatining umuminsoniy mohiyati, ma’naviy-
ruhiy qadriyatlarning va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi bu birlikning
negizini tashkil etdi”
1
.
Bizningcha, bu birlik murakkab jarayonning boshlanishidir. O‘zbekiston
aholisini tashkil qilgan barcha millat vakillari “men rus, qozoq, tojik, qirg‘iz
yoki turkmanman” deyish o‘rniga g‘urur bilan “men O‘zbekistonlikman”,
desin. Kelajakda shunday bo‘ladi ham, chunki respublikada milliy masalada
o‘rnatilgan tartib bo‘yicha hech qaysi millat vakili kamsitilmaydi. Bunga
ko‘plab misollar keltirish mumkin. Respublikaning eng yuqori organlaridan
tortib viloyat, shahar, tuman, qishloqlar boshqaruvida
istisnosiz barcha millat
vakillari bab-baravar ishtirok etmoqdalar. U yoki bu millat vakillari
uyushibroq yashagan hududlarda ular o‘z ona tillarida bilim olish
imkoniyatiga egalar. Televideniyeda maxsus xalqaro telekanal tashkil
qilingan. Shuningdek, radioda rus, qozoq,
tojik va boshqa tillarda
eshittirishlar olib boriladi. O‘z milliy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish
imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun turli milliy markazlar tashkil qilingan va
h.k.
1
Каримов
И
.
А
.
Ўзбекистон
ХХ
I
аср
бўсағасида
:
хавфсизликка
таҳдид
,
барқарорлик
шартлари
ва
тараққиёт
кафолатлари
. –
Т
., 1997. – 143-
б
.
30
Shunday qilib, bu omillar hozirgi o‘zbek xalqining tarixi faqat XV–XVI
asrlardan boshlanadi, deb o‘ylashimiz to‘g‘ri emasligini asoslaydi. O‘zbek
xalqining tarkibiga “ko‘chmanchi o‘zbeklar” so‘nggi qo‘shilma sifatidagina
kirdi.
O‘zbek xalqining asosini uzoq asrlar mobaynida murakkab etnogenez
jarayoni orqali shakllangan barcha turkiy aholi tashkil etadi.
Vatanimiz O‘zbekistonning
uzoq davom etib kelgan, uzluksiz taraqqiyot
yo‘li, tarixi bor. Shuningdek, biz xalq tarixini uning nomi tarixi bilan
aralashtirish mumkin emasligini ham ko‘rdik. Garchi, u «o‘zbek» nomini
hayot kechirib kelgan zamonlardan ancha keyin olgan bo‘lsa-da, lekin bu
uning qadimgi tarixini sira yo‘qqa chiqara olmaydi.
Uzoq yillar davomida o‘zbek xalqi o‘zining
eng buyuk qadriyatlarini
asrab-avaylab saqlab qolish bilan birga, o‘zga xalqlarning ilg‘or
madaniyatini ham o‘ziga singdirib, ma’naviyatini boyitib bordi. Shuningdek,
o‘zbek xalqining yuksak madaniyatidan boshqa xalqlar ham bahramand
bo‘ldilar.
Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining madaniyati va ma’naviyatining
yuksalishi, turmush tarzining boyishi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.
Uning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan ma’naviyatining
hosilalari O‘zbekiston xalqining yakdilligi, tabiiy
birligi va davlat miqyosida
tili va etnosidan qat’i nazar yagona millat sifatida shakllanishiga asos
bo‘lmoqda.
31