O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Маҳмудов
 
Қ
.
 
Туркий
қавмлар
тақдири
// 
Фан
ва
турмуш
. – 1992. – 

2. 
21


Bu davlat tarixda 
G
arbiy Turk xoqonligi nomi bilan mashhurdir. Eftalitlar 
tor-mor etilgach (563–567 yillar orasida), turklar asta-sekin O‘rta Osiyo 
viloyatlariga kira boshlaydilar. Shunisi e’tiborliki, VI asrning 70-yillarida 
turklar Amudaryoga yaqinlashadilar. Biroq ular harbiy otradlar bo‘lib, bu 
yerda vaqtincha turar edilar va shuning uchun ular o‘zlaridan keyin mahalliy 
aholi tarkibida ahamiyatliroq bir iz qoldirmaganlar.
Yana bir qiziqarli ma’lumot, mashhur Sosoniy hukmdori Xisrav 
Anushirvon (531–579 y.) turk malikasiga uylangan bo‘lib, Anushirvonning 
o‘g‘illaridan bo‘lgan Xo‘rmuzning onasi shu malika edi. Shunday bo‘lsa-da, 
o‘sha VI asrning ikkinchi yarmida g‘arbiy turk hoqonligida turklarning 
ma’lum qismi Zarafshonning quyi oqimi taraflariga borishiga va Buxoro 
hududida joylashib qolishlariga sababchi bo‘lgan voqelar ro‘y beradi
.
Makvart va S. Tolstovning aniqlashlaricha, Hoqon Mug‘an bilan 
kanizakdan tug‘ilgan turk shahzodasi Abo (forsiycha transkripsiyada Abro‘y) 
farosatsizroq bo‘lib, VI asrning 80-yillarida qo‘zg‘olon ko‘taradi va 
ko‘pchiligi kambag‘allashgan aholidan tashkil topgan bir talay turklar bilan 
Buxoroga jo‘nab ketadi, bu yerda dehqonchilik qiluvchi aholining mulksiz 
qismi bilan birlashib, mahalliy aristokratiyani haydab yuboradi, Poykent 
shahrini qo‘lga olib, unda davlat ta’sis etadi. Bu orada Buxoro tumanlariga 
bir talay turklar kirib keladilar. Keyinchalik, turklarning yangidan-yangi 
guruhlari shimoldan kelib Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi yerlarga asta-
sekin o‘rnasha boshladilar. Demak, bu fikrlardan shu narsa yaqqol bo‘ladiki, 
bu yerda yashovchi so‘g‘diylar bilan turkiylarning aralashuvi keyinchalik 
ham davom etagan.
Turk hoqonligida so‘g‘dlar qishloq xo‘jalik mahsulotlari, 
hunarmandchilik uchun mas’ul bo‘lsalar, turklar chorva mahsulotlari va 
davlat mudofaasi – urush vazifasi uchun mas’ul bo‘lganlar. Na Xitoy, na 
Eron va na Arab manbalarida so‘g‘d-turk nizosi haqida biror gap yo‘q. Bu 
manbalarning barchasida “turk” so‘zi yonida “so‘g‘d” kalimasi ishlatilmagan 
o‘rinlarni topish mushkul. Bu tarixiy-ijtimoiy yaxlitlik xatto hozirgi zamon 
tilshunoslik, tarix fanlarida ham o‘z aksini topgan
.
Afsuski, VI–VII asrlarda, ya’ni arab istilosidan avvalgi davrlarda turkiy 
elatlarning Vatanimiz hududiga kelib o‘rnashishlari qanchalik va qaysi 
tartibda sodir bo‘lganligi haqida yetarli ma’lumotlar saqlanib qolmagan. 
Arab bosqinchilari O‘rta Osiyo hududiga bostirib kirganlaridan so‘ng, turk 
tilida bitilgan yozuvlarni, madaniy va moddiy yodgorliklarning hammasini 
yo‘q qildilar. Manbalarning yo‘qligi tufayli ham bu davrni o‘rganish ancha 
qiyin kechadi.
Arab istilosiga qarshi kurashda ham turk-so‘g‘d lashkarlari birgalikda 
mudofaa uyushtirganlar. Mahmud Koshg‘ariyning “Devon ul lug‘atit-turk” 
asarida ham Turon shaharlarida so‘g‘diy til bilan birga turkiy tillar ko‘p 
qo‘llangani qayd qilingan. Demak, arab istilosigacha hozirgi O‘zbekiston 
aholisi ikki asosiy etnik qatlam so‘g‘d va turkiylardan iborat bo‘lgan. Arab 
1
Якубовский
 
А

Ю
.
 
Ўзбек
халқининг
юзага
келиши
масаласи
ҳақида
. – 
Т
., 1941. 
2
Бахтиёр
 
Исобек
.
 
Ўзбек
туркийми
ёки
турк
-
сўғдими
? // 
Саодат
. – 1992. – 

9. 
22


istilosidan keyin, xususan, Somoniylar davriga kelib so‘g‘d qatlamining o‘z 
tilini yo‘qotish jarayoni kuchaygan.
Tabiiyki, bu ikki qatlam – so‘g‘d va turkiy qatlamdan so‘g‘d tilining 
yo‘qolib borishi turkiy tilning to‘liq hukmronligiga olib kelishi kerak edi. 
Biroq bunday bo‘lmadi. Aholining, jumladan so‘g‘dlar bir qismining tili 
turkiy bo‘lib qoladi. So‘g‘dlarning mana shu qismida miloddan ham avval 
boshlangan jarayon – turkiylashtirish jarayoni poyoniga yeta boshladi. 
Natijada turkiy va so‘g‘diylarning bir necha asrlik aralashish jarayoni 
hosilasi – hozir o‘zbek deb nom olgan turkiy xalqqa asos solinadi
1

So‘g‘dlar va turklarning aralashuvidan vujudga kelgan yana bir etnosning 
tili turkiy ham, so‘g‘diy ham bo‘lmadi. Ularning tili Erondagi hukmron til – 
fors tili bo‘lib qoldi. Bu chigal muammoni soddaroq bayon qilishga urinib 
ko‘ramiz.
Arab istilosi davrida, arablar bilan birga forslarning ham Turonga bostirib 
kirgani ayon. Arab lashkarlarining taxminan ikkidan bir qismi forslar 
bo‘lgan. Tub aholisi islom dinini qabul qilishi qiyin kechganligi bois, arab 
sarkardalari mahalliy aholining (asosan, shahar va unga yaqin qishloqlarning) 
xonadonlariga musulmonchilik odatlariga rioya etilishini nazorat 
qiluvchilarni joylashtirganlar. Forslar Turonning xususiyatlarini arablarga 
nisbatan yaxshi bilganliklari uchun mahalliy oilalarga arablar nomidan 
forslarning joylashtirilishi ma’qul hisoblangan. Hokim va g‘oliblar tiliga 
moslashish ruhi hukmron bo‘lganligi tufayli ko‘pgina shaharlarda so‘g‘d-
turklar fors tilini uylaridagi qorovullardan o‘rgana boshlaganlar
2
.
Tarixdan ma’lumki, arablarning o‘zlari ham Eron madaniyati ta’siriga 
uchraganlar. Mahalliy aholi – so‘g‘d-turkiylar uchun bosqinchi arabmi, 
forsmi, baribir edi. Shuning uchun o‘sha paytgacha arablar uchun 
qo‘llanilgan atama “tazik” ularni umumlashtiruvchi nom bo‘lib qolgan (qiyos 
qiling: ruslar tatarlar bilan birga bostirib kelgan turkiylarni ham “tatar” deb 
nomlaganlar yoki hozir bizda odamlar ukrain, polyak, yahudiylarni ham o‘ris 
deyishadi)
3
.
Somoniylar sulolasi o‘rnatilgach, fors tili davlat tili darajasiga ko‘tarildi 
va bu davrga kelib fors tilida badiiy, ilmiy adabiyotlarning yaratilishi bu 
tilning O‘rta Osiyo mintaqasida keng tarqalishini tezlashtirdi. U davrda 
boshqaruv tizimida va adabiyotda fors tilini qo‘llash rag‘batlantirilgan. 
Keyinroq ularning o‘rniga kelgan turkiy sulolalar ham shu yo‘sinda ish 
tutadilar.
Turkiy tilni fors tili kabi keng ko‘lamda qo‘llashga ham ahamiyat berildi. 
Mahalliy aholi uzoq paytgacha, ba’zi joylarda hozirgacha bu tilni tojik tili 
deb nomlashga ko‘nikmadi, uning asli fors tili ekanligini ta’kidlab keldi. 
Masalan, Pomir aholisi hali ham tojik tilini “pors” tili deb ataydi. Ya’ni 
bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, so‘g‘dlar bir paytning o‘zida ham 
o‘zbeklarning, ham tojiklarning ajdodi hisoblanadi.
1
O‘sha manba. 
2
O‘sha manba.
3
O‘sha manba.
23


Somoniylar zamonida turkiylashish jarayoni Shosh viloyatida ildamroq 
bordi. X asrning ikkinchi yarmida yashagan arab geografi Ibn Xavqalning 
ko‘rsatishicha, islom dinini qabul qilgan minglarcha turkiy oilalar sharqdan 
Forob, Kandij va Shosh o‘rtasidagi tumanlarga, ya’ni Chimkentdan g‘arbga 
va janubi-g‘arbga ko‘chib borganlar. Bu ko‘chmanchilar, bundan avval 
Sirdaryoning sharq tomonida, keyinroq uning o‘ng qirg‘og‘iga yaqin joylarda 
yashagan o‘g‘izlar edilar.
X asr oxirida Movarounnahrni Qoraxoniylar istilo qila boshlaydilar. 
Ularning bu viloyatlarga kirish jarayoni tadrijiy, lekin davomli tayyorgarlik 
bilan boradi. Qoraxoniylarning istilochilik harakatlari Yettisuv va Sharqiy 
Turkistonning unga qo‘shni bo‘lgan viloyatlaridan boshlanadi, bu yerlarda 
esa X asrning ikkinchi yarmida harbiy jihatdan kuchli, dastlabki feodal tipida 
bo‘lgan yarim ko‘chmanchi, yarim o‘troq turkiy davlat vujudga kelgan edi
1
.
Yettisuvdagi turkiylar birlashmasiga bir qancha qabila va xalqlar – arg‘u, 
tuxsi, qorliq, chigillar va yag‘molar kirgan edi. Shu sanalgan xalqlardan 
dastlabki to‘rttasi madaniy jihatdan yuqori bosqichda turar edi, ular o‘rtasida 
faqat ovchi, chorvadorlar emas, balki oz bo‘lsa ham dehqonlar bor edi. 
Shunisi e’tiborliki, xuddi shu vaqtlarda bu yerdagi hamma so‘g‘d 
mustamlakalarida va shahar aholisining so‘g‘dlar o‘rnashgan qismida 
turkiylashish jarayoni tezlik bilan boradi.
Turkiylashish hammadan burun turkiy tili va nutqning g‘alaba 
qozonishida ifodalanadi. Buni X asrning mashhur olimi Mahmud Qoshg‘ariy 
ham qayd etib o‘tadi. Ma’lumki, Movarounnahr viloyatlarining Qoraxoniylar 
tomonidan istilo qilinishi jadallik bilan o‘n yillar mobaynida amalga oshdi.
Hayotning hamma sohalarida katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar 
ijtimoiy munosabatlar va siyosiy tuzumda bo‘lganidek, dehqonchilik bilan 
tirikchilik qiluvchi tumanlardagi aholi tarkibida ham yuz berdi. Albatta, faqat 
so‘nggi masala hozir bizning diqqat markazimizda turadi. Agar 
Qoraxoniylardan avvalgi davrlarda, turkiylarning O‘zbekiston tuprog‘iga 
kirishlari mamlakatdagi ko‘chmanchilar ko‘chib yuradigan maydonlarni 
to‘ldirish hisobiga bo‘lsa, qoraxoniylar zamonida bu hodisa yanada 
boshqacharoq tus olganligini, ya’ni turkiylar dehqonchilik tumanlarida o‘troq 
hayotga, mehnatga asta-sekinlik bilan o‘ta boshlaganliklarini ham ko‘rsatadi.
Fikrimizcha, bu har ikki jarayon tezlik bilan borgan, mo‘g‘ullar hujumi 
davri, ya’ni XIII asrning 20 yillariga kelib, ko‘pgina qishloq joylarida so‘g‘d 
tili turkiy til bilan almashgan. Modomiki, butun hayot so‘g‘diylik asosiga 
qurilgan So‘g‘d o‘lkasida shunday hodisa yuz bergan ekan, Shosh bilan 
Farg‘ona to‘g‘risida nima deyish mumkin? Bu yerda turkiy aholining 
hukmron bo‘lganligi haqida shubha yo‘q. Bizdagi dalillarga ko‘ra, O‘rta 
Osiyoning ba’zi bir shaharlarida turkiy aholi mo‘g‘ullar zamonidayoq 
hukmronlik mavqeini qo‘lga olganlar.
Masalan, buni Urganch shahri misolida ham ko‘rishimiz mumkin. 1333 
yilda bu yerda bo‘lgan arab sayyohi Ibn Batutaning ma’lumotiga ko‘ra, 
“Urganch katta, chiroyli va ahamiyatli turk shaharlaridan” biri edi
2
.
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish