O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Якубовский
 
А

Ю

Ўзбек
халқининг
юзага
келиши
масаласи
ҳақида
. – 
Т
., 1941. 
19


yaqinlashib, o‘zaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikda bo‘lib keladilar. Ana 
shu aloqalar natijasida bu ikkala til guruhida xalqlar qisman aralashib 
boradilar va bularning qo‘shilishidan miloddan oldingi II–I asrlarda 
Sirdaryoning o‘rta oqimlarida turkiy tilda so‘zlashuvchi yangi etnos vujudga 
kela boshlaydi. Xuddi shu xildagi jarayon keyinroq Farg‘ona va Zarafshon 
vohasida ham yuz berdi. Milodiy I–II asrlarda yangi etnos son jihatdan 
birmuncha ko‘payadi va alohida elat bo‘lib shakllanadi. Shu asrlarga kelib 
Sirdaryoning o‘rta qismida yashovchi xalqning alohida elat bo‘lib 
shakllanishi uchun asosiy omillar mavjud edi: iqtisodiy, siyosiy, madaniy va 
ma’naviy hayot birligi, umumiy hudud va etnik nom (qandar, qang‘ar) 
vujudga kelgan. Ammo bu elat antik bosqichda vujudga kelgan bo‘lib, o‘z 
davriga xos siyosiy va etnik birlik edi. Qang‘ davlati yemirilishi bilan 
(milodiy V asr o‘rtalarida) uning tarkibidagi elat va qabilalar tarqalib ketadi, 
yangi siyosiy uyushmalar va etnik birliklar vujudga keladi.
Qang‘ davlati inqirozga uchragandan so‘ng, uning tarkibidagi salmoqli bir 
qismi ilk o‘rta asrlarda Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlarida yangi qabila 
ittifoqini tashkil etadi, bular qadimiy etnik nomlari bilan qang‘ar deb atala 
boshlaydi. Ammo bu yangi qabila ittifoqi ikki asr mobaynida saqlanib, keyin 
tarqalib ketadi
1
.
Qadimgi davrda o‘zbek xalqi rivojlanishining keyingi ikkinchi bosqichi 
massaget-kushonlar davriga to‘g‘ri keladi va bu bosqich milodning II asridan 
III asrlarigacha davom etadi. Bu davrda etnik til ko‘rinishlarining 
shakllanishi mahalliy o‘troq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasida yanada 
rivojlanib, turkiy tilda so‘zlashuvchilarning etnik til tarkibi yanada 
kengayadi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, turkiy xalqlarning shakllanishida juda 
katta o‘rin tutgan massaget-yuyechji-kushon qabilalari turkiy aholiga mansub 
edi. Bu haqida Xitoy yozma manbalari, shuningdek arxeologiya-numizmatik 
topilmalari ma’lumot beradi. Shuning uchun o‘zbek xalqi shakllanishining 
ikkinchi bosqichini tashkil qilgan kushonlar, ya’ni oq xunnlarning qay tarzda 
bizning xududimizga kirib kelganliklari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Miloddan avvalgi III asrda Oq xunnlar (kushonlar) xunnlarning bir 
tarmog‘i sifatida Markaziy Osiyoning Gansu viloyatida yashagan. Oq 
xunnlar Ulug‘ xunnlarning ittifoqchisi hisoblangan hamda ularga qarindosh 
bo‘lgan.
Oq xunnlar bilan Xunn imperiyasining ittifoqchisi uysunlar (uysunlar, 
xunnlarning bir tarmog‘i) orasida nizo kelib chiqadi va bu kurashda 
yengilgan Oq xunnlar o‘z hukmdori – xonning xotini boshchiligida g‘arb 
tomonga ko‘chadilar. Dastlab Ko‘char o‘lkasiga, so‘ngra Ili vodiysiga 
joylashadilar, uysunlar miloddan 150 yil avval Ulug‘ xunn davlatidan 
yordam olib, Oq xunnlarni bu vodiydan ham siqib chiqaradilar.
Oq xunnlar avval Qashqar vodiysiga, so‘ngra Baqtriyaga ko‘chib 
keladilar, Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘iga (Surxondaryo va Qashqadaryo 
vohasiga) o‘rnashadilar, yunon-makedon (Ellin) davlatiga zarba beradilar va 
ular hukmronligini yemirib tashlaydilar. Ular miloddan avvalgi ikkinchi 
1
Шониёзов
 
К

Қанғ
давлати
ва
қанғлилар
. – 
Т
., 1990. 
20


asrda Ulug‘ Kushon davlatini tuzadilar. Bichurinning bergan ma’lumotlariga 
qaraganda, ular bir yuz yigirma ming oiladan iborat, har qaysi oila bir harbiy 
kishi berishga qodir bo‘lgan, bu davlat aholisi tarkibini kushonlar tashkil 
etib, ma’lum qismi juan-juanlar (mo‘g‘ullar) edi.
Shuningdek, kushonlar, qang‘a (qang‘alilar), qanlar, usunlar, tyukyu kabi 
xalqlar bir-biriga yaqin lahjada so‘zlashgan hamda qonunlari (tuzuklari), 
udumlari bir-biriga o‘xshash bo‘lgan. Bunga misol qilib, shuni ayta olamizki, 
kushonlar va eftalitlar davriga oid ellin-baqtriya xatida beshinchi asrda turkiy 
tilda bitilgan jumlalar saqlanib qolgan: «Kuysan (Kushon) tilintin to‘g‘ri 
tilincha yaratmish, anatkak (sanskrit) tilintin to‘xri tilincha yaratmish»
1
. Bu 
misol O‘rta Osiyo xududiga kirib kelgan kushon va eftalitlar ham turkiy 
xalqlar avlodi ekanligini, ular qatori xunnlar ham qadimgi turkiy qavmlar 
bilan qarindoshligini ko‘rsatadi.
O‘zbek xalqi ajdodlari shakllanishining eng asosiy uchinchi va to‘rtinchi 
bosqichlari esa Eftalitlar davlati va 
G
arbiy turk xoqonligining vujudga kelishi 
davriga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, bu paytga kelib turkiy tilda so‘zlashuvchi 
o‘zbek xalqi ajdodlarining bir-birlari bilan qo‘shilishi va shakllanishi uchun 
qulay sharoit yetiladi.
Eftalitlar davlati va g‘arbiy turkiy xalqlar hukmronligi davrida turkiy tilda 
so‘zlashuvchi mahalliy aholi va eroniy aholi, shu jumladan so‘g‘diy 
aholining hozirgi O‘zbekiston tuprog‘ida, Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi 
va Qozog‘iston viloyatlari, Qirg‘iziston va Yettisuvdagi qardosh turkiy 
qabilalar bilan aralashuvi, qo‘shilishi yuz bergan. Bunday qiyin jarayon 
tufayli mahalliy qabilalarning etnik til tarkibi kengaydi va natijada turkiy 
xalqlarning monolit etnik til birikmalari paydo bo‘ldi, ular Eftalitlar davlati 
va 
G
arbiy Turk hoqonligining asosiy tayanchi bo‘lib qoldilar.
Eftalitlar haqidagi ma’lumotlar milodning IV asriga taalluqlidir. Xitoy 
manbalarida eftalitlar Jujonlar tarkibiga kiritilib, “yeda” nomi bilan atalgan. 
Keyinchalik Vizantiya manbalarida eftalitlarni oq xunnlar deb nomlaganlar. 
IX–XII asrlarda fors va arab tilida yozilgan Sharqiy Osiyo manbalarida 
eftalitlar tilga olinib, ular “xaytal” yoki “xeptal” deb atalgan. Ular o‘troq 
hayot kechirishga o‘tib, dehqonchilik va hunarmandchilik, ko‘chmanchilar 
esa chorvachilik bilan shug‘ullanganlar.
Sobiq sovet olimlaridan S. P. Tolstov va A. YU. Yakubovskiylarning 
shahodat berishlaricha, eftalitlarning hokimiyatga kelishlari massaget 
qabilasi boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan to‘ntarish oqibatida ro‘y 
bergan. Eftalitlar davlati IV asrda paydo bo‘lgan, uning gullab-yashnagan 
davri V asrga to‘g‘ri keladi va Kushon davlatining davomi hisoblanadi.
Turkiy xalqlar asrlar osha Osiyo qit’asining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy 
hayotida yetakchi guruhlardan biri hisoblanib kelgan. O‘rta Osiyo hayotida 
yuqorida aytib o‘tilgan Turk xoqonligi juda katta o‘rin tutgan, u milodning 
552 yilida katta ko‘chmanchi davlatga aylangan. Xoqonlikning markazi 
Yettisuv bo‘lgan g‘arbiy qismi o‘z davrining birinchi o‘n yilidayoq mustaqil 
davlatga aylangan.
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish