O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Заднепровский
 
Д

А
.
 
Древнеземледельческая
культура
Ферганы
// 
МИА
. – 
1962. – 

118. 
М
. – 
Л

5
Ширинов
 
Т

Ш
.
 
Древнейшие
торговые
пути
Средней
Азии
(III–II 
тыс

до
н

э
.). 
Материалы
меж

семинара
ЮНЕСКО
. – 
Т
., 1990. 
35


Namozgohtepa, Ulug‘tepa, Sopollitepa, Jarqo‘ton kabi shahar-davlatlar 
vujudga kelgan.
Bunday shaharlarda oziq-ovqat hamda qurol-yarog‘ omborlari ham 
joylashgan. Ularning atrofida markazga bo‘ysunuvchi bir nechta, ba’zan 10 
tagacha qishloqlar joylashgan bo‘lib, ular birgalikda davlatchiligimizning ilk 
ko‘rinishi – shahar-davlatlarni tashkil qilgan
1
.
Mintaqa rivojlanishining o‘ziga xosligi Osiyocha ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq.
Yerga xususiy mulkchilikning bo‘lmaganligi O‘rta Osiyo sotsial-iqtisodiy 
tarixidagi asosiy omil edi. O‘rta Osiyo xalqlari yerga bo‘lgan xususiy 
mulkchilikka, hatto feodal mulkchiligiga yetib bormadilar.
Albatta, biz bu masalani hal qilayotganimizda quldorlik tuzumi va uning 
asosiy belgilari nimalardan iborat, umuman olganda, O‘rta Osiyodagi 
quldorlik tuzumi Gretsiya va Rimdagi quldorlik tuzumlaridan qaysi 
tomonlari bilan farq qilgan, degan masalalarni hal qilib olishimiz lozim.
Quyida quldorlik tuzumining asosiy belgilarini ko‘rishimiz mumkin: 
1) metall pullarni, shu bilan birga, pul kapitali, protsent va sudxo‘rlikni 
joriy etish;
2) ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi vositachi sinf bo‘lgan savdogarlarning 
paydo bo‘lishi;
3) yerga xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi;
4) ishlab chiqarishning hukmron shakli bo‘lgan qo‘l mehnatining paydo 
bo‘lishi.
Keltirgan ushbu dalillarimiz asosan quldorlik davlatlari bo‘lmish qadimgi 
Gretsiya va Rim kabi davlatlarga xosdir. O‘rta Osiyo quldorlik ishlab 
chiqarish usulini chetlab o‘tgan. Bu yerda feodal munosabatlar qaror 
topguniga qadar, ya’ni milodning VII asrigacha bo‘lgan ishlab chiqarish 
usulining asosini: yerga davlat mulkchiligi, qishloq jamoasining hukmronligi, 
urug‘, qabila tuzumining saqlanganligi, ko‘chmanchi qabilalar bilan 
hamkorlik va o‘zaro munosabat hamda Buyuk Ipak yo‘lidagi qizg‘in savdo-
sotiq tashkil etgan. Bu holatlar quldorlik munosabatlarining shakllanishiga 
xalaqit berdi va muqobil ishlab chiqarish usuli – «osiyocha ishlab chiqarish 
usuli»ning qaror topishiga yordam berdi.
Ushbu masalalarni biz yanada muayyanlashtiradigan bo‘lsak, birinchidan, 
O‘rta Osiyoda yer unumdorligini oshirish, asosan sun’iy va tabiiy sug‘orish 
kanallari orqaligina amalga oshirilar edi. Qazilgan kanallarni qum bosib 
ketmasligi va yaroqsiz holga kelib qolmasligi uchun ularni puxta hamda 
muttasil tozalab turish talab qilinardi. Kanallarni tozalash irrigatsiya 
inshootlarini ta’mirlash yoki yangi kanallar qazish ishlarida har yili minglab 
kishilar qatnashardi. Sug‘orish tizimlarining yaroqsiz holga kelib qolishi 
uchun vayronagarchilik keltirib chiqaruvchi birgina urush yoki beparvo 
podshohning xatosi kifoya edi. Shuning uchun sharqdagi barcha mustabid 
davlatlarda irrigatsiya tarmoqlarini kuzatib turish va ular to‘g‘risida 
g‘amxo‘rlik qilishga alohida ahamiyat berilardi.
1
Қудратов
 
С

С
.
 
Марказий
Осиё
ҳудудида
илк
давлатларнинг
пайдо
бўлиши
. – 
Гулистон
, 1998. – 21-
б

36


Joylarda suv inshootlari butligini jamoalar kuzatib turardi. Irrigatsiya 
ishlariga, suvni taqsimlashga, kanallar va to‘g‘onlarni tartibli saqlashga har 
yili yuz minglab kishilarni safarbar etib turish faqat jamoaning qo‘lidan kelar 
edi.
Shu tufayli O‘rta Osiyoda shunday bir ijtimoiy-siyosiy sistema tarkib 
topdiki, bunda podsho yerning oliy darajadagi egasi hisoblanib, u yerni har 
qanday formatsiyada ham hech kim bilan baham ko‘rmasdi, jamoa esa yerga 
bo‘lgan huquqni an’ana yoki urf-odatlar, yo bo‘lmasa hukmdor farmoyishiga 
ko‘ra olardi.
Ikkinchidan, iqlim sharoitlari ham qul mehnatining kengayishiga 
muayyan to‘siq bo‘ldi. Yil bo‘yi issiq ob-havo sharoitida qul kiyim-kechak 
o‘rnida lungi bilan kifoyalanadigan o‘rta dengiz sohilidan farqli o‘laroq, 
qishi qattiq, bahor va kuzi sovuq keladigan O‘rta Osiyoda qulni kiyintirish, 
uy-joy bilan ta’minlash kerak bo‘lardiki, buni qul mehnati qoplay olmas edi. 
Aksincha, quldorlik jamiyatining klassik namunalarilari bo‘lgan Afina va 
Rimda yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik urug‘chilik tuzumiga hal qiluvchi 
zarba berdi. Yer tovarga aylandi, odamni urug‘chilik bilan bog‘lab turgan 
barcha rishtalar uzildi. Haqiqatan ham, osiyocha ishlab chiqarish usuli 
hozirda ham bizning rivojlanish taraqqiyotimizda saqlanib qolganmi yoki 
yo‘qmi, degan tabiiy savol kelib chiqadi.
Prezidentimiz I. Karimov dastlab yangisini qurish, uni amalda sinab 
ko‘rish, so‘ngra eskini barbod qilmasdan, sinab ko‘rilganlarni yangicha 
qo‘llash lozimligini, bizda o‘zimizga yarasha “Osiyo madaniy dunyosining 
ishlab chiqarish tajribasi” borligini ta’kidlaydi
1
. Haqiqatan ham, chuqur ildizi 
o‘tmishdagi an’anaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladigan 
kollektivchilik asoslari O‘zbekiston xalqiga tarixan xosdir.
Bizning millatda, birinchidan, o‘z ajdodlari qadimdan yashab kelgan 
joylarga bog‘langanlik, ko‘chib yurishga moyillikning yo‘qligi; ikkinchidan, 
qishloq xo‘jaligining aksariyat sun’iy sug‘orishga va sug‘orma 
dehqonchilikka asoslangan bo‘lsa-da, suv imkoniyatlarini juda 
cheklanganligi xos bo‘lib, ular agrar siyosatimizda yerga egalik qilish, ya’ni 
xususiylashtirish masalalarida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Agar yer hammaga barobar taqsimlanadigan bo‘lsa, yetmaydi. Ayrim 
odamlarga yer xususiy mulk qilib berilsa, bo‘linmas fondga aylanib qolishi 
mumkin. Xo‘sh, bu vaziyatdan qanday qilib chiqish mumkin? 
Bizda dehqonchilik ekin maydonlarining katta qismida texnika ekinlari 
yetishtiriladi va bu ekin maydonlari qudratli davlatimizning irrigatsiya tizimi 
xizmat ko‘rsatadigan sug‘oriladigan yerlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Respublikamiz aholisi zich yashaydi. Aholi zichligi va suv tanqisligi 
muammosi respublikamiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. 
Kelajakda, aholi tez ko‘payib borayotgan sharoitda bu muammo, ayniqsa, 
keskinlashadi.
Yerni tovarga aylantirish aholining hayotiy tayanchiga putur yetkazadi, 
yer uchastkalari bilan chayqovchilik qilishni keltirib chiqaradi, dehqonni 
1
Каримов
 
И

А
.
 
Ўзбекистон

миллий
истиқлол

иқтисод

сиёсат

мафкура
. – 
Т
., 
1997. – 81-
б

37


ertangi kunga ishonchidan mahrum qiladi. Xususiy mulk bo‘lgan yerga 
egalik qilish uchun asrlar mobaynida hukm surib kelgan ayovsiz kurash 
xalqqa behad qiyinchilik keltirgani yaxshi ma’lum. Hozirgi bosqichda yerga 
davlat egaligini saqlab qolish, uni talon-taroj qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Bu sug‘orish tizimiga ham taalluqlidir.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, hozirgi 
jamiyatimizda ham davlatning mavqei, uning o‘rni doimo saqlanib qoladi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish