Ирисов
А
.
Абу
Райҳон
Беруний
. –
Т
., 1960. – 20-
б
.
60
Biri to‘g‘rilikka tayanch – Adolat,
Biri Davlat erur, u qutli g‘oyat.
Uchinchi – ulug‘lik Aql va Zako,
To‘rtinchi – Qanoat erur bebaho.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarini chinlilar (xitoyliklar)
“Adabul muluk”, mochinlilar (turkistonliklar) “Zaynatul umaro”, eronliklar
“Shohnomai turkiy”, turonlar “Qutadg‘u bilig”, ba’zilar “Pandomai muluk”
1
deb bejiz aytmaganlar. Dunyodagi juda ko‘p xalqlarning tillariga tarjima
qilingan “Qutadg‘u bilig” dostoni xalqimiz ma’naviy boyligining eng muhim
durdonalaridan hisoblanadi.
Turkiy adabiyotning yana bir yirik va zabardast vakili Ahmad
Yugnakiydir (XII asrning ikkinchi yarmi XIII asrning boshi). Uning hayoti
va ijodiy yo‘li to‘g‘risida hech qanday ma’lumot saqlanib qolmagan.
Adibning bizgacha yetib kelgan yagona merosi “Hibat ul-haqoyiq”
(“Haqiqatlar armug‘oni”) dir. Ana shu asarning faqat bir joyida shoir o‘z
nomini tilga olgan. Bu asar Alisher Navoiy ijodidan ham munosib o‘rin oldi.
Doston dunyo xalqlarining bir necha tillariga tarjima qilingan bo‘lib, 1480
yilda ko‘chirilgan nusxasida uning 254 bayt va bir bobdan iborat ekanligi
aytiladi. Doston turli boblarda payg‘ambar va to‘rt halifaga, sipohlarga
bag‘ishlangan va ular xalqparvar, zakovatli va adolatli ulug‘lar deb
hisoblangan.
Somoniylar hukmronligi davrida eng yirik madaniy shaharlardan biri
Buxoro edi, zero, bu yerda saroy va davlatning markaziy idorasi joylashgan
edi.
Buxoroda O‘sha davrda Rudakiy va Firdavsiylar yashab ajoyib she’rlar
yaratishgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Rudakiy Rudak qishlog‘ida
(Samarqand hududida) tug‘ilgan. Boshqa bir ma’lumotlarga ko‘ra, Rudakiy
nomi shoirning o‘zi mukammal egallagan musiqa asbobi – “rud” nomidan
olingan. U musiqa asbobi chalishni va ashula aytishni juda erta o‘rgangan.
Uning shuhrati Buxoro amiri Nasr ibn Ahmadga (914–943 yillar) yetib
boradi va amir uni saroyiga taklif qiladi. Rudakiy tojik she’riyatining
asoschisi hisoblanadi.
Eron va Markaziy Osiyoning arablar istilosigacha bo‘lgan tarixi aks etgan
“Shohnoma” asarini buyuk Firdavsiy XI asr boshlarida Mahmud
G‘
aznaviy
podsholik qilgan davrda (998–1030) yozib nihoyasiga yetkazdi. Abulqosim
Firdavsiy 934 yilda tavallud topgan. “Shohnoma”ni xalq og‘zaki ijodidan
mohirona foydalanib yozgan.
Firdavsiy umrining so‘nggi davrini Bog‘dod shahrida o‘tkazgan va u
yerda “Yusuf va Zulayho” dostonini yozgan.
XI–XII asrlarda Markaziy Osiyoda fanning deyarli barcha sohalari,
jumladan tarix ilmi sohasida ham ijod qilgan olimlar juda ko‘p bo‘lgan.
Bu borada Abu Bakr Muhammad Narshaxiy alohida o‘rin tutadi. Uning
hayoti va faoliyati to‘g‘risida deyarli hech qanday ma’lumot saqlanmagan.
Faqat Somoniylar davriga oid “Kitob ul-Asab” asarida olimning to‘la nomi
Abu Bakir Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariyo ibn Hattob ibn Sharik ekanligi
1
Qarang:
Ўзбек
адабиёти
тарихи
.
Т
. I. –
Т
., 1977. – 107–108-
б
.
61
va u Buxoro ahlidan bo‘lib, 899–960 yillarda yashaganligi bayon qilingan.
Narshaxiydan meros asar – “Buxoro tarixi” bizgacha yetib kelgan. Qariyb
ming yil ilgari yozilgan Narshaxiyning ushbu asari so‘zsiz xalqimiz
tarixchiligining nodir manbai sifatida g‘oyat qimmatlidir. Unda
Movarounnahr va Xorazm yerlarining arablar tomonidan bosib olinishi,
mahalliy xalq qo‘zg‘olonlari, xalqning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
hayotiga oid voqealar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
XI–XII asrlarda Markaziy Osiyoda islom madaniyati ham rivojlandi.
Jamiyatda mahalliy dinlar zardushtiylik, buddizm va boshqalar surib
chiqarildi. Islom ta’limoti Somoniylar, Qoraxoniylar,
G‘
aznaviylar,
Saljuqiylar va Xorazmshohlar hukmdorlarining ichki va tashqi siyosatida
bosh, yo‘naltiruvchi g‘oyaviy kuch bo‘lib xizmat qildi. Jamiyatda islom
diniga, Qur’oni Karimga ehtiyoj kuchaydi. Ammo hamma ham Qur’oni
Karimni o‘qiy olmas, uning mazmunini chaqa olmas edi. Bu esa Qur’onning
mazmunini sharhlash va tafsiriga talabni oshirdi. Natijada o‘lkamizda
Qur’oni Karimni sharhlovchi va uning tafsirini bayon qiluvchi asarlar yozgan
ulug‘ islomshunos allomalar yetishib chiqdi. Imom Abu Mansur Moturidiy,
Imom Abu Lays ibn Muhammad Samarqandiy, Imom Zamahshariy, shayx
Najmiddin Kubro, Imom Nasafiylar ana shular jumlasidandir.
Islom madaniyatining Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan
nodir manbalaridan biri – Hadis, ya’ni Muhammad alayhissalomning diniy
va axloqiy ko‘rsatmalari, hikmatli so‘zlaridir. Hadislar Rasulilloh hayotlik
chog‘larida asosan, yodda saqlangan, uni kitob holida jamlab tuzishga ijozat
bermaganlar.
Hadislar to‘g‘risida fikr yuritilganda, uch xil yo‘nalish nazarda tutilgan:
bu “Musnad”, “Sahiyh”, “Sunan” yo‘nalishidagi hadislardir.
1. “Musnad” yo‘nalishida tasnif etilgan to‘plamlarda turli mavzulardagi
hadislar bir joyga keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom
dinini qabul qilgan vaqtga ko‘ra yoki alifbe tartibida joylashtiriladi.
2. “Sahiyh” yo‘nalishidagi hadislar to‘plamiga buyuk muhaddis,
vatandoshimiz Imom Buxoriy asos solgan. Bu yo‘nalishda ta’rif etilgan
to‘plamlarga faqat to‘g‘ri, ishonarli, asosli hadislar kiritilgan.
3. “Sunan” yo‘nalishidagi to‘plamlarda barcha hadislar (“zaif” hadislar
ham) keltirilgan.
Hadischilikning rivojlanishida IX asr oltin davr hisoblanadi. Chunki Islom
dunyosida eng nufuzli deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to‘plamining
mualliflari ham xuddi shu asrda yashab ijod qilganlar va yana ularning
hammasi Markaziy Osiyo tuprog‘ida yetishib chiqqanlar. Ular Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy, Imom Muslim ibn Al-Hajjoj, Abu Iso
Muhammad At-Termiziy, Imom Abu Dovud Sulaymon, Imom Ahmad An-
Nasoniy, Imom Abu Abdullo Muhammad ibn Yazit zotlardir.
Hadis ilmining Amir-al mo‘minini degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan
muhaddis olim Ismoil Al-Buxoriy (810–871) hatto 12 yoshligidayoq Buxoro
madrasalarida dars beruvchi mudarrislar bilan bahs-munozara olib borgan,
ayrimlarining xatolarini topa boshlagan. 826 yilda onasi va akalari bilan haj
safariga borib, hijozda olti yil yashab, hadis ilmini astoydil o‘rganadi. Islom
62
olamining yirik markazlaridan biri bo‘lgan Damashq, Qohira, Basra, Kufa,
Bag‘dod kabi shaharlarni kezib chiqadi. Bu yerlarda u hadis ilmi bilan bir
qatorda, fiqxdan ham ta’lim va saboqlar oladi, yirik olimlar davrasidagi bahs-
munozaralarda qatnashadi, ilmi toliblarga ham dars beradi. Imom
Buxoriyning ustozlari juda ko‘p, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda to‘qson
kishi atrofida bo‘lgan. Ayni vaqtda o‘zi ham minglab shogirdlar yetishtirgan
– Muslim ibn Hajjoj, Iso At-Termiziy An-Nasoniy Abu Zur’a, Yusuf Al-
Forobiy, Abu Bakr ibn Xuzayma kabi mashhur muhaddislar shular
jumlasidandir.
Imom Buxoriy hazrat
1
lari jami 600 ming hadislarni to‘plaganlar.
Shulardan 100 ming “sahiyh” hadislarni va 200 ming “g‘ayri sahiyh”
hadislarni yoddan bilganlar. Hadislar ilmi bobida imom Buxoriyga teng
keladigan biror kimsa musulmon olamida bo‘lmagan.
Imom Buxoriy hazratlaridan ulkan va boy meros qolgan. Bu haqida 1998
yilda o‘tkazilgan yubiley tantanalarida juda ko‘p ma’lumotlar keltiriladi. Al-
Buxoriyning 1225 yillik yubileyi munosabati bilan Samarqand yaqinidagi
Xartang (hozirgi Chelak tumani) qishlog‘ida juda katta ziyoratgoh majmui
bunyod etildiki, bu O‘zbekiston davlatining buyuk vatandoshimizga va
o‘tmish ma’naviyatiga, islom dini ta’limotiga bo‘lgan izzat-hurmati
nishonasidir.
Olimning “Al adab al-mufrad”, “At-ta’rix as-sag‘ir”, “At-ta’rix al-
kabiyr”, “Kitob al-ilal”, “Asomi us-sahoba”, “Kitob al-kuna” va boshqa
asarlari orasida shoh asar hisoblanmish “Al-jomi’ as-sahiyh” (“Ishonarli
to‘plam”) nomli hadislar kitobining tarixda birinchi marta to‘liq holdagi to‘rt
jildi o‘zbek tilida bosilib chiqdi
2
. Islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyin
ikkinchi o‘rinda turadigan muqaddas kitob mana shu asar hisoblanadi.
Islom dunyosida nom qozongan buyuk muhaddis olimlardan biri
Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso az-Zahhok Abu Iso as-Sillamiy az-
zariyr al-Bug‘iy at-Termiziydir (824–894). U Termiz yaqinidagi Bug‘
(hozirgi Sherobod) qishlog‘ida tug‘ilib, yoshlikdan ilm-fanga intilgan,
muhaddis olimlarning asarlarini zo‘r havas bilan o‘rganadi. At-Termiziyning
kamolotida Al-Buxoriy hazratlarining o‘rni bebahodir.
Jahonga mashg‘ur Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma» epik dostonida
Eron va Markaziy Osiyo xalqlarining Iskandar Zulqarnayndan tortib, to
arablar bostirib kelguncha (651 yil) bo‘lgan tarixini g‘oyat aniqlik bilan
tasvirlagan. Firdavsiy 50-60 ming bayt, 100 mingdan ortiq misradan iborat
ulkan epopeyasida 50 podsholik davrining jangu jadali haqida yozar ekan,
urush qilmaslikka, barcha ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan hal qilishga
chaqiradi. Bu asarni yozish uchun juda ko‘p hujjat to‘plab, o‘ttiz besh yil
mehnat qilganligi haqida shoirning o‘zi ham qayd etib, «Arab va pahlaviy
tillarida juda ko‘p asarlar o‘qidim, juda ko‘p mehnat chekdim», – deydi
3
.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |