Quyidagilardan to’g’ri javob berilgan qatorni aniqlang



Download 215 Kb.
bet1/2
Sana06.06.2022
Hajmi215 Kb.
#642414
  1   2
Bog'liq
24-Blok test


Tarix
1. Quyidagilardan to’g’ri javob berilgan qatorni aniqlang.
A) Samarqand rasadxonasi Mirzo Ulug’bek atrofida 100 ga yaqin uyushgan olimlarning o’z bag’rida yetishtirgan;
B) Alisher Navoiy ijodida haqiqat va adolatni sevish, shafqat va muruvvatli bo’lishni targ’ib qilish, ilm va san’atni sevish kabi fikrlar katta o’rin olgan;
C) Temuriylar davrida xususiy sohibkorlar bir-ikki yil davomida hamma soliq va to’lovlardan ozod etilgan;
D) XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda yer egaligining asosan uchta shakli bo’lgan;
2. Moskvada o’zaro hujum qilmaslik to’g’risida sovet-yapon shartnomasi nechanchi yilda imzolangan?
A) 1938-yil B) 1939-yil
C) 1940-yil D) 1941-yil
3. Mashhur faylasuf Demokritning vatani hisoblangan Frakiya qayerda joylashgan?
A) Qora dengiz bo’ylarida
B) Kaspiy dengizidan janubi-g’arbda
C) Shimoliy Afrika sohillarida
D) Bolqon yarimorolining sharqida
4. Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) faoliyati bilan bo’g’liq bo’lgan quyidagi ma’lumotlarni to’g’ri tartibda muvofiqlashtiring.
1) Hunarmandchilik va sanoat sohasidagi soliqlar bir tizimga solinib, davlat sanoat solig’i joriy qilindi;
2) Respublikada yangi tipdagi maktablar tashkil qilina boshlandi;
3) Qishloq xo’jaligida yagona soliq tizimi joriy qilindi;
4) Xivada xalq dorilfununi ochildi.
a) 1920-yil bahor b) 1921-yil sentyabr
c) 1922-yil dekabrd) 1923-yil iyun
A) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b B) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d
C) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c
5. XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligida qaysi lavozimga ko’chmanchi qabilalar vakillari orasidan(a) va o’troq aholi vakillari orasidan(b) tayinlangan?
A) a) qo’shbegi; b) mehtar;
B) a) devonbegi; b) otaliq;
C) a) mehtar; b) qo’shbegi;
D) a) yasovulboshi; b) parvonachi;
6. XVI asr davomida Afrika davlatlarini Usmonlilar imperiyasiga qo’shib olish jarayonini xronologik ketma-ketlikda belgilang.
1) Misr 2) Liviya 3) Tunis
A) 2, 1, 3 B) 1, 2, 3
C) 3, 1, 2 D) 1, 3, 2
7. Quyidagi harbiy mojarolardan qay biri ikkinchi jahon urushidan so’ng SSSR hududida yuz bergan eng katta harbiy to’qnashuv bo’lgan?
A) Rossiya - Tatariston
B) Ozarbayjon - Armaniston
C) Rossiya - Afg’oniston
D) Rossiya - Chechiniston
8. O’rta asrlarda qaysi davlatning iqtisodiy barqarorligini ikki omil: aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil etishi va sun’iy sug’orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning bo’lishi ta’minlab bergan?
A) Franklar davlati B) Saljuqiylar davlati
C) Vizantiya imperiyasi D) Arab xalifaligi
9. Quydagi qaysi davlatlarda mamlakat aholisining 25-50 foizini hindular tashkil qiladi?
1.Bolivya; 2.Peru; 3.Brzilya; 4.Meksika; 5.Ekvador; 6.Argentina; 7.Gvatemala; 8.Venesuella;
A) 1, 3, 4, 5, 7 B) 2, 4, 5, 6, 8
C) 1, 2, 4, 5, 7 D) 1, 2, 3, 4, 6
10. Quyidagi qaysi sulola hukmronligi davrida davlat boshqaruvidagi devonlar tizimi deyarli barbod bo’lib, markazda butun hokimiyat dargohda to’planib qolgan edi?
A) ma’muniylarB) anushteginiylar
C) shayboniylarD) ashtarxoniylar
11. Qadimgi Afina davlatidagi boshqaruv tashkilotlarini vazifalari bilan to’g’ri muvofiqlashtiring.
1) Xalq majlisi;
2) Beshyuzlar kengashi;
3) Oqsoqollar kengashi;
a) hokimlar va sudyalarni saylagan;
b) yangi inshootlar qurilishi va armiyaga mablag’
ajratish to’g’risida qaror qabul qilgan;
c) kundalik masalalarni hal qilgan;
A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-b, 2-c, 3-a
C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c
12. XX asr boshlarida Turkistonda mahalliy sanoat ishchilari . . . hisobiga ortib borgan.
A) Rossiyadan ko’chib kelgan qashshoq ishsizlar
B) mahalliy sarmoyadorlar qo’lidagi hunarmand
kosiblar
C) Rossiyadan kelgan malakali ishchilar
D) xonavayron bo’lgan dehqon va ishsiz hunarmandlar
13. Eronda nechanchi yili ikki yuzdan oshiq kishi, jumladan, yetti nafar balog’at yoshiga yetmagan bolalar qatl qilingan edi?
A) 2005-yil B) 2006-yil
C) 2007-yili D) 2008-yil
14. XIX asrda quyidagi qaysi voqea Yaponiyaning Uzoq Sharqda ustunlikka ega bo’lishiga yo’l ochgan edi?
A) Koreyaning yaponlar uchun «ochiq» mamlakat deb e'lon qilinishi
B) Xitoy qo’shinlarini Pxenyan yonida mag’lubiyatga uchrashi
C) Yaponiya Xitoyning noroziligiga qaramay Ryukyu oroliarini bosib olishi
D) Yaponiya Janubiy Saxalin hisobiga Kurill orollarini Rossiyadan ajratib, o’ziga qo’shib olishi
15. Buyuk fransuz inqilobi arafasida uchinchi tabaqani birlikka chaqirgan tarixiy shaxsni aniqlang.
A) Napaleon Bonapart B) Lui de Bonald
C) Gabriel de Mirabo D) Pyer Laval
16. Quyidagi hududlarning qaysi rus zobiti boshchiligidagi qo’shin tomonidan zabt etilganligini to’g’ri belgilang.
1) Kattaqo’rg’on shahri; 2) Avliyoota shahri;
3) Go’ktepa qal’asi; 4) Xo’jand shahri;
5) Turkiston shahri;
a) F. Romanovskiy; b) N. Veryovkin;
c) M. Skobelev; d) M. Chernyayev; e) Abramov.
A) 1-e, 2-d, 3-c, 4-a, 5-b
B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d, 5-e
C) 1-e, 2-c, 3-d, 4-a, 5-b
D) 1-c, 2-d, 3-e, 4-b, 5-a
17. Qachondan boshlab Qadimgi Rimda imperatorni armiya saylaydigan tartib joriy qilingan?
A) III asr B) Mil. avv. I asr
C) Mil. avv. III asr D) I asr
18. Yangi davr boshlarida (XVII asrda) Angliya taxtiga qaysi ikki davlatdan hukmdorlar o’tirgan edi?
A) Shotlandiya, Germaniya
B) Irlandiya, Gollandiya
C) Shotlandiya, Gollandiya
D) Irlandiya, Fransiya
19. Xitoy tarixiga oid quyidagi voqealarni qaysi sulola davri bilan bog’liq ekanligini toping.
1) faol tashqi siyosat olib borib Turk xoqonligi va Arab xalifaligi bilan savdo diplomatik aloqalar o’rnatgan;
2) qo’shimcha qog’oz pul ishlab chiqarila boshlandi;
3) ipakdan shoyi so’zana - panno to’qish ixtiro qilindi;
4) qullarni ozod qilish haqida qonun qabul qilindi;
a) Sun; b) Min; с) Suy; d) Yuan; e) Tan
A) 1-a, 2-e, 3-a, 4-d B) 1-e, 2-d, 3-a, 4-b
C) 1-a, 2-e, 3-b, 4-b D) 1-e, 2-b, 3-d, 4-a
20. “Afrika yili” davomida mustamlakachilik davrida ikkiga bo’lib yuborilgan qaysi Afrika davlati birlashtiriladi?
A) Zambiya B) Kongo
C) Nigeriya D) Somali
21. Qoraxoniylar davlatida shaharlarda hunarmandchilikning qaysi sohalari ayniqsa rivoj topgan?
A) ko’nchilik, duradgorlik, zargarlik va miskarlik
B) to’qimachilik, temirchilik va zargarlik
C) qog’oz ishlab chiqarish, to’qimachilik va chilangarlik
D) kulolchilik, shishasozlik, miskarlik va chilangarlik
22. Quyidagi Parij shahrida imzolangan tinchlik shartnomalari qaysi davlatlar o’rtasida ekanligini aniqlang.
1) 1783-yilda; 2) 1856-yilda; 3) 1857-yilda;
4) 1898-yilda;
a) Buyuk Britaniya va Eron
b) Buyuk Britaniya va AQSh
c) AQSh va Ispaniya d) Rossiya va Turkiya
A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
23. O’z asarlarida ekspluatatsiyani, meshchanlik axloqini, munofiqlik, soxtalikni qoralagan yozuvchini aniqlang. (XIX asr oxiri - XX asr boshlari)
A) Lev Tolstoy B) Viktor Gyugo
C) Bernard Shou D) Jek London
24. Yetimxon qo’zg’oloni yuz bergan yilda tavallud topgan shaxslarini qayd eting.
1) Sadriddin Ayniy
2) Mahmudxo’ja Behbudiy
3) Munavvarqori Abdurashidxonov
4) Abdulvohid Burhonov-Munzim
5) Ajiniyoz
6) Xudoybergan Devonov
7) Abdurauf Fitrat
8) Abdulla Avloniy
A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6, 8
C) 1, 3, 6, 8 D) 1, 2, 4, 7
25. 2017-yili qaysi shaharda bo’lib o’tgan sammitda Hindiston va Pokiston ShHTga aʼzo sifatida qabul qilingan?
A) Toshkent B) Ashxabod
C) Bishkek D) Ostona
26. 1930-yili bo’lib o’tgan sud jarayonida S.Qosimov va uning tarafdorlariga qanday ayblar qo’yilib, «qosimovchilik» yorlig’i bosilgan?
1) aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar a’zolari bilan aloqa bog’laganlik;
2) maorif tizimini millatchilik og’usi bilan zaharlaganlik;
3) bosmachilarni qo’llab-quvvatlash;
4) islom dinini himoya qilish;
5) Milliy Ittihod tashkiloti a’zolari bilan aloqa
bog’laganlik;
A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 4
C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3
27. Belorussiya Respublikasini unitar demokratik ijtimoiy-huquqiy davlat deb e’lon qilgan konstitutsiya qabul qilingan yilda Markaziy Osiyoning qaysi davlatida ham konstitutsiya qabul qilingan edi?
A) O’zbekiston B) Turkmaniston
C) Qirg’iziston D) Tojikiston

Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish