podsho turgan. Shuning uchun ham olimlarimiz bu davlatni qadimgi Baqtriya
podsholigi deb atashgan
1
.
Qadimgi So‘g‘diyona o‘lkamizdagi eng qadimgi davlat tuzilmalaridan
biri bo‘lib, u to‘g‘ridagi dastlabki ma’lumotlar “Avesto”da “daryo Marv,
Xorayza, Gavalardan So‘g‘dga, undan Xorazmga qarab mavjlanib oqardi”,
deb tilga olingan bo‘lsa, yunon tarixchisi Gerodot ular shimoli-sharq
tomondan Baqtriyani So‘g‘ddan ajratib turuvchi Oks (Amudaryo), So‘g‘dni
komadovlardan ajratib turuvchi Yaksar (Sirdaryo) daryolari oralig‘iga
joylashgan So‘g‘diyonani ham egallab olishadi. Qadimgi So‘g‘diyona va
baqtriyaliklarning turmush tarzi va ular odati komadovlarnikidan
(ko‘chmanchilardan) farq qilmasligini yozgan edi. Qadimgi
so‘g‘diyonaliklarning tarkibiga kelsak, Ptolemeyning ko‘rsatishicha,
so‘g‘dlar bir necha qabilalardan, xususan, so‘g‘d tog‘larining orqasida
joylashgan oksidranxlar, xorazmiylar bilan qo‘shni bo‘lgan oksianlar hamda
aripan yoki ariaklardan tashkil topgan bo‘lib, nihoyatda jangovar (urushqoq)
xalq bo‘lgan.
Umuman olganda, so‘g‘dlarning tog‘ va dashtlarda yashaganlari
ko‘chmanchilarcha, sug‘oriladigan vohalarda yashaganlari esa o‘troq tarzda
turmush kechirganlar.
So‘g‘dlar o‘z mamlakatini qadim zamonlarda So‘g‘d deb ataganlar va bu
mamlakatning poytaxti hozirgi Samarqand shahri yaqinida joylashgan
Marokanda shahri bo‘lgan.
Marokanda shahri miloddan avvalgi VII–VI asrlarda (taxminan 2500–
2600 yillar oldin) Markaziy Osiyodagi eng muhim shaharlardan biri bo‘lib,
bu yerda savdo-sotiq, hunarmandchilik, ayniqsa, mato to‘qish, shisha ishlab
chiqarish, sopol idishlar yasash, qurolsozlik va boshqa ishlar taraqqiy etgan.
Bu yerlik aholi esa bevosita Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlar bilan
savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Bu ma’lumotlar hozirgi kunda
Samarqanddagi Afrosiyob xarobalarini tekshirayotgan olimlarimiz
tomonidan o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Shunday qilib, biz haqli ravishda aytishimiz mumkinki, miloddan oldingi
VIII asrning oxiri VII asrning boshlarida hozirgi Zarafshon va Qashqadaryo
vohalarini o‘z ichiga olgan, poytaxti Marokanda bo‘lgan qadimgi qabilaviy
davlat – So‘g‘diyona mavjud bo‘lgan. Xuddi shuningdek mamlakatimizning
boshqa joylarida, masalan, Choch va Parkanada ham qabilaviy davlatlar
vujudga kela boshlagan.
Umuman olganda, Baqtriya – So‘g‘d – Xorazm davlatlarining siyosiy va
xo‘jalik hayotiga yakun yasab quyidagi xulosalarimizni beramiz: Markaziy
Osiyoni Ahamoniylar saltanati bosib olgunga qadar (bu voqealar miloddan
avvalgi VI–IV asrlarda sodir bo‘lgan edi) bu ona zaminda harbiy
demokratiya prinsiplari asosida tarkib topgan davlatlar mavjud bo‘lgan.
Ularning hududiy doirasi, ichki davlat tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy hamda
madaniy aloqalari haqida hali olimlar o‘rtasida ko‘p ilmiy munozaralar
1
Do'stlaringiz bilan baham: