MILODDAN AVVALGI BIRINCHI MING YILLIKDAN MILODNING OLTINCHI ASRIGACHA BO'LGAN DAVRDA KSENIPPA - NAXSHAB SHAHRINING GENEZISI VA RIVOJLANISHI
Miloddan avvalgi II mingyillik oxiri va I ming yillik boshlari O'rta Osiyoda qabila va xalqlarning keng ko'lamli ko'chishi, ilk temir davrining boshlanish davri bo'lgani bilan e'tiborlidir.
Bu davrda O'rta Osiyoning asosiy tarixiy-madaniy hududlari - Baqtriya, Marg'iyona, So'g'd, Xorazm shakllangan. Bu davrda ushbu mintaqada dastlabki shaharlar - dehqonchilik vohalarining markazlari paydo bo'ladi, ilk davlatlar tashkil topadi. Shu davrdan boshlab O'rta Osiyoda shahar madaniyati uzluksiz, jadal sur'atlar bilan rivojlanib boradi.
Sirdaryo va Amudaryo oralig'ida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida qadimgi so'g'd elati va o'troq dehqonchilik madaniyati shakllanadi. Qashqadaryoda miloddan avvalgi birinchi asrning boshidan ikkita asosiy voha - Qarshi va Shahrisabz vohalari shakllanadi. Aleksandr Makedonskiy bilan birga yurtimizga kelgan yunon tarixchilari milodning IV asri oxirida Qashqadaryo vodiysidagi ikkita tarixiy-madaniy viloyat - Nautaka va Nikshapani eslab o'tishadi.
Qarshi vohasining qadimiy poytaxti - Yerqo'rg'on shahristoni hozirgi Qarshi shahri Shayxali mahallasidan 2 kilometr shimolda joylashgan tuproq qal'a bo'lgan. Yerqo'rg'on 50-60-yillarda dastavval S.Kabanov va M.Masson tomonidan o'rganilgan. XX asrning 70-80-yillarida esa O'zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining ekspeditsiyasi tomonidan buerda ilmiy arxeologik tadqikotlar olib borilgan. Yerqo'rg'on hududi turli hajmdagi tepaliklar bilan qoplangan bo'lib, ular sobiq shahar vayronalaridir. Eng yirik tepalik hukmdor saroyi ekani aniqlangan. Shuningdek, qazuv ishlari davomida shahar butxonasi, maqbara, zardushtiylik dahmasi, hunarmandlar mahallalari topilgan. Yerqo'rg'ondagi shahar taxminan VI asrning ikkinchi yarmida Turk xokonligi va Sosoniylarning birlashgan kuchlari tomonidan eftalitlar davlatini yakson qilish paytida vayron qilingan.
Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o'rtalarida shahar kengayib boradi. U 35 gektarlik maydonni egallaydi. Taxminan miloddan avvalgi VI asrda qurilgan yangi mudofaa devorining balandligi 8 metr, poydevori 3 metr kenglikda bo'lgan. U shaharni sak chavandozlaridan himoya kilgan. Vaqt o'tishi bilan u bir necha marta ta'mirlangan va kengaytirilgan, IV asrning o'rtalariga kelib, uning qalinligi 20 metrgaetgan.
Miloddan avvalgi III-II asrlarda Yerqo'rg'on o'rnidagi shahar rivojlanib borgan, buni arxeologik topilmalar tasdiklaydi. Jumladan, sopol buyumlarning shakli o'zgara boshlagan. Bular nafis jomlar, ovqat solinadigan idishlar, laganlardir, ayni paytda bu davrda vohada koroplastika san'ati vujudga kela boshlaydi. Bu davrdagi noyob terrakota rasmlar va bezaklar ellincha usulda yasalgan. Qazilmalar mobaynida topilgan momaqaldiroq xudosi Zevs tasviri tushirilgan miloddan avvalgi V-IV asrlarga mansub etruskcha gemmaintaliya ham shu davrga oiddir. Soqolli yalang'och mavjudot yarim burilgan holda chap qo'lida Zevsning hamrohi - burgut qo'ngan asoni ushlab turgan tarzda tasvirlangan.
Saqlandi
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.
Umar Hayyom
Doim Allohni sevib va unga ibodat qilib yashaylik.
Miloddan avvalgi II asrning birinchi yarmida Qarshi vohasi Sharqiy Orolbo'yi hududidan chiqqan saklar sulolasi hukmronligi ostida kolgan. Usha davrda Yerqo'rg'ondan 15 kilometr janubda qal'a shaklidagi yangi shahar - Qal'ai Zahhoki Moron barpo etilgan. U yagona arxitektura inshooti sifatida qurilgan. Uning markazida tomonlari yuzga yuz metr bo'lgan, 15 metrgacha balandlikdagi ulkan minora joylashgan. Ushbu inshootni uch kator devor kurshab olgan.
Qal'ai Zahhoki Moron va uning o'n metr qalinlikdagi devorlari Yerqo'rg'on kabi bir necha marotaba qayta qurilgan. Devor tarkibini o'rganish ularning eng dastlabkilari miloddan avvalgi II-I asrlarga mansubligini ko'rsatdi. Milodning IV-V asrlarida shahristonni qayta tiklash paytida devor ichidagi yo'laklar barpo etilgan. Milodning VIII asriga kelib shaharning asosiy qismida hech kim yashamay ko'ygan, markaziy minoraning tepasida kichik qo'rg'on bunyod etilgan.
Miloddan avvalgi dastlabki asrlarda Yerqo'rg'on o'rnidagi shahar kengaytirilgan hamda deyarli 150 gektarlik maydonni qamrab oluvchi tashqi devor bilan o'ralgan.
Yerqo'rg'onning tashqi devori ichki yo'lkalari bor mustahkam mudofaa inshooti bo'lib, uning hududida har 60 metrdan so'ng minoralar o'rnatilgan.
Miloddan avvalgi II-I asrlarda Yerqo'rg'onning ichki shahrida VIII-VII asrlarga mansub eng qadimgi devor xarobalari o'rnida kulollar mavzesi barpo etilgan, tashqi shaharda esa - Samarqand tomonga olib boruvchi qadimgi yo'l yoqasida - temirchilar mavzesi bo'lib, ular shahar VI asrda vayron bo'lguncha mavjud bo'lgan.
Yerqo'rg'onning bu davrga oid sopol idishlari ko'pincha qo'ng'iroqsimon oyoqli nafis jomlar sifatida ishlangan. Idishlar bilan bir katorda kulolchilik ustaxonalarida turli ma'budalar, harbiylar, otliqlar, shuningdek, ot, qo'y, echki, kamdan-kam holatda esa yovvoyi yirtqich hayvonlar haykalchalari yasalgan.
Qazilgan madaniy qatlamlarni o'rganish davomida shu narsa ayon bo'ldiki, Yerqo'rg'onda faol bunyodkorlik ishlari milodning III asrigacha davom etgan.
Yerqo'rg'on-Naxshabning yangi rivojlanish davri milodning III-IV asriga to'g'ri keladi. Bu davrda yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan, shahar ibodatxonasining muhtasham binosi, hukmdor saroyi, maqbara binolari barpo etilgan, tashqi va ichki mudofaa dsvorlari tubdan ta'mirlangan, kulollar va temirchilar mavzelari kengaytirilgan.
Xioniylar va eftalitlar davri - IV-VI asrlarda Yerqo'rg'on Markaziy Osiyoning eng yirik va gullab-yashnagan shaharlaridan biri bo'lgan. Poytaxt shahar atrofida keng ko'lamli qurilmalar aglomeratsiyasi qaror topgan. Shahar infratuzilmasi alohida tarmoqlarga birlashgan murakkab tusga ega bo'lgan. Ko'chalar ibodatxonaga, saroy va makbaraga olib borgan.
III-IV asrlarda Yerqo'rg'on ikki qavat baland devor bilan o'ralgan bo'lib, diniy marosimlar o'tadigan monumental binolarni o'z ichiga olgan. Ular shahar jamoatchiligi hayotida hududiy belgilar sifatida xizmat qilgan, vazifasiga ko'ra ma'muriy, diniy marosimlar o'tadigan joy va mudofaa markazi rolini o'tagan.
Yerqo'rg'onning kulollar va temirchilar mavzelarining so'nggi ustki qatlamiga ko'ra, milodning V asrida shaharda yong'in va haloqat sodir bo'lgan, keyinchalik hayot yana o'z iziga tushgan. Milodning VI asrida shahar butkul vayron bo'lgan, bu hol Turk xoqonligi va Eron Sosoniylarining birlashgan harbiy koalitsiyasi hujumi ostida Eftalitlar davlatiningemirilishi bilan bog'lik bo'lsa kerak.
Shundan so'ng milodning VI asri oxiri va VII asrning boshida shahriston ustida, bir paytlar yirik kulollar mavzesi bo'lgan joyda kichik kulollar ko'rg'oni tiklangan. Shaharning huvillagan ibodatxonasidagi bir paytlar ilohiy ma'buda o'rnatilgan joyda to'g'ri burchakli otashkada o'rnatilgan. Ibodatxonaning ushbu so'nggi davri VII asrning o'rtalariga mansub Kesh tangasida ham o'z aksini topgan.
NAXSHAB - NASAF - QARSHI O'RTA ASRLARDA
O'rta asrlarga kelib Qashqa vohasining yangi poytaxti qulay joyda - Qashqadaryoning chap qirg'og'i bo'ylab yastangan keng hududda shakllana boshladi. Daryo bu yerda sharqqa tomon yo'nalgan bo'lib, go'yo tekislikni uch tomondan qurshab olgandek tuyular edi.
Bu shahar qoldiqlari hozirgi Qarshi shahridan 5 kilometr shimoli-g'arbda, Yerqo'rg'on qal'asidan 1,5 kilometr janubda joylashgan bo'lib, Shulluktepa shahristoni deb ataladi. Ilk o'rta asrlarda bu yerga qadimgi poytaxtdan zodagon va hunarmandlar - temirchilar, to'quvchi va quruvchilar ko'chib kelgan. VII-VIII asrlarda ularning ustaxonalari bosh qal'ani sharq va janubdan himoyalab, daryo qirg'og'igacha cho'zilgan va asta-sekin Qashqadaryoning chap qirg'og'idagi burilish joyini to'liq egallagan. Bu davrda qal'a devorlari jiddiy ravishda mudofaa ahamiyatini yo'qotadi. Shaharning ichki tuzilishi o'zgaradi. Shubhasiz, saroy - hukmdor taxti va xazina, qamoqxona va harbiy garnizon joylashgan inshoot uning tarkibiy qismi bo'lib qolavergan. Biroq X asr mualliflari istehkomlarni ta'riflar ekan, ularning nurab qolgani va hatto vayron bo'lganidan xabar beradi.
Jumladan, geograf olim Istaxriy shaharni qisqacha ta'riflagan.
Nasaf, Istaxriyning fikricha, bir paytlar vayron qilingan istehkom, rabot va to'rtta darvozaga ega bo'lgan. Shahar atrofi asosan lalmi dehkonchilikka ixtisoslashgan serunumerlar va ekinlarga boy bo'lgan. Daryoda muayyan paytda suv kamayib ketgani tufayli bog'rog'lar asosan quduklardan sug'orilgan.
Arxeologik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, shahristonning mudofaa inshootlari VII-VIII asr-larda barpo etilgan. IX asrning oxiri va ayniqsa, X-XI asrlarda shahar ulkan hudud bo'yicha rivojlanib ketgan. U ko'proq sharqtomonga, Qashqadaryoning o'ng qirg'og'iga tomon o'sib borgan. Avvalgi davrlarda ilk shaharning sharqiy chegarasi hisoblangan daryo bu davrda janubdan shimolga tomon rabotning o'rtasidan o'tgan.
Agar shahriston va rabotning shimoliy kismini «Hukumat uyi» va zodagonlar hovlilari egalla-gan bo'lsa, uning asosiy qismi, ayniqsa, markaziy va janubiy hududlarini ko'plab hunarmandchilik mavzelari egallagan.
Temirchilar mavzelari daryo bo'ylab g'arbga tomon to istehkomgacha davom etgan va XIII asr boshlari-gacha mavjud bo'lgan. Ulardan janubda, temirchilik ustaxonalariga tutashgan holda, daryo sohili bo'ylab miskar ustalar va bronza quyuvchilar, zargarlar mavzelari joylashgan. Buerdan misni yakuniy tozalash ishlari bajariladigan ustaxona topilgan. Bu yerda mis qoldiqlari hamda metall quyish jarayoni bilan bog'liq belgilar ham uchraydi.
Shuningdek, sopol suv quvurlari, kuduq koldiqlari ham kuzatilgan. Ular buerda vaqt-vaqti bilan suv tanqisligi ro'y berib turganini yana bir bor eslatadi.
Temirdan yasalgan mehnat qurollari kurilish va duradgorlik ishlarida keng ko'llangan. Ehtimol, bu sohalar Nasafda keng rivojlangan bo'lsa kerak. Balki shaharning g'arbdagi darvozasi shu sababli «Najjorlik» deb atalgan.
Nasafda qadimdan mis va bronza kuyish jadal rivojlangan. Nasaf mehnat qurollari va bezak-lari orasida kimyogarlar tomonidan bronzaning oltita metallsozlik guruhi aniqlangan. Bu esa xom ashyoning xilma-xilligi, uni qo'llash usulla-rining rang-barangligi hamda nasaflik ustalar-ning ham Baktriya va So'g'dning degrezchi ustalari yutuqlaridan xabardorligini ko'rsatadi.
Qizildaryo' va uning o'zanlari havzasida polime-tallar - mis, qo'rg'oshin, temir kazish bo'yicha bir necha ochiq vaer osti konlari topilgan. Kumush konlari ham bor. Konlar 40 metr chukurlikkacha qazilgan.
Shunisi qiziqki, ayrim joylarda oxiriga-cha qazib tugatilmagan shaxtalar ham saqlangan. Ehtimol, qandaydir siyosiy voqealar bu ishlarni davom ettirishga imkon bermagan.
Temir rudasi XI-XII asrlarda Tutaka va Qizilsoy konlarida yirik hajmda qazib olingan, bu yerdagi o'n beshtacha qazilma orasida 0,7 kilometr maydondagi ulkan karer markaziy o'rinni egallaydi. Ruda shuerning o'zida boyitilgan va unga ishlov berilgan. Shu sababli daryo o'zani bo'ylab boyitish va metall qo'yish joylari va chiqindilar saqlanib qolgan ko'p dalalar bor. Buerda temir buyumlar, tozalanmagan mis, qo'rg'oshinli-kumushli quyilma olingan, so'nggi tozalash va ishlov berish ustalar tomonidan shahar markazlarida, birinchi navbat-da, Nasafning o'zida amalga oshirilgan.
Janubi-g'arbiy rabotda kulolchilik ustaxo-nalari ochilgan. Nasaf kulollari yuqori si-fatli maxsulot - sirlangan tovoq va laganlar, o'yma naqshli idishlar hamda sirli va o'ymakor naqshlarni birlashtirgan antika idishlar ishlab chiqargan.
Hunarmandlar mavzelari bilan istehkom o'rtasidagi keng maydonlarni alohida tovarlarni so~ tishga ixtisoslashtirilgan bozorlar egallagan. Tarixchi Sam'oniy o'z asarida bozor maydoniga olib chiquvchi zargarlar ko'chasini, Xon az-Boziddin karvonsaroyini, ya'ni matolar bilan savdo qilish karvonsaroyini, mevalar sotiladigan Jubak bo-zorchasini ta'riflaydi. Shuningdek, uning asarlarida hatto eski-tuski narsalar bozori (xanuk), bozorchadagi kichik karvonsaroy (suvoyqa) va Mohduz raboti, non yopish va sotish do'konchasi ham eslatib o'tilgan. Bu ta'riflar shuni ko'rsatadiki, X-XII asrlarda Nasafning markaziy va janubiy tumanlari gavjum joylar bo'lgan.
Ehtimol, shu sababdan aynan shuerda dastlabki jomemasjidi qad rostlaydi. U 834 yilda so'fiy shayx Abdurahmon Muazza tomonidan janubiy rabotda, G'o'bdin darvozasi oldida, Zuhhok ko'chasida kurilgan. XII asrda bu bino eski jomemasjidi sifatida tilga olinadi va Sam'oniyning xabar bsrishicha, shahristonning janubiy darvozasi ol-dida yangi jomemasjidi quriladi. Shahriston dsvoridan 130 metr janubda arxsologlar uning koldiqlarini - pishiq g'ishtdan qurilgan, bezak izhlari bor monumental bino parchalarini topishdi.
Ehtimol, bu paytda eski masjid ham ishlaganhdir, lekin u jomelik mavqeini yo'qotgan va XII asrda o'z bunyodkori Muazza nomi bilan atalgan. Manbalarda shaharning qator boshqa masjidlari ham tilga olinadi. Ular orasida Bayon ko'chasidagi buyuk muhaddis Imom Buxoriy yashagan va ibodat qilgan masjid ham bor.
Shaharning shimoli-g'arbiy qismida, An-Najjoriya (Buxoro) darvozasi yonida shahardan tashqaridagi hayit masjidi - namozgoh joylashhgan.
Umuman olgaida, X-XII asrlarda Nasaf keng aloqalarga ega yirik taraqqiy etgan viloyat mar-kazi, ertapishar meva va sabzavotlari yaqin va uzoq bozorlarda qadrli bo'lgan boy voha sifatida namoyon bo'ladi.
XIII asrning boshida, O'rta Osiyo mo'g'ul istilochilari tomonidan bosib olingach, Naxshabning yashil dalalari Chingizxon tomonidan ko'shinlar dam oladigan va boshqa o'lkalarga ko'chib o'tiladigan manzil sifatida tanlangan.
Naxshabning ko'chmanchi qabilalar yashaydigan dasht hududlarida ham hayot barq urib rivojlangan. Buerda koraxoniylar va saljukiylar davrida xonlar uchrashuvlari bo'lib o'tgan. Ksyingi yillarda Naxshab Movarounnahrning Chig'atoy ulusi beklari yashaydigan markazga aylangan. 1310 yilda buerda Eson Buka, 1321 yilda Kepakxon dafn etilgan. U poytaxt yaqinida Qarshi deb nomlangan yirik saroy qurdirgan, uning atrofida zodagonlar uylari, hunarmandlar mavzelari va bozorlar jamlana boshlagan, shu tariqa eski poytaxtdan hayot asta-sekin buerga ko'chib o'tgan.
O'rta Osiyoning XIII asr va XIV asr boshidagi tarixida Nasaf mahalliy shayxlar chig'atoylik zodagonlar orasida islomni targ'ib qilgani bilan ham alohida ajralib turadi.
Qarshi shahrining jadal rivojlanishi 1365 yilda shaharni o'z nazorati ostiga olgan Amir Temur faoliyati bilan bog'liq. 1365-1366 yilning qishini Amir Temur Qarshida o'tkazadi va buerdagi mudofaa devorlarini qaytadan qurdiradi. Bundan tashqari, rasmiy manbalar Qarshida Amir Temur tomonidan katta jomemasjidi ham barpo etilganini tasdiqlaydi.
Ta'kidlash joizki, Qarshi Chig'atoy xonlarining roziligisiz (tegishli yorliqsiz) Amir Temur hokimiyati o'rnatilgan birinchi shahar hisoblanadi. Shu tufayli ham o'rta asr musulmon hukmdorlari orasida kimki Qarshini egallasa, Movarounnahrni boshqaradi, degan aqida ham paydo bo'ladi.
Keyinchalik ham Amir Temur shaharning muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olib, uerda doimiy harbiy qo'shin joylashtirib, mudofaa inshootlari holatini kuzatib boradi. Biroq 1387 yili, Amir Temurning Kavkazorti, Iroqning shimoliy hududlariga amalga oshirgan uch yillik harbiy yurishlari paytida (1386-1388), Oltin Urda hokimi To'xtamish Movarounnahr hududiga hujum qiladi. Bu hujum vaqtida Qarshi va uning g'arb tomonida joylashgan qal'a-saroy - Zanjirsaroy katta talafot ko'radi.
Amir Temur va temuriylar davrida Qarshi Qashkadaryo vohasnning yirik savdo va hunarmandlik markaziga aylanadi.
1499 yili Shayboniyxon Movarounnahrga bostirib kiradi va Buxoroni, so'ngra Samarqandni qo'lga kiritadi. 1500 yilning qishida Shayboniyxon o'z qo'shini bilan Qarshiga yurish qiladi, lekin uni qo'lga kirita olmaydi. Shu yilning yozida esa ikki oylik qamaldan so'ng shahar taslim bo'ladi. Shayboniyxon Bobur bilan Samarqand uchun bo'lgan jangdagi g'alabasidan keyingina Qarshida mustahkam o'rnashib oladi.
Shayboniyxonning o'limidan so'ng (1510) Movarounnahrning asosiy shahri hisoblaigan Samarqandni Bobur uchinchi marta qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ladi. 1511 yilning oxirida Bobur Mirzoga yordamga kelgan Eron ko'shinlari Qarshini kamal kilib qo'lga kiritgach, shaharda ommaviy kirg'in o'tkazadi. Bu qirg'inda me'mor, mashhur shoir va tarixchi Mavloio Binoiy ham (1453-1512) halok bo'ladi. Tarixchi Mahmud ibn Valining (XVII asr) ma'lumotlariga ko'ra, Binoiy Qarshidagi jomemasjidi tashqarisida dafn etilgan. Keyinchalik uning qabri ustida makbara qurilgan, lekin u hozirgi kungacha saklanib qolmagan.
Qarshi XVI asr boshida istehkomlar bilan mustahkamlangan shahar edi. Uning rivojlanishi, birinchidan, asosiy savdo yo'llari kesishgan joyda joylashgani bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, shahar Shahrisabz va G'uzorning qo'zg'olonchi mahalliy hukmdorlariga qarshi kurashda Buxoro amirlarining harbiy-siyosiy tayanchi edi.
Qarshining ahamiyati XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab kuchaya boshlaydi va bu Abdullaxon Ikkinchi (1557-1598) faoliyati bilan bog'lik.
Qarshida Abdullaxon madrasasi (1590-1591), Boqiboy madrasasi, hammom (1592-1593), Abdullaxon ko'nrigi va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega ko'plab binolar barpo etiladi vaularning ba'zilari hozirgi kungacha saqlanib turibdi. Mahmud ibn Valining (XVII asr) so'zlariga qaraganda, bu davrda Naxshabning obodligi va farovonligi shu kadar yuksaladiki, u hatto dunyoning katta shaharlari bilan raqobatlasha oladigan darajagaetdi.
Ashtarxoniylar boshqaruvi davrida (1601-1747) Qarshi vohaning asosiy shaxri maqomini saqlab qoladi. Jug'rofiy jihatdan muhim savdo yo'llari kesishgan joyda joylashgani tufayli Qarshi Buxoro xonligining savdo va madaniy markaziga aylanadi. XVII asr manbalarida Qarshi Movarounnahrning eng so'lim go'shalaridan biri sifatida kayd etilgani ham bejiz emas.
Eron hukmdori Nodirshoh 1740 yilda Movarounnahrga yurish kilgan davrda va undan so'ng yuzaga kelgan siyosiy vaziyat buerda maydonga yangi siyosiy kuchlar chiqishini talab etardi. Bundan mang'it biylari, ayniqsa Qarshi begi Muhammad Hakimbiy mang'it va uning o'g'li Muhammad Rahim unumli foydalanadi.
Abulfayzxondan so'ng taxtga ashtarxoniylardan Abdulmo'min (1747-1751), Ubaydulloh Ikkinchi (1751-1754) va Sherg'ozi (1754-1756) o'tirgan bo'lsada, birok ular nomigagina xon edi. Aslida esa hokimiyat Muhammad Rahim mang'itga tegishli edi. U 1756 yilning 16 dekabrida rasman taxtga o'tqaziladi.
Muhammad Rahim vafotidan so'ng (1759) Buxoro taxtiga Doniyolbiy, so'ng uning o'g'li Shohmurod o'tirdi. Xalq orasida Amir Ma'sum nomini olgan bu amir taxtga egalik qilgach, o'g'li Haydar to'rani Qarshiga hukmdor etib tayinlaydi. Shu vaqtdan boshlab ayrim taxt vorislarini Qarshiga noib etib tayinlash an'anasi joriy etiladi. Bu esa shaharning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini yanada kuchaytiradi.
Amir Haydar (1800-1826) va uning o'g'li Nasrulloxon (1826-1860) boshqaruvi davrida, ayirmachilik kayfiyati qamrab olgan Shahrisabzdan farqli o'laroq, Qarshi ancha tinch sharoitda rivojlanadi.
XVII-XIX asrlarda Qarshi Urda, Qo'rg'on, ichki shahar va shahar tashqarisidagi rabotlardan tashkil topgan edi. Urda mahalliy hokim qarorgohi hisoblanib, to'rtburchak shaklidagi devor bilan o'ralgan hamda bitta darvozaga (Saqlov darvozasi) ega bo'lgan. Qarshi o'rdasi hajmi bo'yicha (2,5 gektar) Shahrisabz o'rdasi va Buxoro arkidan katta edi. N. Xanikovning ma'lumotlariga ko'ra, 1841 yilda shaharda uchta kontsentrik joylashgan himoya devori mavjud bo'lgan, tashqi tomondan esa uni rabotlar o'rab turgan.
1863 yilda shaharga kelgan A. Vamberining yozishicha, buerda 10 ta karvonsaroy mavjud bo'lgan, shahar bozorida esa chetdan olib kelingan ko'plab tovarlar sotilgan. N. Maev (1874) shahar N. Xanikov kelgan paytdagidan (1841) ancha rivojlanganini va eski qo'rg'onda ham, yangi shaharda ham bozorlar mavjudligini qayd etadi. Buerda ma'lum turdagi tovarlar maxsus ajratilgan joylarda sotilgan.
Amir Muzaffar boshqaruvi davrida (1860-1885) Buxoro xonligining bir qismi chor Rossiyasi tomonidan bosib olinadi. Chor qo'shinlari Toshkent (1865), O'ratepa va Jizzax (1866) hamda Samarqandni (1868 yilning mayi) egallaganidan so'ng Buxoroning yuqori tabakalarida Amir Muzafar harakatlaridan norozilik kuchayadi. Ularga amirning katta o'g'li - G'uzor begi Abdulmalik (Katta To'ra) boshchilik qiladi, unga Kitob begi (Jo'rabek) va Shahrisabz begi (Bobobek) katta yordam beradi. Katta To'ra bayrog'i ostida to'plangan ko'ngilli askarlar 1868 yil iyunida Yakkabog' va Chiroqchi qal'asini qo'lga kiritib, Taxta Qoracha dovoni orqali Samarqandga yurish qiladi va uni qamal qilib, shaharda koldirilgan qo'shinlariga hujum uyushtiradi. Amir qo'shinlarini Zirabuloq yaqinida mag'lubiyatga uchraganidan so'ng dushmanning asosiy ko'shini shahrisabzliklarning bir qancha hujumini qaytarishga erishgan shahar garnizoniga yordamgaetib keladi, natijada Abdulmalikning ko'ngilli askarlari Shahrisabzga chekinadi, uning o'zi esa G'uzorga qaytadi.
1868 yilning kuzida amirning chor qo'shiniga qarshi urushdagi muvaffaqiyatsizligidan norozi bo'lgan Qarshi xalqi shahar begini quvib yuboradi. Abdulmalikdan Qarshi viloyatini o'z boshqaruvi ostiga olishni iltimos qiladi va u Qarshini egallaydi. Birok Amir Muzaffarning Buxorodan yuborilgan qo'shini uni Shahrisabzga qochishga majbur qiladi. Amir esa o'z qo'shini bilan Chiroqchiga yurish qiladi va shahrisabzliklardan o'g'lini tutib berishni talab etadi. Lekin shahrisabzliklar uning talabini rad qiladi. Shunda u Yakkabog'ni ishg'ol qiladi. Bir oz vaqt o'tgach, Abdulmalik Qarshini yana egallashga muvaffaq bo'ladi. Bunday qaltis vaziyatda Amir Muzaffar ruslardan yordam so'raydi. 1868 yilning 23 oktyabrida, ikki kunlik hujumdan so'ng, Qarshi chor askarlari tomonidan egallanadi va Amir Muzaffarga topshiriladi.
Qarshi ham, Qashqadaryo vohasining boshqa shaharlari kabi, 1920 yilgacha Buxoro amirligi tarkibida qoldi va nisbatan tinch rivojlandi. O'z vorislarini Qarshi hukmdorlari (beklari) etib tayinlash an'anasi keyingi amirlar davrida ham o'z ahamiyatini yo'qotmadi.
QASHQADARYO XX ASRDA.
Qarshi XX asr boshida Buxoro amirligining muhim siyosiy va ma'muriy markazlaridan biri bo'lib, 27 viloyati qatorida 10 ta tuman - amlokdan iborat edi. Qashqadaryo vohasida temir yo'l qurilishi Qarshi shahri tarakqiyotini ancha tezlashtirib yuboradi. 1913-1915 yillarda Kogon (Yangi Buxoro) - Amudaryo, Qarshi - Kitob (Shahrisabz) temir yo'li, foydalanishga topshiriladi. Chunki Chor hukumati bundan bevosita manfaatdor edi.
XX asr boshlarida Turkiston mintaqasida yuz bergan shiddatli siyosiy va harbiy jarayonlar Buxoro amirligi, xususan, Qarshi vohasi hayotini ham tubdan o'zgartirib yubordi. Bu hodisalar, bir tomondan, asrlar davomida hukm surib kelgan an'analar va turmush tarzini larzaga keltirib, ularni izdan chiqargan bo'lsa, ikkinchi tomondan, jamiyat taraqqiyotini yangi yo'nalishga burib yubordi. 1920 yil 12 avgustda bolsheviklar amirlikni tugatish maqsadida Samarqand - Buxoro frontini tuzadi. 1920 yil 21 avgustda Turkiston fronti qo'mondoni RSFSR harbiy ishlar xalq komissari nomiga telegramma yo'llab, Buxoroni bosib olishga hamma narsa tayyor ekanini ma'lum qilganida, RSFSR milliy ishlar xalq komissari I. Stalin bu telegrammaga «Zudlik bilan harakat qiling», deb rezolyutsiya qo'yadi.
Qizil armiyaning Turkiston frontiga karashli Samarqand guruhi Qarshi va G'uzorni 1920 yil sentyabr oyi boshlarida bu shaharlarni egallaydi. Qarshi va uning atroflarida 1920 yil oxiridan boshlab Qizil armiyaga qarshi janglar boshlanadi. Bolsheviklar va Qizil armiya qo'mondonligi bu kurashda kabih va jirkanch usullardan keng foydalangan, bu bilan ham cheklanmasdan tinch aholini qatag'on qilgan. 1920 yil kuzida BXSRda dastlabki ma'muriy-hududiy bo'linish o'tkazilib, u viloyatlar, tumanlar, kentlar, amlok va qishloqlarga ajratilgan edi. Qarshi vohasida 3 ta viloyat (Behbudiy, G'uzor va Shahrisabz) tashkil qilingan. Qarshi viloyatiga Beshkent, Koson, Chim tumanlari kirgan. yil so'ngida O'rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o'tkazilishi natijasida Buxoro respublikasi tugatiladi. Uning hududi, jumladan, Behbudiy va Shahrisabz viloyatlari (Qashqadaryo okrugi) yangi tashkil etilgan O'zbekiston SSR (Uz SSR) tarkibiga kiritiladi. yil 29 yanvarda O'zbekiston SSRda ma'muriy bo'linish tadbirlari o'tkaziladi. Unga binoan, Qashqadaryo viloyati Uz SSRda tuzilgan dastlabki 7 ta viloyatning bittasi bo'lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |