O„zbekiston tarixi kafedrasi


Qashqadaryo vohasida Ashtarxoniylar hukmronligi



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

 
Qashqadaryo vohasida Ashtarxoniylar hukmronligi 
XVI asr oxirlariga kelib, Shayboniylar hokimiyati zavolga yuz tutadi. Abdullaxon 
vafotidan keyin (1598 yil, 8 fevral) taxtga uning o‗g‗li, Balx hokimi Abdulmo‗minxon chiqadi. 
Abdulmo‗minxonning fe‘l-atvori Buxoroda saroy ahliga juda yaxshi ma‘lum edi. Shu boisdan, 
uning taxtga chiqishi zimdan zo‗rlik bilan amalga oshiriladi. Ayonlar undan qo‗rqqanlaridan 
nafaslarini ichlariga yutib, uni qutlagan bo‗ladilar. Aslda ular Balxda qatag‗on siyosatini 
qo‗llagan, qonxo‗rlik va zolimlik bilan mashhur bo‗lgan Abdulmo‗minning hokimiyatga 
kelishidan norozi edilar. Shu sababdan, ko‗p o‗tmay unga qarshi fitna uyushtiriladi. 


98 
Shayboniylar sulolasi Abdulmo‗minxon o‗limi bilan xotima topadi. Taxtga Shayboniylarga 
bilvosita yaqin bo‗lgan Joniylar chiqadi. 
Joniylar sulolasi taxtga kelgach, o‗zaro hokimiyat talashlar kuchayadi. Jumladan, Vali 
Muhammadning hokimiyati bir yilga ham yetmaydi. 1611 yilda taxtni Dinmuhammadxonning 
o‗g‗li Imomqulixon egallaydi. Imomqulixon hokimiyat tepasida uzoq turadi (1611-1642), uning 
davrida ham yurtda osoyish beqaror edi. Mamlakat hududlariga qozoqlar va qalmoqlar xuruj 
qilishdan tiyilmaydilar. 1021 (1612-13) hijriy yilda Imomqulixon Ashpara sariga qo‗shin tortadi. 
Toshkentga o‗g‗li Iskandarxonni hokim qilib qoldiradi. Yusuf Munshiyning aytishicha, shahzoda 
Toshkent aholisi bilan chiqishib keta olmagan. Iskandarxon tez orada o‗ldiriladi. Bu esa 
Imomqulixonni junbushga keltiradi va «dushmanlarim qoni uzangimga chiqmaguncha, ularni 
qirg‗in qilaman», deb ont ichadi. Qirg‗in haddan oshadi. Amirlar xonni bu bema‘ni qatli omdan 
tiyish chorasini izlaydilar. Nihoyat, odam qonini qo‗shib suv to‗ldirilgan hovuzga Imomqulini oti 
bilan kiritishib, qasam bajo bo‗lganligini – qon uzangidan kelganligini e‘tirof etadilar. Shu bilan 
qirg‗in to‗xtaydi. 
Abdulaziz 1057 (1647-1648) hijriy yildan to 1091 hijriy sanaga (1680) qadar hukm 
suradi. Abdulaziz mamlakat tinchligini ko‗zlab, taxtni ukasi Subxonquliga topshirishga ahd 
qiladi. U shu maqsadda Balxdan Subxonqulini chaqiradi. 
Buxoro taxti umidida kelgan Subxonqulixon Qarshi shahrida to‗xtab turadi. Qarshi XVII 
asrda valiahdlar turadigan qo‗nimgoh sifatida mashhurlik kasb etadi. Subxonquli toki Abdulaziz 
Buxoroda turar ekan, Qarshidan nari jilmaydi. Qachonki, u haj yo‗liga chiqsa, Buxoroga kirib 
borishini bildiradi. Subhonqulixonning taxtni kuch bilan olish niyati ham bo‗lgan. Shu sababdan 
Abdulazizga yaqin amirlar Qarshiga otlanishga, Subhonquli bilan jang qilishga hozir 
ekanliklarini bildiradi. Bu, chamasi, taxtdan voz kechish oldida turgan Abdulazizni ikkilanishga 
olib keladi. Shunda ba‘zi amirlar (Tangri Berdi parvonachi) uni taxtdan voz kechishga 
unatadilar. Abdulazizxon davrida qavmlar ittifoqi, murosasi yaxshi bo‗lgan. Qavm boshliqlari 
nufusining ko‗p-ozligiga qarab chap va o‗ng tarafda, mavqeiga qarab xon yonidan joy olganlar.
Subhonqulixon tovuq yili muharram oyining birinchi kunida (1091/1680 yil 2 fevral) 
Qarshi shahrida turganida xonlik masnadiga ko‗tariladi. Buxorodan Muhammad Boqir Xoja 
Jo‗yboriy boshliq kiborlar, amirlar Qarshiga yangi xonni qutlash, uning nomini xutbaga qo‗shib 
o‗qish, tangalarga nomini zarb etish bilan sharaflash uchun keladilar. Qarshi bu yillarda, ya‘ni 
XVII asrning 80-yillarida Buxoro xonligida poytaxtdan keyingi asosiy shaharlardan biri 
darajasiga ko‗tarila boradi. 
Subxonqulixon davrida ham ichki ixtiloflar keskin davom etadi. Mamlakatda 
parchalanish boshlangan, Balx va Badaxshon mustaqil bo‗lib olgan edi. 1702 yilda 
Subxonqulixon vafot etadi. Taxtga o‗g‗li Ubaydullaxon chiqadi.


99 
XVII-XVIII asrlarda Markaziy Osiyoda xalq ommasi faol harakat doirasiga tortilgan edi. 
Ubaydulloxon nozik siyosatchi sifatida ana shu harakatdan o‗ziga ittifoqchilar izlaydi va ular 
yordamida bosh-boshdoqlikka intiluvchi, o‗zboshimcha amirlarga qarshi kurashmoqchi bo‗ldi. 
Ikkinchi tarafdan, xon, shayxlar yer egaligi masalasida dalil islohotlarga qo‗l uradiki, oxir-
oqibatda, unga qarshi suiqasd amalga oshiriladi. Ubaydulloxon 1711 yilda o‗ldiriladi, uning 
saroyi oyoq osti qilinib, talab ketiladi. Ubaydulloxon o‗rniga 1711 yilda uning ukasi 
Abulfayzxon taxtga o‗tiradi. Uning hukmronligi 1747 yilga qadar davom etadi. 
Abulfayzxon davrida ichki feodal kurashlari shu darajaga yetadiki, oqibatda markaziy 
hokimiyat ahamiyati juda pasayib ketadi, xonlik bir nechta mustaqil idora qilinuvchi viloyatlarga 
bo‗linib qoladi. Xonlikda qalmoqlar ta‘siri kuchayib, ular yetakchisi Javshon ta‘siri xonnikidan 
kuchliroq edi. U o‗ziga ma‘qul tushmagan arboblarni quvg‗un qilish yo‗lini tutadi. Jumladan, 
saroyda nufuzi katta bo‗lgan Muhammad Hakimbiy otaliq o‗z yurti Qarshiga jo‗natib yuboriladi. 
Mamlakatning kuchsizlanishi, xonning hokimiyat ishlari o‗rniga ayshu ishrat bilan 
mashg‗ul bo‗lishi yurtni bosib olishga bo‗lgan intilishlarga erk bermay qolmaydi. Shuning uchun 
ham bu davrda Eron podshohi Nodirshoh Afshorning bosqinlari tasodifiy hodisa emasdi. 
Nodirshoh va uning o‗g‗li Rizoquli Buxoro xonligida, hatto, uning viloyatlarida o‗zaro ichki 
ixtiloflar avj olganligini yaxshi bilganlar. 
Nodirshohning o‗g‗li Rizoquli 1737 yilda Qarshiga o‗n ikki ming kishilik qo‗shin bilan 
bostirib keladi. Shahar hokimi Muhammad Hakimbiy otaliq eronliklarga qarshi barcha himoya 
vositalarini safarbar qiladi. Rizoquli, aftidan, Qarshi shahrini olishga muvaffaq bo‗lmaydi-da, 
unga yondosh joylarni talashga, oziq-ovqat zaxiralarini tortib olishga kirishadi. 
Qashqa vohasida Ashtarxoniylar davrida hukm surgan urug‗lar o‗rtasidagi 
kelishmovchiliklar Abulfayzxon hukm surgan yillarda avj oladiki, buning mamlakat harbiy 
quvvatiga salbiy ta‘siri bo‗lmasdan qolmaydi. 1722 yilda, hali tashqi kuchlar xonlikka tazyiq 
ko‗rsatmagan paytlardayoq, Shahrisabz kenagaslari boshlig‗i Ibrohimbiy Abulfayzxonga qarshi 
ko‗tarilgan va «Turon kishilaridan» bo‗lgan Rajabni Samarqandda xon deb e‘lon qilgan edi. 
Qachonki, tashqi yov mamlakatga xavf solib turgan paytda, ya‘ni Rizoquli Qarshini qamal qilib 
turgan og‗ir sharoitda, G‗uzor hokimi Boboxon tutgan yo‗l nihoyatda qaltis bo‗lib, 
Ashtarxoniylar davlati tanazzuli bag‗oyat chuqurlashib ketganligidan-bir-biriga qo‗shni, 
qondosh-jondosh bo‗lgan shahar va qishloqlar yovlanish darajasiga kelib qolganligidan guvohlik 
berardi. Qarshi qamali davom etayotgan, qamaldagilar ahvoli tang bo‗lib turgan bir paytda 
G‗uzordan Boboxon uch ming kishilik lashkari bilan kelib... Eron shahzodasi Rizoqulixon 
tomonida turib jangga kiradi. 
Shahar hokimi Muhammad Hakim otaliq Buxoroga kishi jo‗natib, yordam yetib kelmasa, 
ahvol yomon ekanligini xabar qiladi. Abulfayzxon qamal iskanjasida qolgan Qarshiga Buxoro, 


100 
Miyonqol va Samarqand qo‗shinlarini boshlab keladi. Xon olib kelgan lashkar soni ham oz 
bo‗lgan. Eron qo‗shinlari nihoyatda yaxshi qurollangan bo‗lganidan, Abulfayz lashkari yengiladi 
va uning o‗zi, otaliq Qarshi qal‘asiga kirib, jon saqlab qoladilar. Agar, Xorazmdan Elbors katta 
qo‗shin bilan Buxoro ostonalariga yetib kelmaganda Qarshining holi nima kechardi, aytish qiyin. 
Rizoquli bundan xabar topib, zudlik bilan Abulfayzga sulh taklif qiladi va Amudaryo ortiga, 
otasi oldiga qaytib ketadi. 
Rizoqulixon bosqinidan uch yilcha o‗tib, Nodirshoh Afshor (u turkmanning «afshor» 
qavmidan bo‗lgan) 1740 yilda Abulfayz mulklariga xotirjam, o‗q ishlatmasdan kirib keladi. 
Chunki, bu yurish chog‗ida «janglar ham, shaharlarni qamal qilish ham, istehkomlarga hujum 
ham bo‗lmadi, buning uchun Abulfayzxonda qo‗shin yo‗q edi. 
Nodirshohning Abulfayzni garchi nomiga bo‗lsa-da Buxoro taxtida qoldirishi Qarshi 
mang‗itlaridan bo‗lgan Muhammad Hakimbiy otaliq va uning o‗g‗li Muhammad Rahim 
mavqeiga zarracha putur yetkazmaydi, aksincha, amalda hokimiyat ular qo‗lida jamlanishiga 
olib keladi. Buxoro xonligi Nodirshohga vassallik maqomida bo‗lib qolgan edi. 
Mang‗itlar boshlig‗i Muhammad Hakimbiy otaliqqa Nodirshoh katta vakolatlar beradi, 
aslida, u g‗olib va mag‗lub o‗rtasida vositachi, Nodirshoh manfaatlari yuzasidan ish olib 
boruvchi maqomida edi. Otaliqning sa‘y-harakatlari tufayli Eron qo‗shini uchun zaxira oziq-
ovqat, otlari uchun don va yem-xashak to‗planadi. Abulfayz shundan keyin kechgan yetti yilga 
yaqin vaqt ichida qo‗g‗irchoq xon sifatida hukm suradi. 
Muhammad Hakimbiy otaliqning otasi va bobosi xonlikda «otaliq bek» unvonida bo‗lib 
kelganlar. Bobosi Xudoyorbiy 1702 yilda Ubaydullaxon tomonidan Shahrisabzga hokim qilib 
yuborilgan edi. Otaliq avlodining Qashqa vohasida nufuzi katta edi. Bu nufuz, siyosiy mavqe 
XVIII asr birinchi yarmi oxirlariga kelib yanada kuchayadi. 
Ashtarxoniylarning so‗nggi vakili Abdulmo‗minxon 1748 yilda o‗ldirilgach, 
Shayboniylar o‗rniga kelgan va qariyb bir yarim asr saltanatda bo‗lgan sulola batamom zavolga 
yuz tutadi. 
Tarixning hukmi shunday bo‗ladiki, Shayboniylar sulolasining ham, shuningdek, 
Ashtarxoniylar avlodining ham oxirgi namoyandasi ismi Abdulmo‗min edi. Bu tasodifmi, 
yoinki, qonuniyat, aytish qiyin. Lekin, tarix xulosasi shuki, bo‗linib qolgan mamlakat hukmdori 
kim va ismi nima bo‗lmasin, uning saltanati uzoqqa bormaydi, zavol topadi. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish