O„zbekiston tarixi kafedrasi


Qashqadaryo vohasida Qoraxoniylar va Qoraxitoylar bosqini



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

Qashqadaryo vohasida Qoraxoniylar va Qoraxitoylar bosqini 
Tarix ilmida ―qoraxoniylar‖ yoki ―ilikxon‖lar deb ataladigan turkiy sulolaning shajarasi 
yaxshi aniqlangan emas. Akademik V.V.Bartold, ―Biz, Somoniylar hukmronligiga chek qo‗ygan 
turk xonlari davlati qanday tashkil topganligi haqida ma‘lumotga ega emasmiz. Hatto, bu xonlar 
qaysi bir turkiy qabilaga mansub ekanligi masalasi ham bahslidir‖, degan edi. Qoraxoniylar 
shajarasi bobida V.V.Bartold fikrlariga tayangan tojik olimi B.G‗ofurov, bu haqda qoraxoniylar 
davlatining asosini yag‗mo va chigil deb ataluvchi turkiy qabilalar tashkil etgan, deydi. Uning 
shahodaticha, buning dalili ilk qoraxoniylar olgan unvonlarda ham mavjud. Jumladan, eng oliy 
unvon Arslonxon (chigil totemi) va Bo‗g‗roxon (tuya-yag‗molar totemi) bo‗lishgan. 
Agar V.V.Bartold «biz qoraxoniylarning islomni qabul qilishi haqida faqat afsonaviy 
xabarlarga egamiz», desa, B.G‗ofurov «taxminan X asr o‗rtalarida islom qoraxoniylarning davlat 
diniga aylanadi», degan xulosaga keladi. 


58 
Somoniylar davlatida markazlashgan hokimiyat qaror topgan bo‗lsa, qoraxoniylar qo‗l 
ostidagi mamlakat ko‗plab hokimliklarga (ilikxonlar) bo‗linib ketgan edi. Ilikxonlar katta 
huquqqa ega bo‗lib, hatto pul zarb etish huquqiga ham ega edi.
Movarounnahrni zabt etish yillarida qoraxoniylar xonadonida bosh mavqe Ali 
(Arslonxon) va Hasan (Bo‗g‗roxon) tarmoqlarida edi. Hasan Bo‗g‗roxonning X asr so‗nglarida 
Movarounnahrga yurish qilganligi aytib o‗tildi. Nasr ibn Ali bu yurishni nihoyasiga yetkazadi va 
Movarounnahrni uzil-kesil tobe etadi. Shu tariqa, X asr oxirlarida qoraxoniylar orasida Aliylar 
va Hasaniylar juda katta sarhaddagi mulklarni idora qilib turgan eng ta‘sirli, eng kuchli sulolalar 
edi. 
1038 yilda Movarounnahrga Abu Isxoq Ibrohim yurish qiladi. Abu Isxoq Ibrohim bu 
paytda Bo‗ritegin nomini olgan edi, uch ming kishilik qo‗shin yig‗ib, talonchilik harakatlarini 
amalga oshiradi. Ancha mustahkamlanib olgach, 1040 yilda Keshni bosib oladi. Oradan bir yil 
o‗tar-o‗tmas Buxoroni ham egallashga muvaffaq bo‗ladi. U shuningdek, Samarqandni ham 
Alptegin o‗g‗illaridan tortib olgan edi. 
Bo‗ritegin Ibrohim Movarounnahrda o‗z mavqeini mustahkamlab olishga erishadi, 
Samarqandda tanga pullar zarb qila boshlaydi. U endi Tamg‗ochxon Ibrohim deb ataladi. Hatto, 
u keyinchalik o‗zini «Sharq va Xitoy podshohi» deb, o‗g‗li Nasrni esa «Sharq va Xitoy sultoni» 
deb yuritadi. Ammo akad.V.V.Bartold aytgani kabi, ular hammasi bo‗lib, faqatgina 
Movarounnahr hukmdori edilar, xolos. 
Bo‗riteginning Movarounnahrdagi muvaffaqiyatlari, muarrix Ibn al-Asir to‗g‗ri 
ko‗rsatgani kabi, Turkistondagi qoraxoniylarning o‗zaro nizolari oqibati edi. Bundan tashqari, 
Buxoroda shiiylar chiqishlari ham bu davrda davom etib turadi. Shiiylar va ularning doiylari 
qavmlarni fotimiy xalifa Muntasirga da‘vat etar edilar. Bo‗g‗roxon ham dastlab shiiylar 
ta‘limotini qabul qilgan kishi bo‗lib, undan qaytadi va ular kutmagan paytda, shiiylarni 
kaltaklatadi. Boshqa joylarda ham ularni ta‘qib etishni buyuradi. Aholining ichki notinchligi va 
noroziligi Movarounnahrni qo‗lga olishni osonlashtirgan. 
Qoraxoniylar davrida vujudga kelgan amlok tizimi, yerga bo‗lgan chek egaligi 
dehqonchilikda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqargan. Biroq yangi sulola hokimiyatga 
kelgan dastlabki paytlarda dehqonlarning mavqei ko‗tarilgan, hatto, Iloq dehqoni o‗zining 
tangasini zarb etadi. Movarounnahrda ham dehqonlarning ahamiyati ancha ko‗tarilgan ko‗rinadi. 
Biroq, yerning qadrsizlanishi dehqonlarning mavqei tushib borishiga sabab bo‗ladi. Agar 
Narshaxiy Somoniylar davrida yerning jifti 4000 dirhamga sotilgan bo‗lsa, keyingi vaqtlarga 
kelib, uni odamlar tekinga ham olmaydilar, deydi. Bu, ehtimol, suv va sug‗orish qiyinchiliklari 
bilan bog‗liq bo‗lsa kerak. 


59 
XII asr boshlarida qoraxoniylarning Movarounnahrga yangi yurishi amalga oshiriladi. 
Qodirxon Jabrail Movarounnahrni o‗z izmiga olib, saljuqiylar mulki tomon siljiydi. Biroq sulton 
Sanjardan shikast yeb, halok bo‗ladi. Qoraxoniylardan bo‗lgan Qodirxon bosqini vaqtida 
Xurosonga qochib kelgan Muhammad Tegin «Arslonxon» unvoniga noil etilib, Movarounnahrga 
hukmdor qilib jo‗natiladi.
U 1130 yilga qadar taxtda bo‗ladi. Arslonxon o‗zining avlodi – toju taxt talabgorlari bilan 
kurash olib borishga majbur bo‗ladi. 1108-1109 yillarda Sog‗irbek isyon ko‗taradi va bu harakat 
Sanjar yordami bilan bostiriladi. G‗alayonchilar Naxshabda mag‗lub etiladi va qirg‗in qilinadi. 
Shundan so‗ng, mamlakatda yigirma yilga yaqin nisbiy tinchlik hukm suradi.
Qoraxitoylar XII asr boshlarida o‗zini o‗nglab, katta davlat tuzishga muvaffaq bo‗ladilar. 
Ular tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonni o‗zlariga tobe qiladilar. Movarounnahr hukmdori 
Mahmud Xo‗jand yonida qoraxitoyliklarga qarshi urush boshlaydi. Biroq 1137 yilning 
ramazonida (may-iyun) mag‗lub bo‗ladi. 
XII asr oxirlarida Movarounnahrda bo‗lib o‗tgan voqea-hodisalar haqida nihoyatda oz 
ma‘lumotlar yetib kelgan. Bori ham o‗sha paytda zarb etilgan tangalarga asoslanadi. XII asr 
oxirlari XIII asr boshlarida zarb qilingan tangalarda Buxoro va Samarqandda Ibrohim ibn 
Husayn hokimiyat tepasida bo‗lganligini ifoda etuvchi yozuvlar mavjud. V.V.Bartold bu xon 
haqida faqat muarrixlardan Muhammad Avfiy xabar beradi, deydi. Ibrohim ibn Husayn, 
chamasi, Qilich Tamg‗ochxon Mas‘udning vorisi bo‗lgan bo‗lsa kerak. 
Bu paytda Qoraxitoylarga qarshi ikki kuch yetilib kelayotgan edi. Biri Muhammad 
Xorazmshoh Iskandari soniy, ikkinchisi, naymanlar yo‗lboshchisi Kuchlukxon. Muhammad 
Xorazmshoh Talasda Go‗rxonning lashkarboshisi Tayonqani asir oladi va Xorazmga badarg‗a 
qiladi. Shu voqeadan so‗ng uning nomiga «Iskandari soniy» rutbasi qo‗shib aytiladigan bo‗ladi. 
Qoraxitoylar uchinchi tarafdan yana bir siquvda qoladiki, bular Mo‗g‗ulistondan Chingizxon 
tazyiqi tufayli qochgan ko‗chmanchilar edi. Ular ham qoraxitoylar bilan to‗qnashadilar. 
Muhammad Xorazmshohning mustahkamlanuvida, shubhasiz, Samarqand xoni 
Usmonning madadi katta bo‗ladi. U Go‗rxonning qiziga uylanish bobida rad javobi olgandan 
so‗ng, ochiqchasiga Xorazmshoh tomoniga o‗tadi. O‗rtada quda-andachilik yuz beradi. Biroq, 
Usmon Xorazmdan Samarqandga qaytgach, qoraxitoylar bilan munosabatini tiklaydi va 
shahardagi xorazmliklarni o‗ldirishga tushadi. O‗z xotini, Xorazmshoh qizini ham qiynoqqa 
soladi. Muhammad Samarqandga keladi, shahar qamal qilinadi. Oqibat shu bo‗ladiki, Usmon 
xotini talabi bilan qatlga yetkaziladi. Muhammad Xorazmshoh qoraxitoylar sulolasidan bo‗lgan 
Usmon va uning ko‗pgina yaqinlarini o‗ldirishga buyruq beradi. 
Muhammad Xorazmshoh qipchoqlarga qarshi muvaffaqiyatlar keltirgan yurishlarni 
amalga oshiradi. U musulmon hukmdorlari orasida o‗ziga talab soladiganlari yo‗qligini yaxshi 


60 
bilardi. 1215 yilda G‗uriylar mulkini ham o‗z davlatiga qo‗shib oladi va o‗g‗li Jalolidddinni u 
joyga qo‗yadi. Muhammadning o‗zi Movarounnahrda ko‗chmanchilar xurujini daf qilish uchun 
turgan paytda uning lashkarlari, qariyb, butun Eronni zabt etib ulguradilar. Hatto, Omon 
mamlakatida ham Xorazmshoh nomi xutbaga qo‗shib o‗qiladi. Muhammad Xorazmshoh 
Bag‗dod xalifasidan o‗z nomini xutbaga qo‗shdirishni talab qilganida, rad javobini oladi. Xalifa 
bilan Xorazmshoh o‗rtasidagi munosabat yomonlasha boshlaydi. 
Muhammad Xorazmshoh qisqa vaqt ichida juda ulkan hududlarga yoyilgan mulklarni 
qo‗lga kiritib, qudratli davlatni barpo qilganidan so‗ng, asosiy e‘tiborni Movarounnahrning 
beshigi bo‗lgan Samarqandga qaratadi. Samarqand o‗sha davrda Xorazmshohning xos poytaxti 
bo‗lib qoladi. U Samarqandda ko‗pgina qurilish ishlarini boshlab yuboradi. Chingizxon xuruji 
xavfi tobora aniq bo‗lib qola boshlagach, Muhammad Xorazmshoh Samarqandni 
mustahkamlash, istehkom devorlarini ta‘mirlash ishlarini amalga oshiradi. Samarqandda katta 
qo‗shin jamlaydi. Samarqand va unga yaqin bo‗lgan Kesh va Naxshabda ham bu yillarda qizg‗in 
harbiy tayyorgarlik, mudofaa tadbirlari amalga oshirilgan. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish