O„zbekiston tarixi kafedrasi



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
O„ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
QASHQADARYO VOHASI TARIXI FANIDAN 
O„QUV-USLUBIY MAJMUA 
 
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta‘lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar
Ta‘lim yo‗nalishi: 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar
bo‗yicha)
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
QARSHI – 2022 



Ushbu o‗quv-uslubiy majmua Qarshi davlat Universitetining 2022 yil ___-
________dagi __-sonli ilmiy kengashida tasdiqlangan ―Qashqadaryo vohasi 
tarixi‖ fanining o‗quv dasturi va va О‗zbekiston Respublikasi Oliy va о‗rta maxsus 
ta‘lim vazirligining 
2017-yil “1” martdagi №107 buyrug„i
asosida tayyorlangan. 
Tuzuvchi:
 
 
 
t.f.n.
 M. Qodirova 
 
 
 
 
 
 
 
Taqrizchilar:
t.f
.
d.
 A.Hasanov 
 
 
 
 
 
 
t.f.n

dots.
 N.Quvvatova 
 
Kafedra yig„ilishi qarori № ____
 
________2022-yil 
O„zbekiston tarixi kafedrasi mudiri:_____________dots. M.To„rayeva 
 
Fakultet kengashi qarori № ____ ________2022-yil 
Fakultet kengashi raisi: 
_____________ dots. M.Usmonov
 
Universitet kengashi qarori № ____ ________2022-yil
Universitet O„UBB _____________ dots. P.R. Qurbonov 
 
 
 



MUNDARIJA 
 
 
O‗quv materiallari:
1.
Ma‘ruza matnlari 
2.
Semenar mashg‘ulot ishlanmasi 
3.
Mustaqil ta‘lim mashg‗ulotlari 
4.
Glossariy 
5.
Ilovalar: 
6.
Fan dasturi 
7.
Ishchi fan dasturi 
8.
Tarqatma materiallar 
9.
Testlar
10.
Baholash mezonlari 
11.
O‗UMning elektron varianti 
 



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS 
TA‟LIM VAZIRLIGI 
 
 
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
 
TARIX FAKULTETI 
 
O„ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI 
 
 
QASHQADARYO VOHASI TARIXI
FANIDAN 
 
 
 
TAYANCH MA‟RUZALAR MATNI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
QARSHI-2022 



1-MAVZU: IBTIDOIY ZAMONLARDAN MILODGACHA BO„LGAN DAVRDA 
QASHQADARYO VOHASI 
 
Reja: 
1.
Qashqadaryo vohasi insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o‗choqlaridan biri 
2.
Qashqadaryoda vohasida tosh, bronza va temir davri 
3.
Dastlabki tosh bronza temir davri manzilgohlari.
4.
Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o'z ichiga olgan qadimgi So'g'diyona manzilgohlari 
rivojlanish tizimidagi jarayonlar.
Tayanch so‘z va iboralar:
Keshk rud, Naxshab, Kesh, Qashqadaryo havzasi, Baqtriya, 
Marg‗iyona, So‗g‗d, Xorazm, Nautaka va Nikshapa, Teshiktosh g‗ori, mezolit va neolit 
zamonlari, neolit davri, vohada dehqonchilik madaniyatining shakllanishi.
 
O‗zbekistonning janubiy qismida joylashgan Qashqadaryo vohasi nafaqat Markaziy 
Osiyo, balkim, jahon tamaddunida o‗ziga xos o‗rin tutadi. Qadimiy Keshk rud (Qashqadaryo 
daryosining qadimgi nomi) ning yuqori va o‗rta oqimida miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda 
vujudga kelgan vohaning ikki asosiy manzillari Naxshab (Qarshi) va Kesh (Shahrisabz) 
rivojlanib katta shaharlarga aylandi. Qashqadaryo vohasi tuprog‗ida eron, yunon, arab 
qo‗shinlarigina emas, turli-tuman madaniyatlar ham to‗qnashgan. Nasaf va Kesh Sharq ilm-
fanida mashhurlik kasb etib kelgan. 
Miloddan oldingi davrlardan Naxshab va Kesh deb atalgan shaharlari bo‗lgan, sobiq 
SHo‗ro saltanatining dastlabki yillaridan e‘tiboran Qashqadaryo viloyati deb atalgan janubiy 
voha nisbatan katta hududni egallaydi.
Qashqadaryo viloyati O‗zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat hisoblanib, sovet 
hukumatining dastlabki yillarida, ya‘ni 1924 yil 1noyabrda tashkil etilgan. Qashqa vohasining 
umumiy maydoni 28,4 ming kv.kmni tashkil etadi.
1
1927 yil 17 fevraldan 1938 yil 15 
yanvargacha Qashqadaryo okrugi maqomida bo‗lgan, 1938 yil 15 yanvarda Buxoro viloyatiga 
qo‗shib yuborildi. Qashqadaryo viloyati 1943 yil 20 yanvarda qayta tashkil etildi. 1960 yil 20 
yanvarda Surxondaryo viloyatiga qo‗shildi. 1964 yil 7 fevraldan yangidan qayta tashkil etildi.
Viloyat respublikaning janubiy-g‗arbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-oloy tog‗ 
tizmasining g‗arbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon tizma tog‗lari orasida, shimoli-g‗arbdan 
Buxoro, janubi-sharqdan Surxondaryo, janubi-g‗arb va g‗arbdan Turkmaniston, sharqdan 
Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh.
Qashqadaryo viloyati ma‘muriy-hududiy tuzilishida 14 ta qishloq tumanlari 
(Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, 
Yakkabog‗, Qamashi, Qarshi, G‗uzor, Ko‗kdala), 13 ta shahar (Beshkent, Kitob, Koson, 
1
Ravshanov P. Naxshab va Kesh tarixi manbalari. Qarshi, ―Nasaf‖ nashriyoti, 2005. 3-bet. 



Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, 
G‗uzor, Yettitom) mavjud.
Viloyat O‗zbekiston davlati jug‗rofiy xaritasida janubi-g‗arbiy qismni egallab, ulug‗vor 
Pomir-Oloy tog‗larining Zarafshon va Hisor tizmalari oralig‗ida, ikki buyuk daryo – Amudaryo 
va Sirdaryo o‗rtalig‗ida joylashgandir. Viloyat shimolida muazzam Samarqand vohasi, janubida 
ko‗hna Boxtar Zamin – Surxondaryo tutash yotadi. Qashqadaryoning bir etagi Turkmaniston 
hududlariga yetib borsa, yana bir yondan Buxoro bilan qo‗shilib ketgan. Qashqa vohasining 
yuqori tarafi sharq tomondan baland tog‗lar bilan o‗ralgan Kesh – Shahrisabz vodiysidan iborat 
bo‗lsa, quyi qismi oxir-oqibatda Qizilqum kengliklari bilan tutashib ketadigan Naxshab – 
Qarshining bepoyon dalalaridan iboratdir. 
Qashqa vohasining qadim tuprog‗ida tabarruk manzillar ko‗p. Qadimshunoslar 
viloyatimiz hududidan minglab yodgorliklarni aniqlaganlar. Ular orasida shajarasi miloddan 
oldingi ming yilliklarga daxldor o‗nlab obidalar borki, bugungi ilm-fan, madaniyat va 
me‘morchiligimiz ular tarixisiz mukammal bo‗lmaydi.
Turon mamlakati o‗tmishda juda ko‗plab bosqinlarni boshdan kechirgan. Qashqa 
vohasida joylashgan manzillar Eron va Yunon tajovuzlari chorrahasiga aylangan, arablar, 
mo‗g‗ullar, Chor Rossiyasi istilolarini boshdan kechirgan. 
Miloddan avvalgi II ming yillik oxiri va I ming yillik boshlari Markaziy Osiyoda qabila 
va xalqlarning keng ko‗lamli ko‗chishi, ilk temir davrining boshlanish davri bo‗lgani bilan 
e‘tiborlidir. 
Bu davrda Markaziy Osiyoning asosiy tarixiy-madaniy hududlari – Baqtriya, 
Marg‗iyona, So‗g‗d, Xorazm shakllangan. Mintaqada dastlabki shaharlar – dehqonchilik 
vohalarining markazlari paydo bo‗lib, ilk davlatlar tashkil topadi. Shu davrdan boshlab O‗rta 
Osiyoda shahar madaniyati uzluksiz, jadal sur‘atlar bilan rivojlanib bordi. 
Sirdaryo va Amudaryo oralig‗ida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida qadimgi so‗g‗d 
elati va o‗troq dehqonchilik madaniyati shakllandi. Qashqadaryoda miloddan avvalgi birinchi 
asrning boshidan ikkita asosiy voha – Qarshi va Shahrisabz vohalari shakllandi. Aleksandr 
Makedonskiy bilan birga yurtimizga kelgan yunon tarixchilari milodning IV asri oxirida 
Qashqadaryo vodiysidagi ikkita tarixiy-madaniy viloyat – Nautaka va Nikshapani eslab 
o‗tishadi. 
Markaziy Osiyodagi urbanizatsiya jarayonlari faqat ichki tabiiy-geografik va ijtimoiy-
siyosiy sharoitlar hamda qo‗shni jamoalardagi madaniy ta‘sir bilan bog‗liq bo‗lmasdan, avvalo, 
Yaqin va O‗rta Sharqdagi jahon urbanistik markazlari bilan ham chambarchas bog‗liq edi.
Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o‗z ichiga olgan qadimgi So‗g‗diyona 
manzilgohlari rivojlanish tizimidagi jarayonlar ham qo‗shni hududlar bilan o‗zaro bog‗liq holda 



kechdi. Bugunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tahlili shundan dalolat beradiki, 
So‗g‗diyona va unga qo‗shni bo‗lgan Baqtriya hududlarida dastlabki shaharlarning tarixiy-
madaniy asosi bo‗lgan o‗troq dehqonchilik madaniyati Janubiy Turkmaniston va 
Afg‗onistondagi qadimgi dehqonchilik markazlari bilan uzviy bog‗liqdir. 
Chunonchi, Zarafshonning yuqori oqimlarida ochilgan Sarazm manzilgohining eng pastki 
qatlami topilmalari Geoksyur I topilmalariga juda o‗xshash ekanligi eneolit davridayoq 
So‗g‗diyonaning tog‗ oldi hududlari qadimgi dehqonchilik o‗choqlaridan biri ekanligining 
dalilidir. 
Hozirgi zamon fani kishilik jamiyati tarixi, qariyb uch million yillik davrni qamraydi, deb 
guvohlik beradi. Bu xulosa Yerda hayotning paydo bo‗lishini va Odam naslining takomil 
topishini tasavvur etishda o‗ziga xos yo‗riq. Tiriklik olamining sarvari odamzodning to hozirgi 
darajasiga erishguniga qadar oradan 40-35 ming yil kechganligi manbalarda qayd etiladi. 
Uzoq ajdodlarimiz bosib o‗tgan yo‗lga bir sira nazar tashlaylik. Necha ming yillar burun 
Yer yuzida kishilik manzillari siyrak va tarqoq bo‗lgan. Odamzod oyog‗i tegmagan qit‘alar, 
shuningdek, ma‘volar ko‗p edi. Ibtidoiy zamon kishisi uchun ham hayot uchun kurash asosiy 
muammo bo‗lib, u mudom tirikchilik unsurlarini mukammallashtirishga ehtiyoj sezgan. 
Olimlarning ehtimoliga ko‗ra, bundan 35-30 ming yillar ilgari odam qavmi yashash ilinjida 
o‗zining qo‗poldan-qo‗pol tosh qurollarini silliqlashga, ixchamlashtirishga ehtiyoj sezadi. Hayot 
tirikchilik bobida odam bolasini chiniqtira boradi. 
Ibtidoiy zamonlardagiga nisbatan uchi o‗tkirlashgan, hajmi ham o‗ng‗ay shaklga kelgan 
qurol-asboblar ovning baroriga yo‗l ochar edi. Markaziy Osiyoning janubiy hududlari sharoitida 
ovchilik tirikchilikning bosh manbai edi. Hayot kechirish tarzidagi necha ming yillarni 
qamrovchi o‗zgarishlar nufus ko‗payishida muhim omil bo‗lgan. Bir hududda yashovchi kishilar 
sonining ortib borishi ijtimoiy hayot shakliga ham tahrirlar kirita borgan. 
Olimlar taxminiga ko‗ra, Markaziy Osiyoda yuqori paleolit-tosh asrining so‗nggi davrida 
qabilalarga bo‗linish yuz bera boshlaydi. Bu tarixiy o‗zgarishning muhim xususiyati shundaki, 
ona urug‗i asta-sekin qabilada hukmron mavqeni egallaydi. 
Turkiy xalqlarning beshigi bo‗lgan Turon Xitoy, Rim, Misr, Eron singari jahonning 
qadimiy madaniyat o‗choqlaridan biri hisoblanadi. Qadimshunoslar O‗zbekistonning janubiy 
sarhadlaridan ibtidoiy odam manzillarini topganlar.
Vatanimiz janubi hali hamon o‗zining miloddan burungi davrlarga daxldor osori atiqalari 
bilan qadim tariximizni boyitishda benazir manba bo‗lib kelmoqda. Qashqadaryo va 
Surxondaryo oralig‗idagi Boysuntog‗ning jahon fanida ham mashhurlik kasb etgan Teshiktosh 
g‗oridan neandartal bola (8-9 yoshdagi) qoldig‗ining topilishi bemisl voqea bo‗lgan edi. 



Teshiktoshda besh madaniy qatlamga oid qurollarning topilishi bu joyning yanada qadimiyroq 
ekanligidan dalolat beradi. 
Mezolit va neolit zamonlari davomiyligi 10-15 ming yil deb hisob qilinadi. Tabiiyki, 
o‗rta tosh davri va undan so‗ng keluvchi yangi tosh asri turli hududlarda turlicha kechgan. 
Markaziy Osiyoda kishilik jamiyatining mazkur taraqqiyot bosqichlarida nufus birqadar 
ko‗paygan, ona urug‗i mavqei oshgan.
Bu davrlarda tirikchilik qurollari takomil topadi, xo‗jalik yuritish, hayot kechirishning 
yangi usul va tarmoqlari vujudga keladi. Kulolchilik, yerga ishlov berish va chorvachilik qaror 
topa boshlaydi.
Yangi tosh asri – neolit davriga oid yodgorliklar shahodaticha, bundan taxminan 9-7 
ming yillar mukaddam kishilik tarixida olamshumul burilish yuz beradi. Inson tabiatdan tayyor 
mahsulotlarni olish va iste‘mol qilishdan bevosita ishlab yaratishga, turmush kechirishning 
ijodkorlik pog‗onasiga qadam qo‗yadi. Ovchilik, meva to‗plash endi dehqonchilik va qo‗y-echki, 
mol asrash bilan almashinadi. Bu neolit davrida vujudga kelgan eng buyuk o‗zgarishdir. 
Markaziy Osiyoda dehqonchilik madaniyatining shakllanishi miloddan oldingi VI 
asrlarga to‗g‗ri kelishi manbalarda qayd etilgan. Bu madaniyat neolit davriga mansub Joytun 
qabilasi nomi bilan yuritiladi. Joytunliklar o‗troq hayot kechirib, arpa, bug‗doy yetishtirish 
hadisini olganlar, chorvachilik bilan shug‗ullanganlar. Turon hududida, jumladan, Buxoro va 
unga tutash Qashqadaryoning quyi qismi tekisliklarida kishilik jamoalari vujudga kelganligi 
ma‘lum. Fanda Kaltaminor madaniyati deb nom olgan bu davr aslida boshqa joydagilardan farqli 
o‗laroq, ovchilik va baliqchilik turmush tarzini ifoda etadi. Ayni vaqtda Kaltaminor madaniyati 
uchun ham dehqonchilik, chorvachilik alomatlari xosdir. 
1963-1964 yillarda quyi Zarafshon ibtidoiy madaniyati tadqiq etilgan edi. Bunda asosan 
sug‗orish ishlarining yo‗lga qo‗yilishini o‗rganish, shu davrga xos qadimiy yodgorliklarni izlab 
topish maqsad qilingan edi. Izlanishlar hududning Qashqadaryo daryosi bilan bevosita bog‗liq 
qadimiy jug‗rofiyasi izlarini topishga olib keldi. Qashqadaryoning Paykand oldi o‗zani 
qirg‗oqlari bo‗ylab neolit va jez davri kishilarining moddiy yodgorliklari namunalari aniqlandi. 
Qadimshunoslar Qashqadaryoning eski o‗zani bir zamonlar Zarafshon daryosiga 
qo‗yilganligining guvohi bo‗ldilar. 
Kishilik hayoti suv bilan bog‗liq edi. Markaziy Osiyo, jumladan, O‗zbekistonning 
xaritasiga nazar tashlansa, o‗troq joylarning daryo bo‗ylarida vujudga kelganligi manzarasi 
ko‗zga tashlanadi.
Qadimshunos olimlar miloddan burungi V ming yillik ostonasida Markaziy Osiyoda 
xo‗jalik rivoji ikki yo‗nalish bo‗ylab davom etganligini ta‘kidlaydilar. Kopetdog‗ va boshqa 
joylarda yashovchi qabilalar (aniqrog‗i, sun‘iy sug‗orish imkoniyati bo‗lgan yerlarda 



yashovchilar) ibtidoiy tarzda hayot kechirishdan dehqonchilik qilishga, don-dun yetishtirishga 
o‗ta bora dilar. Bunday qabilalar turmushi o‗nglanib, tez taraqqiy qila boshlaydi. Markaziy 
Osiyoning sovuq iqlimli sahro va cho‗llarida o‗rnashgan qabilalar odatdagidek ov va baliqchilik 
bilan tirikchilik qilish tarzini davom ettiradilar. 
V.M.Masson fikriga ko‗ra, milodga qadar bo‗lgan V-IV ming yilliklarga kelib, Markaziy 
Osiyo dehqonchiligi taraqqiyotida yangi davr boshlanadi – ular mis eritishni o‗zlashtiradilar. 
Endi odamning mehnat qurollari bir qadar takomillashadi. Shu tariqa eneolit davriga 
o‗tiladi. Qabila a‘zolari bu davrda qo‗y va echkilar asrashdan tashqari, sigir va tuyalar boqishga 
ham o‗tadilar. Aholi soni sezilarli darajada oshadi. 
Miloddan oldingi III ming yillikda Markaziy Osiyo janubiy hududlarida jez asbob-
uskunalar ishlatila boshlanadi. O‗qlarning paykoni, xanjarlar, tesha va pichoqlar, o‗roq singari 
ro‗zg‗or ashyolari jezdan yasaladi. Bu ancha pishiq ma‘dan sifatida qadimgi davr kishisi 
hayotiga taraqqiyot olib kiradi. 
Jez zamonasi insoniyat tarixida muhim davr sanaladi. Ishlab chiqarish kuchlari o‗sgani 
singari, ijtimoiy hayotda ham ijobiy siljishlar sodir bo‗ladi. Ma‘dan qazib olish va undan ov va 
mehnat, muhofaza qurollari tayyorlash yo‗lga qo‗yiladi. Dehqonchilikda sun‘iy sug‗orish amal 
qila boshlaydi, Markaziy Osiyoda yashovchi qabilalar asta-sekin ishlab chiqaruvchi xo‗jalik 
tusini oladi. Bu esa yirik aholi manzillarining vujudga kelishiga zamin hozirlaydi. 
Jez davrida Markaziy Osiyo qabilalari sezilarli darajada moddiy va ma‘naviy 
madaniyatga erishganlar. Qadim Turon tog‗larida ma‘dan, jumladan, mis konlari anchagina 
bo‗lgan. Jez davrida ma‘danlarni qayta ishlash o‗zlashtirilgan. Farg‗ona vohasida Navqat 
(Chatqol-Qurama tog‗lari) konidan mis olingan. Qalayi esa Zarafshon vohasida, Qarnab 
konlaridan qazib chiqazilgan. Qashqadaryoning quyi qismida tayyorlangan qurol va uy asboblari 
Yakkabog‗ tog‗laridan keltirilgan ma‘danlardan tayyorlangan. 
Ilk temir davri O‗zbekiston janubi bilan uzviy bog‗liq. Surxondaryoning Muzrabod 
cho‗lidagi Kuchuktepa fan olamiga ko‗p dalillar berdi. Jez asrida hukm surib kelgan bu manzil 
milodgacha bo‗lgan I ming yillikning o‗rtalariga qadar ham faoliyat ko‗rsatgan. Buni quyuv 
qoliplari, jezdan va toshdan ishlangan buyumlar dalolat etadi. 
Keyingi yillarda o‗tkazilgan qazish ishlari temir buyumlarning tarqalish jug‗rofiyasini 
yanada kengaytirdi. ―Anov, Dalvarzin, Daratepa va Quyisoy topilmalari miloddan avvalgi VII 
asrga mansub bo‗lib, ular Janubiy Turkmaniston, Qashqadaryo va Zarafshon vodiylari, Xorazm 
hamda Farg‗onada temirdan ishlangan buyumlar tarqalganligidan dalolat beradi. Ular asosan 
temir pichoq va o‗roqlardir. 
Olimlarning bir guruhi Markaziy Osiyodagi ilk temir davri Eron va Hindistonga 
zamondosh bo‗lib, miloddan avvalgi X-VIII asrlarda boshlangan, deb hisoblaydi. Ammo Anov 


10 
va Dalvarzinda topilgan eng qadimgi temir o‗roq va pichoq miloddan avvalgi VIII-VII asrlar 
bilan sanaladi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga mansub temir pichoqlar Xorazmdagi Quyisoy, 
Qashqadaryodagi Daratepada topildi. 
Miloddan avvalgi I ming yillikning boshlariga oid yodgorliklardan Surxondaryoda 8 ta, 
Qashqadaryoda 7 ta topilgan. Yerqo‗rg‗on, Chiroqchitepa va Sangirtepa ham shunday xarobalar 
jumlasiga kiradi‖.
1
Qashqadaryoning qadimiy kishilik manzillari bo‗lmish Naxshab (Yerqo‗rg‗on), Daratepa, 
Uzunqir, Beshqo‗tontepa, Qo‗rg‗oncha yodgorliklarining ham ilk temir davriga mansub ekanligi 
aniqlandi. Bu joylarda paxsa devorlar, xom g‗ishtdan tiklangan uylar bilan bir qatorda 
ma‘dandan yasalgan buyumlar, hunarmandchilik ashyolaridan anchagina topildi. Bu osori 
atiqalar qadim Qashqa vohasida madaniy hayot rivojda bo‗lganligini tasdiq etadi. 
Temir davrida yurtimizda, jumladan, Qashqa vohasida taraqqiyot yuqori pog‗onaga 
ko‗tariladi. Temir asri madaniyati yirik aholi manzillarini, hunarmandchilik va dehqonchilikning 
takomillashgan ishlov berish vositalarini vujudga keltiradi. Temir asrida harbiy quvvat oshadi va 
iqtisodiy hayot yuksaladi. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish