O„zbekiston tarixi kafedrasi


-MAVZU: QADIMGI DAVRDA QASHQADARYO VOHASIDA DIN VA



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

5-MAVZU: QADIMGI DAVRDA QASHQADARYO VOHASIDA DIN VA 
OTASHPARASTLIK 
 
Reja: 
1.
Qashqadaryo vohasida dastlabki diniy e‘tiqodlarning vujudga kelishi.
2.
Qashqadaryoda zardushtiylik dinining keng tarqalishi.
3.
Qashqadaryoda diniy marosim, e‘tiqodlar va urf-odatlar.
4.
Avesto Qashqa vohasida. Avesto haqida Qashqadaryo tarixi manbalarida.
Tayanch so‘z va iboralar: 
Totemizm, fetishizm, Shamanizm, Zardushtiylik, Avesto, 
Vishtasp, animizm, magiya, Zoroastr. 
Ajdodlarimiz hayotida dastlabki diniy e‘tiqodlar va marosimlar urug‗chilik jamiyatida 
paydo bo‗lgan. O‗zbekiston insonlarda ilk bor diniy tasavvurlar va aqidalar paydo bo‗lgan eng 
qadimgi o‗lkalardan biri hisoblanadi. Masalan, Surxon vohasidagi (Boysuntog‗) Teshiktosh 
g‗oridan neandertallarga mansub yosh bolaning suyak qoldiqlari va uning atrofiga terib chiqilgan 
tog‗ echkisi shoxlarining topilishi o‗rta paleolitning oxirlarida dastlabki diniy tasavvurlarning 
paydo bo‗la boshlaganini ko‗rsatadi. Neolit davrining oxirlariga kelib animizm, totemizm, 
fetishizm va sehrgarlik (magiya) singari ibtidoiy din shakllari tarqaldi.
Tabiatning jonliligi to‗g‗risidagi tasavvurlar yig‗indisi fanda animizm (lotincha anima, 
animus – ruh) deb ataladi. Animizm – jon, ruh; dunyoda ruhlar jonlar shaklidagi kuchlar degan 
ibtidoiy din shakli. Ibtidoiy odam tasavvuriga ko‗ra, uning atrofidaga dunyoda har narsaning 
(hayvonlar, o‗simliklar, tabiat hodisalari va h.k.) joni, ya‘ni ruhi mavjud. Yer, olov, o‗rmon, suv, 
tog‗ va uy «ruh»larining kelib chiqishi ham shundan.
Daraxtga topinish ramzi sifatida «hayot daraxti» mavzusi O‗zbekiston xalq 
hunarmandchiligida muhim o‗rin tutadi. So‗nggi jez va temir davri boshlarida inson ruhi 
o‗lmaydi, balki narigi dunyoda yashashda davom etadi, degan tasavvur vujudga keldi. Shunga 
binoan mayit bilan birga turli ashyolar, oziq – ovqatlar, hatto bir necha xizmatkor – qulni 
ko‗mish odat tusiga kirdi. Abu Rayhon Beruniy o‗zining «Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar» nomli mashhur asarida Xorazm xalqi orasida animizm keng tarqalganini 
ko‗rsatadi. 
Tarixan dehqonchilik va chorvachilik bilan bog‗liq ravishda totemizm O‗zbekiston 
xalqlarida bir muncha keng tarqalgan edi. Totemizm – hayvonlar va o‗simliklarni e‘tiqod 
obyektiga aylanishi natijasida keng tarqalgan diniy tasavvurlarning yig‗indisidir. Bu 
tasavvurlarga ko‗ra hayvonlar, o‗simliklar va boshqalarning bir xillari totem (totem (hindu.) — 
urug‗chilik tuzumining ilk davrida hayvon va o‗simliklar turiga yoki jonsiz tabiat narsalariga 
topinish) deyilgan. 
Ibtidoiy xalqlarda o‗z qabilalariga asos solgan deb hisoblagan hayvon yoki o‗simliklarga 
e‘tiqod qilish, topinish; totemni o‗ldirish, iste‘mol qilish ta‘qiqlangan, hayvon, o‗simlik va baliq 


28 
nomi bilan yuritilgan qabilalarning totem shakli solingan ramzi bo‗lgan. Ayrim totemlar ham 
yaxshilik, ham yomonlik timsoli bo‗lgan. Macalan, ilon totem jonivor sanalib, u tashqi 
ko‗rinishidan o‗q ilonga o‗xshash tosh tumor O‗zbekiston tarixi muzeyida saqlanmoqda. U 
Farg‗ona vodiysining So‗x qishlog‗idan topilgan va miloddan avvalgi 2 – ming yillikka oiddir.
Ho‗kizga esa qadimdan kuch – qudrat, mahsuldorlik timsoli sifatida qaralgan. Ba‘zi 
arxeologik yodgorliklardan tutqichi qo‗y shaklida ishlangan idishlar topilgan. Shuningdek, 
O‗zbekiston madaniy yodgorliklarida tuya, otga sig‗inilganidan dalolat beruvchi tasvirlar 
mavjud. Kuch – qudrat ramzi bo‗lgan sher tasvirini ham ko‗plab uchratish mumkin.
Qadim – qadimda ba‘zi qushlar ham O‗zbekiston hududida tabarruk hisoblangan. 
Masalan, xo‗roz, tovus va qirg‗ovul «quyosh» qushlari deb qaralgan va ular hosildorlik keltiradi 
deb ishonilgan. Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish lozimki, Turkiston xalqlari orasida musicha, 
qaldirg‗och, ko‗k qarg‗a, laylak kabi qushlarga ozor berish gunoh deb hisoblanishi ham 
totemizmning bir ko‗rinishi hisoblanadi.
Ajdodlarimiz hayotida keng tarqalgan dastlabki diniy e‘tiqodlardan yana biri – 
fetishizmdir. Fetishizm (portugal., fransuz.) — yasalgan, tumor, sehrli narsa; jonsiz narsalarni 
g‗ayri tabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga topinish, sajda qilish. Fetishizmning 
ko‗rinishlaridan biri turli xil buyumlardan yasaladigan tumor taqish odatidir. Tumorlarning shakl 
va ko‗rinishiga qarab etnik tafovutlarni ko‗rish mumkin. Masalan, xivalik o‗zbeklar uzunchoq 
tumorlar taqishni afzal ko‗radigan bo‗lsa, Farg‗ona, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent 
viloyatlarida to‗g‗ri burchakli va uch burchakli tumorlarni taqishgan.
Magiya (yunon.) — sehrgarlik: odamning o‗zini g‗ayri tabiiy kuchlarga ta‘sir ko‗rsata 
olish qobiliyatiga asoslangan ish amallari. Sehrgarlik (magiya) turlicha bo‗lib, davolash, biror 
odamni «isitish» yo «sovitish», dehqonchilik, chorvachilik sohalari, hatto ob – havoga ta‘sir 
ko‗rsatish kabi ko‗rinishlari ma‘lum bo‗lgan. Ko‗zmunchoq, tumor yordamida yomon 
ko‗zlardan, balo – qazolardan asrashga oid sehrgarlik ham shunga kiradi. Sehrgarlikning ba‘zi 
shakllari hozir ham uchrab turadi: Qur‘oni karim oyatlari yozilgan tumor, duo matni tushirilgan 
ko‗zmunchoq va h.k. 
Shamanizm ham ibtidoiy diniy e‘tiqod shakli sifatida mavjud bo‗lgan. Shamanizm 
(tungus – evenk.) — taman, saman — shamanlik; evenk tilida shamanizm ruhoniy; ibtidoiy 
jamoa tuzumi oxirlarida vujudga kelgan dinlardan biri. Shamanizm ayrim kishilar — 
shamanlarning g‗ayri tabiiy qobiliyatiga ega bo‗lib, ashula aytish, raqsga tushish, childirma 
chalib jazavaga tushib, yovuz va sahiy ruhlar bilan bevosita munosabatda bo‗la olganlari uchun 
kasallarni davolash, fol ochish va boshqa qobiliyatga egaliklariga ishontirishdan iboratdir. 
Shamanlar go‗yo ruhlarni chaqira olar, qo‗ng‗iroqli childirma bilak ruhlar makoniga sayohat 
qilar, ularga iltimos bilan murojaat qila olar emish. 


29 
Janubiy Sibir xalqlarida shamanlarning maxsus belgilari — qo‗ng‗iroqli childirma, turli 
buyumlar osilgan maxsus kiyimlari va o‗z marosimlari bo‗lgan. Shamanizm qadimdan Afrika, 
Shimoliy va Sharqiy Osiyo xalqlari (xususan O‗zbekistonda ham) orasida tarqalgan. Xususan, 
yunon tarixchisi Gerodot O‗rta Osiyoda yashovchi ayrim massaget qabilalarining shamanlari 
gulxan atrofida raqsga tushib, qo‗shiq aytishi haqida yozgan. O‗rta Osiyo shomonchilik 
(shamanizm) halqning hayot tarzi, turmushi bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan. Bizning ota – 
bobolarimiz yordamchi ruhlarning borligiga qattiq ishonganlar. Faqat ishonibgina qolmay, balki 
amalda ular bilan ish ko‗rishgan. 
Ajdodlarmiz ma‘naviy hayotidagi dastlabki diniy e‘tiqodlar zaminida asta – sekin butun 
Turon hududi bo‗ylab keng tarqalgan dinlar vujudga kelgan. Zardushtiylik, buddizm, yahudiylik 
va xristianlik kabi dinlar ana shular jumlasidandir. Bu diniy qarashlar ajdodlarimizning tabiat va 
jamiyat voqea – hodisalariga munosabatlarini o‗zida aks ettirgan. 
Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda Markaziy Osiyo xalqlari orasida otashparastlik 
keng yoyilgan. Bundan Qashqa vohasining nufusi ham mustasno emas. Zardushtiylik vohaning 
quyi qismida, kushoniylar ta‘sirida bo‗lgan Naxshab va uning mulklarida amalda bo‗lgan. Biroq 
aytish joizki, qadim zamonlarda ajdodlarimiz nimalarga sig‗ingan, qaysi dinga e‘tiqod qilgan, bu 
haqda aniq ma‘lumotlar yetarli emas. Qashqadaryoning qadimiyatga taalluqli bo‗lgan 
yodgorliklarini o‗rganish, topilgan osori atiqalarning xos jihatlarini tahlil etish o‗tmishda 
yashagan ajdodlarimizning mafkurasi va dunyoqarashlari haqida ozmi-ko‗pmi tasavvur beradi. 
Zardushtiylik — zoroastrizm – mil. avv. VII – VI asrlarda vujudga kelgan din. So‗nggi 
tadqiqot xulosalariga qaraganda, O‗rta Osiyo, xususan, Xorazm zardushtiylik vatani bo‗lgan. 
Zardushtiylikni Baqtriya podshosi Vishtasp birinchilardan bo‗lib qabul qilgan. Bu din mil. avv. 
VII asrdan to milodning VII asrigacha qariyb ming yil O‗rta Osiyo, Ozarbayjon va Eron 
xalqlarining asosiy dini hisoblangan. Qadimgi paxlaviy tilida «Zardusht» so‗zi «Magupta» deb 
atalgan. Pahlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni «majus» shaklida 
qo‗llagan. Natijada o‗rta asrlardan beri «Zardusht» «majus», «zardushtiylik» esa «majusiylik» 
sifatida qo‗llanib kelingan. «Hyp», «otash» zardushtiylikning ramzi, timsolidir. Zardushtiylikda 
Ahuramazda oliy xudo hisoblanganligi uchun zardushtiylik — mazdaizm yoki mazdaiylik deb 
ham atalgan. Bu dinning paydo bo‗lishi — Zardusht, Zaratushtra (Avesto tili bo‗yicha), Zoroastr 
(yun. «astron» – «yulduz»), (mil. avv. taxm. 618, Xorazm – mil.av. 554, Balx) degan 
payg‗ambar nomi bilan bog‗liq. U Spitama (so‗g‗diycha Spitaman degan ism ham shundan kelib 
chiqqan) urug‗ining raisi Porushasp xonadonida tug‗ilgan. Onasining nomi Dug‗dova. 
Zaratushtra nomi qadimgi Eron «Zara – ushtra» so‗zidan kelib chiqqan, «Zar» – Oltin, 
«ushtra» – tuya, yoki uch xil ma‘noda – «Oltin tuyali», «Oltin tuya egasi», «Oltin tuya 
yetaklagan odam» deb tarjima qilinadi. Zardusht nomini Osetin olimi V.I. Abayev «Keksa 


30 
tuyalar egasi», ingliz olimi Richard Fray «Tuyakash», rus eronshunos olimi I.M. D‘yakunov 
«Tilla rang tuya sohibi» deb tarjima qilgan.
Zardusht 40 yoshga yetganda o‗zigacha bo‗lgan ko‗p xudolilik diniy aqidalariga hamda 
tabiat hodisalariga qarshi chiqib, yakkaxudolikka asoslangan birinchi diniy kitob – «Avesto» 
(«Qat‘iy qonunlar» ma‘nosini bildiradi) yaratgan. Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak – matn; 
ko‗pincha «Zend – Avesto», ya‘ni «tafsir qilingan matn» deb ataladi) — zardushtiyliknpig 
mukaddas kitoblari to‗plami. Ko‗pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‗ra, «Avesto» O‗rta Osiyoda, 
xususan Xorazmda mil. avv. 1 ming yillikning 1 yarmida vujudga kelgan. 
Naxshab – Yerqo‗rg‗on shahrida olib borilgan qadimshunoslik tadqiqotlari bu joyda 
ibodatxona majmuasini ochishga muvaffaq bo‗ldi. Ibodatxona majmuasi shaharning markazida 
joylashgan va katta hajmga ega. Ibodatxonaning sharqiy qismidagi marosimlar xonasi 25x13 m 
o‗lchamni tashkil etadi. 
Ibodatxona miloddan bir necha asr avval vujudga kelib, milodning V-VII asrlariga qadar 
yashashda davom etgan. Ibodatxona o‗z tarixida besh qurilish davrini kechirgan. Uning o‗rni 8 m 
chuqurlikda kavlanganda qadimiy madaniy qatlamga yetilgan. Undan hayvonlar suyaklari va 
sopol buyumlar topilgan. Bu ashyolar milodgacha bo‗lgan V asrga taalluqli deb aniqlangan. 
Sopol idishlar ibodatxonalar uchun an‘anaviy bo‗lgan jom va xumlardan iboratdir. Naxshab 
ibodatxonasini mufassal o‗rgangan qadimshunos olim R.H.Sulaymonovning ta‘kidlashicha, bu 
madaniy qatlam ibodatxonaning 1-qurilish davriga, ya‘ni miloddan avvalgi VI-V asrlarga 
daxldor. 
Olib borilgan tekshirish ishlari ba‘zi binolarning yong‗inga duchor bo‗lganligini 
ko‗rsatadi. Bu hol shaharning tarixi bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan. Naxshabliklar asrlar davomida 
muqaddas maskanlarini tashlab ketmaganlar, aksincha, zarurat bo‗lganda uni ta‘mirlaganlar, 
yangi imoratlar qurganlar. 
Ibodatxona uchinchi qurilish davrida tubdan qayta ta‘mirlanadi. Devorga taqalgan 
tagliklarga ma‘budlarning haykallari qo‗yiladi. Uchinchi ta‘mir davridan e‘tiboran otashkadada 
olov uzoq muddat yonganligi yaqqol bilinib turadi. To‗planib qolgan kulning qalinligi qariyb 2 
metrga yetadi. 
Naxshabliklarning topinish ramzlari ma‘dan va toshlardan yasalgan. Mehrob 
tokchasining tosh terilgan qismidan oltin tipratikon, mitti sanam haykalchasi va baqa (haqiqdan 
qilingan) ramzlari topilgan. Otashparastlik aqidasida tipratikon muqaddas mavjudot hisoblangan. 
Ammo Naxshab osori atiqalari orasida oltin tipratikon bilan bir joyda baqa, ilon kabi ―Avesto‖da 
yomonlik olamiga mansub deb hisoblangan jonivorlar ramzlarining bo‗lishi Naxshab nufusi 
dunyoqarashining, mafkuraviy tushunchalarning o‗ziga xos jihatlarini, e‘tiqodda erkinlik 
xususiyatlarini ifoda etadi.


31 
Qadimshunoslar ibodatxona binolarining juft qilib qurilganligini yunoniylar an‘analari 
ta‘siri bilan ham bog‗laydilar. Yunonlar vaqtida Afina va Gerakl ibodatxonalarini yonma-yon 
qurganlar. Naxshabdagi ibodatxona ham shu yo‗nalishning davomimi yoki shahar kengayishi 
natijasida yana bir otashkadaga ehtiyoj sezilganmi, aniq bir narsa deyish qiyin. Aleksandr 
Makedonskiy istilyosi cho‗zilib, u Naxshabda uzoq muddat bo‗lgan. Harholda, So‗g‗dda 
ibodatxonalarni juft qurish an‘anasi (Naxshab va Panjikentdagi kabi) mavjud bo‗lgan. 
Nufusning dunyoqarashi, e‘tiqodi ularning turmush tarzida, hunarmandchiligida aks 
etishi tabiiy hol. Milodning IIIV asrlariga kelib, jamiyatda o‗ziga xos tarixiy burilish yuz beradi, 
ya‘ni, mavjud tuzumdan putur keta boshlaydi. Oqibatda So‗g‗d va Boxtar mamlakatlari 
o‗rtasidagi tarixiy-madaniy birlikka ham zavol yetadi. Hatto bu holni – tarixiy-madaniy 
birlikning yo‗qola borishi alomatini Qashqa vohasining ikki viloyatida – Yuqori va Quyi 
Qashqadaryoda (ya‘ni, Kesh va Naxshabda) ham kuzatishga to‗g‗ri keladi. Masalan, 
Jangaltepadan topilgan va milodning III-V asrlariga taalluqli deb hisoblangan sopol buyumlar 
xuddi shu davrdagi Naxshab, Mudintepa, Qo‗shtepa yodgorliklaridan topilgan kulolchilik 
buyumlaridan farq qiladi. 
Qadimshunoslarning qiyosan tahlil etishlari natijasida O‗rta Qashqadaryo moddiy 
yodgorliklari Naxshabdan o‗zga viloyatga, ya‘ni, Kesh madaniyatiga mansub ekanligi 
aniqlangan. Naxshab va Kesh viloyatlari yaqin qo‗shnilar bo‗lsa-da, ayni vaqtda, ular o‗ziga xos 
alohida kulolchilik markazlari ham edi. Bu ikki hunarmandchilik maktabining tafovutlari 
o‗rtadagi ayirboshlash aloqasining sustligi, qolaversa, etnik xususiyatlar bilan bog‗liq, deb 
qaraladi. 
Jangaltepa sopol ashyolari orasida qo‗y shaklida yasalgan chirog‗donlar (olov bilan 
bog‗liq idishlar) uchramaydi. Naxshab va uning tevarak-atrofidagi qadimiyat yodgorliklaridan 
baldog‗i qo‗y shaklli chirog‗donlar anchagina topilgan. Idishlarda uy hayvonlari shaklining ifoda 
etilishi Qang‗ madaniyatiga, ko‗chma hayotdan o‗troq turmushga o‗tgan xalq madaniyatiga 
tegishli ekanligi fanda isbot etilgan. 
Naxshabdagi chirog‗donlar dastasi esa, o‗troq hayotga o‗tgan yuyechjilar (kushanlar) 
madaniyati nishonasi deb aniqlangan. Bu xulosaga quyidagi muqoyasa asosida kelingan: agar 
shimolda, ya‘ni Qang‗da hayvon shaklli baldog‗lar suv idishlariga o‗rnashtirilgan bo‗lsa, 
Naxshabda ular issiqqa dosh bera oladigan buyumlarni bezagan. Aftidan, bu ramzlar marosim 
(diniy) yo‗sunli bo‗lib, ibodatdagi farqlarni – Qang‗da suvni, Naxshabda olovni ifoda etgan. 
Jangaltepadan Qang‗ madaniyatiga mansub bo‗lgan boshqa idishlar ham topilgan. Hayvon shakli 
bo‗yin qismida aks etgan qozonlar, Qovunchi madaniyatiga daxldor sopol buyumlarga o‗xshab 
ketadigan yana bir necha ashyolar topilgan. Hatto dastgoh kulolchiligi namunalari ham 
Qovunchi-I madaniy qatlamini eslatadi. Qovunchi madaniyatining ilk davri milodga qadar 


32 
bo‗lgan I asrlar, deb qaraladi. Jangaltepa madaniyati tarixi esa milodning II asri bilan bog‗lanadi. 
Oradagi vaqt tafovuti katta, lekin Qang‗ madaniyatining So‗g‗d janubida tarqalishi uchun ko‗p 
yillar kerak bo‗lgan.
Qang‗ davlati va uning siyosiy-madaniy ta‘siri Quyi Qashqadaryoga qadar yetganligini, 
ya‘ni, ma‘lum muddat Qashqa vohasi janubi ham qang‗lilarga tobe bo‗lganligini ayrim moddiy 
yodgorliklar dalolat etadi. Bunda isiriqdonlar ko‗zda tutiladi. Naxshab tegarasidagi qadim 
manzillardan topilgan va Jangaltepadan chiqqan isiriqdonlar tuzilishi, naqshlari bilan bir-biriga 
juda o‗xshaydi. Naxshab isiriqdonlari baldog‗i hayvon shaklli bo‗lib, bu olovga sig‗inishning 
o‗ziga xos ramzidir. Naxshab kushonlar ta‘sirida, Kesh esa (Jangaltepa shu ikki madaniyatning 
oralig‗i yoki chegarasida edi) Qang‗ tobeligida edi. Kushonlar (yuyechjilar), qang‗arlar 
(turkiylar) qondosh ko‗chmanchi xalqlar bo‗lganlar. Ular madaniyatidagi mushtaraklik jihatlari 
shu bilan izohlanadi. 
Quyi va Yuqori Qashqadaryoda qadimiy mafkuradagi o‗ziga xoslik alomatlari ayniqsa 
ro‗zg‗or ashyolarida, kundalik turmush uchun zarur asbob-idishlarda o‗z aksini topgan. 
Turkiylarda suvga topinish, suvni ulug‗lash muqaddas udum bo‗lgan. Amudaryoning azaliy 
turkiy nomi O‗kuz bo‗lganki, bu eng katta suv, eng katta daryo ma‘nosini bergan. Lekin, davrlar 
kechishi bilan otashparastlik chuqurroq tomir yoygan. Qashqadaryoning hamma hududlarida 
otashkadalar (olov uylari) paydo bo‗la boshlagan. 
Akad. V.V.Bartold islomga qadar Turkistonning diniy hayoti haqida ayrim ma‘lumotlar 
mavjudligini yozadi. Jumladan, u Turkistonning asosiy shahri Samarqandda otashparastlik, 
moniylik, nasroniylik e‘tiqodlari X asrga qadar davom etganligini, buddiylik esa, Samarqand va 
bo‗lak viloyatlardan islomga qadar barham topganligini ta‘kidlaydi. 
Milodgacha bo‗lgan va milodning I ming yilligi birinchi yarimlarida Qashqa vohasi 
nufusining e‘tiqodida ikki xillik (olov va suv) mavjudligi dalilining o‗zi ham ajdodlarimizning 
diniy qarashlarda erkin bo‗lganligini ko‗rsatadi. Buddiylik ta‘siri ham urf-odatlarda elas saqlanib 
keladi. Garchand, buddiylik So‗g‗ddan islomga qadar chiqib ketgan bo‗lsa-da, u qo‗shni davlat-
Boxtarning asosiy mafkurasi bo‗lib uzoq yashagan edi. Shuni ko‗zda tutib bo‗lsa kerak, 
B.A.Litviksikiy ―buddiylikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi milodning II-III asrlarida yunon- 
boxtarlarga nisbatan quvvatli bo‗lgan kushonlar davlatida kuchayadi‖, degan edi. Buddiylik 
Surxon vohasi, Farg‗ona va qadim Turkistonning bo‗lak ma‘volarida bir muddat amal qilgan 
esa-da, uning umri uzoq bo‗lmagan. Buddiylik o‗rnini otashparastlik egallagan. 


33 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish