O„zbekiston tarixi kafedrasi



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

Qashqadaryo ko„prigi
. Pishiq g‗ishtdan ravoqli ko‗prik qurish tajribasi O‗rta Osiyoda 
ilgaridan rasm bo‗lgan, ilk o‗rta asrlar davriga kelib u ancha takomillashtirilgan. Bizgacha yetib 


36 
kelgan ko‗hna ko‗priklar XVI asrning ikkinchi yarmiga taalluqli bo‗lib, ular orasida 
Qashqadaryo ustida qurilgan ko‗prik yeng katta hisoblanadi. 
Daryo o‗zanini kesib o‗tgan, g‗ishtdan qurilgan ko‗prikning o‗n ikkita mustahkam 
pillapoyasi oyoqlari keng va past ravoqlar orqali tutashtirilgan. Ko‗prikning uzunligi - 122 metr, 
yeni - 8.2 metr, daryo tubidan o‗rtadagi yul qoplamigacha bo‗lgan balandligi - 5.35 metr. 
Ko‗prikning har ikki tomonidagi ravoqlar oralig‗idagi pillapoyalar juda baquvvat silindirsimon, 
g‗ishtli tirgovichlar bilan mustahkamlangan. Uning asosi pastga tomon kengaytirib borilgan, har 
birining diametri qariyb 4 metr keladigan burjlarga birlashtirilgan. Maromi bilan terilgan g‗ishtin 
burjlar qatori, ravoqning chuqur jar tepasida yekanligi, ko‗prikning ustki tuzilishi chidamli, 
puxta inshootning me‘moriy qiyofasidan darak beradi. 
Daryo o‗zanining kengaytirilganligi sababli ko‗prik 1914 yilda qayta qurilgan. 
Qirg‗oqning chetki kuhna pillapoyalari yangilangan. Ko‗prikning ikki tomoniga qorovulxonalar 
qurilgan. Bu bajarilgan ishlar g‗isht plitaga yozib quyilgan. Rivoyatda Qashqadaryo ko‗prigining 
qurilishini Abdullaxon II ga nisbat beriladi.
Oqsaroy 
– Shahrisabzdagi me‘moriy yodgorlik (1380—1404). Amir Temur qurdirgan. 
Shaharning shim.sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir zamonlar muhtasham, xashamatli 
bo‗lgan bu saroyning bizgacha yyemirilib, haroba holga kelgan ulkan peshtog‗i, ikki 
chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hozirgi 
ko‗rinishi ham salobatli va go‗zaldir. Bu salobatlilik va go‗zallikka g‗ishtlarning yaxlit bo‗lib 
ko‗rinishini ta‘minlash — old va shim. de-vor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash 
tufayli yerishilgan. Peshtoq ravog‗ining yeni 22,5 m, balandligi 40 m, umumiy balandligi 50 m 
dan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan. 
Oqsaroyning avvalgi holati to‗g‗risida faqat yozma manbalarga qarab fikr yuritish 
mumkin. 20 yil davomida qurilgan bu bino to‗g‗risida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha 
ma‘lumot beradi: "Temur ishga yaroqli bo‗lganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnahrga 
ko‗chirish uchun buyruq berdi... Xorazmlik ustalar baland va salobatli saroy qurishdi, hozir u 
Oqsaroy nomi bilan mashhur". Kpavixo saroyni ko‗zdan kechirganda (1404, 29 avg .) u hamon 
qurib bitkazilmagan, ba‘zi joylarining koshinli naqshlari tugallanmagan yedi. Shunga qaramay, 
juda hayratlanganligini, uning nihoyatda go‗zalligini yozadi. Saroy qurilishida xo-razmlik ustalar 
qatori, mahalliy va boshqa davlatlardan kelgan ustalar ham qatnashgan. Peshtog‗idagi yozuvlar 
orasida yeronlik Muhammad Yusuf Tabriziy nomi 2 marta takrorlangan. 
Yozma manbalarga ko‗ra, Oqsaroy turar joy va jamoat binosi sifatida qurilib, xonalar 
hovli atrofida joylashgan. Bobur ma‘lumotlariga ko‗ra, hovli o‗rtasida hovuz, to‗rida gumbazli 
katta xona – devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli 
bostirmalar, ichki tomonida haram va amirning xonasi joylashgan. Devonxona peshtog‗ida 


37 
arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining 3 halqa shaklidagi nishoni bo‗lgan. Gumbaz ichi 
va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin-g‗ishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar 
ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan g‗isht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan ku-fiy 
xatlar zamini yo‗g‗on ko‗k belboqqa o‗xshash mujassamotni tashkil yetgan. Oqsaroy 
devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori 
be-zaklar, islimiy, girih naqshlarning o‗zaro uyg‗unligi binoga ajoyib va sehrli mazmun 
bag‗ishlagan. Ranglarning oy yorug‗ida jilolaniboqarib ko‗rinishidan bino Oqsaroy deb 
nomlangan. 
Saroyning o‗ziga xos xususiyatlaridan biri – tom tepasiga ishlangan hоvuzdir. Hovuzga 
suv Taxtaqoracha dovonidan qo‗rg‗oshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib 
pastga tushirilgan. 
1707 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon Oqsaroy peshtog‗i ostida toj kiyib, taxtga 
o‗tirganligi peshtoqning o‗sha paytda butun ekanligidan darak beradi. 1973-1975 yillarda 
arxeologik tadqiqotlar, 1994-1996 yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan. 


38 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish