12-MAVZU: XONLIKLAR DAVRIDAGI SIYOSIY HAYOT VA QASHQADARYO
VOHASI
Reja:
1.
Shayboniylar davrida ma`naviy madaniyat va ilm-fan ravnaqi.
2.
Ashtarxoniylar davrida Qashqadaryo vohasidagi siyosiy hayot.
3.
Mang‗itlar hukumronligining o‗rnatilishi davrida Qashqadaryo vohasi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Shayboniylar, Ashtarxoniylar, Mang‗itlar, tarxon, Sulton
Husayn Boyqora, Muhammad Solih, Dobusiya, Ubaydulloxon, Shoh Ismoil, G‗ijduvon devorlari
ostida hal qiluvchi jang, Abdullaxon, Navro‗z Ahmad, Joniylar sulolasi, Imomqulixon,
Subxonqulixon, Nodirshoh, Muhammad Hakimbiy otaliq.
XVI asr oxiri – XIX asrning birinchi yarmida Qashqadaryo vohasida Shayboniylar
hokimiyati
Amir Temur vafotidan so‗ng, o‗tgan to‗qson yilga yaqin vaqt davomida uning vorislari
Movarounnahr va Xurosonda hukmronlik qildi. Shohruh va Ulug‗bekdan so‗ng Abu Said Mirzo
Xurosonni bir muddat, uning o‗g‗illari esa Movarounnahrni qariyb XVI asrga qadar idora
qildilar.
1469 yilda Abu Said Mirzodan so‗ng Xurosonda hokimiyatga kelgan Sulton Husayn
Mirzo qirq yilga yaqin Hirotda, o‗z taxtida mustahkam turdi. Bu o‗rinda V.V.Bartoldning
«Markaziy Osiyolik muallif Vosifiyning yozishiga ko‗ra, hatto, temuriylarning dushmani,
o‗zbeklar davlatining asoschisi Shayboniy ham payg‗ambar zamonidan buyon yer yuzida
Husayn Boyqoradek diyonatli, fazilatli va dono podshoh o‗tmaganligini tan olgan»
1
, degan
so‗zlarini keltirish bilan kifoyalanamiz.
XV asrning 90-yillariga kelib Temuriylar mulkida shahzodalar o‗rtasida hokimiyat
talashuv qutqusi avj oladi. Bu holni Hirotda, Husayn Boyqaro farzandlari, shuningdek, Abu
Sa‘id Mirzoning Movarounnahrda hukm surayotgan o‗g‗illari misolida ko‗rish mumkin edi.
Toju taxt uchun kurashlar tobora kengayib, unga Hisordan Sulton Mas‘ud Mirzo,
Andijondan Zahiriddin Muhammad Bobur va... Turkistondan Muhammad Shayboniylar ham
qo‗shiladilar Muhammad Shayboniyning Temuriylar mulkiga daxl qilishi Movarounnahr ichki
nizolarining oxirgi nuqtaga kelib qolganidan dalolat edi. Uzoqni ko‗ra olmaydigan ayrim
temuriyzoda shahzodalar taxt va mamlakat taqdirini o‗zlarining shaxsiy istaklaridan tuban
qo‗yganlar.
Muhammad Shayboniy Temuriylarni yaxshi bilar edi. Uning bobosi Abulxayrxon 1428
yilda nayman, qo‗ng‗irot, qushchi, qiyot, uyg‗ur, durman, qorluq, uyshun, kenagas singari turkiy
qabilalar boshliqlari qo‗llab-quvvatlashi bilan hokimiyatga kelgan edi. Abulxayrxonning vafoti
(1468) uning davlatida hokimiyat uchun bo‗lgan kurashlarni kuchaytirib yuboradi. Taxt
talashlarida jon saqlash umidida Muhammad Shayboniy (1451 yilda tug‗ilgan) Buxoroga keladi.
1
Бартолд В.В. Соч. VI. 49-bet.
87
Buxoroda o‗sha paytda Abdulali Tarxon hokim edi. Buxoro tarxonlari Samarqand podshohi
Sulton Ahmadga juda yaqinlashib ketgan, xukmdor ular chizig‗idan chiqmasdi. Bobur,
keyinchalik Muhammad Shayboniyning bu yanglig‗ kuchayib ketishiga ham tarxonlar, birinchi
galda, Abdulali sabab bo‗lganligini koyinish bilan yozadi: «Yana bir Abdulali Tarxon edi.
Darvesh Muhammad Tarxonga yovuq uruq bo‗lur edi. Singlisi ham munda edi. Boqi Tarxonning
onasi bo‗lgay. Agarchi Darvesh Muhammad Tarxon to‗ra va mucha bila mundin ulug‗ edi, vale,
bu fir‘avn ani ko‗zga ilmas edi. Buxoro hukumati necha yil munda edi, navkari uch mingta yetib
edi... Zobit va zolim va fosiq va mudammi‘ kishi edi. Shayboniyxon garchi navkari emas edi,
vale, necha mahal muning bila bo‗lur edi. Kichik kirim sultonlar xud aksar navkari bo‗lub edilar,
Shayboniyxonning muncha taraqqiy topmog‗iga va muncha qadim xonavondalar buzulmog‗iga
Abdulali Tarxon sabab bo‗ldi».
1
Muhammad Shayboniyning Temuriylar mulklariga jur‘at bilan bostirib kirishi shu tariqa
chuqur ketgan ildizlarga ega bo‗lgan. Bunda tag‗in bir jihat ham borki, u ikki sulola kurashi
tarixida asosiylarning asosiysi bo‗lsa ajab emas. Bu – Temuriylarning o‗zaro ichki kurashlari va
oqibatda Movarounnahrning 4-5 bo‗lakka bo‗linib, nihoyatda zaiflashib qolganligi edi.
Muhammad Shayboniy Buxoroda yashaganida, Abdulali bilan «do‗stona» munosabatlar
o‗rnatganida, bu vaziyatni chuqur o‗rganib, bir qarorga kelgan.
Bu orada Shayboniyxon Buxoroni qo‗lga kiritib, Samarqand ustiga yurish boshlaydi.
Bobur va Samarqand beklari (Sulton Alidan norozi bo‗lganlar) Keshga o‗z ko‗ch-ko‗roni bilan
kelib joylashadi. Samarqand Zuhra Begimning nodonligi oqibatida Shayboniyga jangsiz
topshiriladi.
Muhammad Shayboniyga qarshi Zahiriddin Muhammad Bobur shiddatli janglar olib
boradi. Bobur atrofida ikki yuzi qirq kishi jam bo‗lgan edi. Shayboniyxon qo‗shini uch-to‗rt
ming edi. Shayboniy azaliy bosqinchilar udumicha ish tutib, bosib olgani joylardan qo‗shiniga
askarlar olgan, qariyb yetti-sakkiz minglik qo‗shinga qarshi borishga jur‘at etish favqulodda
hodisa edi. Bobur Samarqandni olishga jur‘at qiladi. Uning ana shu hujumi tarixiy asarlarda
yuksak baholangan. Shayboniy Samarqandni olganidan so‗ng o‗zi shahar atrofidagi Xoja Diydor
navohisida o‗rnashib, shaharda Jonvafobiy boshchiligida olti yuz kishilik qo‗shin qoldirgan edi.
Bobur kutilmaganda unga qarshi hujum qilib, Samarqandni egallashga muvaffaq bo‗ladi.
Boburning Samarqandni olganligi xabari Movarounnahrga yoyilib, uni ko‗pchilik
viloyatlarda qo‗llab-quvvatlash boshlanib ketadi. Bu haqda uning o‗zi: «Samarqand fathidin
so‗ng Shovdor va So‗g‗d va tumonot yovug‗i qo‗rg‗onlar birar-birar menga ruju‘ qila
boshladilar. Ba‘zi qo‗rg‗onlardin o‗zbak dorug‗alari tavahhum qilib, solib chiqtilar va ba‘zi
qo‗rg‗onlar o‗zbak kishisini qovlab bizga kirdilar. Ba‘zi dorug‗alarni tutub qo‗rg‗onlarni
1
Boburnoma, 96-bet.
88
berkittilar. Ushbu fursatga Shayboqxon Xoja Diydor va Aliobod navohisida edi. Qo‗rg‗onlarning
mundoq kirganlarini va elning bu nav‘ rujuini ko‗rub, o‗lturg‗on yeridin Buxoro sari ko‗chti.
Tengri inoyati bila So‗g‗d va Miyonqol qo‗rg‗onlari uch-to‗rt oyda aksar bizga ruju‘ qildilar.
Boqi Tarxon ham fursat topib kelib, Qarshi qo‗rg‗oniga kirdi. Xuzor va Qarshi ham o‗zbak
tasarrufidin chiqti»
1
, deydi.
Bobur o‗ziga qarshi turgan muxolifning kuchini yaxshi bilar edi. Uning aytganlaridan
ma‘lum bo‗ladiki, Samarqandda turgan Boburni asosan Samarqand viloyati va Qarshi vohasi
qo‗llab-quvvatlagan. Buxoro bu paytda Shayboniy qo‗l ostida edi. Shayboniy xurujidan
xavflangan Bobur Movarounnahr viloyatlariga yordam so‗rab juda kup bora murojaat qiladi.
Bobur yordam so‗rganlar uch toifa: ularning bir qismi ittifoqlikni inkor qilganlar; boshqa
birlari oldin Boburga dushmanlik ruhida bo‗lganligi sababli na salbiy, na ijobiy javob berishni
lozim topmay, kutishni afzal bilganlar; uchinchilari xo‗ja ko‗rsinga, arzimaydigan yordam
(chamasi, oziq-ovqatdan bo‗lsa kerak) yuborgan kishi bo‗lganlar.
Bobur bu orada Hirotga ham yordam so‗rab murojaat qiladi. Unga Alisher Navoiydan
noma ham kelgan. Biroq, Sulton Husayn Boyqaro Shayboniyxon bilan munosabatni buzishni
istamagan ko‗rinadi. Buni Boburning «Sulton Husayn mirzodek mardona va sohib tajriba
podshoh bizga madad qilmay va ko‗maklar berib, elchi yubormay, Shayboniyxonga Kamoliddin
Husayn Gozurgohiyni muxosara ovonida elchilikka yibordi», degan so‗zlaridan ham bilsa
bo‗ladi.
Dastlab Bobur g‗alabasi qizg‗in qo‗llab-quvvatlangan. Ayniqsa, Qarshi vohasi shahar-
qishloqlarida bu ko‗tarilish Shayboniylarga, bosqinchilarga qarshi isyon tarzida amalga oshgan.
Biroq, dushmanni tamomila mahv qilmoq uchun Boburni to‗rt-besh joyda qo‗llab-quvvatlash
kifoya qilmas edi. Boburning yuqoridagi so‗zlaridan ma‘lum bo‗ladiki, ayrim shahar va
joylardagi hokimlar Boburning mustahkamlanishidan manfaatdor bo‗lmaganlar. Bobur Farg‗ona,
Toshkand haqida umuman so‗z yuritmaydi. Ulardan (ya‘ni, muxoliflari Hasan YA‘qub va
Ahmad Tanbaldan) yordam kutmagan. Uning umidi Sulton Husayn Boyqoradan bo‗lgan.
Shayboniyxon Samarqandni qamal qilib turganda, Hirotdan unga elchilar keladi. Bu Boburni
emas, Shayboniyni tan olishdan boshqa gap emas edi. Shayboniyxon Boburni Samarqandda
qamal qilganida Shahrisabzda ikki ming kishilik qo‗shin bilan turgan Boqi Tarxon ham
yordamga kelishdan bo‗yin tovlaydi. Keshga ko‗ch-ko‗roni bilan kelgan Samarqand beklari,
xususan, Muhammad Mazid Tarxon ham ko‗mak haqida bosh qotirmaydi. Oqibatda, hamma
tomondan qo‗li uzilgan Bobur qamal dahshatlariga chidashga majbur bo‗ladi.
XV asrning oxirlarida, aniqrog‗i, 1497-98 yildan boshlangan va XVI asrning dastlabki
yillariga qadar muttasil davom etgan bosqinlar, hokimiyat almashinuvlari xalqning tinkasini
1
Boburnoma. 142-bet.
89
quritadi. Ko‗pincha bir yilga yetmaydigan podshohlar, hokimlar iloji boricha zaxira to‗plashga
intilganlar. Boburga yordam yetishmaganligi sabablarini yuqorida uning o‗zi zikr etgani
vajlardan tashqari, xalqning qashshoqlanishi bilan ham izohlash to‗g‗ri bo‗ladi.
Muhammad Shayboniy Samarqandni qo‗lga kiritganidan so‗ng, Movarounnahr shahar va
qishloqlarini birin-ketin bosib olishga kirishadi. Shayboniyning mo‗ljali Qashqa vohasi edi.
Qashqadaryo shahar va qishloqlari, aholisi Boburni qo‗llab-quvvatlagan edi. Boburga eng qiyin
bo‗lgan damlarda uning ishongan kishilari Boqi Tarxon va boshqalar unga pand beradilar.
Farg‗ona va Samarqanddan ajralgan Bobur Kobulga ketishga, tarki vatan qilishga majbur
bo‗ladi.
XVI asr boshlarida, to‗qqiz yuz yettinchi (1501-1502) hijriy yildan keyin yuz bergan
voqea-hodisalar Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostonida o‗z ifodasini topadi.
Muhammad Shayboniy garchand asarda maqtov bilan zikr etilsa-da, shoir o‗sha davrda yuz
bergan jangu jadallarni haqqoniy aks ettiradi. Buni Qashqa vohasi shaharlarining bosib olinishi
talqin etilgan sahifalarda ham ko‗rish mumkin bo‗ladi.
Muhammad Shayboniy Qarshi ustiga yurish qiladi. Dobusiya qal‘asida yengilib,
Buxoroni qo‗ldan boy bergan Boqi Tarxon bu vaqtda Shahrisabzdan kelib, Qarshi qal‘asida
o‗rnashgan edi. Solihning shahodat etishicha, Shayboniy Qarshiga hujum qilganiga qadar uning
«tegrasini chopadi», ya‘ni atrof-tevarakdagi (Buxoro yo‗li ustidagi) qishloqlarni bosqin qiladi va
talaydi.
Qarshi qamali to‗qqiz yuz yettinchi yilning qishida yuz bergan. Qish bo‗lganligi sabab,
lashkar o‗lja olish bilan kifoyalanadi va orqaga qaytadi. Shayboniy viloyatning «tuzdagi
mol»larini olib, Buxoroga yo‗l oladi. Lashkar faqat talon bilan cheklanmay, «nozanin qizlarni
asir oladilar». Muhammad Solih, bundan xabar topgan xon, qizlarni ozod qilishni buyurganligini
so‗zlaydi. «Xonning bu marhamati qochgan elni shaharga, o‗z joylariga qaytarishga» da‘vat
etishga xizmat qilishi kerak edi. Bu bilan Shayboniy uzoqni ko‗zlagan edi: Qarshi hali fath
etilmagan, xalqda o‗ziga rag‗bat uyg‗otsa, yanagi kelishida qal‘ani olish qiyin bo‗lmasligi oson
kechardi.
Qish tugab, «yoz ochilg‗och», Shayboniy yana Buxorodan Qarshi tomonga qo‗shin
tortadi. Qarshi qal‘asi himoyachilariga taslim bo‗lishni taklif qilib, o‗n kun shu atrofda javob
kutib qoladi. Qal‘adagilar unga tobe bo‗lishdan bo‗yin tovlab, qattiq mudofaaga kirishadilar.
Qal‘ani hujum bilan ololmasligiga ko‗zi yetgan Shayboniy Xuzorni qo‗lga kiritishga ahd qiladi.
Xuzorni qo‗lga kiritgan Shayboniy yana Qarshi sari otlanadi. Uning maqsadi bu shaharni
o‗ziga tobe etish edi. Qarshi qal‘asi qamali juda og‗ir kechadi. Mudofaadagilarning tashqi olam
bilan aloqasi uziladi. Shayboniy lashkari tevarak-atrofni o‗rab olgan, kirib-chiqish mutlaqo
to‗xtab qolgan edi.
90
Yozning issig‗ida ikki oy davom etgan Qarshi shahri qamali shu tariqa umumiy ofatga-
o‗latga olib keladi. Kasallik avj olib, atrof-tevarak qishloqlarga ham tarqaladi. Muhammad
Solihning guvohlik berishicha, Qarshi qamalida bo‗lgan shu yerlik sayidning hisobiga ko‗ra,
Shayboniyxon qamali chog‗ida o‗ttiz ming kishi o‗ldirilgan.
XVI asr boshlarida Qarshi shahrida qancha aholi yashagan, aniq aytish mushkul.
Muhammad Solih o‗lganlar soni xususida mubolag‗a qilayotgani yo‗q. U, o‗zining so‗zi
ishonchli bo‗lishi uchun qamal payti qo‗rg‗onda bo‗lgan sayid-ruhoniyning gapini dalil qilib
keltiradi. Qarshida ikki oy davomida o‗ttiz ming kishi qirilgan bo‗lsa, bu hisobga shaharga yaqin
manzillar aholisidan o‗ldirilganlar ham kiritilgan bo‗lishi ehtimol. Qarshi qamali cho‗zilib, o‗lat
dorigandan so‗ng, Boqi Tarxon ham kasalga chalinadi. U Shayboniyxonga murojaat qilib,
ketishga izn so‗raydi. Uning bosh egib, qal‘ani tashlab ketishi Shayboniyga ham ma‘qul tushadi.
1502-1503 yilning qishi juda qattiq keladi. Muhammad Solih bu davrdagi
Movarounnahrning ahvolini Samarkand, Qarshi, Buxoro va Kesh misolida gavdalantirar ekan,
xalqning talanganligi, qashshoq bo‗lib yo‗llarda gadoylik qilgani haqida achinib so‗zlaydi.
O‗zaro kurashlar davrida bori-yo‗g‗idan ayrilgan kishilarni Shayboniy qo‗shinidagi mo‗g‗ullar
yana talaydilar, qolgan bisotidan ayiradilar.
Movarounnahrni o‗z hukmiga olgan Shayboniy Hisor mulklarini tobe qilish payiga
tushadi. Qarshi bu paytlarda Shayboniy qo‗shinlari yig‗iladigan joyga aylanadi. Masalan, Hisor
yurishidan oldin Shayboniy Qarshiga kelib turadi, viloyatlaridagi qo‗shinlari to‗planishini kutadi.
Qarshida turgan xon zerikkanidan ov qilishga chiqadi. Muhammad Solih o‗z asarini Muhammad
Shayboniyga atab yozgan. Uni haddan oshirib madh etgan. Lekin, adolat yuzasidan gapiril
ganda, voqealar tasvirida shoirning aslida kim tomonda ekanligi yaqqol sezilib turadi. O‗rta
asrlarda yaratilgan hech bir asarda xalqning ahvoli «Shayboniynoma» dostonidagi singari real,
to‗g‗ri yoritilgan emas.
Qarshi Shayboniy xonlarning qo‗nib o‗tadigan, mashvarat qiladigan qarorgohiga
aylangan edi. V.V.Bartold mang‗itlar sulolasi davridagi Qarshi shahrining maqomi haqida
gapirganida, «Qarshi shahri sulolaning asosiy diqqat markazida bo‗lib, Qarshi begi lavozimini
odatda taxt vorisi bo‗lgan shahzoda egallar edi», degan bir fikrni aytib o‗tadi. Chamasi, Qarshi
shahrining shu maqomi Somoniylar davridayoq, ya‘ni, X asr oxirlarida shakllana boshlagan
bo‗lsa kerak. Buni Sulton Alining Qarshidan olib borilib, Samarkand taxtiga chiqarilishi
misolida ham ko‗rish mumkin edi. Shayboniylar davrida Qarshi shahriga harbiy nuqtai nazardan
e‘tibori kuchli bo‗lgan. Qarshi Xurosonni zabt etishda tayanch manbai, qo‗shinlar tarkib
topadigan, yig‗iladigan joy sifatida ahamiyat kasb etgan.
XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda yuz bergan siyosiy voqealar, kurashlar
Qashqa vohasini ham o‗z girdobiga olmay qolmadi. Ayniqsa Qarshi shahri jangu jadallar
91
chorrahasi bo‗lib qoldi. Xurosonda kechgan toju taxt kurashlarining Movarounnahrga katta
ta‘siri bo‗lgani singari, ikki daryo oralig‗idagi mulklarning Temuriylar qo‗lidan tortib olinishi
Husayn Boyqora saltanatida aks sado bermay qolmas edi. Shu sababdan ham, XVI asr boshlarida
Hirotda yuz bergan siyosiy kurashlar, uning oqibatida Shayboniylarning Temuriylarning so‗nggi
ilinji bo‗lgan mulklarni ham birin-ketin bosib olishi, pirovard natijada, Xuroson ustiga
qilinadigan yangi yurishlarni keltirib chiqaradi.
918(1512) hijriy yilning safar oyida Ubaydulloxon qo‗shini Bobur va Eron lashkariga
qarshi janglar qilib, g‗alaba qozonadi. Movarounnahrni yana Boburdan tortib olgan Shayboniy
sultonlar Muhammad Shayboniy tirikligida yo‗l quyilgan qusurlarni bartaraf qilish chorasini
ko‗rishga shoshiladilar. Hofiz Tanish Buxoriy talqiniga ko‗ra, «Bobur podshoh meros
mamlakatidan ikkinchi marta ajrab qochgandan keyin, yana Shoh Ismoil (Eron podshohi)
dargohiga odam yuborib, salom va duo marosimini ado etgandan keyin (yana) ko‗mak so‗radi.
Shunga ko‗ra, Shoh Ismoil (o‗zining) bosh amiri amir Najmni hammasi dev surat va jin
ko‗rinishli oltmish ming qahramon kishisi bilan (Bobur) podshohga yordamga yubordi.
1512 yilning noyabrida G‗ijduvon devorlari ostida hal qiluvchi janglar bo‗lib o‗tadi.
Safaviylar qo‗shini batamom qiriladi, Najmi Soniyning o‗zi o‗ldiriladi. Bobur qadrdon yurti
sarhadlarini bir umrga tark etib, zo‗rg‗a qochib qutuladi. 1512 yildagi G‗ijduvon g‗alabasining
eng muhim natijasi Markaziy Osiyo tuprog‗ida Safaviylar istilosi yoyilishi xavfining to‗la
barham topishi bo‗ldi.
1512 yilgi g‗alabadan keyin Shayboniy sultonlar orasida Ubaydulloning mavqei oshib
ketadi. Uning rizoligi bilan yoshi ulug‗ bo‗lgan Ko‗chumxon, udumga ko‗ra, sulola boshlig‗i deb
e‘lon qilinadi. Buxoro viloyati, Qashqadaryo shahar va qishloqlari ham unga tobe bo‗ladi.
Ubaydullo qo‗lida amalda butun hokimiyat to‗plangan edi. Buxoro bu vaqtda Movarounnahrning
asosiy poytaxt shahri bo‗lib, Samarqand esa viloyat ahamiyatiga molik shahar darajasiga tushib
qoladi.
XVI asrning birinchi choragi ikkinchi yarmida yuz bergan voqealar tarixiy asarlarda
mufassal emas. «Abdullanoma»da ham asar mavzui taqozo qilganicha so‗z yuritiladi. Bir narsa
aniqki, Shayboniy sultonlar orasida tarafkashlik, o‗zaro mulk talashlari hali Muhammad
Shayboniy o‗lmasidan burunoq nishlagan edi. Shayboniy sultonlarning o‗ziga qo‗yilganda, 1512
yildagi G‗ijduvon janggi yuz bermagan bo‗lardi ham. Bu g‗alaba halliy aholining qo‗llab-
quvvatlashi, ruhoniylarning qattiq turishi oqibatida sodir bo‗ladi.
Ubaydulloxon 1539 yilda vafot etadi. U Buxoro taxtida bardavom turgan yillarida
so‗fiylik tariqatiga katta hurmat bilan qaraydi. V.V.Bartold bir o‗rinda Ubaydulloxoi «musulmon
diyonati ruhidagi ideal hukmdor hisoblangan», deydi. Ubaydulloxon davrida siyosiy
peshqadamlik asta-sekin Samarqanddan Buxoroga o‗tadi va undan so‗ng Shayboniylar
92
sulolasidagi asosiy xonlardan biri Abdullaxon (1559-1598) XVII asrda Ashtarxoniylar ham o‗z
faoliyatini Buxoro bilan bog‗laydilar.
Ko‗chkinchixonnnng o‗g‗li, tarixda Abdullaxon I nomi bilan yuritiluvchi xon saltanati
uzoqqa cho‗zilmaydi. Olti oy davom etgan (1539-1540) hukmronlikdan so‗ng, Shayboniy
sultonlari orasida bosh-boshdoqlik tag‗in avj oladi. Movarounnahrda 1540 yilda qo‗sh
hokimiyatchilik vujudga keladi. Abdulazizxon (Ubaydulloning o‗g‗li) Buxoroda, Abdullatif
(Ko‗chkinchixonning uchinchi o‗g‗li) Samarqandda hokimiyat yurita boshlaydilar. Bu paytda
Baroqxon (Navro‗z Ahmadxon) Samarqandni zabt etadi. Xuddi shu yillarda tarix sahnasiga
Abdullaxon (ikkinchi) chiqadi. U ruhoniylar ko‗magida Navro‗z Ahmadga qarshi tinimsiz
kurash olib boradi. Oqibatda, 1560 yilda xonlik masnadiga otasi Iskandarni qo‗yishga muvaffaq
bo‗ladi va bundan so‗ng uning nomi bilan kurashni davom etdirib, muxoliflarini birin-ketin
mag‗lub etadi.
Abdullaxon 1553 yilda Qarshi viloyati hokimiyatini qo‗lga kiritadi. Qashqa vohasi ham
XVI asrning ikkinchi yarmi boshlarida Abdullaxon izmiga o‗tadi. Qarshini egallagandan keyin
Abdullaxonning nufuzi birqadar ortib ketadi. Sulola boshlig‗i Pirmuhammadxon ham u bilan
endi hisoblashishni lozim topadi va Abdulloxonning ukasi Ibodulloxonga qizini beradi. Buning
ustiga Kesh (Shahrisabz) shahrida hokimlik qilib turgan Burunduq sultonning o‗g‗li Hoshim
sultondan hokimiyatni Ibodulloxonga olib beradi. Abdullaxon mavqei tobora ortib
borayotganligini ko‗rgan Baroqxon (Navro‗z Ahmadxon) uning oldini to‗sib qo‗yish choralarini
izlaydi. Ma‘lumki, u Abdullatifxon o‗lganidan so‗ng (1551), Samarqandni egallab olgan edi.
Qachonki, Shahrisabzni Ibodulloxon qo‗lga olgach, Navro‗z Ahmad Turkiston va Xo‗janddan
katta lashkar to‗plab, Kesh ustiga bostirib keladi.
Navro‗z Ahmad Buxoroga, uning voliysi bo‗lib turgan Burhonga kishi yuborib, uni
yordamga chaqiradi. Abdullaxon Navro‗z Ahmadning bu qilmishini ogoh etish uchun Balxga,
Pirmuhammadxonga chopar jo‗natadi, undan yordam so‗raydi. Balxdan yordam yetib kelmasdan
ilgariroq Buxorodan Navro‗z Ahmadga ko‗mak berish uchun Buxoro voliysi ko‗p askar bilan
kelib, Koson atrofida o‗rnashadi. Abdullaxon Buxoro va Navro‗z Ahmad lashkarlarining
qo‗shilishi oldini olish uchun tezlik bilan Koson yonida to‗xtab turgan Buxoro qo‗shinlariga
hamla qiladi. Kosonning kun chiqish tarafida ikkala lashkar ro‗baro‗ bo‗lib, jang qilishga
tushadilar.
Abdullaxonning Koson jangida holi tang bo‗lib turganda Balxdan Pirmuhammadxonning
yordamga kelishi g‗alabani muqarrar qiladi. Hofiz Tanish bu haqda «O‗sha voqeaning guvohi
bo‗lgan va uni o‗z ko‗zi bilan ko‗rgan bir guruh kishilardan eshitdimki, chekinuvchilar urush
qurollarini bir farsax masofagacha tashlab ketganlar va hujum qilib borayotgan askarlar uni ot
bilan bostirib o‗tganlar», deydi.
93
Burhon boshchiligidagi Buxoro qo‗shini yengilib qaytganidan so‗ng, Abdullaxon
Pirmuhammad bilan uchrashadi. Ular birgalikda Shahrisabzni qamal qilib turgan Navro‗z
Ahmadga qarshi otlanmoqchi bo‗lganlarida, u Shahrisabzdan qaytib, Samarqandga yo‗l olgani
xabari keladi. Pirmuhammad Abdullaxonga Qarshiga qaytishni buyurib, o‗zi Shahrisabzga,
kuyovi Ibodulloxon huzuriga borib, keyin Kelif yo‗li orqali Balxga qaytib ketadi.
Navro‗z Ahmad Movarounnahrni butunlay egallashga ahd qilgan edi. Uning bu yo‗ldagi
birdan-bir to‗sig‗i Abdullaxon edi. Shuning uchun ham dastlab u Miyonqol va Qarshi ustiga
yurishni boshlaydi. Abdullaxon kam sonli qo‗shin bilan unga qarshi turish befoydaligini
bilganidan, Jayhundan o‗tib, Balxga, Pirmuhammadxon huzuriga ketishga majbur bo‗ladi.
Navro‗z Ahmad Miyonqolni tobe qilib, Karmana viloyatini o‗g‗li Do‗stmuhammad
sultonga beradi. Shahrisabz viloyatining hokimligi uning oldingi voliysi Burunduq sultonning
o‗g‗li Hoshim sultonga olib beriladi. Ibodulloxon, shu tariqa, Shahrisabzni tashlab ketishga
majbur bo‗lgan.
Janubdagi viloyatlarni birin-ketin fath qilayotgan Navro‗z Ahmad Qarshini olishga o‗g‗li
Bobo sultonni «benihoyat ko‗p sipoh va son-sanoqsiz lashkar bilan» jo‗natadi. Bu paytda
Abdullaxon Balxdan qaytib kelgan va Qarshi qal‘asida turgan edi. Abdullaxonning oldingi
jangda qo‗li shikast yegan-singan edi. U jarohatlangan qo‗lini osib, jang qilish uchun qal‘adan
chiqadi va qo‗shinini uch guruhga bo‗ladi. Rustamxonni qo‗shinning ilg‗origa, O‗zbek va Kepak
sultonlarni o‗ng qanotga, o‗zi esa so‗l qanotga boshchilik qilishni maslahat qiladilar. O‗rtada yuz
bergan qattiq jang oqibatida Abdullaxon lashkari mag‗lub bo‗ladi, Rustamxon va boshqa ko‗p
bahodirlar jang maydonida shahid bo‗ladilar. Abdullaxon chekinib, yana Balx sariga ketishdan
bo‗lak chora topolmaydi. Qarshi uchun bo‗lgan kurashlarda tortilgan mag‗lubiyat alami
Abdullaxonga qattiq ta‘sir qiladi.
964 (1557) hijriy yilga kelib Abdullaxon o‗z raqiblarining hammasini oradan ko‗taradi.
Garchand nomiga bo‗lsa-da, otasini xonlik masnadiga chiqargan bo‗lsa-da, mamlakatning tizgini
uning qo‗lida edi. U Buxoroda o‗rnashganidan so‗ng, muarrixning shahodat etishicha, «Buxoro
sipohini oliy ostonada saqlashni maslahat ko‗rmadi. Shuning uchun ham xisrav nishonli Xisrav
sulton Iskandar farmon xonning ko‗rsatmasi bilan amir Jonali ibn Jug‗ultoy nayman, Julma
o‗g‗lon, Nazarbiy ibn Boqibiy nayman va boshqalar bilan SH ahrisabzga jo‗natildi; ulardan
ba‘zilari devon xizmatiga tayinlandi: navvob Ibodullo sulton shijoat nishonli amir Sultonyorbiy
durmonni ul hazratdin so‗rab olib, o‗zining otalig‗i qilib tayinladi va o‗sha vaqtda o‗z suyurg‗oli
bo‗lgan Sog‗arj tomonga jo‗nadi».
Abdullaxon o‗z ukasi Ibodulloni Sog‗arjga hokim qilib yuboradi. Qilich Qora sulton
bilan Xudoyberdi sultonlar Qarshi va Sog‗arj hokimiyatini almashtirgan edilar. Abdullaxon
Buxoroni qo‗lga kiritgan, Miyonqol, Qorako‗l, Shahrisabzni tobe etgan ushbu mahalda Qarshida
94
Xudoyberdi sulton hukm surar edi. Shu sababdan ham, «iqbolli xon o‗sha jannatdek o‗lkada
hokimiyat tepasiga kelgandan bir necha kun o‗tgach, uning qutlug‗ xotiriga shu ma‘ni zohir
bo‗ldiki, Nasaf viloyati qadimdan Buxoroga tobe bo‗lgan. Shu ham ma‘lumki, u yerda kim
hokim bo‗lsa, g‗olib chiqqan. Endi shu munosib bo‗ldiki, Buxoroga qarashli bo‗lgan tamom
joylar o‗zining tobeligiga kirsin».
1
Abdullaxon shunday qarorga kelganidan so‗ng, 964 yilning ramazon oyi boshlarida
(1556 yil, iyul) Xisrav sulton Qarshi ustiga yurish boshlaydi. Qarshini idora qilib turgan
Xudoyberdi sulton ham shunday bosqinga tayyor bo‗lib turgan edi. U o‗z atrofiga iloji yetguncha
ko‗proq kishi to‗plashga intiladi, mudofaa inshootlarini mustahkamlaydi, handaqlar qazib,
murchallarni (okop) taxt qilib qo‗ygan bo‗ladi. Shu boisdan ham Xisrav sultonning qo‗shini
Qarshini bir hamlada olishga erisha olmaydi. Qamal bir oyga cho‗ziladi.
Qarshini olish Abdullaxondan ko‗p kuch sarflashni talab qiladi. Buning ustiga, shu
vaqtda Mo‗g‗uliston podshohi Rashidxon Sulton Said sultonni katta qo‗shin bilan Samarqandni
istilo qilish uchun (Navro‗z Ahmaddan oldin Samarqandda Sulton Said hokim edi) yuboradi.
Xudoyberdi sulton ham Qarshini jon-jahdi bilan ximoya qilib, yordamga ukasi Do‗stim sultonni
ham chaqiradi. Abdullaxonning omadi juda qiyinchilik bilan yurishadi. Sog‗arjda hokim bo‗lib
turgan ukasi Ibodulloning otaliq begi Sultonyorbiy undan yuz o‗girib, Samarqandga, Sulton Said
xizmatiga keladi. Bunday yuz o‗girishlar o‗sha vaqtda ko‗p amirlarning tarozi pallasiga qarab ish
tutish qobig‗ida qolib ketganligi alomati edi.
964 (1557) hijriy yilning kuzagida Sulton Said Samarqandni egallab, Xudoyberdi
sultonga yordam berish uchun o‗z huzuriga kelgan Sultonyorbiyni Qarshiga jo‗natgan edi. Qish
chiqib, bahor boshlangandan so‗ng (1558, mart), Abdullaxon noiloj Qarshiga qarab lashkar
tortishga majbur bo‗ladi. Xudoyberdi sulton qish ichida ancha kuch to‗plagan, Sultonyorbiyning
kelishi uning quvvatini oshirib yuborgan edi. Abdullaxonning Qarshini qamal kilishi ikki oyga
cho‗zilib ketadi va ikki tomonning ham tinkasi quriydi. Ikki tomon amirlari behuda qamaldan
naf yo‗qligini ko‗rib, sulhni o‗rtaga qo‗yadilar. Abdullaxon talabiga ko‗ra, Qarshi unga
tegadigan, Sog‗arj tumani esa Xudoyberdi sultonga beriladigan bo‗ladi. Boshqacha aytganda,
Abdullaxon ukasi Ibodulloning mulkiga Qarshi hokimiyatini almashtiradi. O‗rtada sulh shu
tariqa qaror topgach, Abdullaxon Buxoroga, poytaxtiga qaytadi va ukasi Ibodulloni ham olib
ketib, unga shu viloyatdan uchta tumanni bag‗ishlaydi. Qarshi viloyatini Shahrisabzga qo‗shib,
unga Xisrav sultonni hokim qilib tayinlaydi.
Abdullaxon II Shayboniy sultonlar orasida o‗zining qat‘iyatligi, uzoqni ko‗zlab ish tutishi
bilan ajralib turadi. U garchi 1582 yilga qadar, ya‘ni otasi rasman xonlar xoni bo‗lib turgan
1
Abdullanoma. 276-bet.
95
yillarda hokimiyat uchun kurashni uning nomidan olib borgan bo‗lsa-da, maqsadi kuchli,
markazlashgan davlatni qaror topdirishdan iborat bo‗lgan edi.
Abdullaxon davrida Movarounnahr ma‘lum ma‘noda o‗zining yaxlitligini tiklagan edi.
Uning yagona davlat uchun olib borgan kurashlari qonga singib ketgan o‗zim bo‗laychilik
vasvasasiga, baribir, barham bera olmadi. Umrining oxirgi yillarida u yolg‗iz o‗g‗li
Abdulmo‗min bilan hokimiyat bobida nizolashib qoladi. Balxni idora qilib turgan Abdulmo‗min
qaruvi yetgan otasini o‗z yo‗lida g‗ov deb bilar edi. Janjalning kuchayib ketishi faqat
ruhoniylarning aralashuvi bilan bartaraf etiladi. Ota-bola o‗rtasidagi sovuqchilik oqibatida Dasht
ko‗chmanchilari Toshkent viloyatiga bostirib keladilar. Abdullaxon ularga qarshi otlanganda,
kasallanib vafot etadi. Abdulmo‗min hokimiyati esa olti oydan oshmaydi. U suiqasd qurboni
bo‗ladi.
O‗zbeklar Markaziy Osiyo hududiga qadam qo‗yganlarida (Shayboniylar ko‗zda
tutilayotir) ko‗chmanchi xalq bo‗lib, feodal munosabatlarning ilk taraqqiyoti pog‗onalaridan
birida turganligi boisidan, tabiiyki, o‗zlari bilan ishlab chiqarishning yangi usulini olib
kelmadilar, aksincha, Temuriylar davrida hukm surgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni butunisicha
qabul qildilar. «Yangilik» faqat shunda bo‗ldiki, hukmron tabaqa tarkibi o‗zgardi: Temuriy
kiborlar o‗rniga yangi, boshida xon va uning qarindoshlari turgan o‗zbeklar keldi.
Muhammad
Shayboniy
Temuriylar
mulklariga
hujum
boshlab,
dastlabki
muvaffaqiyatlarga erisha boshlagan vaktdan e‘tiboran Movarounnahrning dehqonchiligi rivoj
topgan, qishloq xo‗jaligi taraqqiy qilgan tumanlariga o‗rnasha boshlagan edilar. Shayboniy
sipohiylari o‗z oilalarini, qarindosh-urug‗larini ham olib kelganlar. G‗olib ko‗chmanchilar
albatta, eng yaxshi yerlarni o‗zlariga olish payida bo‗ladilar. Ularning asosiy qismi Toshkent
atrofiga,Zarafshon vodiysidagi, Qashqadaryo va Surxondaryo rayonlaridagi yerlarga o‗rnashib
olishdi.
«Boburnoma» va «Shayboniynoma»dan aniq bo‗ladiki, Muhammad Shayboniy
hayotligida Temuriylarga hayrixoh bo‗lgan ruxoniylar, din arboblari molu mulki ham tortib
olingan. Buni Ubaydullo Xoja Ahrorning o‗g‗li Xoja Yaxyo taqdiri misolida ko‗ramiz. Qashqa
vohasida Temuriylar davrida katta imtiyoz va yer-suvlarga ega bo‗lgan islom ulamolari ko‗p edi.
Ularning yerlari va mulklari xam Shayboniylar tomonidan olingan. Shu bilan birga Shayboniylar
Turkistondan, Toshkentdan kelgan shayxlarga katta mulklar in‘om qilganlar.
Buxoroda Amir Arab, Islom Xoja, Temirxoja Otoyi, shayx Muhammad Sodiq va boshqa
ruhoniylar nomi manbalarda Shayboniylarga ta‘siri baland shayxlar sifatida zikr etiladi.
Shayx Muhammad Sodiq Shahrisabzda yashagan. Temirxoja toshkandlik mashhur shayx
Said Otaning avlodidan bo‗lgan. Hozirgi Koson tumanidagi Oqtepa va unga qo‗shni bo‗lgan
ba‘zi qishloqlar keyinchalik Temirxojaga tanxo qilib berilgan.
96
«Zubdat al-asar» va «Abdullanoma» kabi manbalar Muhammad Shayboniy o‗limidan
so‗ng sulolaning boshlig‗i bo‗lgan Suyunch Xojaxon Temur Sultonga (Muhammad
Shayboniyning o‗g‗li) Kesh, Nasaf va Xuzor shaharlarini va ularga tobin yerlarni suyurg‗ol xilib
berganligini xabar qiladi. XVI asrda yozilgan «Vaqfnoma» asarida Temur Sultonning
xotinlaridan biri Mehr Sulton Xonumning vaqfga aylantirgan mulklari, yeru suvlari qayd etilar
ekan, ularning aksariyati Qashqa vohasida ekanligi ko‗rsatiladi.
Mehr Sulton Xonum Burunduqxonning qizi edi. Burunduq Sulton Sirdaryo bo‗yidagi o‗z
yurtini qo‗riqlash uchun Shayboniy bilan uzoq va samarasiz kurash olib boradi va oqibatda unga
yaqinlashishni lozim topadi. Qizini Shayboniyning o‗g‗li Temur Sultonga beradi. Temur Sulton
1514 yilda Boburning Hisorda qolgan-qutgan askarlarini mahv etish paytida, kasallanib vafot
etadi.
Mehr Sulton Xonim o‗z davrining yirik zamindori edi. Unga oid yerlarning bir qismi
Qarshi tevarak-atrofida bo‗lgan. XVI asrning 50-yillari nari-berisida Mehr Sulton Xonim vafot
etgan. Bu haqda Jo‗ybor shayxlariga taalluqli 1558 yil bilan sanalangan bir hujjat xabar beradi.
Unda Mehr Sulton Xonim vafot etgan kishi sifatida tilga olinadi. Hujjatda aytilishicha,
sotiladigan yer maydonining «bir cheki marhuma Mehrbon Xonim vaqfi bo‗lgan G‗ubdin
qishlog‗i yerlariga tutashadi.
G‗ubdin qishlog‗i Qarshi mulklaridan bo‗lgan. Bu qishloqning vaqf sirasiga kirishi
«Vaqfnoma»da zikr etiladi: «vaqf mulklari majmui: G‗ubdin qishlog‗i butunisicha va
to‗lasincha. U Nasaf viloyatining yuqori qishloqlaridan va dehqonchilik uchun yaroqli ko‗pgina
yerlarni biriktiradi. (Bu qishloq) to‗rt taraflama aniq chegaraga ega. Qibla tomondan yaxshi
ma‘lum bo‗lgan va taniqli odamlar qo‗lida va ixtiyorida bo‗lgan Potiron arig‗idan suv ichadigan
yerlar, qisman yaxshi ma‘lum bo‗lgan (kishilar) qo‗lida bo‗lgan Vijkat (Beshkent) yerlari, bir
chetdan xech kimga tobin bo‗lmagan o‗lik yerlar bilan tutashadi. (Qishloqning) shimoliy hududi
qisman davlat mulki bo‗lgan Niyoziy kishlog‗i mavzesi, bir chetdan oliy nasab... amir Abdulali
Tarxonning o‗g‗li Boqi Tarxonning vaqf mulklaridan bo‗lgan Yozmudin mavzesi yerlari bilan
ushlashadi va (ular) vaqf hisoblanib, ma‘lum sarfga qaratilgandir; hammaga ma‘lum bo‗lgan
Mirmiron qishlog‗i bilan – bu yerlar) Mavlono Xoja Ali al-Xorazmiy mulkidir – chegaralanadi».
Qarshi viloyatida, «Vaqfnoma»dan ma‘lum bo‗lishicha, Jomxin, Kakardiza, Putirkat
qishloqlari Ubaydullo Xoja Ahror mulklari bo‗lgan. Ko‗kajak, Surxna, Hoji Hizr, Dumishoh
qishloqlari ham shu atrofda joylashgan edi. Bu qishloqlarning aksariyati (Ko‗kajak
sug‗orilmaydigan, quruq yer bo‗lgan, bundan tashqari, u davlat mulki hisoblangan) Vijkat
arig‗idan suv ichgan. Mana shu qishloqlar o‗rtaligida, Surxnaga yaqin joyda qozi Mavlono
Sa‘diddin Muhammadning yerlari bo‗lgan.
97
G‗ubdin qishlog‗idan tashqari, unga tutash bo‗lgan G‗ubdin dashti ham vaqf mulki
sanalgan. G‗ubdin dashtida dehqonchilik va ekin-tikin uchun yaroqli maydonlar ko‗p bo‗lgan.
Muhimi, G‗ubdin dashtida tegirmon ishlab turgan va shu atrofdagi qishloqlarga xizmat
ko‗rsatgan. G‗ubdin dashti deb yuritiluvchi joy g‗arbiy tarafdan xonlik mulki bo‗lgan Ruknobod
qishlog‗i bilan tutashgan. Qishloqning shimoliy haddi Hoji Hizr qishlog‗iga yetib borgan.
Sharqiy tomondan esa Kat qishlog‗i bilan chegaradosh bo‗lgan. G‗ubdin dashti qisman Putirkat
bilan chegaralangan, uning janubiy qismi Qorajulg‗a deb yuritiluvchi haydov yerlarigacha yetib
borgan. G‗ubdin dashti mavzesidagi dehqonchilik qilinadigan yerlar Jo‗ybori bolo (Yuqori
Jo‗ybor) arig‗idan suv ichgan.
Abdullaxon Buxoroni poytaxt qilib, uzoq yillar hukm suradi. Uning asosiy kurashlari
Qarshi va Kesh uchun bo‗lgan edi. Qashqa vohasining quyi qismida XVI asr ikkinchi yarmida
vujudga kelgan ba‘zi inshootlar Abdullaxon nomi bilan bog‗lanadi. L.Y.Mankovskayaning
fikriga ko‗ra, «Markaziy Osiyodagi bizgacha yetib kelgan eng ko‗hna ko‗priklar XVI asrning
ikkinchi yarmiga taalluqli bo‗lib, ular orasida Qashqadaryo ustiga qurilgan ko‗prik eng kattasi
hisoblanadi... Daryo o‗z o‗zanini kengaytirganligi sababli ko‗prik 1914 yilda qayta qurilgan».
Sardobalar, Balx yo‗li bo‗yidagi rabotlar ham Abdullaxon tomonidan qurilgan, degan naqllar
yashab keladi.
Jangu jadallarda ilm va ijod ahlining bir qismi halok bo‗lgan, ba‘zilari xonlar tomonidan
siyosatga tortilgan. Masalan, Kamoliddin Binoiy 1510-1511 yilda Bobur va qizilboshlar
qo‗shiniga qarshi olib borilgan jang chog‗ida, Qarshining uch kun qamal qilinishi paytida halok
bo‗lgan. Badriddin Xiloliy esa Ubaydulloxon hukmi bilan qatl etiladi.
Temuriylar va Shayboniylar sulolasi o‗rtasida kechgan kurashlar, muttasil davom etgan
ichki nizolar, shahar talashishlar Qarshi shahrining XVI asrdagi umumiy taraqqiyotiga xalal
bermay qolmagan. Shunga qaramay, shaxarda me‘morchilik obidalari vujudga kelgan.
Ko‗kgumbaz masjidi, Qashqadaryo ko‗prigi, Chaqar, Honaqoh masjidlari shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |