O„zbekiston tarixi kafedrasi



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

 
 


61 
10-MAVZU: QASHQADARYO VOHASI MO„G„ULLAR BOSQINI DAVRIDA 
 
Reja: 
1.
Mo‗g‗ullar tajоvuzinig salbiy oqibatlari. 
2.
Kebekxon davrida Qashqadaryo vohasi. 
3.
Mo‗g‗ullarga qarshi ko‗tarilgan qo‗zg‗olonlar.
 
Tayanch so‘z va iboralar:
Muhammad Xorazmshoh, Chingizxon, O‗tror, Jaloliddin 
Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Inolxon, Mahud Yalavoch, Chig‗atoy, Turkon 
xotin, amir Qazog‗on, Muiniddin Natanziy. 
XIII asrning birinchi choragi oxirlarida Markaziy Osiyoda, shuningdek, Movarounnahrda 
kechgan olamshumul fojeiy voqealar Muhammad Xorazmshoh va Chingizxon nomi bilan 
bog‗lanadi. Ularning biri Osiyo qit‘asining g‗arbiy hududida ulkan saltanatni vujudga keltirgan 
bo‗lsa, ikkinchisi uning sharqiy qismidagi yurtlarni tamomila o‗ziga tobe qilgan qudratli va 
shavkatli hukmdorlar edi. Sharqning bu ikki ulug‗ davlat egalari o‗rtasiga sovuqchilik tushishi va 
oxir-oqibatda, uning dahshatli urushga tortishi jiddiy sabablarga bog‗lanar edi. Umuman, 
Chingizxon istilochilik siyosatining Osiyo va Ovrupoga qanday balolar, nechog‗li kulfatlar 
yog‗dirgani ta‘rifga sig‗maydi. Mo‗g‗ul xoni bilan Xorazmshohning yovlashuviga asosiy sabab 
arab xalifaligi qutqulari edi. Xalifalik bilan Xorazmshohlarning adovati tarixi esa 
Muhammadning otasi Tekesh davridan gazak ola boshlagan edi. 
1185 yilda Xuroson hukmdori To‗g‗onshoh vafotidan so‗ng mamlakatda notinchlik 
vaziyati hukm suradi. Garchand taxtga uning kichik yoshdagi o‗g‗li Sanjarshoh chiqqan bo‗lsa-
da, mulklarning katta qismi Sultonshoh qo‗liga o‗tadi. Bu esa uning birodari Tekesh hamda 
g‗uriylar boshlig‗i G‗iyosiddinni qanoatlantirmaydi. Oqibatda, oradan ikki yil o‗tgach, 
kurashlarda g‗olib chiqqan Tekesh Nishopurni qo‗lga kiritishga muvaffaq bo‗ladi. 1193 yilda 
Sultonshoh ham vafot etadi. Tekeshning Xurosondagi mavqei esa tobora orta boradi. Marvga 
katta o‗g‗li Malikshohni, Nishopurga esa Muhammadni noib qilib qo‗yadi. 
Tekeshning G‗arbiy Eron bo‗ylab borgan sari ichkarilab kirib kelayotganligi xalifalikni 
sarosimaga solib qo‗yadi. Xorazmshoh tez orada Ray va Homadon shaharlarini ham o‗ziga 
bo‗ysundiradi. Xalifalik Tekesh Xorazmshoh misolida o‗zining ashaddiy raqibini ko‗radi va 
unga qarshi kurashishni maqsad qilib qo‗yadi. Oqibatda 1196 yilning saratonida Bag‗dod va 
Xorazmshoh qo‗shinlari to‗qnash adi. Xorazmliklarning qo‗li baland keladi. 
Tekesh Xorazmshoh o‗z podshohligining so‗nggi yillarida kuchayib ketadi va xalifalikni 
tan olmaslik siyosatini ochiq-oydin namoyish etadi. U xalifadan Bag‗dodda xutba namozlarida 
o‗z nomini qo‗shib o‗qitishni talab etadi. Akad.V.V.Bartoldning mulohazasiga ko‗ra, Abbosiylar 
bilan Xorazmshohiylar o‗rtasidagi dushmanlikning boshlanishi sabablari ana shunda edi. 


62 
Tekesh o‗z saltanati hududlarini bir qadar kengaytirishga, harbiy va iqtisodiy quvvatini 
oshirishga muvaffaq bo‗lgan esada, xorazmshohiylar istiqbolini ulug‗ bir xavf ostida 
qoldiradigan omillarga ham yo‗l ochib ketgan edi. U 1200 yilning 3 iyulida olamdan o‗tadi. 
Tekeshdan katta davlatgina emas, shu bilan birga, katta kulfat ham meros qoladi. Bag‗dod va 
xalifa Nosir bilan oshkora dushmanlik munosabatida bo‗lgan Tekeshning avlodi mamlakatda 
katta kuch bo‗lgan ruhoniylar madadiga, qo‗llab-quvvatlashiga umid bog‗lay olmasdi. Bundan 
tashqari, Tekesh Xorazmshoh qipchoq xonlari bilan quda-andachilik munosabatlari o‗rnatishiga, 
ular bilan ittifoq tuzganiga qaramay, bu munosabatlarda ham samimiyat yo‗q edi. Qipchoqlar 
istagan paytda xorazmshoh mulklarini talashi mumkin edi. 
Shunday qaltis siyosiy vaziyatda Tekeshning o‗g‗li Muhammad taxtga chiqadi. Otasi 
davrida Xurosonda noiblik qilgan (Nishopur) va bu o‗lkaning baland-pastini yaxshi bilgan 
Muhammad taxtni egallaganidan uch-to‗rt yil o‗tib, Xuroson mulklari hisobiga o‗z davlatini 
kengaytirish yo‗lini tutadi. 1203 yilda Xurosondagi oldingi mulklarini qaytarib olishga erishgan 
Muhammad 1204 yilda Bodg‗isni olib, Hirotni katta tovon to‗lashga majbur etadi. 
O‗z davlatini kengaytirgan va mustahkamlagan, kuchaytirgan va qudratini oshirgan 
Muhammad Bag‗doddan, xalifadan xutbada o‗z nomini qo‗shib o‗qitishni talab qiladi. Buni bir 
necha yil oldin uning otasi Tekesh ham talab etgan edi. Muhammad o‗z talabini nixoyatda qattiq 
va jiddiy yo‗sinda qo‗yadi. Xalifa Nosir Xorazmshoh elchilariga rad javobini beradi. Xalifalik 
bilan munosabat borgan sari keskinlashib ketadi. Xalifa ismoiliylar yo‗lboshchisi Jaloliddin 
Hasan bilan ittifoqlashib, uning moddiy quvvatlashi hisobiga o‗z dushmanlarini yo‗q qilish 
yo‗lini tutadi. Eng avvalo, Xorazmshohning Iroqdagi noibi O‗g‗ilmish o‗ldirib yuboriladi. 
Bu voqea, shubhasiz, Muhammad Xorazmshohning sabr-toqatini sinovdan o‗tkargan 
bo‗lak g‗arazlardan, tadbirlardan oshib tushadi. U endi xalifa Nosirning kimligini oshkor qilish 
yo‗lini tanlaydi. 1215 yilda G‗aznani olish vaqtida Xalifaning g‗uriylarni Muhammad 
Xorazmshohga qarshi qo‗ygani haqidagi xujjatlarni qo‗lga olganligini e‘lon qiladi. Muhammad 
Xorazmshoh o‗z mulklaridagi imomlardan Xalifaga zid bo‗lgan fatvo olishga erishadi. Unda 
Abbosiy xalifalarning Ali avlodiga, Husayn vorislariga tegishli bo‗lgan xalifalikni tortib 
olganligi, islom uchun kurash olib borayotgan Muhammad Xorazmshohga nisbatan fitna 
uyushtirganligi alohida ta‘kidlanadi. Ana shu fatvo asosida u Nosirni xalifalikdan bekor qilingan 
deb e‘lon qiladi. Xalifa nomi xutbalardan chiqarib tashlanadi. Muhammad Xorazmshoh xalifalik 
rutbasi Alo al-mulk Termiziyga taalluqli deb hisoblaydi va tangalarni uning nomidan zabt etib, 
xutbaga uning ismini qo‗shdiradi. Xorazmshox Bag‗dodga qiladigan yurishiga, shu tariqa, 
qonuniy tus berishga intiladi. 1217 yilda Muhammad Xorazmshoh Hamadondan Bag‗dodga 
katta qo‗shin yuboradi. Biroq Kurdiston tog‗lariga yetganda qo‗shin qor bo‗roni ostida qoladi va 
ko‗p cherik nobud bo‗ladi. Qo‗shindan oz sonli kishilar orqaga qaytib keladi. Bu tabiiy ofat 


63 
Muhammad Xorazmshohning obro‗sini tushirib yuboradi. Voqea turlicha talqin etiladi, 
Allohning Xalifa tomonida ekanligi zikr etiladi. 
Qo‗shin fojeasi Muhammadning xalifaga bo‗lgan adovatini aslo susaytirmaydi. 1218 
yilning fevralida (614 yil zulqa‘dasida) u Nishopurga qadam qo‗yar ekan, Nosirni o‗lgan deb 
e‘lon qiladi va yana nomini xutbadan chiqarib tashlatadi. Shunday hol Marv, Balx, Buxoro, 
Saraxs kabi shaharlarda ham amalga oshiriladi. Ammo Xorazm, Samarqand, Hirot kabi shaharda 
xalifaga nisbatan tutilgan bu yo‗l ma‘qullanmagan. 
Xalifa bilan Muhammad o‗rtasida nizo bir kunlik yoki bir yillik emas, balki otasi Tekesh 
davridan boshlangan va tobora yuqori nuqtaga ko‗tarilgan edi. Muhammad o‗zining Iroqdagi 
noibi O‗g‗ilmish o‗ldirilishiga javob sifatida 1216 yilda shayx Majdiddin Bag‗dodiyni qatl 
ettirgan edi. 
Muhammad Xorazmshoh davlatida uning islom poytaxti Bag‗dod bilan bo‗lgan 
muxolifligini ma‘qullamaydigan musulmonlar, ruhoniylar, din arboblari bo‗lgan. Ular yetarli 
darajada katta kuch edi. Buni Muhammad Xorazmshoh sezmasligi va unga qarshi javob choralari 
ko‗rmasligi mumkin emasdi. Buning ustiga onasi Turkon Xotun islomga, Bag‗dod ta‘siriga 
qattiq berilgan edi. 
XIII asr boshlarida Muhammad Xorazmshoh davlatida kechgan murakkab siyosiy 
voqealar shu mamlakatning bir parchasi bo‗lgan Qashqa vohasiga, uning shahar va qishloqlari 
taqdiriga ta‘sir ko‗rsatmay qolmas edi. Mo‗g‗ullarning keyinchalik Buxoro, Samarqand qatori 
Kesh va Nasafni, ko‗plab qishloq va qasabalarni vayron etishi va talashi bu ma‘voda xalqning 
bosqinchilarga qarshi kurashganligini, vatanparvarlik tuyg‗usi bilan sug‗orilganligini dalolat 
etadi. Mo‗g‗ullar istilosidan keyingi holat Qashqadaryo vohasidagi shahar va qishloqlarning 
aksariyati vayron etilganligini, ba‘zilari butunlay yer yuzidan yo‗q qilinganligini ko‗rsatadi. 
Bunday qismatdan Nasaf ham, Kesh ham benasib qolmagan. 
1219 yilning yozini Irtish yoqasidagi tekisliklarda o‗tkazgan Chingizxon shu joydan 
g‗arbga – Xorazmshoh mulklariga qarshi qo‗zg‗oladi. Qoyalik degan joyda unga qorluq, 
olmaliq, uyg‗ur lashkarlari ham qo‗shiladi. Bosqinchilar Xorazmshoh davlati chegaralari sari 
yaqinlashib kela boshlaydi. Mo‗g‗ul galalarining Muhammad Xorazmshoh davlatiga, uning 
chegara shahri va mustahkam istehkomi bo‗lgan O‗trorga hujumi 1219 yilning kuzagida, sentabr 
oyida yuz beradi. Muarrixlar O‗tror shahrining besh oy, qal‘aning esa olti oy qamalga dosh 
berganligini zikr etadilar. 
O‗trorning qahramonona himoyasi, uning qariyb yarim yilga yaqin cho‗zilishi muarrixlar 
keyinchalik chiqargan xulosalarning to‗g‗riligini ko‗rsatdi: agar Muhammad Xorazmshohning 
barcha harbiy kuchlari Sirdaryo bo‗yida, chegarada Chingizxonga qarshi yakdillik bilan 
mudofaaga o‗tganlarida edi, mo‗g‗ullarning shashti sinar, ularning qonli qadamlari kesilgan 


64 
bo‗lardi. O‗trorni yer bilan yakson qilgan mo‗g‗ullar Movarounnahr bo‗ylab yoyilib, hujum 
qilishga o‗tadilar. O‗tror yonida Chingizxon o‗z kuchlarini bir necha tumanlarga bo‗ladi. 
Uyg‗urlardan iborat qo‗shin shaharlarni qamal qilish uchun ixtisoslashtiriladi. Juchi boshliq 
bo‗lgan lashkar Sirdaryoning quyi tarafidagi mulklarni zabt etishga otlantiriladi. Yana bir 
qo‗shin daryoning yuqori qismiga jo‗natiladi. 5000 kishilik guruh Binokat va Xo‗jandga 
tashlanadi. Chingizxonning o‗zi o‗g‗li To‗luy bilan Buxoroga jo‗naydi. 
Chingizxonning katta qo‗shinni bu qadar mayda (5000) guruhlarga bo‗lib yuborishidagi 
jur‘at, uning Movarounnahr shaharlaridagi harbiy kuchlar sonini mukammal bilishi bilan 
izohlansa kerak. Masalan, Xo‗jandda Temur Malikning bori yo‗g‗i ming kishilik bo‗linmasi 
bo‗lgan. Mo‗g‗ullarning tezkor fathi sabablari ham ana shu – mamlakatga bir vaqtda yoyilib 
hujum qilish bilan bog‗liq edi. 
Mo‗g‗ul galalarining Movarounnahrda o‗ta ketgan vahshiyona qon to‗kishlari haqida 
yetarli darajada gapirilgan. Xitoy monaxi Chan Chun Samarqandning 400 000 kishilik aholisidan 
uch qismi qirilib, faqat bir qismi qolganligini aytgan edi. Buxoroning qismati ham shunday 
ayanchli bo‗lgan. Qamalning uchinchi kuni Buxoro qo‗shinining qolgan-qutgani qamalni yorib 
o‗tib, shaharni tashlab ketishga majbur bo‗ladi. 
Mo‗g‗ullarning yovuzligi shu darajaga yetadiki, ular masjidlarga otlar bilan kirib, 
muqaddas Qur‘onni toptaydilar. Bunga chidab turolmagan imom Jaloliddin Ali Zindiy o‗z 
g‗azab-nafratini jim turgan musulmonlarga qaratadi. O‗z davrining allomalaridan bo‗lgan 
Rukniddin Imomzoda mo‗g‗ullarning vahshiyligi haddidan oshib, asirlarni tahqirlab o‗ldirishiga, 
xotin-qizlarni olomon oldida sharmisor qilishiga chidab turolmaydi, ularga qarshi g‗azovot e‘lon 
qiladi, jangga kirishadi. Uning o‗g‗li ham mo‗g‗ullarga tashlanadi. Ular shu zahotiyoq 
o‗ldiriladi. Qozi Sadriddin ham teng bo‗lmagan kurashda halok bo‗ladi. 
Sulton Muhammad Xorazmshohning qismati naqadar ayanchli bo‗lganligini so‗zlash 
ortiqcha. Muhammad Xorazmshohning jasur, vatanparvar o‗g‗li Jaloliddin Manguberdi yov bilan 
uzoq olishadi. Sulton Muhammad Xorazmshoh Kaspiy dengizidagi Ashurada orolida 1220 
yilning dekabrida xastalanib, vafot etadi. O‗limi oldidan Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi qilib 
tayinlaydi. Mamlakatning va harbiy kuchlarning bo‗linib qolishida asosiy o‗rin tutgan Turkon 
Xotun, qachonki mo‗g‗ullar Xorazmga yaqinlab kelgandan so‗ng falokatning ko‗lamini anglab 
yetgan ko‗rinadi. Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‗ra bu paytda Urganchda uning qo‗l ostida 90 ming 
kishilik qo‗shin bo‗lgan. Talvasaga tushgan Turkon Xotun mo‗g‗ullarga qarshilik ko‗rsatishni 
ham o‗ylab ko‗rmaydi. Unga Chingizning yo‗llagan bir maktubi kifoya qiladi va Mazondaron 
sariga jo‗nab ketadi. Turkon Xotun qochishdan oldin saroyda bo‗lgan, garov tariqasida tutib 
turilgan shahzodalarni tunda Amudaryoga cho‗ktirib yuboradi. 


65 
Gurganj xarob bo‗lishi bilan xorazmshohlar davlati quladi va Movarounnahr ulkan 
Chingizxon imperiyasining bir qismi bo‗lib qoldi. Lekin kurash davom etaverdi. Chingizxon 
barcha jonli narsalarni yoki kelajakda qarshilik ko‗rsatish kuchlari paydo bo‗lishiga olib kelishi 
mumkin bo‗lgan barcha narsalarni yo‗q qilib tashlashga intilib, xorazmshohlar mulkidagi hayot 
qoldiqlarini barbod qilardi. Urush harakatlari Xurosonga ko‗chirildi. Mo‗g‗ullar 1221 yil yozi va 
kuzida Balx, Termiz, Marv, Nishopur, Hirot va boshqa qal‘alarni bosib oldilar. Bu shaharlarning 
qariyb butun aholisi yo‗q qilindi. Turkan xotin tayanchi bo‗lgan Mazondarondagi qal‘alar ham 
egallandi. Turkan xotin mo‗g‗ullarga taslim bo‗lib, Mo‗g‗ulistonga olib ketildi va o‗limigacha 
Chingizxon xotinlari dasturxondagi sarqitlar bilan ovqatlanib, ularga xizmat qildi. Bu hukmdor, 
qasoskor va makkor ayol o‗z umrini to‗la qashshoqlik hamda xorlikda yashab tugatadi. 
Mo‗g‗ullar Turkistonning Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo‗jand, Termiz kabi ulug‗vor 
shaharlarini O‗trordan so‗ng vayrona holiga keltirganlar. Istilo davrida nisbatan kichik shaharlar, 
qasabalar, qishloqlar taqdiri qanday bo‗lgan? Tarixiy asarlarda mo‗g‗ullar butkul yakson qilgan 
va yuqorida nomlari zikr etilgan joylardan bo‗lak bosqin girdobida qolgan manzillar xaqida 
deyarli so‗z yuritilmagan. Buni Qashqadaryo vohasidagi shahar va qishloqlar misolida xam 
aytish o‗rinli bo‗ladi. 
Mo‗g‗ullar boskiniga qadar Qashqa voxasining quyi qismida Nasaf (Naxshab), Bazda, 
Kasbi, Koson, Fudina singari taraqqiy qilgan yirik axoli manzillari – shaharlar, qasabalar, 
qishloqlar ko‗p edi. Ayniqsa, Nasaf IX asrdan to - XIII asr boshlariga qadar har jihatdan rivoj 
topadi. Nasafda shahar hayoti yuksalib, hunarmandchilik keng quloch yoygan, ilm-fan, 
madaniyat yuqori pog‗onaga ko‗tarilgan. Mo‗g‗ullar bosqiniga qadar, noma‘lum sabablarga 
ko‗ra, Kesh va uning tevarak-atrofi tanazzulga uchraydi va uning o‗rniga Nasaf gullab-yashnay 
boshlagan.
Mo‗g‗ullar bosqini yillarida Nasafning ahvoli qanday bo‗lgan, bu haqda manbalarda 
aytarli fikrlar uchramaydi. V.V.Bartold, masalan, Nasaf mo‗g‗ullar tomonidan qanday 
olinganligi haqida mutlaqo to‗xtalmagani holda, bu joyning Chingizxon tomonidan bir muddat 
qarorgoh qilib turilganligini aytib o‗tadi: «Chingizxon 1220 yilning bahoriga kelib, 
Movarounnahrni o‗z mulki deb hisoblashi mumkin edi va tinch hayotni tiklash uchun tadbirlar 
ko‗radi. Samarqanddan Buxoroga mo‗g‗ul noibi sifatida No‗shabasqoq yuboriladi va u viloyatni 
boshqarishni qo‗lga oladi. Yozni Chingizxon Nasaf tegrasida o‗tkazib, qo‗shindagi otlarga dam 
beradi. Keyinlar ham Nasaf va uning tevarak-atrofi mo‗g‗ul harbiy boshliqlarining yozlov uchun 
yoqtirgan joylari bo‗lib qoladi»
1

Tarixiy asarlardagi ba‘zi xabar va ishoratlarga ko‗ra, mo‗g‗ullar Samarqandni qatliom 
qilgandan so‗ng, janubdagi asosiy manzillardan bo‗lgan Nasafga yurish boshlaganlar. Buni 
1
Бартольд В.В. Соч.1. 494-bet. 


66 
Herman Vamberining «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi» asari misolida anglash mumkin. 
Movarounnahrdagi asosiy kuchlar Samarqandda mahv etilgach, mo‗g‗ullar o‗zlarini g‗olib deb 
hisoblashlari uchun hech narsa mone‘lik qilmasligini yaxshi bilganlar. Shunga qaramay, 
Samarqand janubidagi shaharlarni zabt etish ishlariga Chingizxonning o‗zi boshchilik qiladi. 
«Butun Movarounnahr zabt etildi, - deb hikoya qiladi Herman Vamberi, - Samarqandning 
janubida atigi bir necha shahar qolgan edi. Askarlarni dam oldirib, ko‗p yurib horigan otlarga 
Zarafshon bo‗ylarida yem berib, oziqlantirgandan so‗ng, Chingizxon qolgan shaharlarni olishga 
shaxsan o‗zi ketdi. U avval Naxshab (Qarshi)ga bordi. Shahar darvozalari ixtiyoriy ochib berildi. 
Bu makon Chingizga yaylov xizmatini o‗tadi. Undan keyin u Termizga ketdi»
1

Nasaf va uning tevarak-atrofi Chingizxonga va undan keyingi mo‗g‗ul sarkardalariga 
manzur bo‗lishi bu yurtning keng, mo‗l o‗tloqlari, yer osti suvining yaqinligi, obi havosining 
sofligi bilan bog‗liq bo‗lgan esa, ajabmas. Nasaf va uning tevarak-atrofi deyilganda, shubhasiz, 
unga yaqin bo‗lgan katta-kichik manzillar ko‗zda tutiladi. Mo‗g‗ul qo‗shinlarini yem-xashak, 
oziq-ovqat bilan ta‘minlash uchun o‗ziga to‗q qasabalar, qishloqlar tanlangan, qarshilik 
ko‗rsatgan manzillar vayron etilgan. 
1220 yilda Qashqa vohasidagi ikki asosiy shahar Nasaf va Kesh mo‗g‗ullar tomonidan 
bosib olindi. Yilnomalarda mo‗g‗ullar istilosidan keyin kechgan yillar talqin etilmagan. Ayrim 
manbalarda Qashqa vohasidagi bu ikki asosiy shahar nomi bilvosita tilga olingan o‗rinlar ham 
kam uchraydi. 
Markaziy Osiyodagi mo‗g‗ullar hukmronligi XIV asrning birinchi yarmi oxirlariga kelib 
zavol topadi. Chig‗atoy xonlarining Turkistonda 125 yildan oshiqroq davom etgan saltanat 
intihosi taxt uchun bo‗lgan o‗zaro kurashlar, istilochilar bir umr qilich kuchi bilak yo‗qota 
olmagan ozodlik harakatining har qachongidan shiddatli tus olishi bilan izohlanadi.
Hozirga qadar tarixshunosligimizda Chig‗atoy avlodi qo‗lidan hokimiyatni tortib olishga 
muvaffaq bo‗lgan, ozodlik yalovini ilk bor ko‗targan ajdodlarimiz haqida deyarli gapirilmagan. 
Mo‗g‗ul istibdodiga chek qo‗ygan vatanparvarlar atay unutib kelingani bor haqiqat edi. 
Turkistonda Chingizu Chig‗atoy avlodiga birinchi bo‗lib qo‗l ko‗targan, turkiy amirlarni ularga 
qarshi uyushtira olgan mardonavor shaxs amir Qazog‗on bo‗lgan edi. 
Amir Qazog‗onning Xitoydan Arabistonga qadar bo‗lgan ulkan hududda hukm 
surayotgan, zulmni haddan oshirgan Chingiz xonzodalariga, uning qudratli bir shoxobchasi 
bo‗lmish Chig‗atoy avlodiga qarshi erk yalovini ko‗tarishi, kuch bilan davlat jilovini olishga 
intilishi o‗sha davr nuqtai nazaridan mo‗jiza edi. Chig‗atoy nasabi uchun halokatli, Turkiston 
xalqi uchun ozodlik ibtidosi bo‗lgan bu harakat yuz berguniga qadar xalqimiz uzoq vaqt asoratda 
qolib, bemisl zulmni, xo‗rlik va kamsitishlarni boshdan kechirdi. Mahmud Torobiydan so‗ng, bu 
1
Vamberi H. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. 25-bet. 


67 
o‗lkada mo‗g‗ul kelgindilariga qarshi ochiq bosh ko‗tarishlar bo‗lmagani singari, bu yo‗lda 
o‗zini fido qilguvchi, yorqin ko‗zga tashlanib turuvchi yo‗lboshchilar ham chiqmagan edi. Bu 
ham mo‗g‗ul istilochilarining mamlakatni egallagan dastlabki yillardayoq isyonlar poyini qirqib, 
ashaddiy qirg‗in yo‗lini tanlaganligi bilan izohlanadi. Biroq, mo‗g‗ullar qanchalik qatag‗on 
siyosatini olib bormasinlar, Turkiston xalqida, mustamlakaga, qulga aylantirilgan mamlakatda 
mo‗g‗ullardan norozilik kayfiyati bir zum ham pasaymagan edi. Turkiy urug‗ va qavmlarning 
ilg‗or qismi, islom arboblari elning ko‗z yoshlaridan sug‗orilgan yerlarda nishlagan ozodlik 
urug‗ini avvaylab parvarish qilayotganlarga bosh-qosh bo‗lgan edilar. 
Muarrix Muiniddin Natanziy «Muntaxab ut-tavorixi Muiniy» degan asarida amir 
Qazog‗on haqida tafsilliroq ma‘lumot beradi: «Qozon sulton qonxo‗rlikni haddidan oshirib, katta 
amirlar qatliga qo‗l ura boshlagach, Qazog‗on no‗yon unga qarshi isyon ko‗tardi va ikki marta u 
bilan jang qildi. Ikkinchi jangda u Qozon sultonni o‗ldirdi va mamlakat ixtiyorini qo‗lga kiritdi. 
Chunonchi... ixtiyorsiz podsholarni taxtga o‗tirg‗izib, inon-ixtiyorni tamomila o‗z qo‗liga oldi». 
Amir Qazog‗onni Muiniddin Natanziy «qorag‗unos» qavmidan, deydi. Boshqa 
manbalarda uning qaysi turkiy urug‗dan ekanligi tilga olinmagan. Turkistonda o‗troqlashgan 
mo‗g‗ullarni, Yettisuvdan ko‗chib kelib o‗rnashgan turkiy qavmlarni ichki Mo‗g‗ulistonda 
«qarounos» (qorag‗unos, qoravunos shakllari ham uchraydi) deb ataganlar. Bu so‗zni 
V.V.Bartold duragay, turli kishilar aralashuvidan vujudga kelgan qalang‗i-qasang‗ilar, deb 
tarjima qilgan. Ichki Mo‗g‗ulistondagi mo‗g‗ullar o‗z qavmdoshlarini ham, Turkistonning 
sharqiy hududlaridan ko‗chib o‗tgan turkiy fuqarolarni ham birvarakayiga «qarounos» atab, 
ularning mahalliy xalq bilan qo‗shilib ketishi, til va dinni qabul qilishini shu so‗zda haqoratomuz 
ifoda qilganlar. Turkistonda o‗rnashib qolgan, tili ham, dini ham mahalliylashgan mo‗g‗ullar, 
turkiylar buning aksicha, ichki Mo‗g‗ulistonda yashovchilarni «Jeta» (Jata) deb ataganlar. 
Amir Qazog‗on qarounnoslardan bo‗lib, uning avlodi vaqtida Yettisuvdan Turkistonga 
kelib o‗rnashib qolgan turkiy aholidan edi. Amir Qazog‗onning Amudaryo bo‗yidagi Munk va 
Soli Saroyda hokimiyat qilganini hisobga olganda, uning bu joylarda o‗rnashgan qo‗ng‗irot 
qavmidan ekanligini taxmin qilish mumkin bo‗ladi. 
Amir Qazog‗on Turkistonda mamlakat jilovini qo‗lga olgach, hokimiyatni 
mustahkamlash yo‗lida qator tadbirlar qabul qiladi. Eng avvalo, nomigagina qo‗yilgan soxta xon 
huzuriga «ayg‗oqchilarni mulozim va soqchilar» sifatida tayinlab, uni qattiq nazorat ostiga oladi. 
Chunki, soxta xon saroyi hali katta quvvatga ega bo‗lgan mo‗g‗ullar uchun fitna o‗chog‗i 
bo‗lishi ehtimoldan xoli emas edi. Bu tadbir, ikki yil o‗tar-o‗tmas mamlakatda barqarorlik 
o‗rnatilib, fitnachilar dimog‗ini sharorat tark etib, yomonliklar bosilishiga sabab bo‗ladi. Aftidan, 
Doshmancha (Donishmandchi, Doshmanchi shakllari ham bor) qing‗ir ishlarga ruju qila 
boshlagan shekilli, ikki yil o‗tar-o‗tmas uni O‗qtoy qoon naslidan degan ayb qo‗yilib, shahid 


68 
qilinadi. Amir Qazog‗on uning o‗rniga endi Chig‗atoy urug‗idan bo‗lgan Bayonqulini 
«xon»likka ko‗taradi. Bayonquli o‗zini amir Qazog‗onning nadimidek tutgan. 
Muiniddin Natanziy amir Qazog‗onning oltmish yil umr ko‗rganligini aytib o‗tadi. U o‗n 
ikki yil hokimiyat tepasida bo‗ladi. Mulklarni kengaytirish maqsadida Hirotni olish uchun bir-
ikki marta yurish qiladi. Amir Qazog‗on o‗limining sababini muarrix shunday talqin etadi: 
«Qutlug‗ Temur nomli shaxs Amir Qazog‗on xotini Turkon Og‗oning singlisiga uylangandi. O‗z 
xazoralariga jabr-zulm qilgani uchun Qazog‗on uni amirlikdan ma‘zul qilgandi. Og‗o uning 
gunohini kechirishni so‗rab harchand iltimos qilmasin, inobatga olmadi. O‗zini qattiq xo‗rlangan 
deb hisoblagan Qutlug‗ Temur Amir Qazog‗onga qasd qilib, pistirma qurdi. Bir kuni ozgina 
kishi bilan lochin uchurmoq uchun otlanganda, Qutlug‗ Temur fursat topib, uni shikorgohda 
o‗ldirdi. Osoyishta mamlakat bu ish qabohatidan junbushga keldi. Umaro ul ko‗rnamakni qo‗lga 
olib, pora-pora qilishdi va Amirzoda Abdulloni Amir Qazog‗on o‗rniga hukumat tepasiga 
qo‗ydilar». Shu tariqa asriy kurashlar va qonlar to‗kish bilan qo‗lga kiritilgan ozodlik 
yalovbardori halok bo‗ladi. Xalq erki yana tahlika ostida qoladi. 
Amir Qazog‗onga qilingan suiqasddan so‗ng, taxtga kelgan uning o‗g‗li amirzoda 
Abdullo mamlakatni idora qilishga noloyiq bo‗lib chiqadi. Uning halokatli qusuri otasi o‗rnatgan 
tartiblarga amal qilmaslik edi. Abdullo davlat tizginini qo‗ldan chiqarib, hokimiyat ishlarini 
butunlay bo‗shashtirib yuboradi. Oqibatda, saltanat asoslari tamomila izdan chiqadi, beozorligi 
bilan tanilgan Bayonqulini asossiz o‗ldirib yuborishi amirlarning undan qaytishiga sabab bo‗ladi. 
Muinddin Natanziy shu haqda so‗zlar ekan, ana shu voqea sabab, «barcha katta amirlar 
vahimaga tushdilar va bayakbor itoatsizlik alomatlarini ko‗rsata boshladilar. Hatto Amir Bayon 
Sulduz va Amir Hoji Barlos birgalikda isyon ko‗tarib Amirzoda Abdullo ustiga keldilar va jangu 
jadalsiz uni qo‗lga olib shahid qildilar. Mashhur Amir Qazog‗on naslidan yana kimki qo‗lga 
tushgan bo‗lsa, barchasini o‗ldirdilar», - deydi. 
Amir Abdulloning bir yilga ham yetmagan hokimiyati fojeiy yakun topadi. Amir 
Qazog‗on avlodidan ikki kishi qutilib qoladi - nabirasi amir Husayn Qunduz va Bag‗lon tarafga 
qochadi. Abdulloning ukasi Mahmud esa Mo‗g‗ulistonga ketib, jon saqlaydi. 
Amir Qazog‗on mulklari Bayon Sulduz qo‗liga o‗tadi. Amir Bayon Sulduz kutilmagan 
hokimiyatga erishganidan so‗ng ayshu-ishratga, sharobxo‗rlikka ruju qiladi. Mamlakatni idora 
qilish ishlari o‗z holiga tashlab qo‗yiladi, natijada, bosh-boshdoqlik yuz beradi, parokandalik 
kuchayib ketadi. Amirlar bir-biriga ishonmaydigan bo‗lib, o‗zaro qasdlashuv shiorga aylanadi. 
Amir Bayon Sulduz bilan mamlakat birligi deb Amir Abdullo adabini berib qo‗yishda asosiy 
ishtirokchi bo‗lgan Amir Hoji Barlos ham undan yuz o‗giradi. Turkiy qavmlar amirlari Bayon 
Sulduz hokimiyatini tan olmaydilar. Amir Boyazid jaloyir qavmiga bosh bo‗ladi, Kesh va Qarshi 
mulklari Amir Hoji Barlosga tobe bo‗ladi. Yasavur qavmini Amir Xizr, Andxuy va Shibirg‗onni 


69 
Hamidxo‗ja nayman o‗z qo‗llariga oladi. Shohmuhammad Badaxshiy Ko‗histonda 
mustahkamlanib, lashkar yig‗ish, shu viloyat amirligini ta‘ma qilish bilan mashg‗ul bo‗ladi. 
Yurtni bo‗lib olish ko‗pkarisidan Amir Kayxisrav bilan Amir Uljoytu Apardi ham chetda 
qolmaydi. Ular ittifoq tuzib, Xatlonni egallab oladilar. 
Amir Qazog‗on dovyurakligi, donishmandligi tufayli mo‗g‗ul hukmdorlaridan o‗n ikki-
o‗n uch yil burun qo‗lga kiritilgan yurt ozodligi, mustaqilligi shu tariqa xomtalash qilinadi. 
Turkistonda o‗sha yillarda o‗ta darajadagi hokimiyat tanazzuli sodir bo‗lgan edi. 
Bo‗riboy Ahmedov Turkistonda XIV asr o‗rtalarida sodir bo‗lgan voqea-hodisalarga, 
mo‗g‗ullar bilan olib borilgan kurashlar mohiyati haqida gapirib: «XIV asr o‗rtalariga kelib 
Chig‗atoy ulusining g‗arbi janubiy qismini tashkil etgan Movarounnahrda feodal tarqoqlik 
yanada kuchli tus oladi. Bu ayniqsa, Qazog‗on vafotidan (1358 yili) keyin kuchayib ketdi. 
Mamlakat mayda-mayda qismlarga bo‗linib ketdi. Masalan, Shahrisabzda Hoji Barlos 
mustaqillik bayrog‗ini ko‗tardi, Xo‗jandda Boyazid jaloir mustaqillik e‘lon qildi, Balxda amir 
Husayn xon qilib ko‗tarildi»
1
, deydi. 
Mo‗g‗ul hukmdorlarining uzoq davom istibdodidan so‗ng, erkka tashna bo‗lgan yurt 
uchun bu sa‘y-harakatlar tushunarli. Garchi tarqoq, o‗zaro birikmaslik tarzida bo‗lsa-da, ozodlik 
kurash ining ommaviy tus olishi dalilining o‗zi katta ahamiyat kasb etadi. So‗zning to‗la 
ma‘nosidagi mustaqillik, ozodlik yo‗lida bu xildagi «mustaqillik bayrog‗ini ko‗tarish»lar milliy 
ehtiyojdan kelib chiqqan tayyorgarlik pog‗onalari edi. 
 
1
Ahmedov B. O‗zbekiston tarixi manbalari. 94-bet. 


70 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish