O„zbekiston tarixi kafedrasi


-MAVZU: SOVETLAR HUKMRONLIGI YILLARIDA QASHQADARYO VOHASI



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

14-MAVZU: SOVETLAR HUKMRONLIGI YILLARIDA QASHQADARYO VOHASI 
(1917-1991 YILLAR) 
 
Reja: 
1.
Qashqadaryo vohasida sovet rejimining o‗matilishi. 
2.
Sovet hokimiyatining vohadagi iqtisodiy-ijtimoiy siyosati 
3.
Sovet davlatining O‘rta Osiyo respublikalariga olib borgan siyosati va ularning 
Qashqadaryo vohasiga ta‘siri. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
RSFSR xalq komissarlari kengashi, .V.Kuybishev, 
M.V.Frunze, Sh.Z.Eliava, Y.E.Rudzutak, Turkkomissiya, ―Yosh Buxoroliklar‖, F.Xo‗jayev, 
Samarqand-Buxoro fronti, Amir Sayyid Muhammad Olimxon, Anvar posho, Qashqa vohasida 
«bosmachilik» harakati, quloqlashtirish, yer-suv islohoti, qatag‗on siyosati, ikkinch jahon urushi, 
―qayta qurish‖. 
 
Turkistonning asosiy qismini egallab olgan sovetlar Buxoro xonligini qo‗lga kiritishga 
butun diqqat-e‘tiborni qaratadi. 1919 yilning noyabr oyida Rossiya kommunistik (b) partiyasi 
Markaziy qo‗mitasi, Butun Ittifoq Markaziy ijroiya qo‗mitasi va RSFSR xalq komissarlari 
kengashining Turkiston ishlari bo‗yicha komissiyalari Buxoro xonligida «xalq inqilobi»ni 
amalga oshirish uchun qattiq kirishadi. Komissiya tarkibiga Komfirqa va sovet rahbarlaridan 
V.V.Kuybishev, M.V.Frunze, Sh.Z.Eliava, Y.E.Rudzutaklar kiritilgan edi. 
Turkkomissiya oldiga, «Turkistonni sovet sharqida namunali respublikaga aylantirishdek, 
Buxoro va Xivaning zulmga asoslangan rejimdan xo‗rlangan xalqlari ommasining amir va 
xonga, shuningdek, ular yurtini Britaniya imperiyasi mustamlakasiga aylantirmoqchi 
bo‗layotgan ingliz imperialistlariga qarshi olib borayotgan ozodlik kurashiga qardoshlik yordami 
ko‗rsatishdek tarixiy ahamiyatga molik vazifa» qo‗yilgan edi. 
Buxoro xonligi, sovet mustabidlarining fikricha, bu vaqtda O‗rta Osiyoda inqilobga 
qarshi harakatning tayanchiga aylangan edi. Shu sababli ham, Tukkomissiya o‗z e‘tiborini, 
birinchi navbatda, Buxoroga qaratdi. Sovetlar bu vaqtda Angliyaning aralashuvidan qattiq 
cho‗chiyotgan edi. 
Turkkomissiyaning amir Sayyid Olimxon bilan 1920 yil 7 yanvarda, 30 martda olib 
borgan muzokaralari xonlik bilan sovetlarning yaqin munosabatlar o‗rnata olmasligini 
ko‗rsatadi. Amir sovetlarning asl maqsadini – butun Turkistonga egalik qilish niyatini yaxshi 
bilar, bu maqsadning Buxoro va Xivaga nisbatan kechikayotganligi xonliklarga Angliya, 
Turkiya, Eron kabi davlatlar hayrihoh ekanligi bilan bog‗liq edi. 
Amir Olimxonning fikri yodi qo‗shinni ko‗paytirish, mudofaani mustahkamlashda edi. 
Shu vaqtgacha turib bergan Xivaning Sho‗rolar qo‗liga o‗tganligi xabari uni qattiq o‗ylatib, 
favqulodda tadbirlar ko‗rishini tezlashtirib yuboradi. Endi bu Turkiston zaminida Sho‗ro bosib 
olmagan birgina xonlik Buxoro va egallanmagan birgina taxt uniki qolgan edi. Keyingi uch yil 


122 
(1917–1920 y.) davomida qo‗shinlar safi muntazam ravishda oshirilib borildi, inglizlardan sotib 
olingan miltiqlar adadi ham necha o‗n mingga yetadi.
1920 yilning 12 iyuli kuni qilingan hisob amirning 13220 otliq, 12000 piyoda sipohi 
borligini ko‗rsatadi. Xonlikning Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Chorjo‗y, Termiz, SHerobod, 
Dushanbe kabi bekliklarida 70 ming ko‗ngilli harbiy harakatlarga taxt qilib qo‗yilgan edi. 
Ko‗ngillilarni qurollantirish og‗ir masala edi. Amir Olimxon bu bobda chetning yordamiga umid 
bog‗layotgan bo‗lsa–da, va‘dalarning bajarilishiga ishona olmasdi. 
SHo‗rolarning Butunittifoq Markaziy ijroiya qo‗mitasi Turkiston hay‘ati bilan RSFSR 
xalq komissarlari Kengashi Toshkentda yig‗ilish ustiga yig‗ilish qilib, Buxoroni zabt etish 
masalasini ko‗rar, istiloning cho‗zilib borayotganidan Petrograd juda bezovta edi. M.Frunze 
1920 yilning 1 avgustida V.I.Leninga bergan telegrammasida sustkashlik sababini, Buxoroda 
xalq ommasining «siyosiy huquqsizligi va omiligi bois, ichki inqilobiy vaziyat juda sekin 
yetilayotganligi» bilan bog‗laydi. Telegrammalarda «xalq amir tuzumidan norozi» deyilsa ham, 
Buxoroda ommaning M.Frunzega ko‗zi uchib turmaganligi siyosiy huquqsizlik, inqilobiy 
ongning pastligi kabi qizil iboralar bilan xaspo‗shlanadi. SHo‗ro, shu tariqa Buxoro xonligini 
yakson etishni «ichki inqilobiy portlash» bayrog‗i ostida amalga oshirishni ko‗zda tutgan edi. 
Turkiston Fronti qo‗mondoni M.Frunze 1920 yilning 30 iyulida «Amirlikning bundan 
keyin hukm surishi tashqi siyosatda ortimizda tayanch hududni ta‘minlashga imkon bermaydigan 
darajada qo‗l–oyog‗imizni bog‗lab qo‗yadi, o‗lka ulamolarining millatchilik ruhidagi 
aksilinqilobiy umidlarini mustahkamlab, Turkistonda olib boradigan ichki qurilishlarimizga 
to‗sqin bo‗ladi. Frontimizning Inqilobiy kengashi masala yechimini yaqin orada hal etish 
qarorida», degan fikrga keladi. 
Qo‗mondon xonlikni bosib olish rejasini pishitgan edi. Poytaxt Buxoroga hujum 
qilishdan 3–4 kun avval, 1920 yilning 28 avgustida mustahkam bekliklar hisoblangan Kitob, 
Shahrisabz va Qarshiga kutilmaganda hujum uyushtirish mo‗ljallangan edi. Bu harbiy to‗lg‗ama 
amirning diqqatini poytaxt mudofaasidan chalg‗itishni ko‗zda tutar edi. 
1920 yil 12 avgustda bolsheviklar amirlikni tugatish maqsadida Samarqand-Buxoro 
frontini tuzadi. 1920 yil 21 avgustda Turkiston fronti qo‗mondoni RSFSR harbiy ishlar xalq 
komissari nomiga telegramma yo‗llab, Buxoroni bosib olishga hamma narsa tayyor ekanini 
ma‘lum qilganida, RSFSR milliy ishlar xalq komissari I.Stalin bu telegrammaga «Zudlik bilan 
harakat qiling», deb rezolyutsiya qo‗yadi. 
Inqilobiy qo‗mita xonlikning ko‗pgina hududlarida tashviqot–targ‗ibotni kuchaytirgan, 
norozi kayfiyatdagi kishilarni og‗dirib, ularni xo‗fiyona qurollantirish harakatiga tushgan edi. 
Yosh buxoroliklar SHo‗ro bilan ittifoqlashib, bu ishlarda ularga faol yordam berishga kirishib 
ketgan edi. Amirning xavfi ulardan edi. Yosh buxoroliklar zaif o‗rinlarni yaxshi bilar, ular 


123 
qadami yetmagan hudud yo‗q edi. 1918 yilda tuzilgan Buxoro firqa qo‗mitasi ham amirlikka 
qarshi pinhona kurashni borgan sari kuchaytirayotgan edi. 1919 yilda bu qo‗mitaning 37 yashirin 
tashkiloti tuzilgan bo‗lib, shundan 13 tasi amir lashkarlari tarkibida edi. 
Yosh buxoroliklar qurolli qo‗zg‗olonni boshlab yuborishga qanchalik da‘vat qilmasin, 
SHo‗ro go‗yoki ularning chiqishlarini rad etgan bo‗lib, vaqtdan yutishni, amirlikning asosiy 
tayanch manzillarini bosib olishga kuch to‗plashni rejalashtirgan edi. 1918 yil martidagi Kolesov 
mag‗lubiyatidan keyingi tayyorgarlik, shu tariqa, 1920 yilning avgusti oxirida nihoyasiga yetadi. 
Amir Sayyid Olimxonning bu harakatlardan xabari bo‗lmagan, deyish nojoiz. U SHo‗roning 
hujum xavfini Samarqanddan Qashqa vohasiga, Kitob, Shahrisabz va Qarshiga uyushtirilishini 
kutardi. Shu sababdan Taxta Qoracha dovonida mudofaa quvvati kuchaytiriladi, merganlar, 
sipohlar soni oshiriladi. 
SHo‗ro tashviqoti tinim bilmaydi. Qishloqlarda, «amirni ag‗darib tashlasak, uning yerlari, 
xazinasi, moli mulki, boylarning, amaldorlarning butun yer–suvi, boyligi kambag‗allarga, 
yersizlarga bo‗lib beriladi, yer solig‗i, xiroj solig‗i, barcha soliqlar butunlay man‘ etiladi», degan 
gap–so‗zlar ovoza qilinadi. Targ‗ibotlarga uchganlar ham bo‗lgan. Lekin, uning eng katta ta‘siri, 
aksar ommani voqealarga faol aralashishdan tiyib turishda bo‗lgan. 
Inqilobiy qo‗mita, 1920 yil yozining oxirlarida, «birodarlar, eski tuzum tarafdorlarining 
hammasini o‗ldiring, Buxoro qizil armiyasi safiga kiring», deb oshkora tashviq qilishga o‗tadi. 
1–Turkiston otliq diviziyasi 1920 yilning 28 avgusti kuni Taxta Qoracha dovoniga hujum 
boshlaydi. Amir sarbozlari SHo‗ro qo‗shiniga qarshi jangga kiradi. Ikki tomon ham yaxshi 
qurollangan bo‗lsa–da, SHo‗ro jangarilari ish ko‗rgan, yaqindagina Xorazm xonligini qonga 
botirib, urush hadisini olgan edi. SHo‗ro otliq diviziyasi Kitobni, Shahrisabzni egallagach, birin–
ketin Yakkabog‗, Chiroqchi, Qarshi ham qo‗lga olinadi. 
Viloyat markazi Qarshini qizillar egallagach, butun harbiy kuch Buxoroga tashlanadi. 
Qarshida oz sonli garnizon qoldiriladi, lekin u shaharni idora qilishga qodir emasdi. SHo‗ro 
butun diqqat–e‘tiborini amir Sayyid Olimxonni ag‗darib tashlashga, xonlik poytaxtini qo‗lga 
olishga qaratgan edi. 
Qizil armiya kuchlari 1920 yilning 1 sentabri tonggida Buxoroga keng qamravli hujumni 
boshlaydi. Xuddi shu – 1–sentabr kuni «Izvestiya»da Buxoro inqilobi haqida maqola bosilib, 
go‗yo Buxoro xalqi eski tuzumni ag‗darib tashlashga tayyor bo‗lganligi mahobat qilinadi. Bu 
bilan SHo‗ro jahon afkor ommasi oldida, o‗zining Buxoro xonligiga qarshi amalga oshiradigan 
hurujini xaspo‗shlab, boshni kesadigan bolta sopini o‗zidan chiqarishga ochiq-oydin intilgan edi. 
Xonlikning iqtisodiy va harbiy tayanchi hisoblangan Qashqa vohasining bosib olinishi 
amir Sayyid Olimxonning ishonch va umidlarini tilka–pora qilib yuboradi. Shundan so‗ng, 
Buxoro mudofaasiga bemisl darajada qattiq tayyorgarlik ko‗rilganiga qaramay, amir Sayyid 


124 
Olimxon o‗z yaqinlaridan sanoqli kishilar bilan maxfiy mashvarat o‗tkazgan va Buxoroni tashlab 
chiqish taklifini qabul qilgan edi. 
2 sentabr Buxoroda qora tong otgan kun bo‗lgan edi. M.Frunzening buyrug‗i bilan 
aeroplanlar qadimiy shaharni, amirning qarorgohi bo‗lgan Arkni, masjid va madrasalarni, 
bozorjoylarni–odamlar gavjum nuqtalarni ayavsiz bombardimon qilishni boshlaydi. 1920 yilning 
2 sentabrida Turkistondagi oxirgi xonlik poytaxti Buxoro sovetlar qo‗liga o‗tadi. Sovetlar shu 
tariqa uch xonlik hududlarini o‗z tasarrufiga olishga muvaffaq bo‗lgan edi. 
Amir Sayyid Olimxon Buxoroga qilinadigan hujumdan bir–ikki kun avval o‗z yaqinlari, 
eng sodiq, eng ishonchli kishilari, mulozimlari, sipohlari bilan Qarshiga, shahar begi 
Tog‗aybekning Haramsaroydagi yozlik qarorgohiga kelib qo‗ngan edi. Qarshi 2–3 kun burun 
Qizillar tomonidan egallangan bo‗lsa–da, uni boshqarish yo‗lga qo‗yilmagan, asosiy harbiy 
kuchlar Buxoro istilosiga jalb etilgan edi. Muvaqqat vaziyat Buxorodan qochib kelgan amirning 
Qarshida bir necha kun qolishiga ham imkon bermas edi. Buxoroni zabt etgan bolsheviklar, erta–
indin uning izidan tushib Qarshiga yetib kelishi aniq edi. Shu boisdan, Qarshining 
Haramsaroyida tezlik bilan mashvarat o‗tkaziladi. Vaqt tig‗iz bo‗lganligi boisidan Kitob, 
Shahrisabz, Yakkabog‗, Chiroqchi, Dehqonbod kabi joylardan ko‗pgina atoqli boylar, dodholar, 
qoravulbegilar xabarsiz qoladi. Ularga amirning farmoni yetkiziladigan bo‗ladi. 
Amir Sayyid Olimxonning Qarshida o‗tkazgan so‗nggi kengashida taxtga sodiq bo‗lgan 
beklar, sarkardalar, boylar, ruhoniylar, eshon va mullolar, eng kerakli deb hisoblangan 
kishilargina qatnashgan. 
Mang‗it sulolasi to amir Sayyid Olimxonga qadar xonlikning Samarqand, Jizzax, 
O‗ratepa, Katta Qo‗rg‗on kabi hududlarini Chor Rossiyasiga berib qo‗ygan bo‗lsa–da, buyog‗i 
Sharqiy Buxoroni–Dushanbeni qamravchi katta mulklarni idora qilib kelgan edi. 
XX asr boshlarida Turkiston mintaqasida yuz bergan shiddatli siyosiy va harbiy 
jarayonlar Buxoro amirligi, xususan, Qarshi vohasi hayotini ham tubdan o‗zgartirib yubordi. Bu 
hodisalar, bir tomondan, asrlar davomida hukm surib kelgan an‘analar va turmush tarzini larzaga 
keltirib, ularni izdan chiqargan bo‗lsa, ikkinchi tomondan, jamiyat taraqqiyotini yangi 
yo‗nalishga burib yubordi.
Qizil armiyaning Turkiston frontiga qarashli Samarqand guruhi 1920 yil sentabr oyi 
boshlarida Qarshi va G‗uzorni egallaydi. Qarshi va uning atroflarida 1920 yil oxiridan boshlab 
Qizil armiyaga qarshi janglar boshlanadi. Bolsheviklar va Qizil armiya qo‗mondonligi bu 
kurashda kabih va jirkanch usullardan keng foydalangan, bu bilan ham cheklanmasdan tinch 
aholini qatag‗on qilgan. 1920 yil kuzida BXSRda dastlabki ma‘muriy-hududiy bo‗linish 
o‗tkazilib, u viloyatlar, tumanlar, kentlar, amlok va qishloqlarga ajratilgan edi. Qarshi vohasida 3 
ta viloyat (Behbudiy, G‗uzor va Shahrisabz) tashkil qilingan. Qarshi viloyatiga Beshkent, Koson, 


125 
Chim tumanlari kirgan. Yil so‗ngida O‗rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‗tkazilishi 
natijasida Buxoro respublikasi tugatiladi. Uning hududi, jumladan, Behbudiy va Shahrisabz 
viloyatlari (Qashqadaryo okrugi) yangi tashkil etilgan O‗zbekiston SSR (O‗zSSR) tarkibiga 
kiritiladi. Unga binoan, Qashqadaryo viloyati O‗zSSRda tuzilgan dastlabki 7 ta viloyatning 
bittasi bo‗lib qoladi. 
Qashqadaryo viloyati 1924 yilning 1 oktabrida sobiq Buxoro xalq sovet respublikasining 
Behbudiy, G‗uzor va Shahrisabz uyezdlari asosida dastlab okrug sifatida tashkil etilgan edi. 
Qashqadaryo viloyati ijroiya qo‗mitasining 1924-1925 yil hisobotida ko‗rsatilishicha, o‗tgan 
davr ichida viloyatda «sovet hokimiyatini tashkil etish uchun qulay sharoit»
1
bo‗lmagan. 1920 
yilning sentabr–dekabr oylarida Qarshi va Shahrisabzda qurolli kurash bostirilgach, 
«Aksilinqilobiy tashkilot» bu mag‗lubiyatlardan xulosalar chiqarib, sovetlarga qarshi kurash 
usulini o‗zgartiradi. Aniqrog‗i, sho‗roning qizil armiya qismlariga monand alohida harakat 
qiladigan qurolli guruhlar tuziladi. 
Amir Sayyid Muhammad Olimxonning taxtni ololmasligi aniq bo‗lib qolgandan 
(Ibrohimbek, Anvar posho mag‗lubiyatidan keyin) so‗ng ham bu kurash bir lahza tinmaydi. 
«Buxoro amirining yurtni qaytarib olishiga xalqning umidi qolmadi. Salkam chorak million 
xonadon yurtini tashlab, Amirning orqasidan ko‗chib ketdilar. Hovlilar huvilladi, bog‗–rog‗lar 
qarovsiz qoldi».
2
Sovetlarga qarshi olib borilgan kurashni Amir Sayyid Muhammad Olimxonni 
taxtga tiklash bilan bog‗lab qo‗yish, shu jihatdan biryoqlama, uning ozodlik ruhini bilib–
bilmaslikka olishga qaratilgan qarashlar natijasidir. 1921–1922–yillarga kelib, bu harakat milliy 
ozodlik kurashi darajasiga ko‗tariladi. Bu yillarda O‗zbekistonning barcha hududlarida sho‗ro 
istibdodiga, zo‗ravon tuzum o‗rnatilishiga qarshi kurash keng yoyilib, ommaviy tus oladi. 
Vatanparvar kuchlarga amirlik davrida dodho (general–mayor), to‗qsoba (polkovnik), 
miroxur (podpolkovnik), qoravulbegi (kapitan), jivachi (leytenant) unvonlarini olgan sarkardalar 
boshchilik qiladi. Qashqa vohasida Jabborbek, Doniyorbek, Avliyoqulbek, Bozorbek, Turdi 
to‗qsoba, Tangri Berdi dodho, mullo Abdurahmonbek, Eshqul dodho, mullo Juma qoravulbegi, 
To‗ra Mannonbek, Bahromboyvachcha, Gul oqsoqol, Davron oqsoqol, mullo Abduroziqbek, 
Mavlonbek, Eshonqul Tursun, Saidxo‗ja Samadxo‗ja o‗g‗li, Chori yasovulboshi kabi yana 
ko‗plab qo‗rboshilar sovetlarga qarshi kurash olib borganlar. 
Qashqadaryo viloyat ijroiya qo‗mitasining 1924–25 yil hisobotiga qo‗shimcha ravishda 
tayyorlangan, yarim yillikda (1925–26 y.) qilingan ishlar haqidagi ma‘lumotnomada bu xususda 
shunday deyiladi: 
1
QVDA. 83-jamg‗arma, 1-ro‗yxat, 12-ish, 17-bet. 
2
Ahad Berdiyev. Haqiqatga sadqa bosh, T., 2005, 94-bet. 


126 
«Amir Afg‗onistonga qochgandan keyin, 1921 yilda taniqli amaldorlar, yirik boylar va 
ruhoniylar tomonidan boshlangan bosmachilik mustahkam tashkilot va rahbarlikka ega emasdi, 
shu sababli, u ko‗lamli harakatlar olib borolmadi, tor doiradagi kurashlar bilan cheklanib qoldi. 
Faqat 1921 yilning oxirlariga kelib, Afg‗onistondagi muhojirlar bilan bog‗langan ko‗zga 
ko‗ringan amaldorlar, din namoyandalari Shahrisabz va G‗uzor uyezdlarida bir qadar jips 
to‗dalarni (Jabborbek, Doniyorbek va b.) tashkil eta boshladilar. 
Anvar poshoning kelishi bilan bosmachilik harakatida tashkiliy va g‗oyaviy rahbarlik 
vujudga kelib, Shahrisabz va G‗uzor uyezdida bo‗lgan barcha qo‗rboshilar uning itoatida bo‗la 
boshladi. 1921 yilda hali Koson uyezdida bosmachi to‗dalari mavjud emas edi. Ruhoniylar va 
amaldorlar bunday to‗dalarni tuzish uchun bor kuchlarini ayamadilar va qisqa fursatda bu 
uyezdda jigitlar soni 1000 taga yetdi. Shularning yarmi qurollangan edi».
1
Qashqa vohasida «bosmachilik» harakati 1925–1926 yillarda ham kuch ustida bo‗ladi. 
Sovetlar viloyatda ko‗zlagan islohotlarni o‗tkazishda bir necha yilga kechikib ketadi. SHo‗ro 
muassasalariga, qizil armiya qismlariga sezilarli talofat yetkaziladi. Bir necha yildan keyin, katta 
kuchni safarbar etgan sovet hukumati Sharqiy Buxorodagi qarshilik harakatining asosiy 
kuchlarini tor–mor etishga muvaffaq bo‗ladi. Ozodlik kurashchilarining ta‘minot o‗zanlarini 
kesib qo‗yish qarshilik harakatining siyosiy va jangovar ruhini susaytirib qo‗yishda asosiy omil 
bo‗ladi. Bu harakatda og‗ishlar bo‗lganligi sababi shu–iqtisodiy, harbiy tangliklar bilan 
izohlanadi. Anvar posho halokati Qashqa vohasidagi qarshilik kuchlari olib borayotgan kurashga 
ham salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Rahbarlikning bo‗shashib (Nuriddin xoja Og‗oliqning 1924 yilda 
otilishi) ketishi, sovetlarning qattiq qisuvi, o‗zaro jipslikning tabora zaif tortib borishi qarshilik 
kuchlarining tanazzuli va, oxir–oqibatdagi, mag‗lubiyatiga sabab bo‗ladi. Viloyatdagi so‗nggi 
qo‗rboshilar jovizlik mullo Abduroziq Xo‗jandi o‗g‗li, yakkabog‗lik Shayman Qora, Xolmamat 
yuzboshilar bo‗lib, ular 1926–1927 yil oxirlarida hukumatga taslim bo‗ladi. 
2–qurultoyning (1926 yil, oktabr) ijroiya qo‗mitaning 1925–1926 yil hisoboti yuzasidan 
qabul etgan rezolyutsiyasida «Viloyat bo‗yicha barcha shakl-ko‗rinishlari bilan bosmachilikka 
to‗la ravishda barham berilganligi mamnuniyat bilan qayd etiladi»,
2
deyiladi. Shu bilan bir 
vaqtda, qarshilik harakatining yangidan paydo bo‗lish xavfi ham e‘tibordan soqit etilmaydi. Shu 
qurultoyda «bosmachilik» harakatiga daxli bo‗lgan, tashkil etgan, yordam bergan, qatnashgan 
kishilarning hammasini maxsus hisobga olish belgilanadi. 
Viloyat ijroiya qo‗mitasining 1924-25–yilga doir rasmiy hisobotidan xo‗jaliklarning 
qoloq ahvolda bo‗lishi bosh sababi, avvola, bosmachilikka, keyin tabiiy ofatlarga taqalganligini 
anglash qiyin emas. Qashqadaryo viloyat Davlat arxivining 83–jamg‗armasi, 1–ro‗yxati, 12–
1
QVDA. 83-jamg‗arma, 1-ro‗yxat, 12-ish, 63-bet. 
2
QVDA. 83-jamg‗arma, 1-ro‗yxat, 12-ish, 55-bet. 


127 
ishida bu hisobot 22 betni tashkil etadi. Ishning 17–betidan boshlangan, sohalar bo‗yicha alohida 
mavzularga ajratilgan hisobot ancha salmoqli. Dastlab bosmachilik haqida so‗z yuritilib, undan 
keyin «qurg‗oqchilik» tahlil etiladi. Shu yili Behbudiy, G‗uzor, Chiroqchi, Yakkabog‗ va 
Shahrisabz dalalarida hosil bitmagan. Zikr etilgan hududlarda lalmikor ekin butunlay nobud 
bo‗lgan, sug‗oriladigan yerlarda esa 80 foiz hosil nobud bo‗lgan. Behbudiy uyezdida, masalan, 
hosildorlik bir tanobga 6–9 botmondan (bir tonnadan sal oshiq) to‗g‗ri kelgan. 
Hisobotda mavzular bo‗yicha «sovet apparatining tashkil etilmasligi» uchinchi o‗rinda 
keladi. «Viloyat tashkil etilishi davrida, – deyiladi unda, – sovet apparati 90 foiz darajasida 
mavjud emas edi. Ayniqsa, quyi apparatda ahvol og‗ir edi: qishloq sho‗rolari rolini aminlar va 
oqsoqollar, ko‗pincha yuzaga kelgan vaziyatdan imkon darajasida foydalanib qolishga intilgan 
sobiq beklarning qarindosh–urug‗lari, ular tomonidan qo‗yilgan kishilar bajarar edi. Aholining 
yoppasiga savodsizligi sababli, kerakli xodimlarni izlab topishda qiyinchiliklarga duch kelindi. 
Behbudiy va G‗uzor shahrining vayrona holda ekanligi, og‗ir tabiiy iqlim, past miqdordagi 
maosh–bular bari boshqa tumanlardan bo‗lgan xodimlarni ishga jalb eta olmas edi, tajribali 
xodimlarni topish deyarli mumkin emasdi». 
Qashqadaryo viloyat maqomini olganidan so‗ng, sovetlar ahamiyatni qaratgan eng zarur 
muammo sho‗ro boshqaruv apparatini shakllantirish bo‗lgan. Tashkiliy–ma‘muriy ishlar 
yuzasidan 1924–25–yillar davomida viloyat ijroiya qo‗mitasining 2 ta plenumi va 68 ta yig‗ilishi 
bo‗lib o‗tadi. Bularda shtatlar, budjet masalalari bilan bir qatorda, viloyat hududining ma‘muriy 
bo‗linishi loyihasi ham ko‗rib chiqiladi. Ijroiya qo‗mita, «bosmachilikdan jabr ko‗rgan 
qishloqlarga yordam ko‗rsatish»ni ham kun tartibiga qo‗yadi. Lekin, asosiy diqqat–e‘tibor soliq, 
saylov va ekish kampaniyalarini «yuksak darajada» o‗tkazishga qaratiladi. Buning uchun viloyat 
ijroiya qo‗mitasi prezidiumi a‘zolari ham joylarga mas‘ul qilinib, safarbar etiladi, keng qamravda 
targ‗ibotlar olib boriladi. 
Hisobotda, sho‗ro xizmatchilari tarkibini oshirishda mablag‗ yetishmasligi ta‘kidlansa–
da, bunday taqchillik militsionerlar sonini muttasil oshirib borishga xalaqit bermaydi. Jumladan, 
shu davrda militsiya tarkibi 137 tadan 184 taga, davlat hisobidan ta‘minlanadigan ko‗ngilli 
militsionerlar soni esa 245 kishiga oshiriladi. Qarshi shahrida 24–yilning boshida 33 ta 
militsioner bo‗lgan bo‗lsa, yil oxirida ular soni 97 taga ko‗paytiriladi, ko‗ngillilari esa yana 20 
taga ortdiriladi. Shahrisabzda bu ko‗rsatkich yil boshidagi 53 tadan 61 taga yetkaziladi. Ayni 
vaqtda jinoyat qidiruv organi xodimlari soni 14 tadan 37 taga oshiriladi. Shunga qaramay, 
viloyatda talonchilik, qurolli bosqin, o‗ldirish, zo‗rlash, o‗g‗irlik, qurol–yarog‗ saqlash, amalni 
suiistemol qilish jinoyatlari darajasi baland bo‗lgan. Sodir etilgan 711 jinoyatdan 203 tasini 
ochish mumkin bo‗lgan. 


128 
Viloyatda ozodlikdan mahrum etish joylari–qamoqxonalar soni 4 ta bo‗lgan. Behbudiy 
shahrida ahloq tuzatish uyi, Behbudiyda, G‗uzor va Shahrisabz shahrida bittadan mahbusxona 
mavjud edi. Bu qamoqxonalar 315 ta mahbusni qabul qilishga mo‗ljallangandi. Hisobotda, 
«mahbusxonalar uchun ko‗p narsalar qilinishi kerak, hujralar tor, joy yetishmaydi», deyiladi. 
1924–1925 yillarda jazo organlari qatorida viloyat sudi, 3 ta hududiy sudlar, xalq 
tergovchilarining 3 ta kamerasi va 5 ta qozilik sudi amalda bo‗lgan. Sodir etilgan jinoyatlar 
orasida tuzumga qarshi ruhda bo‗lganlari salmoqli edi. Bu xildagi jinoyatlar bilan 78 kishi 
ayblangan. Ulardan 20 tasi to‗g‗ridan–to‗g‗ri sho‗ro boshqaruv siyosatiga qarshi chiqqan. Sudga 
tushganlarning 73,6 foizi dehqonlardan iborat edi. SHo‗ro xizmatchilaridan 14 foizi qamoqqa 
olingan. 121 kishi ayblangan bo‗lsa, shunday 21 tasi viloyat sudi tomonidan tuzum dushmani 
sifatida otuvgahukm etilgan.
1
Ijroiya qo‗mitaning sudyalar haqidagi bir e‘tirofi diqqatga loyiq–ularning malakasi juda 
past ekanligi qayd etiladi. Shu sababli, birgina Behbudiy xalq sudida 270 ta jinoiy ishning 138 
tasi yil davomida ko‗rilmasdan qolib keladi. 20–yillarda sho‗ro qamog‗iga tushgan 
yurtdoshlarimizning sudsiz, tergovsiz, aybi nimaligini bilmay, necha oylab, yillab mahbus bo‗lib 
yotishdan dodga kelishlari sababi sudyalarning o‗z sohasida chalasavod, tajribasiz bo‗lganligi 
bilan izohlanishi shu e‘tirofdan ayon bo‗ladi. SHo‗rolar hokimiyatni qo‗lga olgan davrdan (1920 
y.) boshlab, Qashqadaryo viloyati hududida, aniqrog‗i, Behbudiy, G‗uzor, Shahrisabz va 
Chiroqchi qishlog‗ida qozilik sudlari ham amalda bo‗lgan. 
1924–25–yillarda sho‗ro hukumati tomonidan birorta qurilish olib borilmaganligi viloyat 
ijroiya qo‗mitasining hisobotida zikr etib o‗tiladi. Ko‗zda tutilgan qurilishlarga Davlat budjetidan 
«to‗la raddiya javobi berildi», deyiladi shu hujjatda. «Ko‗zda tutilgan» qurilish esa ahloq tuzatish 
uyini–mahbusxonani, madrasani elektrostansiyaga moslashtirib ta‘mirlashdan iborat bo‗lgan. 
Yo‗l qurilishi sohasida ham aytarli bir ishga qo‗l urilmagan, ayrim kichik ko‗priklar tuzatilgan, 
yo‗l sohasiga hammasi bo‗lib 5850 so‗m sarflangan, xalos. 
Xalq ta‘limi sohasidagi ahvol achinarli darajada edi. Shu davrda 1–bosqich maktablar 
soni 19 ta bo‗lib, ularda 35 sinf mavjud edi, shulardan faqat 18 sinf davlat ta‘minotida bo‗lgan.
Sog‗liqni saqlash xizmati hali boshlang‗ich darajada edi. Behbudiy shahrida 10 bemorni 
qabul qiladigan shifoxona bo‗lsa, G‗uzor, Shahrisabz va Kosonda vrachlik punktlari 
(ambulatoriya) ochilgan edi. Beshkent, Chiroqchi va Yakkabog‗da feldsherlik shoxobchalari bor 
edi. 1925 yilning 1–iyulidan boshlab Behbudiy shahrida Bolalar konsultatsiyasi ish boshlaydi, 3 
oy ichida uning xizmatidan 259 kishi фойдаланади. 
Viloyatning ma‘muriy idora etilishida bu yilda aytarli o‗zgarishlar kuzatilmaydi. 1926 
yilda ham uch uyezd, 13 volost va 37 qishloq sho‗rosi faoliyat ko‗rsatishda davom etadi. Eng 
1
ҚВДА. 83-жамғарма, 1-рўйхат, 12-иш, 20-бет. 


129 
katta uyezd Behbudiy uyezdi edi. Uning hududi 10.503 kv. chaqirim bo‗lib, butun sarhadning 
41,4 foiziga to‗g‗ri kelardi. G‗uzor uyezdi 8.246 kv. chaqirim (32,4 %), Shahrisabz uyezdi 6.647 
(26,2%) maydonni egallar edi. Qashqadaryo shu davrda 25.396 kv. chaqirimlik ulkan hududga 
egalik qilardi.
2
1920–1926 yillar davomida qurolli qarshilik harakati bilan uzluksiz janglar olib borgan 
sovetlar, hisobotdan ko‗rinadiki, qishloq xo‗jaligi, chorvachilik, umuman hamma sohada aytarli 
biror–bir siljish qilishga muvaffaq bo‗la olmagan. Bari oldingi, amirlik davridagi holida davom 
etib kelgan. 
1925–26–yillarda milliy qizil armiya tarkibiga viloyatdan 109 kishi xizmatga olinadi, 
sho‗ro hukumatini tashviq va targ‗ib qilish keng yo‗lga qo‗yiladi. Amirlik va sovetlarning 
muqoyasasi birini o‗ta ravishda tanqid, ikkinchisini benihoya oshirib maqtashdan iborat bo‗ladi. 
Sovetlarning ishchi va dehqonlarning, kambag‗allarning hukumati ekanligi har qadamda pesha 
qilinadi. Targ‗ibotga juda ko‗p vaqt va juda ko‗p kuch sarflanadi. Maxsus sho‗ro hay‘atlari 
tuzilib, sho‗roning tarafiga o‗tish, uni qo‗llab–quvvatlash bo‗yicha tashviqot yig‗ilishlari 
muntazam olib boriladi. Masalan, shu davrda Koson tumanining 36 qishlog‗ida 55 ta miting va 
45 ta suhbat o‗tkaziladi. Bu yig‗ilishlarga 10 mingga yaqin odamlar jalb etiladi. 
1926 yilda viloyat ijroiya qo‗mitasi tomonidan yer sohasida 10 yillik reja tuziladi. Shu 
yili Kasbi qishlog‗ida yersiz kishilarga ekin maydonlari berish kun tartibiga qo‗yiladi. Yer va 
suv muammosining hal etilishi viloyatda eng quyi darajada qolib kelayotgan, islohotlarni amalga 
oshirishga sho‗ro hukumatida kuch yetishmayotgan edi. Shundan bo‗lsa kerak, sovet hukumati 
soliqni oshirishga zo‗r beradi. 1926 yilning yarimlarida aholidan 107.888 so‗m miqdorida davlat 
solig‗i olinadi. Bu esa 1925 yilning shu davriga nisbatan 50 foiz ko‗p degani edi. Sanoat solig‗i, 
daromad solig‗i, tug‗ro (gerbovoy) solig‗i, xususiy korxonalardan olinadigan tenglashtiruv 
solig‗i va boshqalari aholining noroziligiga sabab bo‗la boshlagandi. Qishloq xo‗jalik solig‗i, 
mahalliy soliqlar shusiz ham alg‗ov–dalg‗ovli voqealar, qurg‗oqchilik tufayli tinkasi qurigan 
viloyat ahlini juda bezdirib qo‗ygandi. 
1926 yildagi hisoblarga ko‗ra, viloyatda 4 shahar va 1327 ta qishloq mavjud bo‗lgan. Shu 
davrda, statbyuro ma‘lumotiga ko‗ra, Qashqadaryoda 270.512 kishi yashagan. Shahar aholisi 
37.862, qishloq nufusi esa 232.650 ta deb ko‗rsatiladi. Aytish lozimki, tarixiy–ilmiy manbalarda 
Qashqadaryo viloyatida XIX asr oxirlari–XX asr boshlarida 500 ming aholi yashaganligi e‘tirof 
etiladi. Viloyat ijroiya qo‗mitasi hujjatlarida keltiriladigan aholi soniga oid raqamlar aniq 
emasligi doim tan olinganligini e‘tibordan soqit qilib bo‗lmaydi. Bu vaqtda viloyatda 291 
o‗qitish shoxobchalari faoliyat ko‗rsatib turgan. Birinchi bosqich maktablari soni 57 ta bo‗lib, 
ularda 1763 (28 tasi qizlar) bola o‗qigan. Eski usul maktablari 66 ta edi, ularning 10 tasi 
2
Шу жамғарма, 42-бет. 


130 
sovetlashtirilgan. Bu ta‘lim tarmoqlarida 1221 kishi tahsil olgan. 7 ta madrasa va qorixonada 142 
talaba bo‗lgan. Bu dalillar viloyatning ko‗p sonli aholisiga taqrib qilinganda, dengizdan bir 
tomchi, deyin mumkin. 
Qashqadaryo viloyatida yer–suv islohoti 1929 yilning bahorida nihoyasiga yetadi. Islohot 
jarayonida xususiy mulk egalari yo‗q qilinadi, amaldorlar, boylar, savdogarlar, ruhoniylar 
xo‗jaliklariga barham beriladi. Viloyatda bu davrda 989 xo‗jalik butunlay tugatiladi. Yo‗q 
qilingan xo‗jaliklarning 339 tasi boylarga, 195 tasi sobiq amaldorlarga, 174 tasi din peshvolariga, 
53 tasi savdo ahliga, 41 tasi sudxo‗rlarga tegishli edi. Ulardan 20–yillar ikkinchi yarmidan to 
1929 yilga qadar 12556 tanob sug‗oriladigan, 5290 tanob lalmikor yerlar, 1001 ot, 1194 mol, 
274 tuya tortib olinadi. 
XX asrning 20–yillarida, mustabid tuzum o‗rnatila boshlagan davrdan e‘tiboran, zo‗ravon 
saltanatning maqsadini anglagan elning rahnamolari kurash harakatini boshlashi bejiz 
bo‗lmagan. Sovetlar milliy o‗lkalarda talonchilikni, zulmni, qattol siyosatni Chor Rossiyasi 
hukmronligi davridagidan bir necha hissa oshirib, xalq nafratiga uchragan edi. Qashqa vohasi 
elining zo‗ravon saltanatga bo‗lgan qahr–g‗azabini, ozodlikni yoqlashini, mustaqillik uchun 
kurashini viloyatning ko‗zga ko‗ringan taniqli beklari, amaldorlari, ruhoniylari, sarkardalari 
tashkil etgan «Aksilinqilobiy tashkilot» o‗z faoliyatida aks ettirgan edi. 
O‗zSSRda ma‘muriy-hududiy o‗zgarishlar keyinchalik ham davom etgan. 1930 yil 17 
avgustda okruglar bekor qilinadi. Biroq 1935 yil fevralda Qashqadaryo okrugi qayta tiklanadi. 
1938-1943 yillarda Qashqadaryo vohasi Buxoro viloyati tarkibida bo‗lgan. 1943 yil 20 yanvarda 
Qashqadaryo viloyati (markazi - Qarshi shahri) taxminan hozirgi chegarasida tashkil qilinadi. 
1960 yil 25 yanvarda u Surxondaryo viloyati tarkibiga qo‗shilgan. Qashqadaryo viloyati 1964 yil 
7 fevralda qayta tashkil qilingan.
1927-1929 yillarda Qashqadaryo okrugida yer-suv islohoti amalga oshirilgan. Bu 
jarayonda sovet hukumati o‗ziga to‗q dehqonlarni «quloq» sifatida badarg‗a qilish uchun zamin 
tayyorlagan. Vohada yashovchi o‗ziga to‗q va o‗rtahol dehqonlarning aksariyati ushbu 
qatag‗onlarning qurboni bo‗ldi. Qashqadaryolik dehqonlar bunday sharoitda aksariyat hollarda 
sovet tuzumiga qarshi stixiyali ravishda norozilik bildiradi. Masalan, 1928-1930 yillarda 
Qashqadaryo okrugida 48 marta (1929 yilda 42 marta) dehqonlarning ommaviy norozilik 
g‗alayonlari ko‗tarilgan. 
Qarshi shahri Qashqadaryo vohasi va viloyat markazi sifatida XX asrning 30-yillaridan 
boshlab xo‗jalik yuritishning sotsialistik uslubi, rejali tizim hamda qattiq markazlashtirilgan xalq 
xo‗jaligi boshqaruvi negizida rivojlandi.
Ikkinchi jahon urushi Qashqadaryo vohasi taraqqiyotining bir maromdagi rivojlanishiga 
o‗z salbiy ta‘sirini o‗tkazmasdan qolmadi. Butun mamlakatda bo‗lgani singari bu yerda ham xalq 


131 
xo‗jaligi harbiy izga solindi va u urush manfaatlariga bo‗ysundirildi. Urush yillari 
Qashqadaryoda asosan yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari faoliyat ko‗rsatdi. Qarshi 
tikuvchilik fabrikasi harakatdagi armiya jangchilari uchun turli issiq kiyimlar va harbiy davr 
ehtiyoji uchun zarur bo‗lgan boshqa mahsulotlar ham ishlab chiqardi. Shuningdek, bu paytda 
Qashqadaryoga SSSRning markaziy rayonlaridan ayrim sanoat korxonalari ko‗chirib keltirildi va 
yangi zavod-fabrikalar, jumladan, Qarshi un kombinati (1942) va boshqalar qurildi. 
Qashqadaryoda tug‗ilib o‗sgan minglab yigitlar Ikkinchi jahon urushi janggohlarida 
fashizmga qarshi janglarda Moskva atrofi va Stalingradda, Ukraina va Belorussiyada, Sharqiy 
Yevropa davlatlari va Germaniyada, shuningdek, Uzoq Sharqda bevosita qatnashdi. Umuman, 
Qashqadaryo viloyatidan 98069 kishi urushda ishtirok etgan. Ularning ko‗pchiligi fashizmga 
karshi janglarda halok bo‗ldi. SHo‗ro hukumati Qashqa vohasida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari 
ishlab chiqarish hajmi ortgani sayin XX asrning 50-60-yillarida shaharda sutyog‗ kombinati 
(1954), yog‗-ekstraksiya zavodi (1955), paxta tozalash zavodi (1955), Qarshi motor remonti 
zavodi, keyinchalik panelli kurilish materiallari kombinati kabi sanoat korxonalarini barpo etdi. 
XX asrning ikkinchi yarmida O‗zbekiston sanoati va qishloq xo‗jaligi yanada ko‗proq 
Markaz manfaatlariga bo‗ysundirildi. Paxta, pilla, qorako‗l teri kabi birlamchi xom ashyo, 
sabzavot va poliz mahsulotlari, ho‗l meva SSSRning markaziy rayonlariga muntazam ravishda 
jo‗natiladigan bo‗ldi.
Qashqadaryodan SHo‗rtan, Kultak, Zevarda, O‗rtabuloq, Pomuq, Qoraxitoy singari yirik 
tabiiy gaz konlari; Janubiy Muborak va Shimoliy Muborak gaz kondensat konlari; Ko‗kdumaloq 
neft-gaz kondensat koni (1985) kabi yirik zaxiralarga ega konlar topildi va foydalanishga 
topshirildi, olingan maxsulot respublikadan chetga olib ketila boshladi.
Viloyat markazi Qarshi ana shunday yirik tabiiy gaz konlari yaqinida joylashganiga 
qaramasdan, bu davrda shahar sanoati bir yoqlama rivojlangan. Qarshida asosan qishloq xo‗jalik 
xom ashyosini qayta ishlovchi hamda oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari bo‗lgan, xolos.
XX asrning 70-yillari oxirida Qarshida qariyb 100 ming aholi yashagan. Shahar aholisi 
keyinchalik tez ko‗paygan. Bu paytda shahar ahli havo, temir yo‗l, avtomobil transporti orqali 
O‗zbekistonning markazi - Toshkent va boshqa shaharlar bilan bog‗langan. 
Qashqadaryo viloyati sovet tuzumi davrida, aniqrog‗i, o‗tgan asrning 80-yillari 
oxirigacha asosan qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga yo‗naltirilgan, iqtisodiy 
jihatdan biryoqlama viloyat darajasida qolib ketgan. Ijtimoiy sohada, sog‗liqni saqlash va ta‘lim 
tizimida hal kilinmagan talay muammolar uzoq yillar davomida saqlanib kelgan.
Markaz tomonidan o‗ylab topilgan, aslida sho‗ro tuzumiga xos ommaviy qatag‗onlarning 
davomi bo‗lgan «paxta ishi», «o‗zbeklar ishi» kabi soxta kampaniyalar natijasida butun 


132 
O‗zbekistonda bo‗lgani singari Qashqadaryo viloyatida ham ko‗plab o‗z ishining ko‗zini bilgan 
mutaxassislar, rahbarlar qatag‗on qilindi.
Qashqa vohasida tub iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‗tkazish muqarrarligi aniq bo‗lib 
qolgan, jiddiy o‗zgarishlar qilish zarurati tug‗ilgan edi. Ana shunday murakkab bir pallada 
Qashqadaryo viloyati rahbari lavozimiga Islom Karimov saylandi. O‗zining 2700 yillik tarixi 
davomida ko‗plab voqealarning guvohi bo‗lgan Qarshining rivojlanish jarayonida, uning tom 
ma‘nodagi zamonaviy shaharga aylanishida Islom Karimovning xizmatlari beqiyos. Islom 
Karimov viloyat rahbari sifatida ish boshlagan 1986 yilda Qarshi shahrining me‘moriy qiyofasi 
na shaharsozlik talablariga, na Qashqa vohasining necha ming yillik tarixi va o‗sha davrdagi 
iqtisodiy salohiyatiga mos kelar edi.
Shaharning umumiy manzarasini belgilaydigan me‘moriy obyektlar bir xil andozadagi 
ko‗p qavatli ko‗rimsiz panelli binolar, xom g‗isht yoki paxsadan qurilgan pastqam uylardan 
iborat edi. Uning markaziy ko‗chasini hisobga olmaganda, barcha yo‗llar egri-bugri va notekis, 
transport qatnovi uchun yaroqsiz bo‗lib yotardi. Aholi tez sur‘atlar bilan o‗sayotgan bo‗lishiga 
qaramay, tegishli ijtimoiy infratuzilmalar yaratish e‘tibordan chetda qolib ketgan edi. Respublika 
bo‗yicha eng ko‗p, ya‘ni 600 ming tonna paxta xom ashyosi yetkazib beradigan, turli tabiiy va 
mineral zaxiralarga nihoyatda boy katta bir viloyatning markazida talab darajasidagi zamonaviy 
maishiy xizmat, madaniyat va sport inshootlari, istirohat bog‗lari, bozorlar barmoq bilan sanarli 
edi. 
Yangi rahbarning qat‘iy pozitsiyasi, vaziyatni ijobiy tomonga o‗zgartishga qaratilgan 
izchil sa‘y-harakatlari eng avvalo viloyatda sog‗lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, «paxta ishi» 
degan soxta ayblov bilan nohaq jazoga tortilgan ming-minglab begunoh odamlarga nisbatan 
adolatni tiklash masalasida yaqqol namoyon bo‗ldi.
Viloyat rahbarining ana shunday dadil harakatlari tufayli qanchadan-qancha insonlar o‗z 
oilasi bag‗riga qaytdi, odamlarda umid va ishonch tuyg‗ulari paydo bo‗ldi. Butun voha 
hayotidagi o‗zgarishlar, ishga va hayotga munosabat dastlab viloyat markazidagi 
yangilanishlarda ko‗zga tashlana boshladi. Shaharda 3-4 yil burun to‗xtab kolgan 
obodonlashtirish ishlari ilgari ko‗rilmagan ko‗lam va sur‘atda davom ettirildi. Dastavval 
daraxtlar va bog‗-rog‗larni ko‗paytirish, odamlarning shaxsiy xo‗jaligini rivojlantirish uchun 
shaharga oqar suv keltirildi. Shu tariqa bu yerdagi bog‗ va xiyobonlar, ko‗kalamzorlar yozga 
borib suvsizlikdan qurib qolmaydigan bo‗ldi. Bamisoli Qarshiga yangi hayot nafasi ufurdi. 
Qarshi shahri va tumanlarda qurilish ishlarining bosh reja asosida olib borilishi alohida 
diqqat markazida bo‗ldi. Shuning uchun ham 1987-1989 yillarda Qarshi shahri va tuman 
markazlarining yangi bosh rejalari ishlab chiqildi. Unda turar joy binolari, sanoat korxonalari, 
ma‘muriy binolar qurilishi bilan bir qatorda ijtimoiy infratizim inshootlarini bunyod etish, aholi 


133 
uchun zarur qulayliklarni yaratish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash masalalariga alohida 
e‘tibor karatildi. Bu bosh rejalarda zamonaviy talablarga javob beradigan yangicha konssepsiya 
o‗z aksini topdi. 
Shu davr mobaynida viloyatda, jumladan, sog‗liqni saqlash tizimida ham katta ishlar 
qilindi. Ko‗pni ko‗rgan, shu voqealarning guvohi bo‗lgan oksoqollarning aytishicha, bu sohada 
2-3 yil ichida kamida 15-20 yillik ish amalga oshirilgan. O‗sha yillari viloyat bo‗yicha jami 44 ta 
yangi davolash-profilaktika muassasasi qurilgani bu boradagi ishlarning salmog‗i haqiqatan ham 
katta ekanini ko‗rsatadi. Shaharda bolalar va kattalar uchun yangi poliklinikalar, sanatoriy-
profilaktoriylar, ixtisoslashgan kasalxonalar barpo etildi. Ilgari faoliyat ko‗rsatib kelgan shifo 
maskanlari esa kengaytirildi, ta‘mirlanib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi.
Masalan, 120 o‗rinli ko‗z kasalliklari shifoxonasi, har smenada 480 nafar bolani qabul 
qila oladigan bolalar poliklinikasi, 150 bemorga xizmat ko‗rsatadigan sil kasalliklari dispanseri, 
ruhiy-asab kasalliklari dispanserining 60 o‗rinlik qo‗shimcha korpusi va boshqa tibbiyot 
maskanlari qurilishi shular jumlasidandir. 
Viloyat markazidagi Agrosanoat birlashmasining muhtasham binosi negizida har 
smenada 500 kishini tekshiruvdan o‗tkazadigan diagnostika markazi tashkil etildi. Ushbu 
diagnostika markaziga bundan qariyb 20 yil muqaddam qiymati bir necha million AQSH 
dollariga teng bo‗lgan zamonaviy kompyuterli tomograf va boshqa ko‗plab zamonaviy tibbiyot 
uskunalari olib kelib o‗rnatilgani ayniqsa e‘tiborga sazovordir.
Islom Karimov bunday katta ishlar ko‗lamini yanada kengaytirish maqsadida respublika 
vazirlik va idoralari mablag‗larini imkon qadar shunday zarur va ulkan loyihalarni amalga 
oshirishga jalb etishga harakat qildi. Shu bois Davlat plan komitetining mutaxassislarini 
viloyatga taklif qilib, Qashqadaryoning ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirdi va bu 
borada qo‗shimcha mablag‗ va amaliy yordam zarurligiga ularni ishontirdi. 
Viloyat rahbarining jonkuyarligi, kechayu kunduz odamlar dardi bilan yashashi tufayli 
qurilishlar keng ko‗lam kasb etdi. Natijada zamonaviy maktab va bog‗chalar, bolalar istirohat 
bog‗i, «Oltin xo‗rozcha» bolalar kahvaxonasi, ko‗plab muzqaymoq va yaxna ichimliklar 
do‗konlari, «Bolalar dunyosi» magazini kabi bir qator binolar qurilib, foydalanishga topshirildi. 
Islom Karimov rahbar sifatida ish boshlagan dastlabki yilning o‗zidayoq birgina Qarshi 
shahrining o‗zida zamonaviy bozor, mebellar uyi, yoshlar markazi, 4 ta qahvaxona, 9 ta do‗kon, 
21 ming kvadrat metr turarjoy binolari, madaniyat va istirohat bog‗lari, maktab va sport 
majmualari, hunarmandlik ustaxonalari, keng va ravon ko‗chalar, yangi dahalar barpo etilgan. 
Viloyatda 1987-89 yillarda kapital qurilish borasida ham salmoqli ishlar qilindi. Bu sohaga 
yo‗naltirilgan mablag‗ning umumiy hajmi 1982-85 yillarga nisbatan 3-4 baravar o‗sdi va 
viloyatda bu yo‗nalishda zarur moddiy-texnikaviy imkoniyatlar yaratildi. 


134 
Shahardagi tor ko‗chalar qayta qurilib, kengaytirildi. Ayni paytda shahardagi aeroport va 
temir yo‗l vokzali binolari tubdan qayta ta‘mirlandi, yangi avtovokzal barpo etildi. Qarshi 
shahrida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari sharafiga barpo etilayotgan, ammo sobiq 
rahbarlarning beparvoligi va mas‘uliyatsizligi sababli qurilishi to‗xtab qolgan «Shuhrat 
qo‗rg‗oni» yangi loyiha asosida davom ettirilib, nihoyasiga yetkazildi. Shahardagi yangi bozor 
va ilgarigi dehqon bozorlari ham rekonstruksiya kilindi. Yangitdan barpo etilgan «Qarshi», 
«Nuroniy», «Nasaf» kabi qulay va shinam choyxonalar shaharga uzukka ko‗z qo‗ygandek 
yarashib tushdi. 
O‗sha yillari Qarshi shahrida suzish basseynlari, tennis kortlari, o‗nlab sport 
maydonchalari bunyod etildi. Shu yillari qurilgan ikkita sport zali, suzish basseyni, bir nechta 
mashg‗ulot zallari va davolashprofilaktika xonalarini o‗z ichiga olgan sport-sog‗lomlashtirish 
majmuasi bunga misol bo‗la oladi. Shuningdek, aholini, ayniqsa, bolalarni sportga qiziqtirish, 
ular o‗rtasida sog‗lom turmush tamoyillarini qaror toptirish uchun ko‗p qavatli uylar oldidagi 
sport maydonchalari tartibga keltirildi, u yerlarga zarur jihozlar o‗rnatildi. Shuni ta‘kidlash 
joizki, Qarshi shahrini obodonlashtirish jarayonida o‗zida milliy an‘analar bilan bir qatorda 
zamonaviy me‘morlik uslublarini aks ettiruvchi binolar qurilishiga katta e‘tibor berildi 
Sobiq SSSR bo‗ylab inqiroz tobora kuchayib, barcha sohalar bo‗yicha iqtisodiy 
ko‗rsatkichlar pasayib borayotgan bir paytda viloyatdagi sanoat korxonalarida ham ishlab 
chiqarish sur‘ati pasayib ketayotgan edi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati ham 
talabga javob bermasdi.
Masalan, 1986 yilda Qarshi tikuvchilik birlashmasida tayyorlangan ko‗ylaklarning 35 
foizi sifatsiz ekani aniklandi. Vujudga kelgan vaziyatni yaxshilash uchun yangicha sharoitda 
ishlaydigan korxona rahbarlari, injener-texnik xodimlar va xizmatchilarni qayta tayyorlash, 
mehnat samaradorligini oshirish, o‗z-o‗zini mablag‗ bilan ta‘minlash, xo‗jalik hisobida ish 
yuritish tamoyillarini joriy etish lozim edi. Shuning uchun ham Qarshi shahrida, tumanlar 
markazlarida, har bir korxona va xo‗jalikda muntazam iqtisodiy va kasb o‗quv kurslari tashkil 
qilindi. Tarmoqlar, yirik korxonalar rahbarlari uchun esa viloyat partiya qo‗mitasida alohida 
o‗quv mashg‗ulotlari olib borildi. 
Mamlakatning hamma joyida mavjud sanoat korxonalari to‗xtab qolayotgan bir paytda 
bu yerda yangi «Termoplast» zavodi barpo etilib, ishga tushirildi. Bu korxonada respublika xalq 
xo‗jaligi uchun o‗ta zarur bo‗lgan turli hajmdagi quvurlar ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. 
Bundan tashqari, shaharda issiq iqlimli Qashqadaryo zamini uchun juda muhim bo‗lgan yaxna 
ichimliklar zavodi ishga tushirilib, mahsulot bera boshladi. Shular qatorida uy-joy qurilish 
kombinati, yog‗-ekstraksiya zavodi qayta jihozlandi. Qarshi tikuvchilik ishlab chiqarish 
birlashmasiga yangi chet el uskunalari keltirildi. Shahardagi non kombinatiga ham xorijiy 


135 
uskunalar o‗rnatildi. O‗sha yillari viloyatda paxtachilik sohasida ham yuksak ko‗rsatkichlarga 
erishildi. Uch yil mobaynida viloyatning yillik umumiy paxta xirmoni qariyb 600 ming tonnaga 
yetgani ham shundan dalolat beradi. 
Islom Karimov Qashqadaryo viloyatida birinchi rahbar bo‗lib ishlagan yillarda Qarshi 
shahri nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki hududiy jihatdan ham o‗sdi va kengaydi. 1987 yilda 
shaharga tutash 12 ta aholi punkti uning hududiga kiritildi. O‗sha davrda shaharda jami 271 ming 
694 kvadrat-metr uy-joy foydalanishga topshirildi. Shahardagi «Paxtazor» mikrorayoni qurib 
nihoyasiga yetkazildi. Qarshida yangi aholi punktlari -yettinchi va uchinchi mikrorayonlar paydo 
bo‗ldi. Kamandi, Zog‗za va Otchopar mahallalarida yangi xususiy uy-joylar qurila boshladi. 
Shaharda aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan uy-joy hajmi ilgari 10,13 kvadrat-metrni tashkil 
etgan bo‗lsa, bu davrga kelib 12,7 kvadrat-metrga yetdi. 
Bu davrda mahalliy boshqaruv tizimida dastlabki o‗zgarishlar yuz berishi nafaqat viloyat, 
balki butun O‗zbekiston uchun katta voqea edi. Qarshi shahrida ilk bor o‗zini o‗zi boshqarish 
organi bo‗lmish mahalla ko‗mitalari umumiy majlislar orqali saylana boshladi. Islom Karimov 
viloyat markazining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi bilangina kifoyalanib qolmasdan, shaharning 
qadimiy tarixi, buyuk siymolari, o‗ziga xos qadriyatlari, ko‗hna obidalari, muqaddas 
qadamjolari, madaniyati va san‘atini har tomonlama chuqur o‗rganish, ularni tiklash va asrab-
avaylash masalasiga ham katta e‘tibor qaratdi.
Shu maqsadda viloyat markazi va boshqa shaharlardagi arxeologik qazuv ishlarini davom 
ettirish, bu yerlardagi aholi manzilgohlarining, Qarshi shahrining yoshini aniqlash, me‘moriy 
yodgorliklarni ta‘mirlash, xalq og‗zaki ijodi namunalarini o‗rganish va to‗plash ishlarini olimlar, 
ijodkor va ziyolilar oldiga vazifa qilib qo‗ydi. Bu borada Qarshi shahrida boshlangan dastlabki 
sa‘y-harakatlar keyinchalik butun yurtimiz bo‗ylab keng tus olgani, ushbu masalalar davlat 
siyosatimizning eng muhim va ustuvor yo‗nalishlaridan biriga aylangani bugungi kunda keng 
jamoatchilik tomonidan tan olingan haqiqat. 
Islom Karimovning villoyat aholisi, ishchi-xizmatchilar, olimlar, jurnalist va ziyolilar 
bilan uchrashishi, fikr almashishi an‘anaga aylanib qolgan edi. Masalan, 1987 yilning o‗zida 
Qarshi davlat pedagogika institutida viloyat rahbari bilan ikki marta uchrashuv o‗tkazildi. Bu 
uchrashuvlarda mazkur ilm dargohidagi o‗quv-tarbiyaviy ishlarni yaxshilash, yosh ilmiy 
xodimlar va o‗qituvchilar haqida g‗amxo‗rlik qilish, ularni sobiq Ittifoqning markaziy 
shaharlaridagi yetakchi oliy o‗kuv yurtlariga stajirovkaga, aspirantura va doktoranturaga 
yuborish, institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari bo‗yicha savol-javob va 
fikr almashuvlar bo‗lar, ko‗pgina masalalarning yechimi yuzasidan umumiy qarorga kelinar edi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‗ng Prezident Islom Karimov Farmoniga binoan 
bu bilim maskani Qarshi davlat universitetiga aylantirildi. Bunday e‘tibor namunalarini ilm-fan, 


136 
madaniyat, ommaviy axborot vositalari sohalari bo‗yicha qilingan ishlar misolida ham ko‗rish 
mumkin. Viloyat teleradiokompaniyasining hozirgi zamonaviy binosini qurish tashabbuskori 
ham Islom Karimov bo‗lgan.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish