O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan



Download 2,66 Mb.
bet132/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

Perovskiy ekspeditsiyasi – Rossiya imperatori Nikolay I tomonidan 1839 yilda Xiva xonligiga yuborilgan. Bu ekspeditsiyaga Orenburg general-gubernatori Vasiliy Perovskiy boshlik qilgan. Perovskiy 1839 yilning oxirlarida 5 mingdan ziyod qurollangan qo‘shin bilan Xiva xonligi ustiga yurish boshladi. Ammo, yo‘ldagi og‘ir shart-sharoitlar rus qo‘shinlarining yurishini qiyinlashtirdi. 1840 yilning boshlarida Xiva xonligi chegaralariga yetib kelgan Perovskiy qo‘shinlari Xiva xoni Olloqulixonning o‘zbek, qozoq va turkmanlardan iborat birlashgan qo‘shinlari tomonidan tor-mor etildi. Perovskiy qolgan-qutgan askarlari bilan orqaga chekinishga majbur bo‘ldi.
Polkovnik Shaufus – Turkiston general-gubernatorligi bilan Qo‘qon xonligi o‘rtasida 1868 yil 13 fevraldagi shartnomaga asosan Qo‘qonga ham elchi, ham josus bo‘lib tayinlangan shaxs. U o‘zi to‘plagan ma’lumotlari asosida, Xudoyorxon Rossiya imperiyasi ma’muriyati tomonidan ekanligi, biroq unga qarshi ikkinchi guruh mavjudligi va bu guruh SHerali dodhoh bilan Abdurahmon oftobachi tomonidan boshqarilayotganini Turkiston general-gubernatoriga yetkazgan. Shuningdek, Shaufus xonlikdagi iqtisodiy va harbiy – strategik vaziyat haqida ham ma’lumotlar berib turgan.
Po‘latxon - haqiqiy nomi Mullo Ishoq mullo Hasan o‘g‘li. U Marg‘ilon shahriga yaqin Uhna degan qishloqda yashovchi Bo‘ston qabilasiga mansub oilada tug‘ilgan. Mulla Ishoq Qo‘qon xonligining nufuzli amaldorlaridan biri Abdulmo‘min dodxoh bilan do‘stlashib, uning taklifiga ko‘ra soxta Po‘latxon (Qo‘qon xoni Olimxonning nabirasi) nomini qabul qiladi hamda Xudoyorxon zulmi va Rossiya bosqiniga qarshi kurashga, jumladan, 1873-1876 yillarda Qo‘qon xonligida rus bosqinchilariga qarshi olib borilgan kurashlarga boshchilik qiladi. Xonlikdagi obruli amaldorlar Iso Avliyo, Abdurahmon oftobachi, xonning ukasi Sulton Murodbek, o‘g‘illari Nasriddinbek, Muhammad Aminbek ham Po‘latxon tomonidan turib kurashdilar. Uzoq, murosasiz, tengsiz va shafqatsiz kurashlardan so‘ng Po‘latxon qo‘zg‘oloni bostirilib, 1876 yil 1 martda Mulla Ishoq (Po‘latxon) Marg‘ilonda dorga osildi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish