O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan



Download 2,66 Mb.
bet128/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni – Rossiya imperiyasi mustamlakachiligiga qarshi qaratilgan XIX asrning oxirlaridagi eng katta harakat. Tarixda “Andijon qo‘zg‘oloni” deb nomlagan. 1898 yil may oyida Andijonning Mingtepa qishlog‘ida boshlangan. Qo‘zg‘olon atroflicha va puxta tayyorlanmay, rejasiz, yaxshi qurollanmagan holda boshlangan bo‘lsa-da, chor ma’murlarini qattiq tashvishga solgan. Mustamlakachilar qo‘zg‘olonchilarga qarshi katta harbiy kuchlarni tashlab, ularni shafqatchizlarcha bostirdi. Qo‘zg‘olon rahbari dorga osildi. Bu harakat Farg‘ona vodiysining Asaka, Quva, Shahrixon, O‘sh, Marg‘ilon kabi shahar va qishloqlarida keng yoyildi. Ammo, rus qo‘shinlari barcha harakatlarni vahshiylarcha bostirdilar.
Yer fondi boshqarmasi – Rossiyadan Turkistonga ko‘chib keluvchilar tobora ko‘payib borganligi bois XX asrning boshlarida Turkistonda tuzilgan tashkilot. Ushbu boshqarma rus mujiklarini uy-joy, yer, dehqonchilik vositalari bilan ta’minlab turgan. Shuningdek, bu tashkilot asosan sug‘oriladigan yerlarni keygaytirish hamda mahalliy aholiga tegishli bo‘lgan yerlarni turli sabablarni bahona qilib tortib olish va musodara qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Yer haqidagi Nizom – 1873 yilda K.P.Kaufman tomonidan ishlab chiqilgan. Bu Nizomga ko‘ra, faqat qonuniy hujjatlari bo‘lgan kishilargina o‘zlariga tegishli yerlarni xususiy mulk qilib olishlari mumkin edi. Ammo, mahalliy aholining katta qismida bunday hujjatlar yo‘q bo‘lib, ularni berish yoki borlarini tasdiqlash chor ma’murlarining xohishlariga bog‘liq edi. Bu holat esa mustamlakachi ma’muriyatga hujjatlari bo‘lmagan dehqonlarning yerlarini osongina tortib olish uchun qulay imkoniyat berar edi. Mahalliy aholi yerlarining tortib olinishi, yerlarning mulkdorlar qo‘lida to‘planishi shahar va qishloqlar aholisining ijtimoiy-qatlam va tabaqalarga ajralishiga olib keldi. Ular yirik yer egalari, shakllanib kelayotgan qishloq burjuaziyasi, o‘rta hol va qambag‘al dehqonlar, choraporlar va mardikorlarga bo‘lina boshladilar.
Jizzax qo‘zg‘oloni – 1916 yil yozida “Mardikorlikka olish” haqidagi farmonga qarshi butun Turkiston o‘lkasida ko‘tarilgan. Qo‘zg‘olonning eng kuchli markazi Jizzaxda bo‘lgan. 1916 yil 13 iyulda boshlangan bu qo‘zg‘olon 18 iyulga kelib yanada kengayib ketdi. Podpolkovnik Afanasyevning jazo otryadi bu qo‘zg‘olonni bostira olmadi. Turkiston general-gubernatori 21 iyulda Jizzaxga polkovnik Ivanov boshchiligida katta jazo otryadi yubordi. Eski Jizzax ayovsiz to‘pga tutib, yondirib yuborildi. Ayovsiz bostirilgan bu qo‘zg‘olonda o‘n minglab mahalliy aholi, qo‘zg‘olon yo‘lboshchilari Nazirxo‘ja Eshov va Abdurahmon Jevachilar haloq bo‘ldilar. Mahalliy aholidan 1810 desyatina hosildor yerlar tortib olinib, ularning egalari cho‘lga quvg‘in qilindi.
Zobitlar - O‘rta Osiyo hududlarini Rossiya tomonidan istilo etilishida qatnashgan harbiylar. Oddiy zobitdan oliy darajali zobitgacha bo‘lgan harbiylarning katta ko‘pchiligi harbiy xizmatdan iste’foga chiqqach, Turkistonga muhim o‘rnashib qolib, bu yerda katta-katta yer-mulklariga, zavod va fabrikalarga egalik qilganlar hamda yirik sanoatchilarga aylanganlar. Ularning asosiy maqsadlari o‘lka boyliklarini talash, o‘zlashtirish va Rossiyaga tashib ketish edi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish