O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan


-mavzu. “O‘zbekiston tarixi” fanining predmeti, uni o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati



Download 2,66 Mb.
bet2/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

1-mavzu. “O‘zbekiston tarixi” fanining predmeti, uni o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati.
Reja:
1. O‘zbekiston tarixi fanining predmeti, tadqiqot obyekti, nazariy metodologik tamoyillari.
2. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni hamda ahamiyati.
3. O`zbekiston tarixini davrlashtirish va uni o`rganishda tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: Fanning predmeti va obyekti, o‘quv jarayoni, ijtimoiy fanlar, inson omili, millat o‘tmishi, tarixiy makon, voqea-hodisalar, bog‘liq fanlar, soha tarixi, inson va tabiat, millat tarixi, tarix falsafasi, o‘tmish tajribasi, mentalitet, fan metodologiyasi, ilmiy-nazariy asoslar, usullar, tamoyillar, ijtimoiy zaruriyat, nazariya, o‘rganish evolyutsiyasi, fan tamoyillari, sivilizatsion yondoshuv, metodologiyaning tamoyillari, davrlashtirish, tarixiy manbalar, yozma manbalar, moddiy manbalar, etnografik ma’lumotlar, lingivistik ma’lumotlar, kinofotohujjatlar, arxiv manbalari, yordamchi fanlar, manbashunoslik, tarixiy geografiya, tarixiy demografiya, toponimika, madaniy meros, fanning ahamiyati va vazifalari.


1. O‘zbekiston tarixi fanining predmeti, tadqiqot obyekti, nazariy metodologik tamoyillari.
Har qaysi mamlakat, har bir xalq qzining uzoq va betakror tarixiga ega bo`lganidek, O‘zbekistonning, o`zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e’tirof etilgan ona vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko`ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq, shiddatli chorrahalaridan biri bqlib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma’lum darajada aralashchuvi sodir bqlgan, ularning madaniyati, fani, san’ati va umuman turmush tarzi bir-biridan bahra olgan, mushtaraklashgan.
Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. O‘zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O‘zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bqlib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko`qtarilgani jahonga ma’lum.
Vatanimiz tarixi o`zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo`shganligidan guvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz - Al-Xorazmiy, Farobiy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, AmirTemur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz bilan nafaqat o`zbeklar, butun turk dunyosi, qolaversa, butun yer yuzi xalqlari faxrlanmoqdalar.
Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi kqhna shaharlar bugungi kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohiga aylangan. O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, ziyoratchilar bu shaharlarni, ulardagi ajoyib tarixiy, milliy me’morchilik majmualari va yodgorliklarni kqrib, ularda mujassamlashgan xalq ustalarining iste’dodi va yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolib, ularga tahsinlar o`qimoqdalar, ta`zim qilmoqdalar. Muqaddas yerimiz orqali o`tgan Buyuk ipak yo`li Osiyo va Yevropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga bog‘lab turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan.
Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, tabarruk zaminimizda necha-necha ming yillar davomida yashab, kurashib, ijod qilib kelayotgan xalqimiz o`tmishini «O‘zbekiston tarixi» fani o`rgatadi.
Tarix - arabcha so`z bo`lib, «tadqiq etish», «tekshirish», «voqealar haqida aniq hikoya qilish» ma’nolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq o`tmishdan bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir.
«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o`tgan uzoq va murakkab tarixiy yo`lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o`rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.
O‘zbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz mehnat tufayli takomillashib borish va hozirgi odamlar darajasiga ko`tarilish jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va san’atini yoritadi. Vatanimiz tarixi o`zbeklarning xalq, millat bo`lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini o`rgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma’lum bir davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo`lib qolganligini, qaramlik azobining naqadar ayanchli, mashaqqatli bo`lganligini, ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashini va bunda mardlik, jasorat kqrsatgan xalq qahramonlari va davlat arboblari faoyatlarini keng rejada qrgatadi.
«O‘zbekiston tarixi» fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo`liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish jabhalaridagi faoliyatini o`rgatadi.
«O‘zbekiston tarixi» fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko`zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir.
O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy va tabiy fanlardan farqli o‘laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o‘z o‘rni va mavqeiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta'sir etadi. Bu, uning o‘rganish predmeti va ob'ekti hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan, o‘zining butun diqqat e'tiborini faqat o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiy – madaniy, ma'naviy – mafkuraviy qadriyatlarni o‘rganadi. Ikkinchidan, O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Tarixiy voqea va hodisalar qat'iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik – xronologik asosda o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dallilarning haqiqiy va haqiqiy emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqea bo‘lganligi aniqlanadi. Bo‘lib o‘tgan voqelik ko‘lamining aniq sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl – tamoyillari va holati aniqlanadi. Uchinchidan, O‘zbekiston tarixi fani o‘tmishdagi iqtisodiy – ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Bu esa, kelajak avlodlar uchun dasturulamal bo‘ladi. To‘rtinchidan, O‘zbekiston tarixi fani ko‘p qirralik va xilma – xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fani, O‘zbekistonning o‘tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va tanazzulini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki xilma – xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O‘zbekiston tarixi fanining o‘rganish makoni – ob'ekti O‘zbekistonning tarixidir. Tarixiy ob'ekt (makon)ga nisbatan O‘zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma'lum bir ma'noda ob'ekt bilan predmet bir – biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi.
O’zbеkiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy aks ettiruvchi fan sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizning barcha oliy o’quv yurtlarida, akadеmik litsеylar, kasb-hunar kollеjlar va umumta'lim maktablarida O’zbеkiston tarixi fani o’qitilmoqda. Bu hol vatanimiz kishilarini, ayniqsa yosh avlodni o’z ona-Vatani tarixi va madaniyatini mukammal o’rganish, binobarin, o’z milliy ongi, milliy mafkurasini, milliy vijdonini kamol toptirish uchun zamin yaratadi.
Bu fan prеdmеti doirasiga avlodu-ajdodlarimizning turmush tarzi, bosqinchilarga qarshi kurashi, yurt mustaqilligi uchun tinimsiz jangu-jadallari, uzluksiz mеhnat faoliyati, dini, yozuvi, ilmu-fani, adabiyoti va san'ati kiradi. Shuningdеk, O’zbеkiston tarixi fani o’zbеklarning elat, millat bo’lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz milliy an'analarini, ularning ichki va tashqi siyosatini o’rgatadi. Vatan tarixida xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi, istiqlol yo’llarida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, dеmokratik davlat va fuqarolik jamiyatini yaratish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatidagi tutgan o’rni va rolini o’rgatadi. Bu, o’z navbatida, O’zbekiston tarixi fani oldiga qo’yilgan bir qator muhim vazifalarni bajarish bilan bog’liqdir.
Xususan:
Birinchidan, O’zbekiston tarixi fani yoshlar ongida siyosiy, nazariy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Voqea va hodisalarga tarixiy nuqtai nazardan yondoshadigan har tomonlama yetuk, barkamol insonni tarbiyalashda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi;
Ikkinchidan, O’zbekiston tarixi mustaqil O’zbekiston yoshlar ongida milliy vijdonni uyg’otib, uning shakllanishiga ko’maklashadi. Yoshlar ajdodlarimizning taraqqiyot yo’lini. tarixiy tajribalarni o’qib o’rganganlaridagina ularning ongida istiqlol tafakkuri, Hozirgi ijtimoiy- siyosiy. Iqtisodiy va madaniy-ma‘rifiy turmushni o’tmish bilan taqqoslash va kelajakka nazar solish tuyg’usi shakllanadi;
Uchinchidan, O’zbekiston tarixi fani yoshlarni Ona Vatanga mehr-sadoqat hamda harbiy vatanparvarlik an‘analari ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanadi;
To’rtinchidan, O’zbekiston tarixi fani yoshlarimizni baynalminlalchilik ruhida tarbiyalash quroli hamdir. Yoshlarimiz bu fanni o’qish, o’rganish va mutolaa qilish jarayonida O’zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bo’lagi ekanligini tushunib oladilar, o’zbek xalqi va buyuk allomalarimizning fan va madaniyat arboblarimizning jahon taraqqiyoti va tsivilizatsiyasiga qo’shgan va qo’shayotgan munosib hissasi bilan qonuniy ravishda faxrlanadilar.
V
O’zbekiston tarixi” fani dunyodagi eng qadimiy va boy tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqining qariyb 3 ming yillik tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni o’rgatuvchi fandir.
a nihoyat, beshinchidan, O’zbekiston tarixi fani yosh avlodni o’zbek xalqining milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari: halollik, poklik, odillik, adolatlilik, insonparvarlik, rostgo’ylik, mehnat sevarlik va kamtarinlik, iymon va e‘tiqodlilik sabr-toqat va chidamlilik ruhida tarbiyalashda, Vatan va xalq oldidagi barcha sadoqatlilikni qaror toptirishda oliyjanob vazifani bajaradi.
O‘zbekiston tarixini o‘rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik tamoyili o‘sha davr shart – sharoitlarini, tarixiy muhitni inobatga olmoqni taqozo qiladi. Voqea – hodisalarni o‘rganishda tarixiy bog‘lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e'tibor qilmoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda bo‘lganligini bu hodisa o‘z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib o‘tganligini, keyinchalik u qanday bo‘lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo‘lsak, “birinchidan, u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo‘ldi, ikkinchidan, u o‘z taraqqiyotida qanday bosqinchilarni bosib o‘tdi?, uchinchidan, u hali ham mavjudmi?, Hozir qay ahvolda, qanday bo‘lib qoldi?” degan savollarga aniq javob berish zarur bo‘ladi.
Keyingi paytda O‘zbekiston tarixi fani metodologiyasini yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Avvalo, metodologiya haqida to‘xtalsak, metodologiyaning lug‘aviy ma’nosi grekcha «Metodos» va «Logos» degan ikki so‘z birikmasidan iborat bo‘lib, metod, ya’ni, usul – tadqiqot olib borish usuli (yo‘li), nazariya, ta’limot, logiya esa fan deganidir. Demakki, metodologiya ya’ni, uslubiyat ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o‘rganishning eng qulay usullari, eng to‘g‘ri va mukammal g‘oyasi, nazariyasi va ta’limotlari majmuidan iborat bir butun fandir. Boshqa ma’noda esa, metodologiya ilmiy bilish yoki ma’lum bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar haqidagi fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o‘rganuvchi va o‘qituvchilarni aniq maqsad sari to‘g‘ri yetaklaydi, ya’ni tarix haqqoniy yozilishi va o‘rganilishiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Har qanday fanning metodologiyasi xususida gap borar ekan, odatda shu fanga xos metod (usul)lar majumi tushuniladi. Tarix fanini o‘qitish metodologiyasi deganda bu yo‘nalishdagi ilmiy bilimlarning tuzilishi va rivojlanishi, ularning natijalarini asoslash yo‘llarini amaliyotda mazkur fanga xos bo‘lgan ilmiy bilimlar mexanizmini samarali tadbiq etilishi tushuniladi. Tarix fani metodologiyasi deganda tarix fanlari doirasidagi ilmiy bilimlarning tuzilishi tamoyillariga, shakli va ilmiy jihatdan tarix fani doirasida qo‘llaniladigan ta’limotiga aytiladi. O‘zbekiston tarixi fanining fan sifatidagi nazariy-metodologik asoslari o‘zida mazkur fanning qonuniyatlari va tamoyillarini, faqatgina shu fanga xos bo‘lgan qat’iy tushunchalar majmui va bilish metodlarini o‘z ichiga oladi.
Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi rivojiga bog‘liq bo‘lganidek, tarix fani metodologiyasi yuksak darajada takomil topishi tarix fani qay darajada ekanligiga ham bog‘liq. Bu holdagi uzviy va ikki tomonlama bog‘liqlik har ikkala yo‘nalishning umumiy qonuniyatidir. Mana shu o‘zaro aloqadorlik qonuniyatini, mumtoz tarixshunosligimiz va hozirgi zamon sivilizatsion yondashuvlarga asoslangan holda O‘zbekiston tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga bo‘lish tavsiya etiladi:

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish