O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan



Download 2,66 Mb.
bet8/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

Tayanch tushunchalar: Mehnatning dastlabki yirik taqsimoti, sun‘iy sug’orma dehqonchilik, savdo va madaniy aloqalar. Tosh davri, o‘rta paleolit, so‘nggi paleolit, o`rta va yangi tosh davrlari, qadimgi sivilizatsiya, ibtidoiy jamoa, urug‘chilik, matriarxat, patriatxat, Kaltaminor madaniyati, Selung’ur, Zardushtiylik dini, «Avesto».
1. O‘zbekiston qadimgi sivilizatsiya va madaniyat beshigi. Antropogenez jarayoni. Qadimgi odamlarning turmush tarzi, mashg‘ulotlari.
Insoniyat qadim – qadimdan o‘z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma`naviy madaniyatga, ya`ni ma`lum darajadagi sivilizatsiyaga ega bo‘lgan. Davrlar o‘tishi bilan insoniyat sivilizatsiyasi darajasi o‘sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma`naviy boyliklarni yaratish va ko‘paytirib borishi bilan bog‘liq kechgan.
”Sivilizatsiya” qanday ma‘noni bildiradi? Bu so‘z lotinchadan olingan bo‘lib, u hozirgi zamonda odamning komillikka, yetuklikka intilish mazmunida talqin etiladi, shuningdek u inson hayoti uchun qulayliklar yaratish jarayonini ifodalovchi tushuncha ham. Adabiyotda bu so‘z ”tamaddun” deb ham ataladi va madaniy hayotga, taraqqiyotga erishuv jarayoni ma‘nosida ishlatiladi. Qomusiy kitoblarda sivilizatsiya - jamiyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklar, shuningdek ularni yanada ko‘paytirib va takomillashtirib borish usullarining majmui, deyiladi.
S
Zamonaviy odam ko‘rinishining shakllanishi: Peshonaning torligi va shishib turishi yo‘qolgan; pastki jag‘ning oldinga chiqib turishi kamaygan; harakatlar yengillashgan va chaqqonlashgan; barmoqlar mehnat qurollarini ancha nozik bajargan.
ivilizatsiya haqida so‘z borganda, insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma`naviyat va ma'rifatga intilishi tufayli o‘zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari – ov va mehnat qurollari, kiyim – bosh, uy – joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va ma'naviy dunyosi, ijtimoiy – siyosiy, axloqiy – huquqiy munosabatlari darajasi bilan tavsiflanadigan ma`lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi, Antik Yunon – Rim sivilizatsiyasi, Islom sivilizatsiyasi, Xristian sivilizatsiyasi, hozirgi zamon sivilizatsiyasi kabi tushunchalarda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy hayoti, turmush tarzi, ma'naviy qiyofasi, axloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo‘ladi.

Har bir mintaqada sivilizatsiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki kechroq, o‘ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz – O‘zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo hududlarida olib borilayotgan keng miqyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini tasdiqlaydi.
Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo‘ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy hududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdayoq dehqonchilikka o‘tib, unumdor xo‘jalikni rivojlantirgan bo‘lsalar, bu davrda shimoliy hududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va qisman ziroatchilikning ilk shakllari bilan shug‘ullanganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy geografik sharoitlar va o‘zaro munosabatlar bilan izohlash mumkin. Bu o‘rinda O‘rta Osiyoning cho‘l va dasht hududlari hamda tog‘oldi va daryo vohalari hududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni taqqoslab ko‘rish (Kopetdog‘, Hisor, Zarafshon tog‘oldi hududlari hamda Qizilqum, Qoraqum, Qashqadaryo va Zarafshon vohasining dasht hududlari) muhimdir. Sivilizatsiya qadimda yer kurrasining bir necha turli qit‘a va hududlarida mustaqil ravishda paydo bo‘lgan va shu sababdan uning o‘ziga xos ko‘rinishlari mavjud. Zamonlar o‘tib bu mahalliy sivilizatsiyalarning bir qator xususiyatlari boshqa hududdardagi taraqqiyot belgilari bilan qorishib, umuminsoniy sivilizatsiya vujudga kelgan.
Yaqin yillarga qadar O‘zbekiston hududlari eng qadimgi odamlar tomonidan 100 ming yillar ilgari o‘zlashtirilgan deb hisoblanib kelinar edi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda bu jarayonni asosan yevropa paleoliti bilan bog‘lab kelar edilar. Ammo so‘nggi yillarda O‘zbekiston arxeologlari tomonidan olib borilgan ko‘pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi.
1

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish