3. Ajdodlarimizning ilk diniy e‘tiqodlari. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi.
Urug’chilik jamiyatida dastlabki diniy e‘tiqodlar va marosimlar kelib chiqqan. Shular jumlasiga animizm (ruhga sig’inish), totemizm (ajdodlar ruxiga siginish) magiya (sehrgarlik) va boshqalar kiradi.
Qadim zamon odamlarida turli tabiiy va g‘ayri tabiiy kuchlarga ishonshch tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Shu alfozda urug‘chilik davrida totemizm, ajdodlar ruhiga sig‘inishlar, sehrgarlik, shamanlik kabi e‘tiqod va marosimlar vujudga keladi va tarqaladi. Bu dastlabki e‘tiqodlar, ayniqsa totemizm o‘sha paytda paydo bo‘la boshlagan, san‘atda turli xayvonlar siymosi sifatida o‘z aksini topgan edi. Bunday siymolar Farg‘onaning ayrim qishloqlaridan, Toshkent viloyatining Chinoz, Sijjak tumanlaridan, Samarqand atrofidan, Amudaryo sohillaridan topilgan. Keyingi davrlarda tabiatnyang turli hodisa va namoyondalarini ilohiylashtirish, ularga e‘tiqod qilish va sig‘inish davom etgan.
Ajdodlarimiz ko‘pincha voqiylikni afsonaviy tarzda tushunganlar. O‘sha paytlarda asta-sekin mifologik tafakkur yuzaga kelgan. Tadqiqotchilarning aytishlaricha, insoniyat qabilachilikkacha bo‘lgan davrda totemizmga amal qilgan bo‘lsa, mifologiya qabilachilik davrining mahsuli bo‘lgan. Xususan, miloddan avval Turon zaminida yaratilgan va Markaziy Osiyo xalqlarida mashhur bo‘lgan ”Ug‘iznoma” dostonidan bu jarayon o‘z ifodasini topgan. Bu asar o‘sha paytdan beri og‘izdan-og‘izga o‘tib ma‘lum darajada o‘zgarib mintaqa xalqlari folklorida bugun ham nufuzli o‘rin egallaydi.
Ibtidoiy jamiyatning yemirilib borishi jarayonida yangi diniy aqidalar vujudga kela boshladi. Shu jumladan, odamsimon xudolar, ajdodlar ruhiga sig‘inish, oxirat to‘g‘risidagi afsonalar paydo bo‘ladi. Endi diniy tasavvurlar ancha murakkablashadi, milliy aqidalar asosida jahon dinlari, xususan, zardushtiylik shakllana boradi.
Shuningdek, arxeologik topilmalar va yozma yodgorlyaklar bundan 2-2,5 ming yil avval Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida zardushtiylarning olovxonalari bilan bir qatorda buddaviylarning ibodatxonalari bo‘lgani, ulardan minglab e‘tiqod qiluvchilar foydalaganligidan xabar beradi. Ajdodlarimiz ma‘lum bir odatlar, rasm-rusumlar, udumlarni o‘ylab topganlar, ular asta-sekin an‘analarga, hayot qoidalariga aylangan. Shu alfozda qadriyatlar vujudga kelgan, ular esa, o‘z navbatida, kishilarni manaviy yetuklikka da‘vat etgan. Bunga yorqin misol Navro‘z udumlaridir.
Tadqiqotchilarning fikricha, Navro‘z bayrami bundan taxminan 3,5-4 ming yil avval paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda qadimgi dehqonlar qishni kuzatib, bahorni qarshilash marosimini shunday deb ataganlar. U davrlarda aholining aksariyati dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Navro‘z yangilanish, poklanish ramzi, inson umidlari, niyatlarini ifodalash belgisi sifatida paydo bo‘lgan. Uni bayram qilish turli udum, urf-odatlar, irimlar bilan chulg‘angan, asrlar osha yangi an‘analar bilan boyib borgan. Demak qadimgi ajdollarimiz tabiat mavsumlarini anglaganlar, ularni e‘zozlaganlar, ularga asoslanib, o‘z maqsad va niyatlarini amalga oshirishga intilganlar.
Mintaqamizning muhim xususiyatlaridan biri uning murakkab etnik-madaniy chorrahada joylashganidir. Aholi bir qancha turli qavm, qabila va elatlardan tashkil topgan va ular etnik jihatdan aralashgan holda yashaganlar. Shu bilan birga aholining ko‘pchiligini turkiy va forsiy- tojik ajdodlari bo‘lgan, ular o‘zaro hamjihatda yashaganlar, san-manga bormaganlar. Bu xam bag‘rikenglik, tolerantlik hislatlarining sarchashmalari bo‘lsa kerak.
Q
Zardo‘shtiylik xudolari – Axuramazda, Mitra, Anaxita, Humo, Axriman.
adimda o‘lkamizda yashagan aholining ma‘naviy va madaniy qiyofasi mashxur ”Avesto” mazmunida o‘z ifodasini topgan. Ma‘lumki, bu muqaddas kitob Markaziy Osiyo xalqlari to‘g‘risidagi dastlabki noyob manbadir. "Avesto" avval xalq og‘zaki ijodi shaklida tarqalgan va bir necha asrlar davomida og‘izdan-og‘izga o‘tib, qadimgi Turon, Xuroson, Eron, Ozarbayjon elatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, olam haqidagi tasavvurlarini va diniy qarashlarini o‘zida aks ettirgan. Bu asar ko‘p yillar davomida zardushtiylik-otashparastlik dinining ulamo kohinlari tomonidan to‘ldirilib, takomillashtirilgan. Abu Rayxon Beruniyning ”O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida ta‘kidlashicha, ”Avesto” ilk bor mil. av. VI asr boshlarida to‘liq holda 12 ming qoramol (xo‘kiz) terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) sharqni zabt etganda "Avesto" ning nodir nusxasidan o‘ziga ma‘qul bo‘lgan joylarini tarjima qildirib olib qolgan, boshqa qismini esa yoqtirib yuborgan. Shu sabab, bu qomusiy asarning 5 dan 3 qismi kuydirib yuborilgan. Keyinchalik - milodiy I-IV asrlarda "Avesto"ning qolgan qismlari jamlanib, ayrim joylari qayta tiklanib, yangidan kitob holiga keltirilgan. Bizga qadar "Avesto"ning ayrim qismlarigina yetib kelgan. Bular: "Yasna"-ibodat paytida ijro etiladigan matnlar "Yasht"-otashparastlarning tangrini ta‘riflash madhiyalari, "Vendidot"-zulm timsoli-devlarga qarshi qonunlar va afsonalar, "Visparat"-ibodat yo‘sinlari va mazmuni haqida ma‘lumotlardir.
"Avesto" katta hajmda bo‘lganligi sabab, dindorlarning kundalik faoliyatida foydalanshi uchun kichik "Avesto" ham yaratilgan. Unga katta "Avesto"dan tanlab olingan duolar kiritilgan. Demak, "Avesto"da zardushtiylik dinining qonun-qoidalari, ibodat vaqtida ijro etiladigan qo‘shiqlari bitilgan.
"Avesto" ta‘limotining asoschisi tarixda payg‘ambar nomi bilan tanilgan Zardushtra (Zardust) ismli shaxs bo‘lgan. Zardushtra - oltin tuyali yoki oltin tuya yetaklovchisi degan ma‘noda ishlatilgan. Zardushtra otashparastlik g‘oyalarini o‘z hamfikrlari bilan birgalikda Katta Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Eron, Ozarbayjon qisman Hindiston aholisi o‘rtasida targ‘ib etgan.
Beruniy keltirgan rivoyatga ko‘ra, Baqtriya podshosi Vishtasp va malika Xutaosa birinchilardan bo‘lib zardushtiylik e‘tiqodini qabul etganlar, so‘ng bu din keng yoyilgan.
"Avesto"da dunyo ezgulik va yovuzlikning doimiy kurashidan iborat, ezgulik xudosi Axuramazda (Xurmuzd) yovuzlik tangrisi Axriman ustidan g‘alaba qozonishi bayon etilgan. Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilib, u insonning baxtu-saodati ramzi sifatida ulug‘langan.
Zardushtiylik jamiyatda barcha odamlar - tanasining rangidan, tili, urf-odatlari va yashagan joylaridan qat‘i nazar, osoyishtalik bilan yorqin hayot kechirishga haqlidir, deb hisoblaydi. Bu din odamlarni jur‘atli, dovyurak, yetuk insonlar bo‘lishga da‘vat etadi. Otashparastlikda zamin (yer), suv, quyosh va havo ilohiyat darajasiga ko‘tariladi va ularni ifloslash og‘ir gunoh hisoblanadi. Kitobda aytilishicha, Zardusht odamlarga murojat qilib, yerga, tuproqqa sifatli urug‘lar sepinglar, pirovard natijada o‘zlaringiz har xil illatlardan va balolardan holi bo‘lasizlar. Bilib qo‘yinglar, ishlov berilmagan tashlandiq yerlarda turli kasalliklar, iflos narsalar va balo-qazolar paydo bo‘ladi. Demak, sizlar yerga ishlov berib, unga yaxshi urug‘ sepib, tuproqni e‘zozlasangiz har xil balolardan qutulasiz, xayotga, insonga ishonchingiz kuchayadi, yashagan joyingizga, vataningizga mehringiz oshadi, deydi. Ko‘rib turibmizki, zardushtiylikda tabiatga ehtirom asosiy yo‘nalish bo‘lgan. Zardushtiylik diniga oid turli buyumlar, rasmlar, urf-odat asoratlari qadimgi Xorazm, So‘g‘d va boshqa o‘lkalarda ko‘plab topilgan.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, "Avesto"ning vatani Amudaryo sohili, aniqrog‘i qadimgi Xorazmdir. Bu asarda olingan 16 yirik hududiy-geografik nomlarning ko‘pchiligi O‘rta Osiyoga taalluqlidir. Bular Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya yurtlari, Xisor, Pomir, Tiyanshon tog‘lari, Kaspiy, Orol, Issiqko‘l suv havzalari, Amudaryo va Sirdaryolardir. Demak bu muqaddas asarda geografiyaga oid mulohazalar xam bisyor.
"Avesto" jahon olimlari tan olgan boqiy yodgorlik, noyob tarixiy manba. U dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan. Kitob fransuz, ingliz, rus, nemis, fors va boshqa tillarda chop etilgan. Asarning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rni beqiyosdir. Shuning uchun ham 1999 yil noyabrda YuNeSKO bosh konferenkiyasi "Avesto" yaratilganligining 2700 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlashga qaror qildi, 2001 yil oktyabrida Xorazm zaminida "Avesto" va uning insoniyat taraqqiyotadagi o‘rni mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya otkazildi.
Ma‘lumki, qadimgi zamon moddiy va ma‘naviy taraqqiyoti fanda antik, ya‘ni qadimgi sivilizatsiya deb ataladi. Jahonning turli mintaqalarida vujudga kelgan bunday taraqqiyot bora-bora umuminsoniy qadriyatlarga, madaniyatga, Sivilizatsiyaga aylanadi. O‘zbekiston esa insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri bo‘lgan. Demak, o‘lkamizda yashab o‘tgan qadimgi odamlar jahon ravnaqiga, uning bugungi rivojiga o‘zining munosib hissalarini qo‘shganlar. Shu bois bugungi mustaqil O‘zbekiston xalqlarida milliy g‘urur bilan birga taraqqiyotga, sivilizatsiyaga intilish hissi kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |