O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan


-mavzu. O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari



Download 2,66 Mb.
bet13/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

3-mavzu. O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari.
Reja:
1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari.
2. Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya, Sug‘diyona) davlatlari.
3. Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholigining tashkil topishi va taraqqiyoti.
4. Qang‘, Dovon va Kushon davlatlari.
5. O‘zbek xalqi etnogenezi.
Tayanch tushunchalar: Davlat, Xorazm, Baqtriya, Sug`diyona, Yunon-Baqtriya, Qang`, Dovon, Kushon davlatlari, etnogenez, etnik shakllanish, etnik tarix, urf-odatlar va an’analar, ijtimoiy tuzilmalar.


1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari.
Davlat, davlatchilik o‘z mohiyati bilan insonlarning dolzarb talablarini, tub ehtiyojlarini amalga oshirishga, ularning huquqlarini himoya qilishga, jamiyatda barqarorlik o‘rnatish va uni saqlashga mo‘ljallangan dargoh, u muayyan jamoa, elat, xalq tomonidan tashkil etilgan maxsus guruh bo‘lib, uning ma'lum huquqlarga ega bo‘lgan vakillar mavjud. Davlat jamiyatga tashqaridan, zo‘rlab kiritilgan emas, balki ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va taraqqiy etishi natijasida jamiyatnig o‘zida vujudga kelgan. Davlat siyosiy tashkilot sifatida jamiyatni uyushtiradi, hokimiyat bilan xalqni uyg‘unlashtirishga harakat qiladi. Bir faylasuf «davlatni barpo qilishdan maqsad odamlarga jannat yaratish emas, balki jamiyatda do‘zax bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir», degan ekan. Alloma xaqdir. Chunki, jamiyatda barqarorlik bo‘lsa, odamlar farovon hayotni o‘z mehnatlari bilan yaratadilar.
Davlatlar kelib chiqishiga ko‘ra, birlamchi yoki ikkilamchi davlatlarga bo‘linadi. Birlamchi davlatlar deb, o‘zga davlatlarning ta'sirisiz, mustaqil tarzda yuzaga kelgan davlatlarga aytiladi. Ikkilamchi davlatlar o‘zga davlatlarning ta'siri ostida yuzaga kelgan davlatlar hisoblanadi.
O‘zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga o‘tish jarayoni mil. avv. 2 ming yillikning o‘rtalarida boshlandi. Ilk davlatlar paydo bo‘lishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni aytish mumkin:
Kishilik jamiyatining ishlab chiqarish munosabatlarida mehnatning dastlabki yirik taqsimoti, buning natijasida ijtimoiy – iqtisodiy hayotdagi siljishlar va o‘zgarishlar. Ma'lumki, so‘nggi bronza davrida (mil. avv. 2 ming yillik) mehnatning dastlabki yirik taqsimoti ro‘y beradi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Iqtisodiy hayotdagi siljishlar tufayli ortiqcha mahsulot paydo bo‘lib, bu mahsulot ma'lum shaxslar qo‘lida to‘plana boshlaydi. Odamlar orasida mulkiy tengsizlik holatlari yuzaga kela boshladi.
Jamiyat va davlatning bosh yacheykasi hisoblangan oilaning yuzaga kelishi. Ota urug‘i – patriarxat davridan (miloddan avvalgi 3 ming yillik) boshlab urug‘chilik munosabatlari ham o‘zgarib boradi. Ikki urug‘ a'zolaridan tashkil topgan er – xotin – juft oilalar vujudga keladi. Buning natijasida mulkchilikda ham o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Katta patriarxal oilalar urug‘ jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug‘ jamoalariga qarashli yerlardan chek yerlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug‘ jamoasining umumiy xo‘jaligi oilalar jamoasiga bo‘linadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi. Xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari bo‘lgan dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek, hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi urug‘ va qabilalar ichida ayrim to‘q oilalarning vujudga kelishiga olib keldi. Mulkiy tabaqalanish kengayib bordi.
«Avesto» ma'lumotlariga ko‘ra, O‘rta Osiyoda jamiyatning asosini katta patriarxal oilasi tashkil etgan. Bu «nmana» deb atalgan. Shunday oilaning bir nechtasi urug‘ jamoasini — «vis»ni tashkil etgan. Hududiy qo‘shnichilik jamoasi «varzana» deb atalgan. Bunday jamoalar birlashib qabilani — «zantu» ni tashkil etgan. Qabilalar o‘rtasida muntazam kelishmovchiliklar bo‘lib turgan. O‘z hududlarini himoya qilish maqsadida bir necha yirik qabilalar muayyan hudud (viloyat) da birgalashib yashaganlar. Bu birlashma dahyo(yu) degan nom olgan. Bu viloyatlarni boshliq («qavi») boshqargan. Ushbu viloyatlar dastavval harbiy – siyosiy birlashma sifatida paydo bo‘lgan. Ular o‘zi yashagan hududni mudofaa qilgan. Sug‘orish ishlarini uyushtirgan va boshqarib borgan. Qabila boshliqlari vaqti – vaqtida to‘planib, kengashib turishgan. Bular dastlabki davlatchilikning alomatlari edi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning siyosiy tuzilmasi davlat va uni boshqaruv tizimi muttasil takomillashib borgan.
D

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish