O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan



Download 2,66 Mb.
bet21/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

Kushon podsholigi va uning yurtimiz davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni. Kushon podsholigi – o‘zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat (milodiy I – III asrlar). Milodiy I asrning 1 – yarmi yoxud o‘rtalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida – yuechji) mil. avv. 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon – Baqtriya podsholigi o‘rnida bir asr davomida 5 qabilaga bo‘linib (Kushon, Xyumi, Shuanmi, Xise, Dumi) yashagan. Bulardan Kushon (Xitoy yilnomalarida Guyshuan) qabilasi jabg‘usi Kujula Kadfiz (Kadfiz I – mil. avv. I asr oxiri – milodiy I asr 1 – yarmi) mil. I asrda qolgan 4 qabilani bo‘ysundirib, o‘zini hukmdor deb e‘lon qilgan.
«Kushon» atamasi yo sulola yoki qabilaga tegishli bo‘lib, u ilk bor mil. avv. I asr oxiri – mil. I asr boshida hukmronlik qilgan podshoh «Geray» — Sanab zarb qildirgan tangalarda qo‘llangan. Mil. avv. I asrda Kosonsoy – Kushonlar saltanatining poytaxti bo‘lgan. Kushonlarninchqg dastlabki mulklari hududiga Shimoliy Baqtriya (Tojikiston hamda O‘zbekistonning janubi, Turkmanistonning janubiy – sharqidagi yerlar) kirgan. Dastlab jabg‘u, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon davlatiga asos solgan bo‘lib, uning davrida kushonlar hozirgi Afg‘oniston bilan Pokistonning ko‘pchilik qismini bosib olgan.
Kushon davlati Kujula Kadfizning o‘g‘li Vima Kadfiz (30 yil podsholik qilgan), xususan, Kanishka I (23 yil podsho bo‘lgan) va uning o‘g‘li Vasishka (4 yil podsholik davrini surgan) davrida har tomonlama kuchayib dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Buni milodning III asriga oid budda matnidagi «dunyo uch qismga (Xitoy, Rim va Kushon) bo‘lingan» degan jumlalar ham isbotlaydi. Kushon davlati O‘rta Osiyoning kattagina hududlari, Shimoliy Hindiston, Qashqar, Afg‘oniston va Sharqiy Turkiston yerlarini o‘z tarkibiga qamrab olgan edi. Kanishka podsholigi davrida mamlakatning iqtisodiy – siyosiy va harbiy qudrati har tomonlama rivoj topdi. Mamlakatda oltin, kumush va mis tangalar zarb kilindi. Bu davrda ayniqsa Termiz, Samarqand, Naqshab, Buxoro, Choch, Dalvarzin, Peshovor va boshqa shaharlar rivojlandi. Xitoy, Rim va boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari kengaydi. Bu borada «Ipak yo‘li»ning o‘rni va ahamiyati oshdi. Xitoy savdo – sotiqda o‘zining xom ipak va ipak matolari, oltin va terilari bilan mashhur bo‘lsa, O‘rta Osiyolik savdogarlar noyob va nafis shishalari, qimmatbaho toshlari, zeb – ziynat buyumlari bilan dong taratgan edilar.
Kushon davlatida siyosiy hokimiyat ruhoniylar qo‘lida bo‘lib, unda podsho dunyoviy rahbar bo‘lish bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat satrapliklarga bo‘lingan bo‘lib, ularning satraplari ayrim erkinliklarga ega edi. Kushon podsholigi quldorlik davlati bo‘lsa-da, unda qishloq jamoasi muhim o‘rin tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng ko‘lamda dinlararo murosasozlik siyosatini yurgizgan: aholi, asosan, buddizmning mahayana mazhabiga e‘tiqod qilgan, shuningdek, mamlakatda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi ko‘plab boshqa dinlar ham bo‘lgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida ko‘proq oltin va mis tangalar qo‘llanilgan. Dehqonchilik, xususan, sug‘orma dehqonchilik rivojlangan, qishloq xo‘jaligi ekinlarining ko‘pchilik turi ekilgan. Kushonlar saltanati o‘z davriga nisbatan yuksak madaniyatga ega bo‘lgan edi. Ammo u haqda ma‘lumotlar deyarli saqlanmagan. Kushon davlati Kanishka I (78 – 100 – 123) podsholigi davrida o‘z yozuviga ega bo‘lgan. 22 harfdan iborat bo‘lgan bu yozuv Kushon (Baqtriya) yozuvi deb atalgan. Bu yozuvlar Kushon davlati zarb etgan tangalarda aks etgan.
Kushon saltanatining inqirozi Xuvishka podsholigi davri (32 yil hukm surgan)dan boshlandi. Bu jarayonda Sosoniylar davlatining tarix sahnasiga chiquvi asosiy omil bo‘ldi. Xususan, sosoniy hukmdorlardan Shopur I ning (milodiy 242 – 243 yillardagi yurishlari) va Shopur II ning (309 – 379) kushonlarga bergan zarbalari hal qiluvchi o‘rin tutdi. Milodiy III asrning 1 – yarmi yoki o‘rtalarida Kushon podsholigi barham topgan.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish