O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan


-mavzu. Ilk o‘rta asrlarda o‘zbek davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy



Download 2,66 Mb.
bet24/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

4-mavzu. Ilk o‘rta asrlarda o‘zbek davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, madaniy hayot.
Reja:
1. Kidariylar va xioniylar va Eftaliylar hukmronligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
2. Turk hogonligining vujudga kelishi va uning O`rta Osiyo hududini egallashi. Turk hoqonligi davrida mamlakatni idora etish usuli.
3. Arab-xalifaligining paydo bo`lishi va arablar tomonidan yurtimizning istilo etilishi. Islom dinining yoyilishi.


Tayanch tushuncha: Xioniylar va kidariylar, Eftaliylar, kadivarlar, dehqonlar, Turk xoqonligi, ixshid, budun, arab bosqini, xalifalik, islom dini.


1. Kidariylar va xioniylar. Eftaliylar hukmronligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
Milodning IV-V asrlari O‘rta Osiyo qadimgi tarixining muhim bosqichlaridan hisoblanadi. Ulkan Kushonlar davlati ichki va tashqi kurashlar natijasida bir qancha mustaqil davlatlarga bo‘linib ketadi. O‘rta Osiyoning janubida uning tarixidan Toxariston va Marv ajralib chiqadi. Ulardan shimolda esa Sug‘d alohida bo‘lsa, uning sharqiy tomonida Ustrushona joylashadi. Ustrushonaga tutash hududlarda Farg‘ona, O‘rta Osiyoning shimoliy hududlarida Choch va Xorazm mulklari mustaqil edi.
Bu davrda O‘rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan siyosiy jarayonlar ko‘p sonli ichki va tashqi urushlar bilan bog‘liq edi. Shuningdek, milodiy IV-V asrlar O‘rta Osiyo hududlariga ko‘chmanchi qabilalarning kirib kelishi, qabilalar ittifoqi yuzaga kelishi natijasi bo‘lgan, yangi siyosiy kuchlardan biri Kidariylar bo‘lib, ular haqidagi asosiy ma’lumotlar Xitoyning Beyshi Solnomasida hamda g‘arb muallif tarixchilaridan biri Prisk Paniyskiy ma’lumotlarida uchraydi.
Tadqiqotchilarning fikricha, kidariylarning dastlabki, vatani Sharqiy Turkiston edi. Beyshi solnomasida berilishicha, yuyechjilar humdori Sidolo jujanlar hujumi tufayli o‘z qarorgohini Bolo (Balxga) ga ko‘chirgan. Yana shu manba xabar berishicha, Kidar Shimoliy Hindistonga yurish qilib Gandxardan shimoldagi 5 ta davlatni o‘ziga bo‘ysundirgan. Ayrim tadqiqotchilar, kidariylar Sharqiy Turkistondan ko‘chishni boshlangan so‘ng ular ikki qismga bo‘linib, katta qismi shimoli-g‘arbiy Hindistonga, kichik qismi esa O‘rta Osiyoga joylashadilar, degan fikrni ilgari suradilar. Kidariylarning O‘rta Osiyoga joylashuvi masalalari bilan shug‘ullangan. S.K.Kabanovning fikricha, ularning markazi Balx emas balki Qarshi atroflaridagi Yerqo‘rg‘on ko‘hna shahri bo‘lgan. Bu fikrni L.N.Gumilyov ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo, bu fikrni ko‘pchilik olimlar e’tirof etmaydilar va balki Qarshi atroflarida kidariylarning kandaydir kichik guruhlari joylashgan bo‘lishi mumkin degan fikrni bildirdilar.
Yaponiyalik tadqiqotchi K.Yenoki braxmiy yozuvida zarb etilgan, “Kidara Kushon sha” degan yozuv bitilgan tangalarni o‘rganib, ular taxminan 390-430 yillarga mansub degan xulosaga keladi. Hind olimi A.Bivarning xulosalariga ko‘ra, bunday tanganlar ikkita hokim tomonidan bir vaqtning o‘zida zarb etilgan bo‘lishi mumkin. Yenokining fikricha, Kidariylar Toxariston va Gardxarni 412-437 yillar oralig‘ida o‘z qo‘l ostilariga birlashtirganlar.
Ayrim tadqiqotchilar Kidariylarni Sharqiy Turkistondan kirib kelgan kushonlar qoldig‘i bo‘lishi mumkin degan fikrni ilgari surishadi. Shuningdek, Kidariylarning O‘rta Osiyoning janubidagi Xioniylar bilan ittifoqchiligi hamda ularning Eronga qarshi birgalikdagi harakatlari to‘g‘risidagi taxminlar ham bor.
Tadqiqotchilar Kidar hukmronlik qilgan davrni IV asrning ikkinchi yarmi va V asrning birinchi choragi bilan belgilaydilar. Kidar (yoki Kidara) avval boshda Eron shohi Shopur II ga bo‘ysungan. Oq xunlar bostirib kelishi bilan o‘z o‘g‘li Pironi Peshovarda qoldirib Shimolga yo‘l olgan. Oq xunlar bilan kurash manbalarda 400-yillarga to‘g‘ri kelishi ta’kidlangan. Kidar Shopur II (309-379 yy)ning zamondoshi bo‘lib, avvalambor kushonlar hokimiyatining davomchisi sifatida ularga bo‘ysunib kelgan hamda xioniylar yordamida Baqtriyada kushonlar hokimiyatiga chek qo‘ygan.
Kidariylar tez orada Amudaryo o‘ng va chap qirg‘oq havzasi hamda Sug‘dning katta qismini egallaydilar. Manbalarning guvohlik berishicha, kidariylar Eron sosoniylari bilan ko‘p martalab urushlar olib boradilar. Bu urushlar ayniqsa sosoniy podsholari Varaxran V (420-438 yy.) va Yozdigard II (438-457 yy.) davrlarida ayniqsa avjiga chiqadi. 456 yilda bo‘lib o‘tgan navbatdagi harbiy to‘qnashuvlardan so‘ng katta talofatga uchragan kidariylar qayta o‘zlarini o‘nglab ololmadilar. Bu voqeadan keyin kidariylar haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. Faqatgina ular Hindistonda Gupta davlatini egallab bu yerda 75 yil hukumronlik qilgani, 477 yilda Gandxardan Xitoyga elchilar yuborgani ma’lum xolos.
IV asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo yerlariga shimoli sharqdan xion qabilalari bostirib kiradilar. Tarixda xioniylar nomi bilan mashhur bo‘lgan bu qabilalarning asli vatanini ayrim tadqiqotchilar Orol bo‘yida deb hisoblaydilar. Xioniylar xun qabilalariga qon-qarindosh bo‘lganliklaridan bo‘lsa kerak, g‘arb tarixchilari ularni “oq xunlar” deb ataydilar. IV asrning o‘rtalarida ancha kuchaygan xioniylar janubga tomon harakat qilib sosoniylar bilan to‘qnashadilar. Bu to‘qnashuvlar hamda xioniylar yo‘lboshchisi Grumbat, ularning Suriyadagi Umda shahrini qamal qilganliklari haqida Ammian Marsellin ma’lumotlar beradi. Dastlabki harakatlarda xioniylar mag‘lubiyatga uchrasalarda, keyinroq ular sharqqa tomon yurishlar qilgan sosoniylar shohi Shopur II ga qattiq zarbalar beradilar. K.Treverning fikricha, xioniylar IV asrning 70-yillarida o‘zining kuchaygan pallasiga kiradi. O‘rta Osiyoda kidariylar va eftalitlar hukmronligi o‘rnatilgach xioniylarning siyosiy ahvoli o‘zgaradi va ular eftalitlarga tobe bo‘lib qoladi. Afsuski, xioniylar va kidariylarning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi haqidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelmagan.
Xioniylar va kidariylarga nisbatan eftalitlar haqidagi ma’lumotlar nisbatan ko‘proq saqlangan. Eftalitlar tarixi yuzasidan ma’lumotlar rim, vizantiya, suriya, arman va arab tarixchilarining asarlarida, Xitoy solnomalarida, pahlaviy matnlarda, Firdavsiyning “Shohnoma”sida uchraydi. Shunga qaramadan eftalitlarning kelib chiqishi haqidagi olimlarning fikrlari turlicha. Misol uchun, S.P. Tolstov, A.N.Bernshtam, K.V.Trever kabi olimlar eftalitlarning ilk vatani Sirdaryoning quyi oqimi deb hisoblasalar, A.Mandelshtam, R.Grishman, L.Gumilyov, K.Yenoki kabi olimlar esa eftalitlar vatanini Badaxshon deb hisoblaydilar. B.Litvinskiy va K.Inostransevlar eftalitlarning ilk vatani Farg‘onaning tog‘ oldi hududlari bo‘lganligi haqidagi fikrni ilgari suradilar. Ularning turkiy halqlar bo‘lganligi haqidagi masala uzil-kesil yechimini topmagan.
O‘rta Osiyoning shimoli – sharqidan Movarounnahrning ichki viloyatlariga kirib, milodiy V asrda davlat barpo etgan qabila ittifoqi. Eftaliylar O‘rta Osiyo, Hindiston, Afg‘oniston, Eron va Sharqiy Turkiston tarixida muhim rol o‘ynagan. Eftaliylarning ilk ajdodlari xunlardan bo‘lishi taxmin etiladi. Mil. avv. VII asrda Xitoyning shimoli-g‘arbi (Xesi)da yashovchi mallasoch, ko‘zi ko‘k xunlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab, Pomirning tog‘li viloyatlariga kelib yashaydilar. Keyinchalik ular mahalliy aholiga aralashib, tillarini ham o‘zgartiradi. Hunlarning boshqa bir guruhi Hunlar davlati yemirilgach, Jung‘oriyaga, Ila havzalariga kelib o‘rnashgan va bu yerda Yueban etnik uyushmasini tash­kil qilgan. Yuebandan eftal etnik nomi bilan atalgan yirik bir guruh ajralib, III asrda Movarounnahrga ke­lib o‘rnashdi. Eftaliylarning yana bir guruhi g‘arbga Kaspiy dengizining shimoliy hududlariga borib, keyinchalik bu yerlardagi boshqa turkiy xalqlarga ara­lashib ketadi. Eftaliylar IV asrning 2-yarmida ko‘payib, Movarounnahrda yashovchi xioniy, kidariy va boshqa xalqlarni tobe etib, davlat barpo etadi. V asrda ular Qang‘ davlatini mag‘lubiyatga uchratadi. Xurosonning talay qismini egallaydi. Xuroson yeri uchun eftaliylar Eron bilan qattiq urush olib borgan. V asrning o‘rtalarida diyorimizga kirib kelgan eftallar yozma manbalarda eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. «Eftal» degan nom ilk bor «xeptal» shaklida V asr arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida «Eftalon» deb yuritilgan shoh nomidan olingan. Uni Vaxshunvar deb ham ataganlar, u eftallar yurishiga boshchilik qilgan.
Eftalitlar davri bo‘yicha rimlik va vizantiyalik tarixchilar ma`lumot beradi. Eftalitlar davlati haqida yagona nuqtai-nazar mavjud emas. Bu yangi ko’chmanchi aholidan tashkil topgan qavmni yozma manbalarda heptal, haytal, xetal, abtal, idal, i-da kabi qator nomlar bilan tilga olinadi.
Ammo aksariyat ko`pchilik olimlar Eftalitlarni milodimizdan avvalgi I asr bilan milodimizning IV asri o`rtalarida Yettisuvdan va yanada sharqroqdagi rayonlardan Orol dеngizi bo’ylariga kеlib qolgan xunnlar bilan aralashib kеtgan holda Xun qabilalaridan turkiy tilini qabul qilgan Orol bo’yi sak-massagеt qabilalarining avlodlaridirlar, dеgan g’oyani ilgari suradilar. Eftalitlar tarixiga oid ma'lumotlar rimlik tarihchi Ammian Martsеllin (IV asr), vizantiyalik tarixchi Prisk Paniyskiy (V asr), Prokopiy Kеsariyskiy (VI asr), Fеofan Vi­zantiyskiy (VI asr), suriyalik yozuvchi Zеnob Glak (VII— VIII asrlar), armanistonlik tarixchilar Lazar Parbski (V asr), Favsto Buzanda (IV asr), Yerishе (V asr) asarlarida berilgan. Birmuncha kеinroq yozilgan Xitoy solnomalari «Vеy-Shu» (VI asr) va «Man-shu» (IX—X asr)da ham Eftalitlar to’g’risida qimmatli manbalar bor.
Feofan Vizantiyskiyning yozishicha, eftalitlar o‘z nomini podshoxlaridan biri bo’lgan Vaxshunvar Eftalon nomi bilan atashgan. Arman tarixchilaridan biri esa eftalitlar nomi xaft (yetti) ya`ni massagetlar yettinchi qabilasi nomidan olingan deb hisoblaydilar.
Manbalarda 457 yildan ya`ni eftalitlar shoxi Vaxshunvar Choganiyon, Toxariston va Badaxshonni o‘ziga bo‘ysundirib olgan vaqtdan boshlab eftalitlar haqida ma`lumot bera boshlaydi. Sosoniy shoxi Peroz eftalitlarga qarshi muvaffaqiyatsiz yurish qiladi va asirga tushadi. U ikkinchi va uchinchi yurishlarda ham mag‘lub bo‘ladi va xalok bo‘ladi.
Eftalitlarning siyosiy markazi Poykand yoki Balx shahri bo’lgan. Davlat boshida podshox turgan. Odamlar asosan shaharlarda yashagan. Aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Bu davrda yangi tipdagi shahar qal`alar qad ko‘tara boshlaydi. Bunday shaharlar feodal davlat uchun xos edi.
Eftalitlarda moddiy-madaniyat taraqqiy etgan. Binokorlik, naqqoshlik, tasviriy san`at rivojlangan. V asrga oid bo’lgan eftalit shoxlari saroyi bo’lgan Varaxsha yodgorligi bu davrda moddiy madaniyatning rivojlanganligidan darak beradi.

Eftaliylar, ularning etnik tarkibi, davlat tashkil etishlari XVsusida tarixiy manbalarda turli xil qarashlar mavjud. Shular orasida rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati eftaliylarni turkiy qabila - massagetlarning so’nggi bo’g’inidan kelib chiqqan degan fikrlari haqiqatga yaqindir. Ba’zibir tarixchilar eftallar nomini V asirning ikkinchi yarimida podshohlik qilgan Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog’laydilar Nima bo’lganda ham shu narsa ma’lumki, eftaliylar Markaziy Osiyo mintaqasida yashab kelgan turkiy qavmlardir. Eftaliylarning O’rta Osiyo hududini eg’allashi asosan 457 yilda shoh Vaxshunvar boshchiligida boshlanadi. Qisqa muddatda ular Chag’oniyon, Tohariston va Badaxshonni bo’ysundiradilar, so’ngra So’g’dda ham mustahkamlanib oladilar. Ko’p o’tmay o’z yerlarini Qobul, Panjob vodiysi, Qashqar, Sharqiy Turkiston, Sharqiy Eron va Shimoliy Hindiston hisobiga kengaytirib oladilar. Shu tariqa V asrning ikkinchi yarimi va VI asr boshlarida ilk o’rta asrlarning yangi qudratli davlati-Eftaliylar davlati tashkil topadi.
Eftaliylar davlatining asosiy dushmani Eron sosoniylari bo’lganligi tarixdan ma‘lum. Tobora kuchayib borayotgan eftaliylarning tojovuzidan xavfsiragan sosoniylar shohi Pero’z (hukumronligi 459-484 tillar) eftaliylar ustiga uch marta qo’shin tortadi, lekin har gal mag’lubiyatga uchragan va uning evaziga sosoniylar eftaliylarga katta miqdorda o’lpon to’lab turgan. Sosoniylar shohi Peroz halokatidan keyin uning o’g’li Kovad (hukumronligi 488-551 yillar) va Kovadning o’g’li Xisrav Anushirvon I (hukmronligi 531-579 yillar) davrida ham Eron eftaliylarga xiroj to’lagan va xalq ommasiga og’ir soliqlar solingan, bu esa sinfiy ziddiyatlarni kuchaytirgan.
Bu davrlarda fеodal ishlab chiqarish usuli hеch bir joyda biron tarzda to’liq shakllanmadi. VI- IX asrlar oralig’idagi davrda hududda ilk feodal davlat uzil-kеsil qaror topdi. Har bir mamlakat har qaysi xalq va davlat uni o`zining tabiiy sharoitlariga o’z ananalariga va hatto tarkib topgan o`z turmush tarziga moslashtirar edi. Jumladan Rossiyada fеodal yer egasi hisoblangan. Dеhqonlar fеodal yer egasi foydasiga tеkin ishlab berishga majbur edilar. Dеhqon­lar dastlabki davrlarda xaftada bir kun, so`ngra ikki kun, undan kеyin uch kun, bora-bora esa butun xafta davomida fеodal yerida ishlashga majbur qilingan. Chunki, yuqorida ta'kidlaganimiz singari yer fеodalning xususiy mulki, dеhqon esa bunday mulkdan maxrum. Mamlakatimiz hududida esa fеodalizm ya'ni yerga egalak munosabatlar ma'lum darajada o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan. Bu yerda dеhqon Rossiyadagi singari mulkdor fеodal yer egasiga emas, balki yerga bog’lanib qolgan edi. Tеkin ishlab berish (barshchina) bu yerda iqtisodiy jihatdan foydali bo`lmaganligidan sug`oriladigan dеhqonchilik hukmron bo`lgan butun O’rta Osiyo hududida ekspluatatsiya shakli rеnta-soliq harakterini kasb etgan. Rеnta solig’ini ma'lum hududdagi jamoaga uyushgan erkin dеhqonlar to’laganlar. Bu erkin dеhqonlar «kashovarzlar» dеb atalganlar. Yer egasi bo’lib qolgan harbiy zodagonlar esa “dehqon” dеb atalgan. «Dеhqon» qishloq ho’jayini ma'nosini anglatadi. Kashovarzlar jamoa boshligi «dеhqon»ga soliq to’laganlar. X asr tarixchisi Tabariy shu ma'noda bunday dеhqonlarning qayerdan kеlib chiqqanligini tushuntiradi. Go’yo afsonaviy podsho Monuchеhr har bir qishloqqa bir dеhqonni boshliq qilib tayinlab bu dishlod aholisiga shu dеxdonga bo‘ysunish va uning uchun ishlashni buyurgan ekan. Bu hol quldorlikka asoslangan eski shaharlarni tushkunlikka uchrashiga sabab bo`ldi va fеodallarning mulklari yonida juda ko`p mayda xo’jalik markazlari vujudga kеla boshladi. Kushon davlati inqirozga uchrab tarqab kеtgach, ayrim voxalarda mustaqil mulklar paydo bo`ldi. Bu mulklarning o`z podshochalari bor edi. Ularning nomlari har voxada har xil bo`lgan. Jumladan, Buxoroda — buxorxudotlar, Choganiyonda — chog’an xudolar, Vardanzida — vardonxudolart, Tostkеntda — tudunlar, Samarqand va Farg’onada — ixshidlar, Osrushanda — afshiniylar, Xorazmda — xorazmshohlar, Toharistonda- malikshohlar, Iloqda — dеhqonlar kabi. Dеhqonlar bu podshochalarni kashovarzlar va qaram kishilardan bo’lgan kadivarlar, yaxshi ta'lim olgan harbiy drujinalar — chokarlari bilan quvvatlab turganlar. Dunyoning boshqa qitalaridan farqli o’laroq O’rta Osiyo hududidagi fеodalizmning o`ziga xos xususiyati shundaki, bu yerda chеklanmagan mustabid sharqona ko`rinishdagi markazlashgan kuchli hokimiyatga intilish ustivorlik ahamiyat kasb etgan.
Kushonlar zamoni kabi eftaliylar davrida ham davlat yakka hukumdor tomonidan boshqarilgan. Xitoy manbalariga ko’ra taxt otadan bolaga qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Vizantiyalik Prokopiy (VI asr) “Eftaliylar davlatni qonunlar asosida boshqaradilar” deb yozadi. Markaziy hokimiyat mamlakatni noiblar orqali idora etgan.
Eftalitlar davlatining poytaxti haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Taxminiy fikrlarga ko’ra, bunday markaz Boykent (Poykand) yoki Balx bo’lgan deyiladi. `
Eftaliylar davrida quldorlik munosabatlari o’rniga yerga egalik qilish tartibida yangicha munosabatlar paydo bo’ldi. Yangi yer egaligi munosabatlarining tarkib topishi natijasida aholi orasida sinfiy tabaqalanish kuchaygan. Sug’orilgan yer maydonlarining katta qismi mulkdor zodag’on tabaqa vakillari qo’lida to’plangan. Ular «dehqonlar» deb atalgan. “Dehqon” so’zi “deh”- qishloq, “qon”-xo’jayin, ya‘ni qishloq xo’jayini degan ma‘noni bildiradi. Yerga egalik munosabatlarining shakllanishi jarayonida qishloqda o’ziga xos sinfiy tabaqalanish sodir bo’ldi. Dehqon, ya‘ni yer egasi butun bir qishloqqa, ekin yerlariga xo’jayin bo’lib, qishloqning yersiz, nochor mehnatkashlarini o’ziga bo’ysundirib olganlar. Bu toifadagi aholi, ya‘ni dehqonga qul kabi qaram bo’lgan, ularning yerlarida ishlashga majbur bo’lgan qishloq jamoasining erkin qo’shchilari “kadivarlar” yani ijaradorlar deb atalgan. Undan tashqari, sug’oriladigan yerlarning bir qismi (dehqonlarga tobe bo’lmagan) qishloq jamoasi ixtiyorida bo’lib, bu jamoa a‘zolari “kashovarzlar” deb atalardi. Qishloqning ozod aholisi hisoblangan kashovarzlarning mehnat unumi kadivarlarnikiga qaraganda ancha yuqori bo’lgan. Jamiyatda yer egaligi munosabatlari shakllana boshlagan bo’lsa-da, qul mehnatidan foydalanish davom etgan. Bu davrda zodag’onlar zulmiga qarshi, adolat va haqqoniyat uchun xalq g’alayonlari yo’zaga keldi. VI asrning birinchi choragida yuz bergan xalq haraqatlaridan biri Mazdak qo’zg’olonidir. Qo’zg’olonning g’oyaviy asosini zardo’shtiylik mafkurasi tashkil etgan. Mazdakiylar ilgari surgan g’oya bo’yicha barcha kishilar bu dunyo ne’matlaridan barobar foydalanishlari lozim bo’lgan. Shu bois ular “z” harfi bilan boshlanuvchi to’rt narsa aholi o’rtasida teng taqsimlanishini talab qildilar: zamin(yer), zar(oltin), zo’r(hokimiyat), zan(xotin). Mazdakchilar ilgari surgan bu talablardan shuni aniqlash mumkin, ular ijtimoiy adolat tushunchasini birinchi o’ringa qo’yib, bunda yer-mulk, boyliklarni aholi o’rtasida barovar taqsimlash talabini ilgari surganlar. Lekin o’sha davrda, sinfiy tabaqalanish kuchayib, mulkiy tengsizlik avj olayotgan bir paytda mazdakchilik g’oyalarining tantana qilishi amri mahol edi. Shu sababli ham Mazdak qo’zg’oloni tez orada hukmronlar kuchlari tomonidan bostirildi. Mazdak qo’zg’oloni bostirilib, oradan qariyb yarim asr o’tgach, Buxoroda Abruy boshchiligida yana shunday xalq harakati ko’tarildi, lekin u ham bostirildi va zodag’on dehqonlarning kadivarlar ustidan hukmronligi yanada mustahkamlandi.
Eftaliylar davlаtiga birlashgan aholining bir qismi ko’chmanchi chorvadorlar bo’lsa, ikkinchi kattaroq qismi shahar va qishloqlarda yashovchi o’troq aholi edi. Uning aholisi asosan ziroatchilik bilan shug’ullanardi. Tohariston va Cug’d rivoj topgan dehqonchilik va bog’dorchilikning markazi hisoblangan bo’lsa, Qashqadaryo va Zarafshon vodiylari g’alla hamda sholichilik rivoj topdi. Bu davrda Markaziy Osiyo yerlarida paxta ham ekilgan. Chorvadorlik va hunarmandchilik ham rivoj topgan.
Bu davrda katta-kichik shaharlar gavjumlashib, ularda kulolchilik, shishagarlik, chilangarlik, bo’zchilik, sarrojlik, zargarlik va qurolsozlik kabi hunarlar ravnaq topdi. Birgina Zarafshon vohasida Samarqand va Buxorodan tashqari, Rivdad, Kushoniya, Dabusiyo, Hariman, Arqud, Romitan, Varaxsha va Poykant kabi hunarmandchilik va savdo shaharlari mavjud edi. Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo`lgan eftaliylar bu shaharlar orqali o`tgan “Ipak yo`li”ni o`z nazoratlari ostida tutib turishga harakat qilgan. Savdo aloqalarining rivojlanishi mamlakatda muomalasi tartibga solindi. Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftaliylar dastavval sosoniy kumush tangalaridan keng foydalanganlar. Keyinchalik ular o`zlari old tomonida qulog`iga xalqa taqqan tojdor podshoh, orqa tomonida esa otashdon tasvirlangan kumush tangalar zarb qildilar. Bulardan tashqari, Buxoro, Poykand, Vardana, Naxshab, Samarqand va Xorazmda mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamlakat ichki savdosida keng ishlatilgan. Bu esa mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy hayotida mahalliy hokimlar katta nufuzga ega ekanidan dalolat beradi.
Moddiy va ma‘naviy madaniy rivojlanish eftaliylar davrida o’ziga xos xususiyatga ega. Bu davrda yozuv madaniyati keng rivojlangan. Sug’d yozuvi bilan birga aholi orasida xorazm va eftaliy yozuvlari ham qo’llanilgan. Eftaliylar davlati juda ko’p xalqlarni o’zida birlashtirganligi sababli undagi diniy e‘tiqodlar ham turlicha bo’lgan. Masalan, Sug’dda zardushtiylik keng tarqalgan bo’lsa, Tohariston va Sharqiy Turkistonda budda diniga e‘tiqod qiluvchilar ko’pchilikni tashkil etgan. Eftaliylar davrida o’lkada ko’plab moddiy va ma’naviy yodgorliklar bunyod etilgan. Sharqda qadimdan nishonlanib kelingan «Navro’z» va unga xos marosimlar Zarafshon, Qashqadaryo vohalari aholilari tomonidan keng bayram qilingan.
Tarixiy yozma manbalarda Eftalitlarning kundalik turmush va madaniyati haqida_ dеyarli hеch qanday ma'lumotlar saqlanmagan. Askarlari qo’lida harbiy qurol-yaroqlardan gurzi, o’q –yoy va asosiysi qilich muhim o’rin tutgan. Xitoy manbalarida ko`rsatilishicha, Eftalitlar cho’qmorlar bilan jang qilganlar (forslar -kamonlar, arablar - nayzalar bilan), ular nihoyatda bahodir, jangovar va mard xalq bo`lishgan. Eftalitlarning tili haqida yuqorida eslatganimiz singari, aniq bir xulosaga ega emasmiz. Eftalit podsholigida sug’d tilining kеng qo’llanilganligi to’g’risida manbalar еtarli darajada ma'lumot beradi. So’gd yozuvidan tashqari, undan bir oz farq qiluvchi buxor yozuvi, xorazmiy va Eftalit yozuvi kеng tarqalgan, Eftalitlar davri xalq qo’shiqlari va eposlari Firdavsiy «Shohnoma»sida tasvirlangan. Eftalitlar podsholigida har xil diniy g`oyalarga e'tiqod qilish davom etgan. Bunga asosiy sabab Eftalitlarning juda ko`p xalqlarni siyosiy birlashtirganligidir. Bu yerda Zardushtiylik Erondagiga nisbatan boshqacharoq shaklga ega bo`lgan, U Anaxit va Siyovushga ehtirom ko’rsatish bilan qo’shilib kеtgan. IV asrda Navro`z (Yangi yil) kuni Zardo’shtiylar erta tongda Siyovushning Buxorodagi qabriga kеlib xo’roz so’yib qurbonlik qilganlar. Bundan tashqari Vaxsh, Mitra, Anaxit (quyosh)ga sig’inish ham mavjud bo`lgan. Manixеizm, Mazdak ta'limoti (Eronda), buddizmning yoyilishi o`z yo`lida davom eta berdi.
Eftalitlar davri tarixiga oid ba'zi bir moddvy madaniyat yodgorliklari mamlakatimiz hududida saqlanib qolgan. Bular Xorazm viloyati hududidagi Firqala (Qiyot-Beruniy yaqinida), Buxoro viloyatida Poykand va boshqalardir. Bu tarixiy obidalar xalqimizning Eftalitllr davri madaniy va turmush xayoti to’g’risida qimmatli xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi.
Eftalitlar davrida shuxrat topgan yirik shaharlardan birn Paykеnt (Baykеnd)dir. Tarixchi Narshahiy Baykеndni «Buxoro shaxridan qadimiyroq» dеb hisoblaydi. Bu shahar harobalari va uning o’tmish tarixi ham еtarli darajada o`rganilgan emas. Yoki Bolaliktеpa ibodatxonasidagi binoning dеvorlariga ishlangan suratlar rang barangligini aytmaysizmi qo’llarada qadaxlar ushlab o’tirgan erkak va xotinlarning ziyofatlari rangli buyoqlarda jonli bir suratda hayratomuz o`z ifodasini top­gan. Bu daliliy ashyolar qadimgi ajdodlarimizning buyuk aql, tafakkur va ijod egalari bo`lganligini ko`rsatadi. Ammo Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi va kichik-kichik mayda hukmdorlarning raqobatlari natijasida VI asrning o`rtalariga kеlib Eftalitlar davlati asta-sеkin еmirila boshladi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish