III-bosqich.
Yakuniy
bosqich. (10 minut)
|
3.1.Seminar mashg’ulotini yakunlaydi, savollar bo’yicha xulosalar chiqaradi, munozara ishtirokchilarini baholaydi.
|
3.1.Eshitadilar.
Xulosalarni yozib
oladilar.
|
3.2.Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
|
3.2.Topshiriqni
yozib oladillar. Savollar beradi.
|
2. Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari.
1. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida tarix fanini rivojlantirish borasida bayon qilingan konseptual g‘oyalarning ahamiyati.
2. “Avesto” - tarixiy manba sifatida.
3. O‘zbekistonda dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish boschqichlari.
4. Imom Al-Buxoriyning «Jome’ as-Sahih» asari – Islom dinining muhim tarixiy manbasi.
5. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari – tarixiy manba sifatida.
6. O‘rta Osiyolik allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi.
7. Amir Temur tuzuklari – davlat boshqaruvi to‘g‘risidagi muhim manba sifatida.
8. Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat.
9. Jaloliddin Manguberdining Vatan himoyasi yo‘lidagi jasorati.
10. Alisher Navoiy davlat arbobi va shoir sifatida.
11. Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot.
12. Turkiston jadidlari ilgari surgan g‘oyalar, ma’rifiy qarashlar va ularning mazmun-mohiyati.
13. Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi.
14. O‘zbekistonda 50-70 yillarda paxta yakkahokimligining kuchayishi va ekologik muammolarning kelib chiqishi.
15. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida.
3. Glossariy
Avorizot – favquloddagi xarajatlar uchun to‘planadigan yig‘im.
Avqof – masjid va madrasalarning vaqf xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi.
Ajam – arab halqlari va mamlakatlaridan o‘zga yurt va xalqlar.
Azarxurra – otashparastlar sig‘inadigan muqaddas olov, o‘t.
Ayl – Amir Temur asqariy qismlarining o‘n nafarli bo‘linmasi.
Aylboshi - o‘n nafarli askariy bo‘linmaning kichik zobiti, askarboshi.
Akkor – koranda, qishloqning ziroatkor aholisi.
Amid ul-mulk – davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri.
Amir ul-umaro – amirlar amiri, bosh sarkarda.
Animizm – ruh va jonga ishonish; ota – bobolar ruhiga sig‘inish.
Ariz – Qo‘shin ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi vazir.
Ark – ichki qal’a, hukmdorning shahar ichidagi qo‘rg‘on – saroyi, qarorgoxi.
Arkbegi – podsho qarorgohining boshqaruvchisi.
Atrabon – otashparastlik ibodatxonasining ruhoniysi, otashgoh xizmatchisi.
Axriman – zardushtiylik dinining zulmat, ochlik, urush, o‘lim, gunoh va barcha yovuzliklar xudosi.
Axuramazda - zardushtiylik dinining bosh tangrisi, yorug‘lik, farovonlik, sihat – salomatlik, tinchlik va barcha ezguliklar xudosi.
Band – Toshlardan bino qilingan suv omborining to‘g‘oni; suv ombori; to‘g‘on.
Banno – g‘isht teruvchi binokor.
Bantak – qul.
Barzikor – qo‘shchi, ziroatkor, qishloqning mexnatkash aholisi.
Barid – kirim.
Barot - ijaraga olish.
Bek – el-yurt, viloyat hokimi.
Begor – jamoat ishlariga safarbar etish; hashar.
Biy – urug‘, qabila oqsoqoli.
Boj – savdogarlardan olinadigan soliq.
Borgoh – podshoh saroyidagi qasr, qabulxona.
Bosqoq – mug‘ullar hokimlik qilgan XIII-XIV asrlardagi mahalliy hokim.
Burong‘or – qo‘shinning o‘ng qanoti.
Burj – shahar va qal’a devorlari va minoralari.
Burg‘u – karnay.
Bo‘dun – chorvador aholi; qora bo‘dun – qora, oddiy xalq.
Vazir – devonxona boshlig‘i.
Vazkirom – soliq yig‘uvchi, moliya xodimi.
Vag‘n – ibodatxona.
Vag‘npat – ibodatxona ruhoniysi.
Vag‘nze – ibodatxona yer va mulklari.
Visoqboshi – to‘rt nafarli askariy guruh boshlig‘i; chodir boshlig‘i.
Dapirpat – kotib, elchi, sarkotib.
Debo – tovlanuvchi nafis ipak mato.
Devon – vazirlar mahkamasi.
Devonbegi – vazirlar mahkamasining bosh ma’muri.
Dehnishin – o‘troq, qishloq aholisi.
Dehqon – ilk o‘rta asrlarda “qishloq hokimi”, yer egasi.
Digir – charxpalak va chig‘irlarga ariqdan yoki chig‘ir xandakdan suv botirgich ko‘za.
Dinor – bir misqol (4,8gr) og‘irlikda zarb etilgan oltin yoki kumush tanga.
Dovul – katta nog‘ora.
Dorug‘a – harbiy ma’mur.
Dorug‘ona – dorug‘alar foydasiga olinadigan to‘lov(soliq).
Dudang – hosilning oltidan ikki hisobida olinadigan dehqonchilik solig‘i.
Do‘lob – charxpalak; quduqdan suv chiqaradigan charx.
Yom – jom, savdo yo‘llaridagi qo‘noq.
Jiz’ya- islom diniga o‘tmaganlardan olinadigan jonboshi solig‘i.
Jome’ – masjid – juma kunlari jamoat nomozi o‘qiladigan katta masjid.
Joriya – cho‘ri.
Juvong‘or – qo‘shinining so‘l qanoti.
Juybon – suv taqsimlovchi mirob.
Zobitona – kirimni hisoblovchi moliya xodimi uchun olinadigan to‘lov (soliq).
Zakot – chorvadan olinadigan soliq; to‘plangan boylikdan daromad solig‘i.
Zarbxona – chaqa va tangalar zarb etiladigan ustaxona.
Izofa – zahira qism.
Ilmi aruz – poetika.
Ilmi hay’at – astronomiya.
Ixshid – ilk o‘rta asr viloyat hokimi, xon yoki amir avlodlari.
Iqto’, iqta’ – yirik mansabdorga hadya etilgan yer va mulk.
Kadivar – ilk o‘rta asrlarda yirik yer egalariga qaram bo‘lgan ziroatkor qishloq aholisi; chorikor.
Kay yoki kavi – pahlavon, botir yo‘lboshchi (hukmdor).
Kalavachi – ip yigiruvchi.
Kalon – XIII asrdagi yer solig‘i.
Kanbul – qo‘riqchi askariy bo‘lima.
Karbos – bo‘z; paxta ipidan to‘qilgan mato.
Kashovarz – ilk o‘rta asrlardagi ozod qo‘shchi, ziroatkor.
Kahhol – ko‘z tabibi.
Keshik - XIII asrda mug‘ullar qo‘shinidagi zahira qism; gvardiya, guruh.
Kibor – aslzoda ulug‘ kishilar.
Koriz – yer osti suv inshooti.
Korikor – xizmatkor.
Kofiya – arab tili morfologiyasi.
Koshin – sirli, rangdor, qurilishdagi sopol bezak.
Koh – saroy, ichki qal’a, ark, o‘rda.
Kohin – ibodatxona xizmatchisi.
Koroplastika – ma’budalarning sopol haykalchalari.
Kuhandiz – hukumdor qarorgohi, akropol, poytaxt.
Ko‘ragon – xon kuyovi.
Ko‘shk – istehkomli baland qo‘rg‘on.
Labirint – tanbur, dalon, darvoza oldi istehkomi (adashtiruvchi yo‘lak).
Lavh – yozuv taxtasi, yozuv kursichasi, yoki kursi.
Lak – yuz ming.
Lahm – yer osti yo‘li.
Loyqoq – sel loyqalari qoplangan maydon.
Madrasa – oliy diniy imgoh.
Majus – otashparast.
Majusiy – otashparastlik dindori.
Manglay – ilg‘or guruh.
Mesh – suv yoki qimiz olib yuradigan teri xalta yoki to‘rva, sanoch.
Mirixazora – minglik harbiy bo‘linmaning amiri (sardori).
Mirob – suv xo‘jaligi boshqaruvchisi.
Mirobona – suv solig‘i.
Mirrix – Zardo‘shtiylardagi urush, jang va g‘alaba tangrisi.
Moi sardaraxt – bog‘ va daraxtzorlardan olinadigan soliq.
Muzoriy – qo‘shchi, ziroatkor, ekin ekuvchi.
Mulk - hususiy yer.
Mulki vaqf – madrasa va masjidlar tasarrufidagi yer-mulk, xayrli ishlar uchun ajratilgan mol – mulk.
Mulki devoniy – davlat yerlari.
Mamlakai xos – davlat mulklari.
Musallas – uzum yoki mayizdan tayyorlangan shirin sharob, may, xaoma.
Mustafiy – markaziy hokimyat devonxonasi daftardor hisobchisi; moliya vaziri.
Muxassilona – soliq yig‘uvchilar uchun to‘lov.
Muhrkash – chit va matolarga gul bosuvchi.
Muxtasib – tosh – tarozu, narx – navo va mafkura nazoratchisi.
Mushrif – saroy ish boshqaruvchisi.
Muqto’ yoki iqtador – iqto’ yer va mulklariga ega bo‘lgan yer egasi.
Muhoraba (mahoraba) – jang, urush, harbiy to‘qnashuv.
Muhrdor – devonxonaning muhr saqlovchisi; muhr bosuvchi, muhr sohibi.
Naus – otashparastlar xilxonasi, ostadonlar saqlanadigan mozor-qo‘rg‘on.
Naf – shahar va qishloq aholisi.
Naftandoz – neftli va pilikli ko‘zachalarni irg‘itadigan palaxmon, harbiy moslama.
Namozgoh – iyd ibodatlari o‘qiladigan masjid; iydgoh.
Nova (nov) – suv tashlag‘ich tarnov; suv tashlag‘ich.
Nohid – Zardo‘shtiylardagi hosildorlik va farovonlik ma’budasi.
Ostadon (ossuariy) – sopol tobutcha.
Otashgoh – muqaddas o‘choq; o‘txona, olovxona.
Ohangar – temirchi.
Payza – Mug‘ullar davrida imtiyozli shaxslarga beriladigan yorliq.
Paykon – kamon o‘qi yoki nayzaning tosh, suyak yoki metalli uchi.
Palahmon – toshotar; harbiy qurol.
Pandus – ko‘tarma yo‘l.
Parchin – sirlangan rang–barang g‘isht parchalari.
Poykor – kichik mirob; qishloq mirobi.
Rabod – tashqi shahar, karvonsaroy.
Rais – shahar hokimi.
Ra’dandoz – o‘t otg‘ich; harbiy qurol.
Riyoziyot – matematika.
Savquljaysh – strategiya.
Sadoq – o‘qdon.
Sadoqxona – kamon va o‘qdonlar ombori.
Sardoba (obdon) – pishiq g‘ishtdan qurilgan gumbazli hovuz; suvxona.
Sarishumor – jonbosh solig‘i.
Sarrojlik – egar va jabduq yasovchi ustaxona.
Satrap – viloyat noibi (ahamoniylar va antik davr).
Satrapiya – ma’muriy bo‘lim, viloyat (ahamoniylar va antik davr).
Strateg – mudofaa va qo‘shin vaziri (antik davr).
Saxronishin – sahroyi, tuyakash.
Sohibqiron – kunchiqish va kunbotish egasi, jahon egasi, jahongir, adolat sohibi.
Sohibi jamoa – hosil miqdorini belgilovchi ma’mur uchun yig‘iladigan to‘lov.
Sohibi muayyid – maktubot va ahborot vaziri.
Sohibi shurot – harbiy vazir.
Suvoriy – otliq askar.
Suyurg‘ol – oliy tabaqa zodagonlariga in’om qilingan yer-mulk.
Tavajjuhoti xorijiy – favquloddagi xarajatlar solig‘i.
Tamg‘a – savdo boji; savdogarlardan olinadigan soliq.
Tanob – 200-250 kv m hajmdagi yer maydoni.
Tarbiyat ul-jaysh – harbiy taktika.
Tirkash – kamondan o‘q o‘zadigan nishon tuynugi.
Totem – urug‘ yoki qabila jamoalari sig‘inadigan hayvon, o‘simlik yoki jism.
Totemizm – totemlarga sig‘inish.
Toq yoki Tim – usti yopiq bozor va hunarmandchilik rastasi.
Tudun – turk hoqonligining viloyat hokimliklaridagi vakili, viloyat hokimi.
Tuman – o‘n minglik harbiy qism.
Tuman og‘asi – o‘n minglik askariy qism amiri, qo‘mondon.
Tug‘ro – davlat nishonasi, ramzi, gerb.
Usturlob – astranomiya asbobi.
Ushr – hosildan 10% hisobida olinadigan dehqonchilik solig‘i.
Farmondor – boshqaruvchi.
Farna – Zardo‘shtiylardagi baxt va tole xudosi.
Fulus – mayda mis chaqa.
Xabargir – xabarchi, ayg‘oqchi, kuzatuvchi.
Xazora – minglik askariy bo‘linma.
Xandaq – mudofaa inshooti, zovur.
Xaraju maraj – boshboshdoqlik, o‘zboshimchalik, beboshlik.
Xatib – din peshvosi.
Xattot – kitob va risolalar ko‘chiruvchi kotib.
Xvabu – viloyat hokimi, yirik yer egasi.
Xvatov – hokim.
Xiroj – hosilning 25-33% hisobida olinadigan qishloq xo‘jalik solig‘i; XV asrda bu soliq “mol” deb yuritilgan.
Xonashumor – har xonadondan olinadigan jonboshi solig‘i.
Xonaqoh – g‘aribxona, musofirxona.
Xonbandi (konbandi) – suv ombori, katta hovuz.
Xoqon yoki qog‘on – hukumdor, podsho.
Xubbi – Zardo‘shtiylardagi suv xudosi, suv ma’budasi.
Xushun – yuz nafarlik harbiy bo‘linma.
Xushunboshi – yuzlik bo‘linma zobiti;
Chilangar – temirchi.
Chilangarlik – temirchilik.
Chig‘ir – tuya yoki ho‘kiz qo‘shib aylantiriladigan suv ko‘targich inshoot.
Chokar – harbiy drujina, ko‘ngillilar to‘dasi.
Chokardiza – chokarlar qal’asi, turar joyi.
Chorikor – hosildan 25% olish hisobiga ishlovchi yollanma qo‘shchi ziroatkor.
Chohpar – o‘ra.
Shayxulisom – din va ilm peshvosi.
Shahriston – ichki shahar.
Shod – o‘n minglik lashkar boshlig‘i.
Shulen – XIII asrda olingan oziq-ovqat solig‘i.
Eloq – kichik yurt, kichik mulk.
Etnogenez – xalq va elatlarning kelib chiqishi.
Yabg‘u yoki jabg‘u – el-yurt hokimi, mahalliy hokim.
Yasovul – soqchi.
Yasoqlar – Chingizxon joriy etgan qonun-qoidalar to‘plami.
O‘lpon – yer solig‘i.
O‘rdugoh – qo‘shin lageri to‘xtaydigan qo‘noq; podsho qarorgohi.
O‘tloq va suvloq – yaylovlardan olinadigan soliq.
Qabo – ustki kiyim, yopinchiq.
Qayr – daryo, anhor yoki shohariq bo‘ylaridagi tabiiy namli yerlar.
Qam – shaman, ko‘k tangriga sig‘inuvchilar e’tiqodi.
Qasr – saroy, oliy va hashamatli bino.
Qopchur – mug‘ullar davrida chorvadan olinadigan soliq.
Qoraxon – buyuk xoqon.
Qutvol – davlat qurilishi boshlig‘i, sarkori, qal’a va qo‘rg‘on soqchisi,
qarorgoh nazoratchisi.
Qo‘rg‘on, qo‘rg‘oncha – atrofi baland paxsa devor bilan o‘ralgan darvozali istehkom.
Qo‘sh – bir juft xo‘kiz bilan haydaladigan yer maydoni.
G‘ozi – din homiysi, din yo‘lida kurashuvchi.
G‘oziy – g‘olib.
G‘uvokor – savdogar (ilk o‘rta asrlar)
G‘ul – muntazam qo‘shin.
Haylboshi – suvoriylar amiri, o‘nlik amiri.
Hojib – harbiy boshliq.
Hojib ul-buzruk – qo‘mondon
Hojib ul-hujob – bosh qo‘mondon.
Do'stlaringiz bilan baham: |