“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

Parkana davlati (Davan).
Mil. avv. II-I asrlar Xitoy manbalarida keng, boy 
va ko’p aholili deb eslatilgan Davan davlatini tadqiqotchilar qadimgi Farg’ona 
deb hisoblaydilar. Mil. avv. III asrlarda bu davlat “Davan”, keyinroq esa 
“Boxan” va “Polona” nomlari bilan eslatiladi. “Polona” bu, shubhasiz 
“Farg’ona”ning xitoychada talaffuz etilishidir. Xitoy ma’lumotlariga ko’ra mil. 
avv. II asrda Farg’onada 300 ming aholi yashagan. Vohada shaharlar ko’p 
bo’lib, poytaxti Ershi shahri (hozirgi Marhamat) edi. Qadimgi farg’onaliklar 
haqida: “odamlari chuqur ko’zli va sersoqol; savdo-sotiqda mohir, xotinlarni 
hurmat qiladi. Xotinning aytganini eri albatta bajaradi”, -deb ma’lumot beradi. 
Davan qishloq xo’jaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi. 
Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi arpa, sholi, beda kabi turli ekinlar 
ekkanlar. Shuningdek, ular uzumchilik ham qilganlar. Vinoni katta sopol 
xumlarda uzoq yillar saqlashni ham bilganlar. Xitoy sayyohi Chjan Tszyan (mil. 
avv. II asr) ma’lumotlarga ko’ra “Davan mamlakatida hamma joyda uzumdan 
vino qiladilar. Badavlat oilalar vinoni juda ko’p miqdorda zahira qiladilar va bu 
vino o’nlab yillar davomida buzilmay saqlanadi”. Farg’ona vodiysida olib 
borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bu ma’lumotlarni tasdiqlaydi. 
Chjan Tszyan Davandan olgan taassurotlari haqida gapirar ekan, ularning 
madaniy saviyasi, urf-odatlari jihatdan bir-birlariga teng ekanliklarini 
ko’rsatadi. Demak, xitoy sayyohi Farg’onada ham o’troq aholini uchratgan va 
bu aholining dehqonchilik sohasida erishgan yutuqlari uni hayron qoldirgan. 
Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi o’troq aholi bilan bir qatorda, Farg’onaning 
cho’l va dasht hududlarida ko’chmanchi chorvador aholi ham yashagan. 
Manbalar bu ko’chmanchilarning ot ustida turib kamon otishga juda mohir 
ekanliklari haqida eslatib o’tadi. 
O’sha davrda Davan davlati o’zining “afsonaviy” va “samoviy” otlari bilan 
shuhrat qozongan. Davan arg’umoqlari mamlakatdan tashqarida ham, ayniqsa 
Xitoyda juda ham qadrlangan. Xitoyliklar Farg’ona otlarini ilohiylashtirish 
darajasiga borib yetganlar. 
Mil. avv. II asrning oxirlari Xitoy imperatorlari Davanni bosib olishga 
harakat qiladilar. Davan xalqi bosqinchilarga qarshi uzoq muddatli og’ir 
urushlar olib bordi. Mil. avv. 104-101 yillarda Xitoy imperatorining 60 ming 
kishilik qo’shini Davanga bostirib kiradi. Manbalarga qaraganda “Bir necha o’n 


33 
ming kishilik xitoylik yosh jangchilar” bu qo’shinga yordamchi kuch sifatida 
qo’shiladilar. Dastlabki hujum Xitoy imperatori qo’shinlarining mag’lubiyati 
bilan yakunlanadi. Xitoy qo’shinlari o’tib bo’lmas istehkomgaaylantirilgan 
Davan qal’alari qarashligini sindirishga ojizlik qiladilar. 
Miloddan avvalgi 101 yilda ko’p ming kishilik imperator qo’shinlari 
Davanga ikkinchi marta yurish qiladilar va Ershi shahrini qamal qiladilar. 
Ularning bu safargi urinishlari ham muvaffaqiyatsiz kechadi. Ershi aholisi 
bo’ysunishni xohlamagach, xitoyliklar shaharga keladigan suv yo’llarini 
berkitib qo’yadilar. SHahar aholisi esa o’zlari qazigan quduqlardan suv olib
himoyani mardonavor davom ettiradilar. Shunday sharoitda Davanning o’sha 
paytdagi hukmdori Mug’va qo’shni davlat hukmdorlardan yordam so’raydi. 
Qattiq qarshilikka uchragan xitoyliklar Davandan chekinishga majbur 
bo’ladilar. Lekin Davanga “samoviy” arg’umoqlar berish majburiyatlarini 
qo’yadilar. Bu majburiyatni bajarish borasida davanliklar orasida nizo chiqadi 
va natijada Mug’va o’ldiriladi (aftidan u xitoyliklarga soliq to’lashga qarshi 
bo’lgan bo’lsa kerak). Xitoyliklar bir necha o’n “samoviy” arg’umoq va 3 
mingta boshqa otlarni olib Davanni tashlab chiqadilar. 
SHunday qilib, qo’shni davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlangan 
Davanliklar mil. avv. II asrda Xitoyliklar ta’siriga tushmasdan o’z 
mustaqilliklarini saqlab qoldilar. Davan davlatining keyingi taqdiri haqida 
ma’lumot deyarli yo’q. Ayrim rivoyatlarga ko’ra milodimizning II asrida bu 
davlatni ko’chmanchilar egallagan. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish