rimliklar tilidan kelib chiqqan. Rimliklar Italiya yarim orolining janubiy qismini
ma’noni bildiradi. 1500 yilda Ispaniya qo’shinlari Argentinaga kumush va oltin
59
XULOSA VA TAKLIFLAR.
Fan va texnikaning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi o’z navbatida tarjima va
tarjima nazariyasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi. Mamlakatimizda ham
oxirgi yillarda tarjima sohasi jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Shunga asoslanib
bitiruv malakaviy ishimizga quyidagicha xulosani keltirishimiz mumkin.
Geografik joy nomlarning hayotimizdagi o’rni, mohiyatini teran his qilishda
mamlakatimizda olib borilayotgan toponimik siyosat va toponimik bilimlarni targ’ib
etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa toponimik joy nomlari bilan
shug’ullanadigan olimlar zimmasiga katta vazifani, ya’ni mashaqqatli mehnat talab
qiluvchi ilmiy faoliyat ko’rsatishni yuklaydi.Zero, toponimlar xalqimizning o’tmishi,
buguni va kelajagini bog’lab turuvchi noyob so’zlar –yodgorliklardir.
Geografik joy nomlar ya’ni toponimlarda o’lka tarixi, etnografiyasi, va tabiati
haqidagi ma’lumotlar saqlanib qoladi.Kishi o’z hayotini yashab turgan qishlog’i,
mahallasi va shahridan ajratgan holda tasavvur qilolmaydi. Demak, inson hayoti
toponimlar bilan uzviy bog’liq. Ko’rinadiki, joy nomlarining atalishi bejiz va besabab
emas. Binobarin, geografik nomlarni madaniy yodgorlik sifatida yozib olish, to’plash
va ilmiy tadqiq etish fan uchun lingvistik hamda tarixiy-etnografik jihatdan muayyan
ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda ushbu bitiruv malakaviy ishimiz o’quvchilarning
o’z o’lkalarini yanada ko’proq bilib olishlariga yordam beradi deb umid qilamiz.
Biz bu bitiruv malakaviy ishni yozar ekanmiz izlanishlarimiz natijasida ingliz
tili keng imkoniyatlarga ega ekanligini, toponimlar to’g’risidagi ma’lumotlar juda
qiziqarli ekanligiga amin bo’ldik. Bitiruv malakaviy ishni tadqiq etib bo’lgach,
kiritiladigan takliflarim quyidagilardan iborat. Birinchidan, toponimlarni tarjima
qilish usullari va yo’llari haqida mukammal nazariya yaratilsa maqsadga muvofiq
bo’lar edi.
Ikkinchidan, hozirgacha o’zbek tiliga jahon adabiyoti durdonalari namunalari
tarjimalar asosan rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilinganligi bois, bilvosita qilingan
tarjimalarda ularni asliyat matnidagidek o’qish imkoniyati o’zbek o’quvchilarida
60
bo’lmaganligi tufayli bunday toponimlar namunalarini vositachi tilsiz o’zbek tiliga
tarjima qilish taklifini kiritgan bo’lar edim.
Uchinchidan, “Tarjima san’ati” turkumini qayta yo’lga qo’yish lozim, deb
o’ylayman.Chunki mustamlaka davrida asarlar asosan rus tili orqali tarjima qilinar
edi. Endi esa butun jahon adabiyotini asl nusxa tilidan o’girish imkoniyatiga ega
bo’lib borayapmiz. Bu olamshumul jarayon o’z ilmiy tadqiqotigaga muhtoj.
Do'stlaringiz bilan baham: