O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Xalqaro tashishlar bilan bog’liq



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

275-modda. Xalqaro tashishlar bilan bog’liq 
xizmatlarga
soliq solish 
 
Nol darajali stavka bo’yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilingan 
taqdirda amalga oshiriladi: 
1) tovarlarni xalqaro tashishga doir xizmatlar. Tovarlarni xalqaro tashish 
deganda tovarlarning jo’natish punkti yoki belgilangan punkti O’zbekiston 
Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan taqdirda tovarlarni havo kemalari, 
temir yo’l transporti va (yoki) avtotransport vositalari orqali tashish tushuniladi; 
2) chet el tovarlarini tashish chog’ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga 
joylashtirilgan tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga etib keladigan joydagi 
bojxona organidan to O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi 
bojxona organigacha tashish yoki transportda tashish bilan bevosita bog’liq bo’lgan 
xizmatlar; 
3) tashishlar yagona xalqaro tashish hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan 
taqdirda, yo’lovchilar va bagajning jo’natish punkti yoki belgilangan punkti 
O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan bo’lishi sharti bilan 
yo’lovchilarni va bagajni tashish bo’yicha xizmatlar; 
4) O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport qilinadigan 
tovarlarni tashish yoki transportda tashish hamda O’zbekiston Respublikasi 
hududidagi qayta ishlash mahsulotlarini O’zbekiston Respublikasi hududidan olib 
chiqish yuzasidan O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bo’lgan 
tashuvchilar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar. Ushbu bandning qoidalari tashish 
hujjatlarida bojxona organlarining belgilari qo’yilgan taqdirda qo’llaniladi; 
5) chet el havo kemalariga, shu jumladan aeronavigatsiya kemalariga xizmat 
ko’rsatish yuzasidan bevosita O’zbekiston Respublikasi aeroportlarida va 
O’zbekiston Respublikasining havo hududida ko’rsatiladigan xizmatlar. 
276-modda. Ayrim hollarda nol darajali stavkaning 
qo’llanilishi
Ushbu moddaga muvofiq nol darajali soliq stavkasi: 
1) rasmiy foydalanish, shuningdek ushbu vakolatxonalar diplomatik va 
ma’muriy-texnik xodimlarining (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila 
a’zolarining) shaxsiy foydalanishi uchun chet el diplomatik vakolatxonalari hamda 


264 
ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar tomonidan olinayotgan (olib kirilayotgan 
tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan. 
Agar tegishli chet el davlatining qonun hujjatlarida O’zbekiston 
Respublikasining diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan 
vakolatxonalarga, ushbu vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik 
xodimlariga (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila a’zolariga) nisbatan 
xuddi shunday tartib belgilangan bo’lsa yoxud bunday norma O’zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan bo’lsa, nol darajali 
stavkani qo’llash ushbu moddaga muvofiq amalga oshiriladi; 
2) soliq to’lovchilar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga 
ko’ra xalqaro yoki xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar 
(kreditlar) va grantlar hisobidan olinayotgan (olib kirilayotgan) tovarlarga 
(xizmatlarga) nisbatan qo’llaniladi. 
Ushbu moddaga muvofiq nol darajali stavkani qo’llash ushbu moddaning 
birinchi qismida ko’rsatilgan shaxslar tovarlarni (xizmatlarni) olish chog’ida ular 
to’lagan soliqning o’rnini qoplash (uni qaytarish) yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Soliqni qaytarish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish