O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliqning o’rnini qoplash



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

286-modda.
Soliqning o’rnini qoplash 
 
Ushbu Kodeksning 285-moddasiga muvofiq o’rni qoplanishi lozim bo’lgan 
soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, 
soliq bo’yicha kelgusi to’lovlar hisobidan hisobga olinadi. 
Soliq to’lovchi o’rni qoplanishi lozim bo’lgan soliq summasini soliq 
organlariga soliq summasini qaytarish to’g’risidagi arizaga asosan ushbu moddada 
belgilangan tartibda va shartlar asosida, qaytarishga haqli. 
Agar kameral tekshiruv natijalariga ko’ra soliq organi qaytarish to’g’risidagi 
arz qilingan soliq summasining o’rnini to’liq yoki qisman qoplash to’g’risida qaror 


274 
qabul qilsa, mazkur soliq summasining o’rni soliq to’lovchiga soliq summasini 
qaytarish to’g’risida ariza berilgan sanadan 60 kundan kechiktirmay qoplanadi. 
Soliqni qaytarish to’g’risidagi arizada ko’rsatilgan soliqning butun summasi 
o’rnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi soliq to’lovchilarning quyidagi 
toifalariga amalga oshiriladi: 
1) O’zbekiston Respublikasining belgilangan tartibda yirik soliq to’lovchilar 
toifasiga kiritilgan yuridik shaxslari. Yirik soliq to’lovchilarning ro’yxati 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; 
2) soliqning o’rnini qoplashga doir ariza bilan birga amaldagi bank kafolatini 
taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini ushbu Kodeksning 110-
moddasida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan soliq to’lovchilar; 
3) eksport qiluvchilar, soliqning nol darajali stavka qo’llanilishi natijasida 
yuzaga kelgan, oshib ketgan summasiga taalluqli qismi bo’yicha; 
4) xalqaro moliya institutlarining va hukumat tashkilotlarining xalqaro 
zayomlari hisobidan, shuningdek, agar bitimda nol darajali stavkani qo’llash nazarda 
tutilgan bo’lsa, mahsulot taqsimoti to’g’risidagi bitim doirasida tovarlarni oluvchi 
chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar. 
Soliq to’lovchi qaytarilishini arz qilgan soliq summasining o’rni tezlashtirilgan 
tartibda qoplangan taqdirda, soliq summasining o’rni unga 7 kun ichida to’liq 
hajmda qoplanadi. Bunda qaytarilishi yuzasidan arz qilingan soliq summasining 
asosliligini kameral tekshirish umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral 
tekshiruv natijalari bo’yicha arz qilingan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz 
bo’lib chiqsa soliq to’lovchi soliqning o’ziga qoplangan summasini qoplash 
sanasidan to uni byudjetga to’lash sanasigacha penya hisoblangan holda byudjetga 
to’lashi shart. 
Qoplashning, ushbu moddaga muvofiq kameral nazoratni amalga oshirish, 
shuningdek chet ellik fuqaro tomonidan soliq summasini qaytarish (TAX FREE) 
tartibi va shartlari O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish