O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

269-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish 
Soliq to’lovchining soliq bazasiga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga 
oshiriladi: 
1) tovarlar to’liq yoki qisman qaytarilganda; 
2) ko’rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda; 
3) bitim shartlari o’zgarganda, shu jumladan jo’natilgan tovarlarning, 
ko’rsatilgan xizmatlarning narxi va (yoki) soni (hajmi) o’zgarganda; 
4) tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi tomonidan siylovlar berilganda. Ushbu 
bandda nazarda tutilgan tuzatish kiritish xaridor tomonidan tovarlar etkazib berish 
(xizmatlar ko’rsatish) shartnomasining muayyan shartlari, shu jumladan, agar 
siylovlar berish shartlari shartnoma shartlarida yoki soliq to’lovchining narxga oid 
siyosatida nazarda tutilgan bo’lsa, tovarlarning (xizmatlarning) ma’lum bir hajmini 
olish, muddatidan oldin to’lov shartlari bajarilgan taqdirda, ilgari amalga oshirilgan 
tovarlarni (xizmatlarni) etkazib berish yuzasidan soliq bazasini kamaytiradi; 
5) tovarlarga (xizmatlarga) haq to’lash bo’yicha majburiyat ushbu Kodeksning 
63-moddasiga muvofiq hisobdan chiqarish lozim bo’lganda. Mazkur holatda 
tuzatish kiritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 
belgilanadi. 
Soliq bazasiga uni kamaytirish yoki ko’paytirish tarafga tuzatish kiritish bir 
yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo’yicha 
esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi. 
Soliq bazasiga tuzatish kiritish (salbiy yoki ijobiy) qo’shimcha hisobvaraq-
faktura yoki ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan holatlar yuzaga 


261 
kelganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida va ushbu moddaning birinchi 
qismida nazarda tutilgan holatlar ro’y bergan soliq davrida amalga oshiriladi. 
Soliq bazasi xatolarni tuzatish natijasida o’zgartirilgan taqdirda, shuningdek 
ilgari yozib berilgan hisobvaraq-fakturaga o’zgartish va (yoki) qo’shimchalar 
kiritish zarur bo’lganda ushbu moddaning qoidalari qo’llanilmaydi. Bunday holda 
ilgari yozib berilgan hisobvaraq-faktura bekor qilinadi va uning o’rniga qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda tuzatilgan hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi. 
Tovarlarni (xizmatlarni) etkazib beruvchi tomonidan soliq bazasiga tuzatish 
kiritish amalga oshirilganda, xaridor etkazib beruvchi tomonidan rasmiylashtirilgan 
qo’shimcha hisobvaraq-faktura asosida ilgari o’zi hisobga o’tkazish uchun qabul 
qilgan soliq summasiga tegishli tarzda tuzatish kiritadi (ko’paytiradi yoki 
kamaytiradi). 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish