O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Eksportga oid operatsiyalarni tasdiqlash



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

273-modda. Eksportga oid operatsiyalarni tasdiqlash 
 
Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat: 
1) kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirma 
nusxasi); 
2) tovarlarni chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining tovarlarni 
O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqish uchun belgisi 
qo’yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi; 
3) O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o’tkazish punktida 
joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo’natilganligini 
tasdiqlovchi belgisi qo’yilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar. 
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) 
shartnomasi bo’yicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent 
(ishonch bildiruvchi) tomonidan qo’shimcha tarzda soliq to’lovchining vositachi 
yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq 
shartnomasi (shartnomaning ko’chirma nusxasi) taqdim etiladi. 
Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun amalga oshirilayotgan 
faoliyatning turiga qarab, boshqa hujjatlar taqdim etilishi mumkin. Soliq 
to’lovchining amalga oshiriladigan faoliyat turiga qarab, nol darajali soliq stavkasini 
qo’llash huquqini tasdiqlash uchun zarur bo’lgan hujjatlar ro’yxati hamda ularni 
taqdim etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq 
qo’mitasi tomonidan aniqlanadi. 
274-modda. O’zbekiston Respublikasining bojxona 
hududida tovarlarni qayta ishlashga doir xizmatlarga
soliq solish 
 
Bojxona 
to’g’risidagi 
qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
O’zbekiston 
Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan 


263 
tovarlarni qayta ishlashga doir xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini O’zbekiston 
Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish sharti bilan nol darajali 
stavka bo’yicha soliq solinadi. 
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni 
qayta ishlashga doir xizmatlar keyinchalik qayta ishlash mahsulotlarini bojxona 
to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq «erkin muomalaga chiqarish» rejimiga 
joylashtirgan holda belgilangan stavka bo’yicha soliqqa solinishi lozim. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish