O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Hisobga o’tkazish uchun qabul qilingan



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

281-modda. Hisobga o’tkazish uchun qabul qilingan


270 
soliq summalariga tuzatish kiritish 
 
Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog’ida hisobga o’tkazilgan, olingan 
tovarlar (xizmatlar) bo’yicha soliq summasiga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi 
(hisobga o’tkazilishi lozim bo’lgan summadan chiqarib tashlanishi) lozim: 
1) tovarlardan (xizmatlardan) soliq solishdan ozod qilingan aylanma uchun 
bundan buyon foydalanilganda; 
2) tovarlar bo’yicha, ular buzilgan yoxud O’zbekiston Respublikasining qonun 
hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan, ular yo’qligida esa soliq to’lovchi 
tomonidan belgilangan tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha yo’qotilgan taqdirda. 
Ushbu bandning qoidalari favqulodda holatlar (tabiiy ofat, yong’in, avariya, yo’l-
transport hodisasi va hokazo) munosabati bilan tovarlarning buzilishiga yoxud 
yo’qotilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
3) etkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb e’tirof etilganda. 
Hisobga o’tkazish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish 
ushbu moddada ko’rsatilgan hollar yuzaga kelgan hisobot (soliq) davrida amalga 
oshiriladi. 
Tuzatish kiritilishi lozim bo’lgan soliq summasi tovarlar qoldig’iga to’g’ri 
keluvchi, soliq summasi tiklanishi lozim bo’lgan tovarlar (xizmatlar) vaqt bo’yicha 
oxirgi olingan qiymati asosida aniqlanadi.
Asosiy vositalarning ob’ektlari bo’yicha tuzatish kiritilishi lozim bo’lgan soliq 
summasi mazkur ob’ektlar bo’yicha ilgari hisobga o’tkazilgan, qayta baholash 
hisobga olinmagan holda ularning balans qiymatiga to’g’ri keladigan soliq 
summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq summasi mazkur ob’ektlar 
balans qiymatining oshishi jumlasiga kiritadi. 
Hisobga o’tkazish uchun qabul qilingan soliq summalari tovarlar (xizmatlar) 
oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida o’tkazilgan 
taqdirda, shuningdek tovarlar (xizmatlar) oddiy shirkat shartnomasining 
ishtirokchisiga uning bunday shartnoma doirasida birlashtirilgan mol-mulkdagi 
ulushi ajratib chiqarilgan taqdirda qaytarilganda tiklanishi lozim.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan soliq summasi ilgari 
bunday tovarlar (xizmatlar) bo’yicha hisobga o’tkazish uchun qabul qilingan 
miqdorda, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga nisbatan esa – ularning qayta 
baholash hisobga olinmagan holdagi qoldiq (balans) qiymatiga mutanosib miqdorda 
tiklanishi lozim. 
Ushbu moddaning beshinchi qismiga muvofiq tiklangan soliq summalari 
berilayotgan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatiga kiritilmaydi va ushbu bobda 
belgilangan tartibda oddiy shirkat shartnomasi operatsiyalariga bo’yicha soliqni 
hisoblab chiqarishni hamda to’lashni amalga oshiruvchi ishonchli shaxs – qabul 
qiluvchi taraf tomonidan hisobga o’tkazilishi lozim. Bunda tiklangan soliq summasi 
mazkur tovarlarni (xizmatlarni) ushbu qismda nazarda tutilgan hollarda berishni 
rasmiylashtirishga doir hujjatlarda ko’rsatiladi. 


271 
Tovar bojxona reeksport tartib-taomiliga joylashtirilgan va ushbu tovarning 
importi chog’ida soliq to’lovchi to’lagan soliq summasi unga O’zbekiston 
Respublikasining bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
qaytarilgan taqdirda, soliq to’lovchi hisobga o’tkaziladigan soliq summasiga o’ziga 
qaytarilgan soliq summasi bo’yicha tuzatish kiritadi (uni kamaytiradi). 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish