O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga e’tiroz



Download 356,97 Kb.
bet69/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   171
Bog'liq
IPK

142-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga e’tiroz
Qarzdor kreditorning talablariga qarshi e’tirozini sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning ko‘chirma nusxasi unga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sudga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.
Qarzdorning e’tirozni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi, shuningdek uning bildirilgan talabga roziligi sud buyrug‘ini berish uchun asos bo‘ladi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga e’tiroz qarzdor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan e’tirozga ishonchnoma ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135 — 138, 140, 141-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli Qarori 10-bandining birinchi xatboshisi, 21, 23-bandlari.
143-modda. Sud buyrug‘ini berish tartibi va muddati
Sud buyrug‘i sudya tomonidan sud muhokamasisiz, kreditor va qarzdorni chaqirtirmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan yakka tartibda beriladi.
Sud buyrug‘i kreditor tomonidan arizaning ko‘chirma nusxasi qarzdorga topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach beriladi.
Sud buyrug‘i sudya tomonidan ikki nusxada imzolanadi, ulardan biri ishning yig‘ma jildida qoladi, boshqasi sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi va kreditorga beriladi. Qarzdorga sud buyrug‘ining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi yuboriladi.
Sud buyrug‘i elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135 — 142, 144 — 147-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli Qarorining 14-bandi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish