3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi



Download 23,69 Kb.
Sana22.04.2022
Hajmi23,69 Kb.
#571595
Bog'liq
661 14.08.2018




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mehmonxona sohasiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Zamonaviy mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish va mehmonxona komplekslaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha mehmonxona komplekslaridagi davlat aktivlarini (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) investorlar tomonidan ularni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish majburiyatini olgan holda ommaviy savdolarda sotish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi balansda turgan tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda, belgilangan tartibda, obyektlarni baholash va ommaviy savdolarga qo‘yishni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
potensial, shu jumladan, xorijiy investorlarni keng xabardor qilish va obyektlarni sotib olishga jalb etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rsinlar;
obyektlarni sotish yakunlariga ko‘ra har bir obyektni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqishda ko‘maklashsinlar.
4. Davlat mulklarini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi (S.R. Xolmuradov) ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan mehmonxona komplekslaridagi davlat aktivlarini, qonunchilikda belgilangan tartibda, investorlarga sotilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qo‘yilsinki, obyektlarni sotishda sotib olish to‘lovlarini to‘lashning maksimal muddati to‘lovlarni teng ulushlar bilan har chorakda to‘lagan holda 3 yilni tashkil qiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-avgust,
661-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 661-son qaroriga
ILOVA
Davlat aktivlari ommaviy savdolarda sotiladigan mehmonxona komplekslari
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Obyekt nomi

Joylashgan o‘rni

Davlat ulushi

Balansda saqlovchi

1.

“Shahrisabz yulduzi” DUK

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz sh., Ipak yo‘li ko‘chasi, 2

100 %

Qashqadaryo viloyati hokimligi

2.

“Otel O’zbekiston” QK MChJ
(“O‘zbekiston” mehmonxonasi binosini
boshqarish)

Toshkent sh., Maxtumquli ko‘chasi, 45

80,13 %
(QK ustav fondidagi ulush)

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/661/1763-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)

Download 23,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish